Reja: Kirish


Download 1.63 Mb.
bet1/4
Sana30.10.2019
Hajmi1.63 Mb.
  1   2   3   4

Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish

tendensiyalari

Reja:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

1) Germaniya haqida umumiy ma’lumot;

2) Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari;

3) Germaniya iqtisodiyoti sektorlarining rivojlanish tendensiyalari

4) Germaniyaning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi roli;

5) Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari.

III. Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

V. Ilovalar




KIRISH

Barchamizga ma’lumki, Germaniya Federativ Respublikasi nafaqat iqtisodiy, balki boshqa ko’plab sohalarda ham yetakchi o’rinlarni egallaydi. Ayniqsa sanoatning yuksak darajada rivojlanganligi, tashqi savdoda ham jahonda yetakchi o’rinlarni egallashi bu davlatni alohida mavqega ega bo’lishiga sabab bo’lgan. Yevropa Ittifoqi doirasida ham Germaniya Fransiya bilan birgalikda qolgan Ittifoq doirasidagi davlatlarga o’ziga xos yo’lboshchi vazifasini o’tab kelmoqda. Xo’sh, Germaniyaning bu darajaga yetishishiga nimalar sabab bo’ldi? Bunga ulardagi geografik joylashuv, aholi mentaliteti, tarixiy rivojlanish darajasi, atrofidagi va boshqa davlatlarning qanchalik hissasi mavjud. Bu xususiyatlarning ahamiyati nechog’lik muhim va ulardan biz o’z davlatimizning rivojlanishi uchun qanchalik foydalana olamiz. Shu va kabi savollarning javobini topish bugungi kundagi iqtisodiyotimizning rivoji uchun yanada qulay zamin yaratadi.

2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishlarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo’lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan iqtisodit taraqqiy etgan davlatlarni o’rganish, ulardagi ustunlik va yutuqlik jihatlarini o’zimizda amalda qo’llish, xato va kamchiklarining oldini olib ularning kelajakda yuzaga kelishining o’ldini olish, davlatlarni o’rganish davomida har bir holatni alohida olib uni tahlil qilish, hamda ularning rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo’llarini amalga keng joriy qilishga bog’liqdir.

Quyidagi kurs ishim orqali men Germaniya Federatsiyasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ahvolni yoritish, bu davlatda yaratilayotgan qulaylik hamda imkoniyatlarni tahlil etish, sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi sohasidagi salohiyatini yoritib berish, bu davlatning xalqaro maydondagi o’rnini ko’rsatib berish, shu bilan birga, bizning yurtimiz bilan o’rnatilgan o’zaro iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hamkorliklarini yoritib berishga va bu holatni tahlil qilishga harakat qildim. Bundan ko’zlangan maqsad esa, jahonning rivojlangan davlatlarining bosib o’tgan yo’llarini tahlil etish, ulardagi innovatsiyalarni, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni o’zimizda joriy etishning yurtimiz rivojiga ta’sirini ko’rsatib berish; ularning rivojlanish sohasida olib borilgan ishlarini o’rganib, yutuqlarini o’zimizda qo’llash va kamchiliklarini chetlab o’tib yanada yaxshiroq natijaga qisqa vaqtda erishish imkoniyatini ko’rsatib berishdan iborat.



Germaniya haqida umumiy ma’lumot.

Mamlakatning geografik joylashuvi



Geografik koordinatalari: 51 00 N, 9 00 E

Germaniya Federativ Respublikasining poytaxti Berlin shahridir. Rasmiy tili -nemis tili. Hukumati Parlamentlik Respublikasi. Germaniya imperiyasining birlashuvi 1871-yil 18-yanvarda; G’arbiy va Sharqiy Germaniyaning birlashishi esa 1990-yil 3-oktabrda bo’lib o’tgan. Maydoni 357 021 kv. km. Aholi soni 80 mln atrofida. YaIMsi 4.2 tln AQSH dollari atrofida(2017-yil). Aholi jon boshiga 50 800 AQSH dollari. 2017yildagi iqtisodiy o’shish 2.5%ni tashkil etadi. Pul birligi Yevro.



Germaniya parlamentar respublika. Siyosiy-ma’muriy tuzilishi federatsiya
shaklida bo’lib, 16 federal yerlardan – Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin,
Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-Old Pomeraniya, Quyi
Saksoniya, Reynland-Pfalьts, SHimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya,
Saksoniya Angalьt, Tyuringiya va SHlezvig-Golьshteyndan iborat. Yerlar
okruglarga, tumanlarga va jamoalarga bo’linadi.

Amaldagi konstitutsiyaga ko’ra federativ respublika. Davlat boshlig’i –
federal prezident. Ijro etuvchi hukumatni federal kantsler boshqaradi. Qonun
chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va
bundestratdan iborat. Har bir yerning o’z konstitutsiyasi, parlamenti va hukumati
mavjud.2

Germaniya (nem.Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland)— Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri -Germaniyaning dengiz yaqniida joylashgan biri - Germaniyaning dengiz yaqniida joylashgan va qo'shni mamlakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir. GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg,

Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn.

Germaniya iqlim jihatidan mo’tadil iqlimga ega. Tabiatiga keladigan bo’lsak, Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, qirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya pasttekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitog’ligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi pasttekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaylovlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil hisoblanadi.

Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shveytsariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden.

Aholisi. Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman daniyaliklar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo'lgan shaharlar ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi.(1-ilovaga qarang)

Rasmiy tili — nemis tili. Dindorlar - protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Hannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden.3



Tarixi. Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalqlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgan. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. 1814—1815-yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil topdi.

Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish, agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.



Germaniya birinchi jahon urushi davrida. 20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha Germaniya Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi jahon urushiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-yil Fransiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qoʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentyabrda esa ingliz-fransuz qoʻshinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktyabrda sulh soʻrab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-yilda boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu sharoitda natsionalsotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 1932-yil mart—apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln .dan ortiq ovoz oldi. Oʻsha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi. 1933-yilda fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. Antifashistlar qattiq taʼqib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmat joriy qilindi.

Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida

Germaniya 1936—39 yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qoʻshib oldi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniya Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939-45)ni boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentyabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Yunoninstanni bosib oldi. Shu yili 22-iyunda esa Germaniya urush eʼlon qilmasdan SSSRga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, nemis fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qoʻshinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.


Germaniya urushdan keyingi yillarda

Germaniya toʻrt okkupatsiya zonasiga boʻlindi. 1949-yil avgustda Gʻarbiy Germaniyada parlament saylovi oʻtkazildi. Oʻsha yili 20-sentyabrda OFR tuzildi. 1949-yil 7-oktyabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR)

tuzilganligini eʼlon qildi. Ikki suveren nemis davlati 1990-yil oktyabrgacha alohida alohida yashab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat qurish yoʻlini tutgan GDRning

ijtimoiy turmush darajasi Gʻarbiy Germaniya darajasiga nisbatan ancha orqada

qoldi — Gʻarbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan oʻrin

oldi. nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning soʻngida taqiq ramzi boʻlmish

Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi (Berlin devorining qulatilishi). 1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi

shartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR OFRga qoʻshildi. Natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi. Germaniya —1973-yildan BMT aʼzosi. 3-oktyabr Germaniya birligi kuni (1990).4


Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tarkibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat sohasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi, shu bilan birga texnik jihatdan ham bu soha o’ta yuksak taraqqiy etgan.(2-ilovaga qarang)

Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 16.7%ni tashkil etadi.



Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling