Reja: Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi mazmun-mohiyati. Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish muammolari. Sud-huquq sohasi islohotlari va inson huquq hamda burchlari


Download 123.5 Kb.
Sana10.03.2020
Hajmi123.5 Kb.

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonlarini erkinlashtirish


Reja:


1. Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi mazmun-mohiyati.

2. Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish muammolari.

3. Sud-huquq sohasi islohotlari va inson huquq hamda burchlari. Demokratik matbuot va axborot erkinligi.
Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi

mazmun-mohiyati

O'zbekistonda demokratik o'zgarishlar va tadrijiy shiddati jamiyat hayotini “o'zbek modeli”ning strategik besh tamoyili silsilasida uzluksiz demokratik takomillashtirishni taqozo etishi tabiiy hol. Ayni paytda, jamiyatni tubdan yangilash jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko'tarish, erishilgan yutuqlarni xolis baholash, ustuvor yo'nalishlar va bundan keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish taqdirilomon vazifa-maqsaddir.

Zotan, “yutuqlarimizga, eng avvalo, islohotlarning aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga tayangan holda, ularni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab olishimiz kerak... Yangilanish jarayonining yutuqlari, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish, oldimizga qo'ygan maqsadlarga etishmog'imiz - bularning barchasi istiqbol rejimlarini nechog'li aniq, oqilona va eng muhimi, real belgilab olishimizga bog'liq”1.

Yo'lboshchimiz I.A.Karimov “O'zbekiston XXI asrga intilmoqda” dasturiy asarida kontseptual nazariy-amaliy aksini topgan ana shu istiqbol rejalari, aniqrog'i, “XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning mazmun-mohiyati nimalardan iborat bo'lishi kerak”2ligi quyidagi olti ustuvor yo'nalish misolida aniq belgilab berildi.

Xo'sh, mashhur besh tamoyildan kelib chiqqan, uning yangicha sharoitdagi bevosita uzviy-mantiqiy davomi bo'lgan olti ustuvor yo'nalish qanday taqdirilomon muammolar va ular echimlarining qanday mexanizmlaridan iborat? Demokratik islohotlarning bu yangi bosqichi nazariyasi va amaliyoti qanday umumqadriyatga asoslangan?

Javobni keyingi savolda boshlaymiz: demokratik yangi umumqadriyat bu –jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, liberallashtirish siyosatidir.

Ma'lumki, liberallashtirish (erkinlashtirish) demokratik rejimning nisbatan zamonaviy, jamiyatni siyosiy tashkil etishning samarali shakli bo'lib, hozirgi kunda juda ko'plab davlatlarning jozibador siyosiy rejimi hisoblanadi.

Liberal - demokratik rejim aslida hokimiyatni amalga oshirish rejimi emas, balki liberallashtirish tsivilizatsiyasi rivojining muayyan bosqichida shu tsivilizatsiyaning mavjudligi shartidir. Siyosiy, jumladan, liberal - demokratik rejim evolyutsiyasi - tadriji sharoitida tsivilizatsiya rivojining yangi tendentsiyalari demokratik va insonparvarlik tamoyillari tizimlariga asoslangan hokimiyatni amalga oshirishning yangicha siyosiy usul hamda vositalarini qonuniy ravishda yuzaga keltiradi. Bu tamoyillar, avvalo, shaxs bilan davlat munosabatlarining huquqiy sohasini xarakterlab beradi.

Liberal davlat barcha fuqarolarning amaldagi tengligini, so'z, fikr erkinligini, shaxs huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy aniq belgilagani holda, jamiyatda huquqiy madaniyatning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Shu sabab ham liberallashtirish faqat va faqat demokratik asoslardagina mavjud bo'ladi, aniqrog'i, g'irt demokratik rejimdan “unib” chiqadi.

Liberallashtirish, liberalizm demokratik tsivilizatsiyaning hozirgi umumdunyoviy holati global muammolar, ziddiyatlar, ehtimoli bo'lgan inqirozlar insoniyat oldida qo'yishi muqarrar yangi-yangi muammolar echimiga nisbatan mos keluvchi umumqadriyat hisoblanadi.

Ijtimoiy taraqqiyot shakli bo'lmish erkinlashtirish qator muhim komponentlarga ega. Mamlakatimizda mavjud aniq shart-sharoitlardan kelib chiqilgani holda, ushbu komponentlar quyidagicha belgilandi:

Birinchidan, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zaruratiga asoslangan siyosiy sohani erkinlashtirish.

Siyosiy hayot erkinligi, avvalo, demokratiya, deganidir. Demak, ushbu ustuvor yo'nalish bevosita demokratiyaning umumtan olingan tamoyillariga, jumladan, fuqarolarning saylov huquqi, o'z xohish-irodasini erkin ifodalash, manfaatlarini ro'yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta'minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy huquqiy zamin yaratishga asoslanadi. Shunday zamin yaratildi.



Ikkinchidan, eng avvalo, davlatning boshqaruv rolini chegaralashga xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirishi, mulkdorlarning mavqei hamda huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish.

Uchinchidan, hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkaza borish, ularning haq-huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish.

Demokratik taraqqiyot yo'lini tanlagan, ushbu tsivilizatsiya sari yuz tutgan har qanday zamonaviy dunyoviy davlat ushbu umumqadriyatsiz, u o'rtaga qo'yayotgan muammolarsiz, eng muhimi, mazkur muammolar echimlariga toplishi muqarrar aniq javoblarsiz yashay olmaydi. Umumjarayon talabidan O'zbekiston ham demokratik huquqiy davlat sifatida chetda tura olmaydi. Talabga javob sifatida O'zbekiston o'z Yo'lboshchisi siyosiy falsafasining navbatdagi kashfiyoti bo'lgan erkinlashtirish (liberallashtirish) yo'lini tanladi va uning nazariy-amaliy yaxlit kontseptsiyasini ishlab chiqdi.

Kontseptsiya Islom Karimovning “O'zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida quyidagi olti ustuvor yo'nalish maqomida nazariy-amaliy ifodasini topdi:

Dastlabki ustuvor yo'nalish - mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishga qaratildi. Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida avvalambor, “aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.

Demokratiyaning eng muhim tamoyili - odamlarning saylov huquqini, o'z xohish-irodasini erkin ifodalash, o'z manfaatlarini ro'yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta'minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim. Shu ma'noda hokimiyat tuzilmalariga bo'ladigan navbatdagi saylovlar jamiyatni erkinlashtirish va demokratik islohotlar yo'lida siyosiy tizimimiz uchun katta sinov bo'ladi.

Saylovlarni Konstitutsiyamiz va qonunchiligimiz talablariga qat'iy tayangan holda, umume'tirof etilgan xalqaro amaliyot me'yorlari doirasida o'tkazish muhim ahamiyatga egadir. Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi asosiy vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o'z o'zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat.

Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi - birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir.

Ikkinchi ustuvor yo'nalish- jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirishdan iborat. Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman.

Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.

Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakka, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi, an'analarimizning saqlanishi madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji bilan uzviy bog'liqdir.

Uchinchi ustuvor yo'nalish - kadrlar masalasi. Biz oldimizga qanday vazifa qo'ymaylik, qanday muammoni echish zarurati tug'ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o'rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog'liq.

Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dasturni amalga oshirish, hayotga tadbiq etish, hech bir mubolag'asiz, strategic maqsadlarimi - farovon, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo'lmog'i zarur.



To'rtinchi ustuvor yo'nalish - xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi. Aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash islohotlarning barcha bosqichida asosiy yo'nalish bo'lib xizmat qiladi. Bu islohotlarimizga asos qilib olingan besh tamoyildan biridir. Biz bundan keyin ham shu tamoyilga tayangan holda ish olib borishimiz kerak.

Beshinchi ustuvor yo'nalish - bu iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlashdir. Mazkur o'zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral-xom ashyo salohiyatidan to'la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog'i darkor.

Oltinchi ustuvor yo'nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat.

Shu munosabat bilan men O'zbekiston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqlilik asosida sherikchilik qilish, barcha mojaro va muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor ma'lum qilmoqchiman.

Ammo mintaqadagi ahvol, dunyoning boshqa hududlarida vaziyatning keskinlashuvi O'zbekistonning suverenitetiga, izchil va barqaror rivojiga xavf solishi mumkin bo'lgan kuchlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etmoqda. Mazkur vazifalarni bajargan taqdirdagina biz farovon turmushga, adolatli hayotga erishamiz, jahon hamjamiyatida o'zimizga munosib o'rnimiz va nufuzimiz bo'ladi”1 .

Jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishning qayd etilgan ustuvor yo'nalishlari yaxlit mushtaraklikda O'zbekiston qanday strategik maqsad va vazifalar bilan XXI asrni boshlashi, nimalardan voz kechish, qanday yo'llar bilan hayotni yaxshilash, yangi asr boshida muqarrar muammolarning echimi bilan bog'liq qanday taqdirilomon masalalarni birinchi galda hal qilish lozim, degan savollarga kontseptual javob bo'ldi.



Bosh xulosa shundaki, jamiyat hayotini yalpi erkinlashtirish tub mohiyat -e'tibori bilan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha demokratik o'zgarishlarning asosiy bog'lovchi bo'g'iniga aylandi. “Shu bilan birga, tabiiyki, biz... erkinlashtirish jarayonlariga, jamiyatimizni demokratiyalashtirish natijalariga bu yo'lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida qaraymiz. Shundan kelib chiqqan holda, erkinlashtirish tamoyilini kengaytirish sohasidagi asosiy yo'nalishlarni belgilar ekanmiz, diqqat-e'tiborimizni”2 to'liq holda ularning amaliy ijrosiga qaratmog'imiz shart.

Xo'sh, amaliy ijro qanday?

Savolga ustuvor yo'nalishlar mushtarakligi bilan bevosita bog'liq ikki masalaning muxtasar tahliliga to'xtash orqali javob beramiz.

Birinchisi. Siyosiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirishning amaliy ko'rinishi 2001 yil 27 yanvardagi umumxalq referendum yakunlari, Prezidentlik vakolatining besh yildan etti yilga uzaytirilgani, Oliy Majlisning 2004 yilgi saylovdan so'ng ikki palatali professional parlament maqomida faoliyat ko'rsatishi haqiqatida va bu o'zgarishlarning yangi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratib berilgani bilan bog'liq. Ayniqsa, amaldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchalar, ularda huquqiy rasman muhrlangan o'zgarishlar mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada demokratlashtirish asosida erkinlashtirish amaliyotiga zamin bo'ldi va h. k.

Ikkinchisi. Ustuvor yo'nalishlar tizimida, shubhasiz iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish alohida maqom ega. Gap shundaki, shaxsning moddiy manfaatlari manbai bo'lgan mehnat faoliyati inson hayotida taqdirilomon ahamiyatga ega. Shu bois fuqarolarning ta'minlanishi, albatta, shart bo'lgan huquqlari, erkinliklari va mas'uliyat-majburiyatlari jamiyatda mavjud imtiyozlardan foydalanish imkonini beruvchi ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq.

Islom Karimov o'z siyosiy-iqtisodiy ta'limotida iqtisodiyotni erkinlashtirish bilan bog'liq birinchi galdagi asosiy vazifani mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish, xususiy mulkchilik etakchi o'rinda turadigan ko'p ukladli iqtisodiyotni barpo etish, deb belgiladi1.

Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish o'zining zarur va mukammal asoslariga ega. Ulardan biri - iqtisodiy o'sishning ustuvorligi. Keyingi o'n yillikdagi xalqaro tajriba iqtisodning tanzzul holati sharoitida erkinyulashtirish bilan bog'liq o'zgarishlar samarasiz ekanligini yaqqol ko'rsatdi.

O'zbekiston Respublikasida milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish o'ziga xosligi bilan ajralib turibdi. Eng avvalo, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning “o'zbek modeli”ni amaliyotda ijrosini ta'minlash bilan bog'liq dastlabki islohotlarning o'ziga xos xususiyatlari va makroiqtisodiyot jarayonlarining hozirgi umumiy holati bilan belgalanadi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirishning bosqichma-bosqich yo'li narx-navoni erkinlashtirish amaliyotidan boshlandi. Sabab - narx-navo erkinligi milliy iqtisodiyotni yalpi erkinlashtirishning tamal toshidir. Chunki bozorning o'zi o'zini boshqarish, jumladan, narx-navoni belgilash imtiyoziga ega xo'jalik tizimidir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog'liqdir. Raqobat bo'lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat -bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir. Shu sabab ham “Monopoliya faoliyatini cheklash to'g'risida”gi qonunga to'liq rioya etgan holda, iste'molchilar huquqlari himoyasini ta'minlash lozim. Shuningdek, bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, moliyava bank tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish ehtiyoji yuzaga keldi. Natijada 2003 yil 15 oktyabrdan milliy valyutaning konvertatsiyasi rasman yo'lga qo'yildi. Valyuta tizimi bozorni yanada erkinlashtirish imkonini yuzaga keltirdi. Boz ustiga, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo'jalik faoliyatiga aralashishi rasman cheklab qo'yildi.

Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga uyg'unlashuvini, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko'rib chiqilishini ta'minladi. Agrar soha bilan bog'liq birinchi vazifa paychichlik munosabatlari, fermer va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirish orqali qishloqda egalik tuyg'usini qayta tiklash, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar hayotda to'la ro'yobga chiqishi uchun barcha ishni qilishdan iborat bo'ldi.

Erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish, kichik va o'rta biznesni keng rivojlantirish uchun hamma yo'l ochib berilyapti. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan munosabatlari mustahkamlanib, kredit olish yo'lidagi to'siqlar olib tashlanyapti. Ularning resurslaridan foydalanishlariga keng yo'l ochib berish, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari mamlakatning o'zi ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish yo'lga qo'yilmoqda.

Kichik biznes uchun boshqaruvchi kadrlar tayyorlaydigan, ularning iqtisodiy va huquqiy madaniyatini oshiradigan biznes maktablari tarmog'i vujudga keltirilyapti. Eng muhimi - iqtisodiyot tarkibida kichik, o'rta va xususiy biznes munosib o'rin egallashiga, kerak bo'lsa, hal qiluvchi o'rinni egallashiga, yaqin ikki-uch yil ichida kichik va xususiy korxonalar sonini ikki baravar ko'paytirib, yalpi milliy mahsulotda ularning ulushini kamida 25 foizga etkazishga erishish ko'zda tutilgan va h.k. Hozirgi kun yutuq va samaralari nuqtai nazaridan erkinlashtirish siyosati O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirishga yo'naltirilgan aniq, istiqbolli strategic mazmun-mohiyati bilan qizg'in kechayotgan yalpi tub islohotlarning yangilanish, milliy tiklanish bilan bog'liq navbatdagi sifat bosqichiga aylandi. Va jamiyatni erkinlashtirishning nazariy-amaliy yaxlit kvintessentsiyasi maqomida O'zbekistonda demokratik rivojlanishdek milliy tsivilizatsiyaning tamal toshlaridan biriga aylandi. Jamiyat demokratik rivojining yangi sifat bosqichi - fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlariga debocha bo'ldi.

Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlatirish muammolari

Davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish o'z mohiyati bilan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish siyosati bilan bog'liq yangi sifat bosqichi yangicha konstitutsiyaviy -demokratik maqomni taqozo etadi. Aynan shu sabab ikki palatali parlamentni joriy etish, Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini yanada aniq takomillashtirish maqsadida davlat boshlig'i vakolati muddatini besh yildan etti yilgacha uzaytirish, hokimiyatlar bo'linish tamoyili maqomini yanada mustahkamlab, ularning to'la mustaqilligini ta'minlashga erishish siyosiy hayotning kun tartibidagi doimiy uzluksiz jarayonga aylandi. Bu yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy bazaga muhtojligi sababli 2002 yil 27 yanvarda umumxalq Referendumi chaqirildi. Referendum yakunlari ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning VIII sessiyasida maxsus muhokama etildi, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to'g'risida” gi Konstitutsiyaviy Qonun hamda parlamentning “2002 yil 27 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Referendumi yakunlari yuzasidan qonunchilik ishlarining asosiy yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Xo'sh, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada demokratik erkinlashtirishga, hokimiyat bo'g'inlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan umumxalq Referendumi yakunlari nima beradi, turmushimizda qanday aksini topadi, qanday amaliy ratsional samaralarga olib keladi? Savolga javoblar “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun va Prezidentning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyadagi “Yangilanish va o'zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi” ma'ruzasida birma-bir sharhlab berilgan.

Ma'lumki, 10-moddadan iborat Konstititsiyaviy Qonun, eng avvalo, davlat boshqaruvi, qonunchilik hokimiyati tarkibini takomillashtirish, ya'ni quyi palataga -Qonunchilik palatasi va yuqori palta - Senatni Tashkil qilish, O'zbekiston 203 Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini etti yilga cho'zish, shuningdek, yalpi tub islohotlar bilan bog'liq taqdirilomon dolzarb masalalarning huquqiy echimini o'z ichiga oladi, Konstitutsiya va Qonunlarga tegishli o'zgarishlar kiritishga printsipial talablar qo'yadi. Ayni paytda, Oliy Majlisning navbatdagi chaqiriq yangi tarkibiga, parlament quyi hamda yuqori palatalarining maqomlari, palatalarning shakllanish tartibi, a'zolari soni, vakolat muddati tayin etildi.

Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi? ikki palatali parlamentga qanday ehtiyoj bor edi? Hokimiyat vakillik organi vakolatlari-yu tarkibiy tuzilishining parlamentning bir palatali yohud ikki palatali ekanligiga nima daxli bor?

Daxli bevosita bor. Davlat tuzilishining shakli qandayligidan qat'iy nazar rivojlangan 70dan ortiq AQSh, Frantsiya, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi demokratik davlatlarda ikki palatali qonun chiqaruvchi organ mavjud.



Bikameralizm, ya'ni ikki palatali tizim zamonaviy demokratik parlamentarizmning sinalgan shakliga aylandi. Aynan shu sabab jahon senatorlarining 2000 yil 14 mart kuni Parijda o'tgan maxsus anjumani ikki palatali parlament mexanizmi, uning demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topishidagi o'rni bilan bog'liq fenomenini muhokama qildi. Va bikameralizm mintaqalar, kichik tuzilmalar, olisda joylashgan qismlarning manfaatlariga rioya etilishiga olib kelishi qayd etildi. Ikkinchi palata qonunlar chiqarish jarayonida uchraydigan populizm, lobbizm va engil-elpi, tor doiradagi manfaatlarga qarshi turuvchi qo'shimcha filtr sifatida ish tutadi.

Anjumanda ta'kidlanganidek, ikki palatali tizim ijroiya hokimiyati bilan bir palatali parlament o'rtasidagi ortiqcha tortishuvlarning oldini oladi hamda parlament va hukumat vakolatlarining aralashib ketishiga yo'l qo'ymaydi1. Demokratik huquqiy davlat barpo etishni konstitutsiyaviy maqsad qilib qo'ygan O'zbekistonda ikki palatali parlamentning yuzaga kelishi va professional faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli siyosiy - ijtimoiy, siyosiy-huquqiy shart-sharoitlar mavjudligini ta'kidlash mantiqan adolatli bo'ladi. Shuningdek, ikki palatali parlament tashkil etishning yana bir ob'ektiv sababi Komfirqa yakkahokimligiga asoslangan tuzumning ijtimoiy-tarixiy jihatdan ham rasmiy - yuridik jihatdan ham qonuniy halokati, O'zbekistonning demokratik dunyo tajribalariga asoslanib qisqa davrda asrlarga tatigalik o'ziga xos va mos mustaqillik yo'li, shu yo'lning konstitutsiyaviy - huquqiy bazasini yaratilgani bo'ldi.

Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasida ikki palatali professional parlamentning tuzilishi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning kuchayishi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga ijroiya hokimiyat rahbari bo'lmish hokimiyatlarning raislik maqomini o'zgartirish maqsadga muvofiqligini taqozo etmoqda.

Konstitutsiyayuga va tegishli Qonunga ko'ra, Qonun chiqaruvchi hokimiyat, xalq deputatlari Kengashi Qonunlar ijrosini nazorat qilish vakolatiga ega. Madomiki shunday ekan, Kengash raisi hokimning ushbu yo'nalishdagi faoliyatini nazorat qilishi lozim. Amaliyotda hozir shunaqa. Lekin aynan bir kishi - ham hokim va ham Kengash raisi o'zini o'zi qanday nazorat qildi? Joylarda qonunlar ijrosining nazoratsizligi, qonunlarning to'liq ishlamayotganligining asl sabablaridan biri shu emasmi, axir. Shuning uchun Kengash raislarini hokimlardan emas, balki xalq deputatlari ichidan yashirin ovoz bilan saylash amaliyotiga o'tish mantiqan to'g'ri va asosli bo'ladi. Bu mahalliy davlat hokimiyatida qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan ijro etuvchi hokimiyat o'rtasidagi bir-birini nazorat qilish va tiyib turish tamoyilining ko'zlangan aniq samaralar berishiga olib kelishi muqarrar. Xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat Kengashlari deputatlaridan olti, kishi yuqori palata - Senatga a'zo bo'lishlari, ya'ni senator maqomida faoliyat ko'rsatishlarini esdan chiqarmaslik lozim.

Shunday bo'lgan taqdirda amaldagi Konstitutsiyaning 103-moddasiga ham tegishli o'zgarish kiritilishi mantiqan to'g'ri bo'ladi. O'zbekiston 90-yillarning o'rtalarida xalqning insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish bilan bog'liq konstitutsiyaviy maqsadidan kelib chiqib, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini tezlashtirish niyatida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturini ishlab chiqib, uning ijrosini to'liq bajarishga kirishgani, bu islohotlar bugungi kunda o'zining kutilgan natijalarini berayotganligi erkinlashtirish siyosati amaliyoti va samaralari misolida hammaga ma'lum.

Ma'lumki, rivojlangan demokratik mamlakatlarda kuchli davlat kuchli hokimiyatga asoslanadi. Kuchli hokimiyatga ega bo'lish aslida davlat boshqaruvi tizimi bilan bog'liq. Bu bevosita davlat boshlig'ining Konstitutsiyaviy maqomiga asoslanadi. Shu jihatdan O'zbekistonda kuchli Prezidentlik boshqaruviga asoslangan demokratik davlat barpo etildi. Shu nutqai nazardan davlat va jamiyatimiz taraqqiyotini demokratik asosda rivojlantirish va erkinlashtirish uchun muhim asoslar bo'lgan umumxalq -Referendumi yakunlari va qabul qilingan Konstitutsiyaviy Qonun maqomi ijrosi bilan bog'liq tashkiliy-huquqiy jarayonlar kuchli davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sari tashlangan navbatdagi taqdirilomon qadam bo'ldi.



Sud-huquq sohasi islohotlari va inson huquqi hamda burchlari. Demokratik

matbuot va axborot erkinligi.

Ma'lumki, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi huquqiy me'yorlar sud hokimiyatini mustahkamlash va uni takomillashtirishga qaratilgandir.

O'zbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida”gi Qonuni va ushbu Qonunning 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan yangi tahriri Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini yanada mukammallashtirdi.

Xo'jalik sudlarining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1993 yil 2 sentyabrda va 2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan “sudlar to'g'risida”gi Qonun hamda 1993 yil 2 senyatbrda va 1997 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan xo'jalik protsessual kodeksi bilan mustahkamlandi.

O'zbekiston demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Barqarorlik va millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. Hokimiyatning bo'linish printsipini amalga tatbiq qilish natijasida sud hokimiyatini mustaqil hokimiyat sifatida shakllantirishga ham katta e'tibor berilmoqda. Sud islohotining asosiy mazmuni ham shunga qaratilgan.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: “Hokimiyatning to'laqonli mustaqil tarmog'i sifatida sudlarning faqat qonunga bo'ysunishini ta'minlash maqsadida sud tizimini isloh etish kerak”1 .

Mustaqil, kuchli va adolatli sud hokimiyatini qaror toptirish borasidagi chora-tadbirlar respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonining o'zagini tashkil etadi.

Respublikada mustaqil, bir-biriga bo'ysunmaydigan, qonunchilik hokimiyatni, ijro hokimiyati va sud hokimiyati vujudga keldi. Davlat hokimiyati tizimining uchga bo'linishi, o'ta markazlashtirishdan, yakka siyosiy partiyaning yoki yagona yuqori mansab egasining qo'lida bo'lishidan saqlaydi va zo'ravonlik hamda o'zboshimchalik bilan ish yuritishga yo'l qo'ymaydi.

Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil tarmog'laridan biri bo'lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgan. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish printsipiga asosan sud hokimiyatiga odil sudlovni jinoyat, fuqaroviy va xo'jalik ishlari bo'yicha amalga oshirish bilan birgalikda chiqariladigan qonuniy aktlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos bo'lishi ustidan nazorat olib boorish vazifasi yuklangan.

Mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu sohadagi islohotlar demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning zamonaviy strategiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ijtimoiy, siyosiy va davlat-huquqiy hayotning barcha sohalarini qamrab olib. Pirovard maqsadi huquqiy davlatchilikni barpo etish bo'lgan ushbu islohotlar Respublikaning sudlov tizimini ham qamrab olmoqda. Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas zarur tarkibiy qismidir. Sud-huquq islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir.

Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo'lmagan tarmog'i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish – huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo'nalishidir.

Sud hokimiyati nafaqat uch hokimiyatning biri, balki uning yuksak nufuzli huquqiy holati, jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo'lishining asosiy shartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi -fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini ta'minlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro qilish va qo'llashda qonuniylik hamda adolat uchun kurashishdan iborat.

Mustaqil O'zbekiston davlat hokimiyatining taqsimlanishi amalda joriy etilishi bilan chinakam sud hokimiyatining qaror topishiga tom ma'noda yo'l ochildi. Bu o'rinda o'ta muhim narsa - sudning davlat hokimiyatining bir butuni sifatida tegishli qat'iy vakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat ijtimoiy ongi sud hokimiyati tashkil etuvchi, uyushtiruvchi, jamiyat hayotining maxsus sohasini boshqaruvchi hokimiyatdir. Sud hokimiyati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi va ro'yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonunda o'z aksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiq etiladi.

Sud - hokimiyatning uchinchi tarmog'idir. Davlatning obro'si, jamiyatning obro'si sud organlari va sudyalarning qonun me'yorlariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me'yorlariga nechog'li mos kelishiga bevosita bog'liqdir.

Ma'lumki, sobiq totalitar tuzum sharoitida sud ma'muriy-buyruqbozlik tizimining to'qmog'iga aylantirilgan edi. Odamlar ko'z o'ngida sud jazolovchi, qoralovchi, ozodlikdan mahrum etuvchi organ sifatida gavdalandi. Endigi islohotlarning bosh vazifasi esa sudni adolat va haqiqat posboniga aylantirishdan iborat. Pirovardida sudga munosabat tubdan o'zgarib, unga hurmat shakllanishi lozim.

Prezident I.A.Karimovning quyidagi so'zlari muhim metodologik, yo'naltiruvchi ahamiyatga egadir. “Xalq sudni faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ deb emas, aksincha, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan organ deb bilishi kerak. Bu o'ta muhim. Yana qaytaraman, odamlar sud organlarini o'zlarining himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak”1 . Buning uchun juda katta ishlar qilinishi lozim. Sudlar qonundan og'ishmay ish tutib, fuqarolarning manfaatlarini muhofaza etib, ularning buzilgan huquqlarini tiklab, bu yo'ldan sobitqadamlik bilan qat'iy borib, mashaqqatli mehnat qilib, qaytadan xalqning ishonchini qozonishlari zarur bo'ladi.

Sud islohotini chuqurlashtirish, butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish - huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo'nalishdir. Ijtimoiy turmushimizning demokratik instituti tariqasida sudning ahamiyati jiddiy oshib bormoqda. Islohotlar davomida sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo'lmoqda. Respublikada o'tkazilayotgan sud islohotlari bosqichma-bosqich va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada qator qonunlarning qabul qilinishi o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Sudlar to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan sud-huquq islohotlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini shakllantirish jarayoni boshlandi. Qonunga binoan yangi sud tuzilmalari, jumladan harbiy sudlar, Oliy sudda esa harbiy hay'at tashkil etildi, ma'muriy ishlarni quruvchi sudyalar lavozimlari joriy etilishi ko'zda tutildi. Bundan tashqari mazkur Qonunda aybsizlik prezumptsiyasi, himoya huquqi, tortishuv, oshkoralik kabi tamoyillar, sudyalarning maqomi, dahlsizligi va mustaqilligini ta'minlovchi me'yorlar o'z aksini topdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi “Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari to'g'risida”gi Farmoni bilan sobiq Turkiston Harbiy okrugi harbiy tribunali o'rnida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Harbiy sudi tashkil etilgan. 1992 yil 3 iyulda esa O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibida (Oliy Kengash Qarori) Harbiy hay'at tuzilgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990 yil 23 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil qilish to'g'risida”gi Farmon bilan esa O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida olib borilayotgan islohotlarni hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegarasini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki ishlar vazirligi ichki va qorovul qo'shinlari Bosh boshqarmalari hamda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari tuzilishi munosabati bilan, harbiy sudlarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini yuksaltirish, qurolli kuchlarda, harbiy idoralarda va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilayotgan boshqa harbiy tuzilmalarda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida Qurolli Kuchlar harbiy sudi negizida O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudi va xo'jalik nizomlarini hal etish tartibi to'g'risida”gi Qonun (1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan, 1992 yil 1 yanvardan kuchga kirgan)ga muvofiq O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari va idoralaridagi hakamliklar tugatilib, hakamlik sudlari tashkil etildi.

Hakamlik sudlari tizimi - O'zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi hakamlik sudi va viloyatlarning hakamlik sudlaridan iborat edi. Qonunga ko'ra, hakamlik sudi tadbirkorlik faoliyati jarayonida vujudga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlari (iqtisodiy nizolar)dan yoki boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etdi.

“O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to'g'risida”gi 1992 yil 8 dekabrdagi qonunda O'zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning hakamlik sudlari tegishlicha O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar xo'jalik sudlari sifatida qayta tashkil etilishi ko'rsatilgan.

Xo'jalik sudlarining shakllanishi va rivojlanishiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 25 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi xo'jalik sudlarining tarkibini takomillashtirish to'g'risida”gi, shuningdek, xo'jalik sudlariga iqtisodiyot sohasidagi qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida qo'shimcha vakolatlar bergan 1998 yil 4 martdagi “Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to'g'risida”gi farmonlari katta ahamiyatga egadir.

Sud organlari faoliyatining huquqiy asosini qadam-baqadam takomillashtirib borish zarur. Bu huquqiy asos sud va sudyalarni hokimiyatning boshqa barcha tarmoqlaridan haqiqiy mustaqilligini, sud qarorlarini qabul qilishda faqat qonunga bo'ysunishini ta'minlash lozim. Bu huquqiy asos demokratiyani, xolislikni, sudning hammabop bo'lishini, sudning doirasi kengayishini ta'minlashi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) sud-huquq islohotlarining borishiga yanada jiddiyroq e'tibor qaratildi. Jumladan, davlatimiz boshlig'i quyidagi so'zlarni aytdi: “Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo'lgan tarmog'i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish - huquqiy davlatni mustahkamlashning muhim yo'nalishidir. Ijtimoiy turmushimizning demokratik instituti tariqasida sudning ahamiyati jiddiy oshirilishi zarur. Fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlari faoliyatining asosiy mazmuniga aylanmog'i lozim”.

1997 yil sentyabr oyida O'zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi tashkil topdi. Ta'sis majlisi Assotsiatsiyaning Ustavini qabul qildi. Uyushma Ustavi 1997 yil 4 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olindi.

O'zbekiston Sudyalar Assotsiatsiyasi O'zbekiston Respublikasi sudyalarining ixtiyoriy jamoat birlashmasi hisoblanadi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari - sud-huquq islohotini o'tkazishda faol ishtirok etish; odil sudlovni amalga oshirishda qonun ustuvorligini ta'minlash borasida sudyalarni qo'llab-quvvatlash, ularni turli tazyiqlardan himoya qilish; sudyalarni tayinlash (saylash) masalalari yuzasidan taklif kiritish; sudyalarni ijtimoiy himoyalash, moddiy ta'minotini yaxshilash va rag'batlantirish masalalari yuzasidan vakolatli organlarga taklif kiritish va hokazolardan iborat.

Assotsiatsiyani tashkil bo'lganligiga salkam besh yil bo'lgan bo'lsada, lekin bugungi kunda bu jamoat birlashmasining faoliyatini to'laqonli deb bo'lmaydi. Assotsiatsiyaning Ustavida bayon etilgan vazifalar xayoliy yoki amalga oshirilishi mumkin bo'lmagan narsalar emas.

Assotsiatsiya sud faoliyatiga aralashishning har qanday hollariga qarshi kurashmog'i, sudlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida hukumatga tegishli takliflar bilan chiqishi, kadrlarni tayyorlash va ularni joy-joyiga qo'yish ishlarida nafaqat demokratiya nuqtai nazaridan, balki bu tashkiliy masalani hal qilishning muhim bo'g'ini sifatida qatnashishi lozim.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov yurtimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jamiyatimiz oldida amaldagi sudni isloh qilish vazifasini qo'ydi. Shu o'rinda sud islohoti masalasi davlatimiz rahbarining e'tiborida ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Parlamentimizning 1999 yil 14 aprelda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida mamlakatdagi sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish masalalari tahlil etildi. Asosiy e'tibor sud jarayonida advokatlarning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratildi. Sessiyada ilgari surilgan vazifalarni tez va samarali hal etish, sud islohotini jadallashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarori bilan sud-huquq tizimini isloh qilish to'g'risidagi takliflarni tayyorlash bo'yicha komissiya tashkil etildi. Bu Komissiya xususan, sudlarni ixtisoslashtirish hamda sudda appelyatsiya tartibida ish ko'rish haqida takliflar kiritdi. Bu takliflar 2000-2003 yillar davomida qonunchilikka kiritilgan qo'shimchalarda o'z amalini topdi. Jamiyatni isloh qilishning muvaffaqiyati ko'pincha sud tizimini isloh qilishgabog'liq. Sud hokimiyati inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning qudratli quroli, shaxs va jamiyat xavfsizligining kafolatidir.

Ma'lumki, 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to'g'risida”gi Qonunga muvofiq Adliya idoralari sudlarning tashkiliy ishlarini tekshirardilar, ularning hisobotlarini eshitardilar, odil sudlovga baho berardilar. Bundan tashqari, adliya boshqarmalarining boshliqlariga sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishdan tortib, to uning vakolatini to'xtatish, hatto lavozimidan bo'shatish masalasini qo'yish huquqi berilgan edi.

Bu holatlar sudyalarning mustaqilligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy tamoyiliga zid edi. Biroq har qanday qonun hujjati ijtimoiy turmushning o'zgarib borilayotgan sharoitlariga muvofiq ravishda takomillashib boradi.

2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Sudlar to'g'risida”gi Qonunining yangi tahririda (63-modda) viloyat sudlari, tumanlar, tuman (shahar) sudlari sudyalari, harbiy sudlar sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, xo'jalik sudlari sudyalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi belgilandi.

Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirish maqsadida umumiy yurisdiktsiya sudlari negizida 2001 yil 1 yanvardan alohida fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tashkil etildi. Yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Sudlar to'g'risida”gi Qonunining amalga kiritilishi bilan sud kadrlarini tanlash va tayinlashning samarali, demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi, sud ishlarini ko'rib chiqishning apellyatsiya tartibi joriy qilindi.

Respublika prezidentining 2001 yil 19 martdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to'g'risida”gi Farmon, O'zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etish, ularning vakolatlarini to'xtatish va muddatidan ilgari tugatish haqida taqdimnomalar kiritish masalalari Adliya vazirligi tasarrufidan chiqarilib, Oliy malakakomissiyasi va sudyalarning joylardagi malaka hay'atlari vakolatlariga kiritildi

Qonunga kiritilgan yangiliklardan yana biri- Adliya vazirligi huzurida sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta'minlash bo'yicha departament tuzildi. Departament direktori o'z lavozimiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari hisoblanadi. Inson ijtimoiy muomalaga kirishlar ekan, ular o'rtasida bahs, nizo, munozaralar bo'lib turishi tabiiydir. Ularni xal etish uchun demokratik davlatlarda kuchli va mustaqil sud tizimi yaratilgan.

Sudlar nizolarni hal etishda qonunlarga asoslanganligi uchun faoliyati mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatga bog'liqdir. Sud haqiqiy ma'noda odil bo'lishi uchun, avvalo u tayanadigan qonunlar adolatli bo'lmog'i lozim.

Respublikamiz Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi sud-huquq islohotining navbatdagi bosqichini boshlab beruvchi tayanch nuqtasi bo'lib qoldi. Ushbu sessiyada jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida Qonunning qabul qilinishi sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida qo'yilgan muhim qadam bo'ldi.

Qonunga binoan Jinoyat kodeksidagi jami jazolarga nisbatan ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat turlarining ulushi 42,8 foizga o'sganligi (ilgari bu ko'rsatkich 18,7 foizni tashkil qilgan), mol-mulk musodara qilish kabi qo'shimcha jazo turi chiqarib tashlanganligi, Jinoyat kodeksi ayollarga, voyaga etmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan yanada insonparvarlik bilan yondashuvni ko'zda tutadigan qismlarbilan to'ldirilganligi, Oliy jazo hisoblangan o'lim jazosi qo'llanishi mumkin bo'lgan jinoyatlar soni 8 tadan 4 taga qisqartirilganligi Jinoyat protsessual kodeksiga inson manfaatlarini, sharqona kechirimlilik, yuz xotirlik qadriyatlarini to'laqonli amalga oshirishga imkoniyat beruvchi yarashuv ishlari bo'yicha alohida bobning kiritilganligi va hokazolar, shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan bir qator o'zgartirishar insonparvarlik davlatimizning ijtimoiy siyosatidagi markaziy tamoyil ekanligini yanada kengroq e'tirof etdi.

Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “Bugun bizning huquqiy doktrinamiz mutlaqo yangicha, demokratik tamoyillarga asoslangan. U, eng avvalo, O'zbekiston Konstitutsiyasi talablariga ko'ra, inson huquqlarining ustuvorligini ta'minlaydi. Qonun hujjatlarini demokratlashtirilganligi va liberallashtirganligi fuqarolarni jamiyatdan batamom ajratib qo'yuvchi shafqatsiz jazolardan voz kechilayotganligining navbatdagi dalilidir. Binobarin, jinoyatlarga qarshi samarali kurash olib borish jazolarning og'irligiga emas, balki qonunni buzishga yo'l qo'ygan shaxsning jazo muqarrar ekanligini ongli ravishda tushunib etishigabog'liq. Prezidentimizning: “Jazoning muqarrarligi jinoyatchilikning oldini olishda samarali ta'sir ko'rsatuvchi omillardan hisoblanadi”1 , deb alohida ta'kidlangani bejiz emas.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar ma'lum muddatga mo'ljallangan vazifalar bo'lmasdan,ibalki ijtimoiy hayot va davlat qurilishining demokratik o'zgarishlari yo'lidagi bosqichma-bosqich bajariladigan uzluksiz jarayondir.

Oliy majlis qoshida tashkil qilingan sud-huquq tizimini isloh qilish to'g'risida takliflar tayyorlash komissiyasi a'zolari turli-tuman g'oyalarni ilgari surib, o'z fikr- mulohazalarini bildirib bahs yuritishyapti. Fikrlarning xilma-xilligi juda zarur. Zero, haqiqat ana shunday bahsda aniqlanadi. Fikrimizcha sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga, mustaqil sud hokimiyatining shakllanishiga xalaqit berayotgan sabablar ham mavjud. Sir emaski, ayrim yuristlar va rahbarlar ongida sovet tuzumiga xos davlat va huquq to'g'risidagi kommunistik aqidalar saqlanib qolmoqda. Ko'pchilik so'zdagina sudlarning mustaqilligi haqidagi g'oyalarni ma'qullaganlari holda, aslida, jamiyatimiz bunday darajaga xali etishmagan, sudyalar tayyor emas, ko'p holatlaga yo'l qo'ymoqdalar, shuning uchun ularni boshqarish va ustidan nazorat olib borish zarur, degan eski yondashuvdan voz kecholmay kelyapti. Bunday ma'muriyatchilik bilan mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Aslida esa, bunday shaxslar sudlarning ustidan hukmronlik vakolatlarini qo'lgan berishni xohlamayaptilar, mustaqil sud esa faqat qonunga bo'ysunadi. Nazariy jihatdan o'ylab ko'rilishi va amaliy jihatdan xal etilishi kerak bo'lgan boshqa masalalar ham bor. Jumladan, ixtisoslashuvchi yanada takomillashtirish maqsadida yangi tahrirdagi “Sudlar to'g'risida”gi Qonunda (36-modda) belgilangan ma'muriy ishlar bo'yicha sudyalar masalasini, shuningdek, soliq, transport va boshqa sohalarning ihtisoslashgan sudlarini tashkil qilish masalalari xal qilinishi lozim.

Sud mustaqilligini ta'minlashda kollegiallik, ya'ni xalq maslahatchilarini tanlash va ularni sud muhokamasidagi ishtiroklari bilan bog'liq muammo mavjud. Sir emas, xalq maslahatchilari jinoyat ishining sud muhokamasida sudyaning xohish-irodasiga muvofiq ishtirok ettiriladi. Ayrim xalq maslahatchilari butun saylangan vakolati muddati mobaynida sanoqli ishda qatnashadi yoki umuman ishtirok etmaydi. Ayrimlari esa, sudyaning “doimiy” maslahatchisiga aylanib qoladi. Sababi qaysi maslahatchilarni taklif etish sub'ektning xohishiga bog'liq. Xalq maslahatchilari jinoyat ishlari bo'yicha sudlov jarayonida sudya bilan teng qatnashsalarda, lekin ular ish natijasi bo'yicha hech qanday javobgar bo'lmaydi. Kelgusida xalq maslahatchilari institutini tugatish yoki uni mohiyat jihatdan yangilash lozim deb hisoblaymiz.

Sudlar tomonidan adolatli hukm chiqarishga erishishda yana muhim masala - sud protsessida tomonlarning huquq va burchlarini tenglashtirish orqali tortishuv va muzokaralarning bo'lishini ta'minlashdir. Xususan, sud protsessida prokuror va advokatlarning huquqlari va burchlarini tenglashtirmasdan turib, sudda adolat qilish mumkin bo'lmaydi.

Masalan, sud muhokamasida prokurorning bor-yo'g'i ekanligini na sud, na prokurorning o'zi ma'qul ko'rmayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi, deb o'ylaymiz. Bunga prokurorning nazorat tartibida keltirgan protestlari Oliy Sud Plenumidan tortib, to viloyat va Toshkent shahar sudlari rayosatlarida ham ko'rilishi majburiyligi haqida protsessual tartib mavjudligi ham sabab bo'lmoqda. Bu tartib so'zsiz, sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etishi lozim bo'lgan prokurorga, sud qarorlari ustidan “nazorat” qilishni protsessual tarzda mustahkamlaydi. Vaholanki, sud muhokamasidan teng huquqli taraf deb e'tirof etilgan himoyachiga bu huquq mberilmagan. Himoyachining norozilik bildirish huquqi ta'minlangan holda, bu hujjat majburiy tarzda nazorat instantsiyasida ko'rib chiqilishi belgilanmagan. Bu kamchilikni bartaraf etish vaqti etdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Prokuratura to'g'risida”gi qonunida (34-modda) belgilanishicha, sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o'z vakolatlari oirasida suddan talab qilib olish huquqiga ega bo'lsa-da, lekin hmoyachiga bu darajada huquq berilmagan. Bunday misollarni yana keltirish mumkin. Respublikamiz Prezidenti ta'kidlaganidek: “Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tengligi ta'minlanmog'i va buning uchun advokatura idoralarining mavqeini ko'tarish darkor”1 . Umuman olganda, O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari muvvafaqiyatli kechmoqda, olingan mo'ljalning to'g'ri ekanligi amaliyotda tasdiqlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamiz islohotining muhim bosqichiga-jamiyatning yuridik mexanizmini yanada takomillashtirish bosqichiga qadam qo'ydi. Erishilgan natijani axlit tarzda tahlil qilish va islohotlarning bo'lg'usi istiqlollarini belgilash vaqti etdi.

O'zbekistonda demokratik islohotlarni hayotga tadbiq etish va fuqarolarda yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va roli kattadir. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevorini yaratish maqsadida 1992 yil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritishi, tsenzuracha yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yildi.1996 yil 2 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”, 1997 yil 24 aprelda “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida”, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to'g'risida”, 1997 yil 26 dekabrda “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”, 2002 yil 12 dekabrda “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar O'zbekiston Respublikasi Ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi.

Respublikada jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga ko'tarish maqsadida 1999 yil 26 evralda O'zbekiston Respubliksi vazirlar Mahkamasining “Jurnalist kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi.

O'zbekistonda 1991 yilda 351ta ommaviy axborot vositasi bo'lsa, hozir ularning soni 723taga etdi. O'shanda 289 ta gazeta nashr etilgan bo'lsa, bugungi kunda 600ta gazeta nashr etilyapti. Jurnallar soni 60tadan 165taga etdi. 1991 yilda 1ta telestudiya bo'lsa, hozir 70ta teleradiostudiya ishlamoqda. Ularning ko'pchiligi nodavlat, mustaqil, tarmoq, xususiy, reklama yo'sundagi studiyalardir. Nashriyotlar soni 14ta bo'lsa, hozir 60taga etdi.



Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyatini, davlat siyosatini fuqarolar ongiga etkazmoqda. Bu bilan inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda, davlat va jamiyat to'g'risida vositachi bo'lishdek rolni bajarishda muhim ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Adabiyotlar:


  1. Shodiev N. O'zbekiston milliy Tiklanish bosqichida. - M.: Vega, 1999.

  2. Shodiev N., Eofurov 3., Siddiqov B. Milliy mafkura va g'oya. -T.: O'zbekiston, 1996.

  3. G’ofurov 3., Toshev S. Mustaqillikning ma'naviy zaminlari. -Qarshi: Nasaf, 1994.

  4. G’ofurov 3., Siddiqov B. Ma'naviy yuksalish – taraqqiyot omili. - T.: TDTU, 1997.

  5. G’ofurov 3., Siddiqov B. Milliy istiqlol ma'naviy-ma'rifiy yuksalish. - T.: TDTU,

2000.

  1. Tulenov J., Qodirov B., §ofurov Z. Ma'naviy yuksalish sari. -T.: Mehnat, 2000.

  2. Ma'naviyat yulduzlari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 1999.

Alpomish. - T.: Sharq, 1998. Jaloliddin Manguberdi. - T.: Sharq, 1999.

  1. Shodiev N. Natsionalnaya ideya: kak eto viditsya v Uzbekistane. //Trud, 23 iyunya 2000.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling