Reja: Kirish. I bob. Buxoro amirligi


Buxoro amirligi ustidan protektorat


Download 245.43 Kb.
bet8/9
Sana09.09.2022
Hajmi245.43 Kb.
#803030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligidagi siyosiy-ijtimoiy iqtisodiy hayot.
2 5274017013952415197, 000000000000000000000000000000000, multiple choice, Buxgalteriya xisobining xalqaro standartlari, 12-maktab MMIBDOʻ haqida ma\'lumot, Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3
Buxoro amirligi ustidan protektorat
1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo`rg`on bo`limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. General-mayor unvoni berilgan A.K.Abramov okrug boshlig`i va harbiy xalq ma’muriyati rahbari etib tayinlandi. General-gubernator K.Kaufman uning ixtiyorida 4 ta piyoda batalyonini qoldirib, qolgan qo`shin bilan Toshkent tomon yo’1 oldi. Amir Muzaffar mag`lubiyatni tan olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o`rtasidagi yangi chegaralar to`g`risidagi Kaufman tomonidan taklif etilgan shartnomani imzolashga majbur bo`ldi. Podsho Rossiyasi bosqinchilik siyosatining ikkinchi bosqichi yakunlandi. 1868-yil 28-iyunda general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko`ra, amir urush boshlashda o`zini aybdor deb tan olib, "abadiy do`stlik" nishonasi sifatida podsho qo`shinlarining harbiy xarajatlarini qoplash uchun 500 ming rubl to`lash majburiyatini oldi. Shartnomaga muvofiq, podsho tomonidanbosib olingan Chinozdan Zirabuloqqachabo`lgan barcha hudud, Xo`jand, o`ratepa,Jizzax, Samarqand, Kattaqo`rg`on shaharlaribilan birga podsho Rossiyasi hududiga qo`shildi.Ular yangi — Zarafshon okrugini tashkil qildi.Qolgan hududlar ustidan amir o`z hokimiyatinisaqlab qoldi, biroq Turkiston general-gubernatorining ko`rsatmalarini bajarishgamajbur edi. Amir Rossiyadan keladigan savdogarlar uchun butun amirlikdaerkin savdo qilish imkoniyatini berish majburiyatini, ularni himoyalash uchunmas’uliyatni o`z zimmasiga oldi. Savdogarlarga davlatning barcha hududlaridasavdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berdi, ayni mahalda moldan olinadigan boj ularningumumiy qiymatining 2,5 foizdan oshmasligidarkor edi. Rossiya savdogarlari amirlik yeridanboshqa har qanday davlatga erkin o`tish hu-quqini oldi.
Bu mag`lub etilgan davlatni tahqirga, hu-quqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgantalonchilik shartnomasi edi. Uzunligi 877 kmbo`lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasinazorati ostiga tushib qolayotgan edi. BuBuxoroning va butun davlatning g`alla konibo`lgan 12 ming km hududini sug`orib turganasosiy suv yo`li edi. Amir, shuningdek, davlatning ikki yirik shahri — Samarqand va Jizzaxdan keladigan daromaddan ham mahrum bo`lgandi. Bunday yon berish evaziga amir Muzaffar taxtni saqlab qoldi. Jo`rabek va Bobobek Samarqandni ozod qilish uchun kurashni davom ettirishdi. Ular amir Muzaffar taxtdan ag`darilganini va uning to`ng`ich o`g`li — Abdumalik to`ra amir etib tayinlanganini e’lon qilishdi va dastawal Shahrisabzni, so`ng Qarshi va Karmana shaharlarini egallashdi. General Kaufman qarshilik manbalarini bostirish uchun general-mayor Abramovni jo`natdi. Qarshi shahri yaqinida shafqatsiz jang boshlandi. Jo`rabek va Bobobek asir tushib qolib, Abdumalik to`ra ustun kuchlar zarbasi ostida Shahrisabzga chekindi. U yerdan qolgan qo`shin bilan Afg`onistonga, so`ng Peshovar (Hindiston)ga o`tib icetdi. Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi mustamlakachilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.

Protektorat— zamonaviy siyosiy adabiyotda mustamlaica mamlakatlar qaramligining bir shakli, degan ma’noda ishlatiladi. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki ishlarida birmuncha mustaqilligini saqlab qolsa ham, lekin tashqi siyosat va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat o`rnatgan davlat ixtiyoriga o`tadi.

Xulosa.
1873-yilda Buxoroda podsho hukumatining Buxoroga o`z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shart bilan to`ldirilgan yangi shartnoma imzolandi. Bu vakilning roziligisiz bironta na ichki, na tashqi siyosiy masala hal etilishi mumkin emasdi. Har kuni erta bilan uning huzuriga qushbegi kelib, yo’1-yo’riq olar, zarur ko`rsatmalarni imzolar va ularni amir huzuriga keltirardi. Amir esa bu hujjatlarni rasman tasdiqlardi, xolos. Rossiyaning taniqli diplomati P.M.Lessar birinchi diplomatik vakil etib tayinlangandi. U ko`plab xalqaro muzokaralarda qatnashgan hamda Sharq tarixining katta bilimdoni edi. Uning xonasi bamisli o`rta Osiyo, Hindiston va Afg`oniston tarixi bo`yicha ingliz, fransuz, nemis va rus tillaridagi kitoblardan tarkib topgan kutubxona edi. Diplomat vakil Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori bo`lib qoldi. Bu yerda istiqomat qiluvchi barcha chet elliklar uning yurisdiksiyasi (sudlov tizimi)ga kirar edi. Kaufrnan shu vaqtdan boshlab amir hokimiyati mavjudligining kafolatiga aylandi. Vakil Buxorodan 15 km uzoqda Yangi Buxoro (Kogon) shahrida istiqomat qilar edi. Shunday qilib, chorizm Buxoroni o`zining davlatiga to`liq qo`shib olishga intilmadi. Chunki mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali boshqarish ancha qulay edi. Rossiya imperiyasi Buxoro amirini asta-sekin o`z hukmiga bo`ysundirib, o`rta Osiyodagi siyosiy o`yinlarida o`ziga bo`ysunuvchi shaxsga aylantirib bordi.
Rossiya imperiyasi bu yerdagi hukmronligini abadiylashtirish maqsadida o`rta Osiyoni boshqa mamlakatlardan ajratib olishga qaror qildi. Shu maqsadda, 1869-yildan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg`oniston va o`rta Osiyodagi rus yerlari o`rtasidagi chegara o`tkazish to`g`risida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasida chegaralar Amudaryo bo`ylab Panj tumanidan o`tkazilishi kelishib olindi. Chegaraning boshqa, Turkmanistonni Erondan ajratib turuvchi qismi 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada aks ettirildi. Bu chegaralar hozirgacha saqlanib qolgan, Kopetdog` tog`lari davlatlar o`rtasidagi tabiiy chegara bo`lib hisoblanadi. 1885—1887-yildagi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash bo`yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiyaning o`rta Osiyodagi (Buxoro) yerlari bilan Afg`oniston o`rtasidagi chegara chizig`ini belgiladilar, 1895-yilda esa Buxoroning Pomirga o`tishi natijasida tortishuvga sabab bo`lgan Pomir masalasi o`z yechimini topdi. Bu chegaralar o`rta Osiyoni tashqi olamdan ajratib turuvchi tosh devorga aylandi.



Download 245.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling