Reja: Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari


Download 26.98 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2022
Hajmi26.98 Kb.
#628613
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari.
I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.erishgan marralar bilan...., FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SANOAT, 2-курс амалиёт бетлик, TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI, BALIQLAR KATTA SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. TOG‘AYLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINING TUZILISHI, KO‘PAYISHI VA RIVOJLANISHI., TAVSIFNOMA, O\'QITISHNING GRAFIKLI ORGANEYZERLI VOSITASIDAN TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA FOYDALANISH. NIMA UCHUN, VENNA DIAGRAMMASI T-JADVAL, B-B-B JADVAL BALIQ SHLETI, QANDAY DIADRAMMASI NILUFAR GULI CHIZMASI KLASTER, Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amali (2), 111111111111111, ИСТОРИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ, 2-мавзу. Маъруза матни

Mavzu:Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari.
Reja:

  1. Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.

  2. Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirish talablari.

1.Yoritish aham iyati, yoritish norm alari, yoritkichlarni tanlashIshlab chiqarishda chiroqlar to'qri tanlanganda va yoritkichlar ratsionalo'rnatilganda ko'z, umuman organizm kam charchaydi, mehnat unumi ortadi vaqurilish-montaj ishlarining sifati yaxshilanadi.


Yoritish sharoitlari yaxshilansa, ko'zni juda zo'riqtirish talab qilinadigan aniqishlarda ham, boshqa ishlarda ham mehnat unumi ortadi (birinchi holda mehnatunumi 15% ortadi). Qurilish industriyasi zavodlarida o'tkazilgan tekshirishlarshuni ko'rsatdiki, yuqori aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda yoritish sharoitlariniyaxshilash, ya’ni cho'g'lanma lampalar o'rniga gaz razryad lampalar o'rnatish vayoritilish darajasini 50 dan 150 lyuksga oshirish natijasida mehnat unumi 1,5%o'sdi. Odamning ko'zi barcha turli-tuman nurli energiya nurlanishidan faqatto'lqinining uzunligi 380-770 nm bo'lgan nurlanishlarnigina oq yorug'lik sifatidaqabul qiladi. Korxona va qurilishlar tabiiy hamda sun’iy yoritiladi, chunkiyoritish normalarida yoritilish darajasiga, sifatiga. avariyaviy yoritishga, umumiyyoritish chiroqlarining zahira koeffitsienti hamda ularni tozalash muddatlarigaqo'yiladigan talablar bor. Yoritilish normalari ko'rib bajariladigan ishlamingsharoitlariga qarab belgilanadi. Bu ishlar 9 ta razryad va kichik razryadlargaajratiladi. Razryadlarda ko'rib bajariladigan ishlarniig aniqligi hisobga olinadi.
Masalan, umumiy qurilish ishlari VI razryadga.omborlardagi ishlar VIII razryadgakiritiladi. Sun’iy yoritish normalarida yoritilish darajasi ishlatiladigan manbalari vaqabul qilingan yoritish tizimiga qarab alohida-alohida normalanadi. Gaz razryadorug'lik manbalaridan (lyuminestsent lampalar, DRL, DR1 lampalaridan)ishlangan yoritish qurilmalari uchun yoritish normalari cho'g'lanma lampaliyoritish qurilmalarinikiga nisbatan yuqoriroq.Umumiy yoritish tizimidanormalanadigan yoritilish darajasi aralash yoritish tizimidagiga qaraganda pastroq,chunki aralash yoritishda umumiy yoritishga mahalliy yoritish ham qo'shiladi.Bunda bitta mahalliy yoritishdan foydalanishga y o ‘1 qo'yilmaydi. Sanoatkorxonalarida, asosiy ish o'rnini yoritishdan tashqari, avariya ro'y berganda yokichiroqlar to'satdan o'chib qolganda odamlami xonalardan evakuatsiya qilish vaayrim ishlarni davom ettirish maqsadida avariyaviy yoritish ham ko‘zda tutiladi.Xonalaming tabiiy yoritilishini tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TYoK.) debataladigan kattalik bilan belgilash qabul qilingan. Agar tabiiy yoritilganlikningloyixalangan koeffitsienti yon tomondan yoritishda normaning 80 foizini va undankamini, yuqori tomondan tabiiy yoritishda 60 foizini va undan kamini tashkil etsa,normalanadigan yoritilganlik sun’iy yoritkichlar o'rnatish hisobiga oshiriladi.
Yoritkichlami tanlashda yorug'lik oqimining ko‘p qismi ish sifatiga tushishi uchunyoritish armaturasiga e ’tibor berish lozim. Ochiq lampalardan foydalanishyaramaydi, aks xolda ko'z qamashishi va elektr energiyasi befoyda sarflanishimumkin. Yoritgichlar tipini tanlashda xonadagi muhit va yorug'lik taqsimotigaqo'yiladigan talablar ham hisobga olinadi. Baland xonalarga yorug'lik taqsimotikonsentrlangan yoritkichlar (“Universial”, “Glubokoizuchatel”) o ‘matgan ma’qul.Sun’iy yoritishda cho'g'lanma va gaz razryad lampalardan foydalaniladi.
Cho'g'lanma lampalar vakuumli (15 va 25 Vt) hamda gaz bilan to‘ldirilgan bo'ladi(1500 Vt gacha). Cho'g'lanma lampalarning o'rtacha xizmat muddati 1000 soat.
Gaz razryad lampalardan eng ko'p tarqalgani simobli lampalar (shuningdek, yoylisimobli lyuminestsent DRL lampalari) va lyuminestsent lampalardir. Bulampalarning besh xili chiqariladi: LD - kunduzgi yorug'lik lampalari, LXB – xiraoq yorug'lik beradigan lampalar, LB - oq yorug'lik beradigan lampalar, LDP -yorug'lik oqimi uzatilishi yaxshilangan kunduzgi yorug'lik lampalari. LTB – issiqok yorug'lik beradigan lampalar. Bu lampalarning quvvati 8-120 Vt. Qurilishjoyining katta (5000 m2dan ko‘p) ochiq maydonlarini yoritish va qorong'idaishlash uchun projektorlardan foydalaniladi. Ular sim yog‘ochlar, machtalar,qurilish mashinalari va boshqa turg‘un tayanchlarga o'rnatiladi. PZS-25.PZS-35.PZS-45 tipidagi projektorlardan keng foydalaniladi.
2.Bino yoki inshootning o'tga chidamliligi ularning quyidagi asosiy qismlari:yong'inga qarshi devorlar (brandmauerlar), ko'tarib turuvchi va o'zini o'zi ko'taribturuvchi devorlar, zina kataklari devorlari, o'rnatma panel devorlari, karkasdevorlar faxverkinning to'ldirgichi, ko'taruvchi pardevorlar, qavatlararo vachordoq yopinalari hamda lonilarning o'tga chidamliligi bilan belgilanadi Turarjoylarda chiqadigan yong‘inlar katta moddiy zarar etkazadi va umumiy yong'inlarmiqdorining 50% ini tashkil etadi. Uylarda (binolarda) yong'in chiqishiga asosanelektr va gaz jixozlaridan, sanoat hamda uy-ro‘zgor jihozlaridan foydalanishqoidalarining buzilishi va boshqalar sabab bo'ladi.
Turar joy binolarining o'tga chidamlilik darajasi bino qavatlarining soni vamaydoniga bog'liq. Ko'p qavatli ancha uzun binolarda binoni bo'limlargaajratadigan yong'inga qarshi devor sifatida ko'ndalang devorlar va seksiyalararodevorlardan foydalaniladi. Odam yashamaydigan xonalar o'tga chidamlilikchegarasi 0,75 soat bo'lgan devor va orayopmalar bilan ajratiladi. Podval va sokolqavatlariga odam yashaydigan xonalar joylashtirilmaydi, u erga bitta kvartirahisobiga ko'pi bilan 3 m2 dan xo'jalik ombori hamda o'tin xona joylashtirilishimumkin. Utga chidamliligi III darajada bo'lgan binolaming podval va sokolqavatlari ustiga yonmaydigan (o'tga chidamlilik chegarasi kamida 1 soat), bir vaikki qavatli uylarda esa qiyin yonadigan (o'tga chidamlilik chegarasi kamida 0,75soat) orayopmalar o'rnatiladi. Podvaldan chiqish joylari tashqaridan yoki alohidabo'ladi.
Podval qavatining balandligi 1,6-1,9 m bo'lganda ulardan-injenerlikkommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Axlat tashlanadigankameralar birinchi qavatga yoki sokol qanatiga yonmaydigan qilib quriladi (o'tgachidamlilik chegarasi kamida 1 soat).Ularga kirish joyi umumiy kirish joylarajratilgan bo'ladi.Keyingi vaqtlarda chordoqsiz yopmalar keng tarqalmoqda.
Bunda yong'in xavfi kamayadi. Chordoqlariing yog'och konstruktsiyalariga o'tdanhimoyalovchi tarkiblar bilan ishlov berilishi, dudburonlar esa oqlab qo'yilishikerak. Barcha dudburon va ventilyatsiya kanallari tomdan yuqoriga chiqariladi.
Kvartallar orasidagi mashinalar yuradigan yo'llar va binolarga kelish yo'llari biribiridan ko'pi bilan 300 m (erkin planlashtirishda) va 180 m (perimetral qurishdaoraliqda quriladi. Yong'inga qarshi ichki vodoprovod tarmoqlari 12 qavatli vaundan baland kvartira tipidagi uylarga hamda 4 qavatli va undan baland yotoqxonava mehmonxona binolariga quriladi. Binolarda zina kataklari orqali kamida 90 moralatib ikkala tomoni ochiq yo'llar qilinadi.
Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi odatda ularning o’tga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa o’z navbatida ularda ishlatilgan qurilma va ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho’g’lanib yonish natijasida parchalanishi ularni yonuvchanligini bildiradi.
KMK 2.01.02-85 raqamli yong’in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyolari yonuvchanlik xususiyatlari bo’yicha uchta guruhga bo’lingan: yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.
Yonmaydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yonmaydigan va ko’mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan bularga tosh, beton, temirbeton, gips, alibastr kabilar misol bo’laoladi. Bunday ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi.
Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko’proq organik birikmalari bo’lgan asfaltbeton va gipsli beton qurilmalar va hajm og’irligi 900 kg/m3 dan oshmagan somonliloy qorishmalari, antipiren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog’och qurilmalar va shuningdek fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolarning ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.
Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbaining ta’siridan yonadigan va manba yuqolgandan keyin ham cho’g’lanibyonishi davom etadigan, ya’ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofizalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi.
Qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlarini tajriba usuli orqali aniqlash mumkin.Buning uchun chiz.8 da ifodalangan «olovli quvur» uskunasidan foydalanish mumkin.

Download 26.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling