Reja: Ishlab chiqarish zaxiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash


Download 46.48 Kb.
bet1/9
Sana08.03.2023
Hajmi46.48 Kb.
#1248333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish


Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish
Reja:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
2. Materiallar harakatini hujjatlarni rasmiylashtirish
3. Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish
4. Materiallar kirimini buxgalteriyada hisobga olish
5. Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish
6 Materiallar sarflanishini hisobga olish
7. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish.
8. O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish


1. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum miqdorda ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish zahiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‘zida to‘la o‘tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Korxona uchun zarur bo‘ladigan oborot mablag‘larining umumiy miqdori tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha normativlarni korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to‘g‘ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini gullab-yashnashida, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ishlab chiqarish zahiralari harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish;

  • Ishlab chiqarish zahiralarining to‘g‘ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish;

  • Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;

  • Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.

Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling