Reja: Kirish I bob. Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi


Download 1.55 Mb.
bet1/26
Sana17.01.2022
Hajmi1.55 Mb.
#375904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Toshbaqa
Akademik nutq test 1,2,3,4,5, mikrobiologiya, SAPAYEVANODIRA, 1 топшириқ Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаш фанидан (1), такриз ички туг

TOSHBAQALAR TUZULISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI, TURLARI, TARQALISHI.

Reja:

Kirish

I BOB. SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI. SUDRALIB YURUVCHILARNING ANATOMA-MORFOLOGIK TASNIFI.

    1. Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy tavsifi.

    2. Teri qoplagichlari

II Bob. TOSHBAQALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

2.1 Toshbaqa turlari

2.2 O’rta osiyo cho’l toshbaqasi



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Toshbaqalar (Testudines, yaʼni Cheloniea) — sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat. Koʻpchilik T.ning tuzilishi qad. davrdan hozirgacha deyarli oʻzgarmagan. Sovutining uz. 12 sm dan 2 m gacha. T. koʻzi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari boʻlmaydi, jagʻi tumshuqqa oʻxshash muguz plastinkalar bilan qoplangan. Umurtqa pogʻonasi — boʻyin va dum boʻlimlari harakatchan, boshqa kismlari karapaks bilan birlashib ketgan. Sovutning boʻlishi tufayli oyoqlar kamari suyaklar, qovurgʻalar ostiga siljigan. 250 ga yaqin turi bor. 2 kenja turkum (yashirin boʻyinlilar va yonbosh boʻyinlilar)gaajratiladi. Yashirin boʻ yinlilar (Cryptodira) 8 oila: kaymansimon T., chuchuk suv T.i, quruklik T.i, dengiz T.i, terili T., yumshoq tanali T. va boshqalarni; yonbosh boʻyinli T. pelameduzasimonlar va ilon boʻyinlilar oilalarini oʻz ichiga oladi.

Ekologik jihatdan T. dengiz va quruqlik T.iga ajratiladi. Quruqdik T.i Antarktikadan tashqari barcha qitʼalarda va koʻpchilik o.da, dengiz T.i dunyo okeanining tropik va subtropik hududlarida, qisman, bareal qismida tarqalgan. Quruklik T.i sovuq tushganda qishki, qurgʻoqchilik paytida yozgi uyquga ketishi mumkin. Quruqlik va dengiz T.i, asosan, oʻtxoʻr, chuchuk suv T.i, odatda, etxoʻr (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, umurtqasizlar bilan oziklanadi). T. bir necha oy oziqlanmasdan yashashi mumkin. Quruqlikda juftlashadi. Ayrim turlari yil davomida 3 martagacha va undan ham koʻp marta bir necha 100 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlari sharsimon yoki ellipssimon; quruqlik T.ida teri ohak poʻchoq, dengiz va chuchuk suv T.ida pust bilan qoplangan. Koʻpchilik turlarining inkubatsiya davri 2—3 oy (fil toshbakasiniki 6—7 oy). 2—3 yilda jinsiy voyaga yetadi. T.ning oʻsishi cheklanmagan, faqat voyaga yetgan davrida sekinlashadi. Bir necha oʻn yil, baʼzan 150 yilgacha yashaydi. Baʼzi T.ning goʻshti, yogʻi, tuxumi, baʼzan muguz qalqonidan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda T.ni koʻpaytirib boqadigan fermalar bor. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl T.i Testudo harsfi eldi tarqalgan. Choʻl T.i bahor oylari uyqudan uygʻonadi; oʻsimlik maysalari bilan oziqlanib, qisman ekinlarga ziyon yetkazadi. Issiq yoz va sovuq qishda uyquga ketadi. Kuz quruq kelganida yoz uyqusi qish uyqusiga ulanib ketishi mumqin. T. soni kamayib borayotganligi sababli muhofaza qilinadi. 38 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

I BOB. SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI. SUDRALIB YURUVCHILARNING ANATOMA-MORFOLOGIK TASNIFI.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling