Reja: Kirish Davlat moliyasi tizimi, uning tarkibi va tuzilishi


Download 122.5 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1570958
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi


REJA:
Kirish
1. Davlat moliyasi tizimi, uning tarkibi va tuzilishi
2. Davlat moliyasi tarkibida uning bo‘g‘inlarining tutgan o‘rni va ahamiyati
3. Davlat moliyasi bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘liqligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida alohida o‘rin egallaydi. Davlat moliyasi orqali davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosi yaratiladi, davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat moliyasining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat yurituvchichi mutaxassislardan davlat moliyaviy munosabatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‘llay olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga “Davlat moliyasi” nomli fan kiritilgan bo‘lib, ushbu fan dasturida davlat moliyasining mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni amalga oshirishdagi ahamiyati, davlat moliyasining tarkibi, davlat moliyasining tashkiliy-huquqiy asoslarini, davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat moliyasini boshqarishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari, byudjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish mexanizmlari, davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotida davlat moliyasining ahamiyatini oshirish kabi masalalar qamrab olingan.
Davlat moliyasining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda davlat moliyaviy resurslari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat moliyasini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat moliyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat moliyasi amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan ta’minlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
• daromadlar asosini mustahkamlash;
• byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash;
• modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;
• soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;
• byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako- millashtirish;
• G‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maxsus fondlari;
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.
“Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamona¬viy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keyslardan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interaktiv usullari(vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klasster, “Venn diagrammasi” va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‘qituvchisi tomonidan peda¬gogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Davlat moliyasi” fani o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzoka¬ralar, pinbord texnikasi, keys-stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish) kabi usullar qo‘llaniladi.
Shuningdek, fanning amaliy mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini boshqarish tizimida qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarga mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.
“Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqs ad– kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda davlat moliya tizimining tuzilishi va faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
davlat moliyasining mohiyati, uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi, davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
davlat moliyasi rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat moliyasi holatini baholash va tahlil qilishni, davlat moliyasi rivojlanishi istiqbolini belgilash asoslarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya qonunchiligi asoslarini, davlat moliyasining asosini tashkil etuvchi barcha darajadagi byudjetlar ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, davlat moliyasini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
davlat moliyasi ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, ularni tahlil etish, davlat moliyaviy nazorati, davlat kreditini boshqarish, mahalliy moliyani tashkil etish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish va ijro ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
davlat moliyasi tizimidagi hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, davlat moliyasi tizimida axborot tizimlaridan foydalanish, davlat moliyasi amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat moliyasining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag‘larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir- biri bilan bog‘liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo‘g‘inlari va sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo‘linadi.
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir- birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• Respublika yo‘l fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i;
• Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda- lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir- biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning
umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling