Reja: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash


Download 24.68 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi24.68 Kb.
#1292699
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sharoitida mintaqalarda kamunikatsiya majmuyi


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sharoitida mintaqalarda kamunikatsiya majmuyi
Reja:

  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash.

  2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarni o’rganish

  3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash kamunikatsiya majmuyi .

Mamlakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir. Bu maqsad o`zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo`lgan vazifasini xam mujassam etadi.


Mamlakatimizda istiqlol yillarida qulay investitsiya faoliyati yo`lga qo’yildi. Bu Prezidentimiz tashabbusi va rahbarligida sohada olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Shu o`rinda yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlangan quyidagi fikrlarni keltirib o`tish joiz: "Iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish soxasida belgilangan yo`nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o`tkazish bilangina ro`yobga chiqadi. Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning saloxiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda xal qiluvchi axamiyat kasb etadigan navbatdagi muxim ustuvor yo `nalish bu asosiy yetakchi soxalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratgan strategik axamiyatga molik loyixalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat".
Agar tarixga nazar tashlasak, sobiq sho`rolar davridagi markazlashgan rejali tizimda "kapital qo`yilma" tushunchasi qo`llanilgan. Ayni paytda ishlatilayotgan "investitsiya" so`zi ilgarigi "kapital qo`yilma" iborasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Zero, "investitsiya" o`zida aniq va shu bilan birga portfel investitsiyalarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan qimmatli qog`ozlar va aktivlar (pay, ulush, xissa kabilar)ni qamrab oladi16.
Demak, "investitsiya" tushunchasining mohiyati haqida so`zlaganda, uni jamg’arish, qo`yish va daromad olishdan iborat tadrijiy jarayon sifatida qarash lozim. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi qonuniga ko`ra "Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq xarakatlar majmui" sifatida tushuniladi. Darhaqiqat, investitsiya faoliyati yuridik shaxslar, davlat va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish buyicha jami amaliy xarakatlar yig`indisidir.
Ushbu qonun me‘yorlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, investitsiya faoliyatini resurslarni jamg’arish jarayoni bilan birga olib qaramoq lozim. Bu uning mohiyatini to`liqroq namoyon etadi. Chunki zahiralarni investitsiya qilishdan oldin ularni jamg`arish zarur. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub‘ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub‘ektining resurslarni jamgarishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar ko`p xollarda investitsiya qo`yish uchun o`z mablag`lari yetmaganda qimmat baho qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmat baho qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun esa investitsiya qo`yishdir. Bu holat investitsiya faoliyatiga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi deb qarashga asos bo’ladi.
Ma‘lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste‘mol va boshqa investitsiyalarning xamma turlari bilan bog`liq bulib, odatda, soliqlarning fiskal va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish xamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.
Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi.
Jumladan:
• ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilgor texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;
• ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat)larning sifatini takomillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;
• aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;
• eksport hajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;
• byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va hokazolar.
Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi ham muhim o`rin tutadi.
Shu boisdan ham bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.
Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:
• soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;
• investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;
• qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;
• qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum yengilliklar berish;
• soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.
Qo`shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablaglardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.
Iqtisodiy o`sishga erishish uchun nafaqat investitsiya hajmini ko`paytirish, balki ular yo`nalishini va tuzilmasini to`g`ri tanlash xam muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chikarish turlari va korxonalarni tanlash zarurki, ular tezda o`zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olsinlar. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muxim axamiyat kasb etadi. Bu investitsiya jarayonini jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo`jalik yuritish sub‘ektlarini tanlashga imkoniyat yaratishi mumkin. Sarmoya kiritishni rag`batlantirish odatda soliq stavkalari miqdorini o`zgartirish, imtiyozlar va sanksiyalar qo`llash, soliq kreditlari berish, to`lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo`llar bilan amalga oshiriladi.
Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish soliq tizimini soddalashtirish, amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, kredit siyosatini yuritish, yer xamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash va boshqalarni xam o`z ichiga oladi.
O`zbekistonda bugungi kunda davlat investitsiya siyosati quyidagi o`ziga xos ikki yo`nalishga tayanadi:
soliq yukini yengillashtirish, mablag`larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;
• mablag`larni davlat byudjeti orqali to`plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.
O`zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo`lgan tashkilot O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir. Aynan ushbu vazirlik boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan hamkorlikda davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va boshqarib boradi.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tajribalaridan ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti uni rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlarini, iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarini, milliy qadriyat va хususiyatlarini, ma’naviy boyliklarini to’la hisobga oluvchi, mukammal iqtisodiy siyosat ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilgan sharoitdagina barqaror va mutanosib rivojlana oladi. Aynan mana shunday omillarni o’z mazmun-mohiyatiga singdirgan, bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to’liq e’tirof etilayotgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” mamlakatimizning jadal ravnaq topishi, хalqimiz moddiy va ma’naviy hayotining tez sur’atlar bilan yuksalib borishi uchun mustahkam negiz bo’lib хizmat qilmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda to’g’ri yo’l tutganligi, uning rivojlanishi asosida qabul qilingan tamoyillarning mantiqiy yaхlitligi va keng qamrovi, eng muhimi, ularning хalqimiz hayoti mazmun-mohiyatini chuqur ifodalay olganligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. Ayniqsa, 2008 yilda boshlangan hamda bugungi kunda hamon o’zining ta’sir oqibatlarini ko’rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining milliy modeli yana bir bor sinovdan muvaffaqiyatli o’tganligi,e’tirofga,loyiqdir.
Mamlakatimizdagi chuqur iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy hayotning turli jabhalarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, keng tarkibiy o’zgarishlar 2010 yilda ham o’zining salmoqli natijalarini ko’rsatdi. Erishilgan natija va muvaffaqiyatlarning keng tahlili hamda kelgusida e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan masalalarni yanada chuqurroq hal etish borasida Prezidentimiz I.Karimov shu yilning 19 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida ma’ruza qildi. Unda birinchidan, mahsulot tannarхini 10-15 foizga pasaytirish yuzasidan har bir sanoat korхonasi bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ko’zda tutadigan dastur ishlab chiqish lozim.

Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling