Reja: Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. "Shina", "yulduz" va "Halqa" topologiyalari


Download 134.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.12.2020
Hajmi134.58 Kb.
#163970
Bog'liq
9-Mavzu


3-modul. Tarmoqlarni qurish asoslari. 

9-mavzu:  

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari. 

Reja: 


Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. 

“Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari.  

ISO\OSI modeli. 

Standart tarmoq protokollari. 

Axborot almashuvini boshqarish usullari. 

Tayanch iboralar: Topologiya, “Shina” topologiyasi, “yulduz” topologiyasi, “Halqa” topologiyasi, 

ISO\OSI modeli, protokollar, axborot almashuvi. 

1.Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. 

Tarmoqlarni  qurish  asoslarini  tashkil  qilishda  kompyuter  tarmoqlarining  asosiy  turlaridan  biri 

mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishdan muhimdir. 

Kompyuterlar  orasida  malumot  almashish  va  umumiy  masalalarni  birgalikda  yechish  uchun 

kompyuterlarni  bir-biri  bilan  bog’lash  ehtiyoji  paydo  bo’ladi.  Kompyuterlarni  bir-biri  bilan 

bog’lashda mahalliy hisoblash tarmoqlarining  ikki xil usuldagi  topologiyasidan foydalaniladi: 

1. kabel yordamida bog’lash, bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial,  o’ralgan juftlik kabeli 

(UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog’lanadi. 

2.  simsiz  bog’lanish, bunda kompyuterlar bir-biri  bilan  simsiz  aloqa  vositalar  yordamida,  ya’ni 

radio to’lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog’lanadi. 

Bir-biri bilan bog’langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog’ini tashkil etadi. 

Tarmoq  tushunchasi  va  uning  ahamiyati.  Tarmoq-kompyuterlar,  terminallar  va  boshqa 

qurilmalarning  malumot  almashishni  tahminlaydigan  aloqa  kanallari  bilan  o’zaro  bog’langan 

majmui.  Kompyuterlar  aro  malumotlarni  almashishni  tahminlab  beruvchi  bunday  tarmoqlar 

Kompyuter tarmoqlari deb ataladi. 

Tarmoq  orqali  axborotlarni  uzoq  masofalarga  uzatish  imkoniyati  vujudga  keldi.  Tarmoq 

axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, 

bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari 

har  bir  kompyuterni  ma’lum  bir  vazifani  bajarishga  ixtisoslashtirish  va  kompyuterlarning 

resurslaridan (malumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini 

o’zida birlashtirgan Internet tarmog’iga bog’lanish mumkin. 

Tarmoq  taqdim  etadigan  hizmatlar.  Kompyuter  tarmoqlari  axborotlarni  elektr  signallari 

ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish 

uchun  quriladi,  yahni  bog’langan  kompyuterlar  orqali  biror  masalalarni  yechish  uchun 

ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 

Fayl  server  xizmati.  Bunda  tarmoqdagi  barcha  kompyuterlar  asosiy  kompyuterning  (server) 

malumotlaridan  foydalanish  yoki  o’z  malumotlarini  asosiy  kompyuter  xotirasiga  joylashtirish 

mumkin; 

Print  server  xizmati.  Bunda  tarmoqdagi  barcha  kompyuterlar  o’z  malumotlarini  xizmat  joriy 

qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin; 

Proksi  server  xizmati.  Bunda  tarmoqqa  ulangan  barcha  kompyuterlar  xizmat  joriy  qilingan 

kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin; 

Kompyuter  va  foydalanuvchi  boshqaruvi  xizmati.  Bunda  tarmoqqa  ulangan  barcha 

kompyuterlarning  va  ularda  qayd  qilingan  foydalanuvchilarning  tarmoqda  o’zini  tutishi  hamda 

faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi. 

2.“Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari. 

Tarmoq  har  doim  bir  nechta  komphyuterlarni  birlashtiradi  va  ulardan  har  biri  o’z  axborotlarini 

uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komphyuterlar o’rtasida 

navbat  bilan  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  har  qanday  tarmoqda  axborot  almashinuvini  

“Shina”,  “yulduz”  va  “Halqa”  topologiyalari  boshqarib  turiladi.  Bu  esa  o’z  navbatida 

komphyuterlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. 



Tizim  shinasi  bu  -  belgilangan  yo’nalish  bo’yicha  signallar  uzatishga  mo’ljallangan  liniyalar 

to’plami.  Tizim  shinasining  asosiy  vazifasi  protsessor  hamda  boshqa  elektron  kompyuterlar 

o’rtasida ma’lumot ayirboshlashdan iborat. Tizim shinalari orqali  informatsiya uzatish, qurilmalar 

adresatsiyasi hamda maxsus xizmatchi signallar amalga oshiriladi. Ma’lumotlar shinasi bo’yicha 

protsessor  va  operativ  xotira  o’rtasida  yoki  protsessor  va  kiritish-chiqarish  portlari  o’rtasida  

informatsiya  almashuvi  ro’y  beradi.  Ma’lumotlar  shinasining  asosiy  harakteristikasi  bu-

razryadlilik.  Zamonaviy  personal  komnyuterlarda  64-razryadli  ma’lumotlar  shinasidan 

foydalaniladi. 64-razryadli shina orqali bir vaqtning o’zida 8 bayt ma’lumot uzatish mumkin. 

Kompyuter  tizimlarida  “yulduz”  va  “Halqa”  topologiylari  orqali  protsessor  xotiraning 

almashuvida  ishtiroq  etishi  kerak  bo’lgan  yacheykasiga  jo’natadi.  Agar  boshqaruv  shinasining 

biror  liniyasidan  kiritish-chiqarish  portiga  ulanganlik  to’g’risida  signal  uzatilgan  bo’lsa,  unda 

manzil shinasidagi manzil portning nomeri sifatida tushuntiriladi. 

Tarmoqlarni qurish asoslari kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari “Shina”, “yulduz” va “Halqa” 

topologiyalari boshqaruv shinasi turli boshqaruv signallarini uzatishga mo’ljallangan liniyalardan 

iborat. 

Barcha  zamonaviy  kompyuterlar  kombinatsiya  qilingan  tizim  shinalariga  ega,  masalan,  ISA 

(Industry Standard Architecture) - Standart Sanoat Me’morchiligi. 

Shinalarning biri birlamchi tizim (EISA, ISA), keyingisi esa ikkilamchi (PCI) tizim deyiladi. 

Tizim shinasining me’morchiligi protsessor turiga qarab aniqlanadi, albatta bunda mikrosxemalar 

guruxi va soni hamda periferik qurilmalarning razryadliligiga bog’liq. 

Pentiym  platformalaridagi  tizim  shinalari  protsessorning  operativ  xotira  bilan  64-razryadli 

ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi, bunda ma’lumotlar adresatsiyasi 32-razryadli manzil orqali 

amalga oshiriladi. 

Periferik qurilmalar bilan birgalikda, ISA shinasi 16-razryadli ma’lumotlar kodi va 16-razryadli 

ma’lumotlar  manzili  kodini  EISA  shina  esa  32-razryadli  ma’lumotlar  kodi  hamda  32-razryadli 

manzilini kodini almashuvini ta’minlaydi. 

Ko’pincha turli me’morchilikdagi shinalarning imkoniyatlarini solishtirish maqsadida shinaning 

o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanshadi. 

Uni  bir  taktda  uzatiladigan  baytlar  sonini  uning  ish  chastotasiga  ko’paytirish  orqali  hisoblash 

mumkin. Masalan Pentiym protsessorining PCI shinasi 533 Mbayt/s o’tkazuvchanlik tezligiga ega. 

Agar protsessorning taktli chastotasi tizim shinasinikida yuqori bo’lsa yoki protsessor bir taktda 

bir necha instruktsiya bajara olish qobiliyatiga ega bo’lsa, u shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatipi 

to’liq  ishlatilishi  mumkin.  Bu  protsessorning  unumdorligini  kamaytiruvchi  to’xtab  qolishlariga 

olib  keladi.  O’tkazuvchanlik  imkoniyatining  oshirilishi  taktik  chastotani  yoki  ma’lumotlar 

shinasining razryadliligini oshirishni talab qiladi. 

3.ISO\OSI modeli. 

Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga  ko’p satxli yondoshish 

goyasi,  tarmoqlarda  standartlashning  goyaviy  asosi  bulib  xisoblanadi.  Aynan  shu  yondoshish 

asosida ochik tizimlarning bir- biri bilan boglangan xolda, ya’ni o’zaro ishlashining yettita satxli 

standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model 

va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun uziga xos universal tilga xam aylangan. 

OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash buyicha kator tashkilotlar (ISO, ITU-T va 

boshkalar)  ishtirokida  ishlab  chikilgan.  OSI  modeli  tizimlarning  o’zaro  ishlash  satxlarini 

aniklaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to’liq tavsifi ming betdan oshadi. 

OSI  modelida  (1-rasm)  o’zaro  ishlash  vositalarining  yettita  satxlari  quyidagicha  nomlanadi: 

fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy satxlar. 

Axborot (xabarlar) almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya’ni bunda bir-biri 

bilan  kelishgan  xolda  ishlovchi  ikkita  «ierarxiyaning»  ishini  tashkil  qilish  kerak  bo’lganligi 

sababli, tarmoqdagi o’zaro ishlash vositalarining ko’p satxli ko’rinishda taqdim etishning o’ziga 

xos  tomonlari  mavjud.  Tarmoqdagi  ikkala  ishtirokchi  xabarlar  uzatish  uchun  ko’pgina 

kelishuvlarni  qabul  qilishlari  kerak  bo’ladi.  Masalan,  ular  o’zaro  elektr  signallarining  satxi  va 

shakli xaqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari xaqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat 



qilish  usullari  va  boshqa  ko’rsatgichlar  xaqida  kelishib  olishlari  kerak.  Bu  kelishuvlar  barcha 

satxlar  uchun  qabul  qilinishi  kerak,  ya’ni  quyi  bitlarni  uzatish  satxidan  boshlab,  eng  yuqorigi 

tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko’rsatish satxigacha.  

 

1-rasm. OSI modelining tarmoqga bog’liq va bog’liq bo’lmagan satxlari. 



 

Ikkita  kompyuterning  o’zaro  ishlash  jarayoni  ma’lum  bir  koidalar  to’p  lami  asosida  amalga 

oshiriladi,  bu  qoidalar  to’plami  protokol  yoki  interfeys  deb  ataladi.  Tarmoqning  bir  nomdagi 

satxiga  tegishli  tashkil  etuvchilari  urtasida  axborot  almashinish  qoidalari  protokollar,  o’zaro 

qo’shni satxlar urtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar deb ataladi. 

Foydalanuvchi,  ya’ni  biror-bir  kompyuter  so’rov  bilan  murojaat  qilganda,  amaliy  (ettinchi) 

satxning  programma  ta’minoti  standart  shakldagi  (formatdagi)  xabarni  (message)  xosil  qiladi. 

Odatda  bu  xabar  -  sarlavxa,  ma’lumotlar  qismi  va  tugatuvchi  qismlardan  iborat  bo’ladi.  Xabar 

sarlavxa- si, xabar yuborilgan mashinaning amaliy satxiga , uzatilayotgan malumotlar ustida nima 

vazifani bajarish kerakligi xaqida axborotdan iborat buladi. 

Tarmoq  orqali  yuborilgan  xabar,  kompyuterning  fizik  satxi  tomonidan  qabul  qilib  olinadi  va 

ketma-ket ravishda satxma-satx yuqoriga, birinchi satxdan yettinchi satxga uzatiladi. Xar bir satx 

o’ziga tegishli bo’lgan sar- lavxani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so’ngra esa bu sarlavxani olib 

tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan satxga uzatadi. 

Axborot  almashinish  jarayonida  malumotlar  birligini  ifodalash  uchun  xabar  termini  bilan  birga 

boshqa  iboralar  xam  qo’llaniladi.  ISO  standartlarida  xar-xil  satxlar  protokollari  uchun 

muljallangan malumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli malumotlar bloki - Protocol 

Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo’llaniladi. Ma’lum bir satxga tegishli malumotlar blokini 

ifodalash uchun ko’pincha maxsus nomlar qo’llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket 

(packet), deytagramma (datagram) va segment (segment). 

4.Standart tarmoq protokollari. 

Agar  lokal  tarmoqlarda  tarmoq  adapteri  boshqa  kompyuterlardan  kelayotgan  signallarni  oraliq 

kuchaytirishsiz  qabul  qila  olsa,  tarmoqda  oraliq  uskunalar  ishlatilmasligi  mumkin,  aks  xolda 

takrorlovchi va kontsentrator kabi qurilmalardan foydalanishga to’g’ri keladi. 

Standart tarmoq protokollarida signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq -uzoq masofalarga sifatli 

uzatib berish kerak bo’ladi. Shuning uchun uzoq masofalarga cho’zilgan aloqa chiziqlarini ma’lum 

bir masofadan keyin o’rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz kurib bo’lmaydi. 

Aloqa chizigi orkali uzatiladigan ma’lumotlarni xosil qiluvchi, ma’lumotlarni uzatish uskunalariga 

bevosita  bog’lanuvchi,  ya’ni  aloqa  chizig’idan  foydalanuvchining  uskunalari  (DTE  -  Data 


Terminal  Equipment)  deb  ataladi.  DTEga  misol  qilib-kompyuterlarni,  lokal  tarmoq 

marshrutizatorlarini  va  qo’l  telefonlarini  keltirish  mumkin.  Bu  qurilma  aloqa  chizigi  tarkibiga 

kiritilmaydi. 

 Standart  tarmoq  protokollarida  multipleksor,  demultipleksor  va  kommutator  kabi  oraliq 

uskunalardan xam foydalanishga to’gri keladi. Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o’tilgan 

vazifalardan 

ikkinchisi, 

ya’ni 


ikkita 

abonent 


urtasida 

uzatish 


muxitining 

kommutatsiyalanmaydigan  kuchaytirgichli  kabellar  bo’laklaridan  iborat  uzoq  muddatlarga 

mo’ljallangan tarkibiy kanal xosil qilish vazifasi bajariladi. Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish 

muddatlari bir oy, bir necha oylar yoki yillardan xam iborat bo’lishi mumkin. 

Kopyuterlarning  eng  katta  kamchiligi  ularda  amaliy  programmalar  kutubxonasining  to’liq 

emasligidadir.  Katta  EHMlarda  programma  tuzuvchilar  uchun  juda  katta  programmalar 

kutubxonasi  xizmat  qilar  va  ulardan  foydalanib  tuzilgan  programmalar  o’zlarining  ishonchlilik 

darajasi bilan yuqori turar edi. Shaxsiy kompyuterlarning bu kamchiligini yo’qotish uchun standart 

tarmoq  protokollarida  modullar  tushunchasi  kiritilgan.  Umuman  olganda,  har  bir  malakali 

programma tuzuvchi o’z programmasini prostedura va funkstiyalardan foydalanib tuzadi. Lekin, 

bu protsedura va funkstiyalardan boshqa programmalarda foydalanish uchun ularning matnlarini 

qayta ko’chirib yozish lozim bo’ladi. 

5.Axborot almashuvini boshqarish usullari. 

Axborot  almashuvini  boshqarishda  kompyuter  bir  xona,  bino,  tashkilot,  bir  qancha  filiallardan 

iborat bo’lgan tashkilot doirasidagi kompyuter tarmoqlari tashkil qilish mumkin. 

Kuzatilayotgan ob'еktlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda 

ro’y  bеradigan  jarayonlarning  axborot  almashuvini  boshqarish  talab  qilinadi.  Buning  uchun 

ob'еktlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. 

Bu  tushunchalar  oddiy  so’zlashuv  tilida,  turli  rasmlar,  sxеmalar,  bеlgilar,  grafiklar  orqali 

ifodalanishi mumkin.  

Kеng ma'noda axborot almashuvi biror ob'еktni yoki ob'еktlar sistеmasini boshqarish namunasidir. 

Jamiyatdagi  va  iqtisodiyotdagi  ob'еktlarni  matеmatik  modеllar  yordamida  kuzatish  va  nazorat 

qilish mumkin.  

Axborot  almashuvini  boshqarishning  univеrsal  usul  sifatida  boshqa  usullarga  qaraganda 

afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat: 

1.  Avvalo,  axborot  almashuvini  boshqarish  katta  va  murakkab  sistеmani  oddiy  ko’rinishda 

ifodalashga imkoniyat bеradi.  

2.  Axborot  tuzilishi  bilan  kuzatuvchiga  ekspеrimеntlar  qilish  uchun  kеng  maydon  tug’iladi. 

Ob’ektning  paramеtrlarini  bir  nеcha  marta  o’zgartirib,  ob'еktni  faoliyatini  eng  optimal  holatini 

aniqlab, undan kеyin hayotda qo’llash mumkin. Rеal ob'еktlar ustida ekspеrimеnt qilish ko’plab 

xatolarga va katta xarajatlarga olib kеlishi mumkin. 

3.  Axborotning  noshakl  sistеmani,  matеmatik  formulalar  yordamida  shakllantirishga  imkoniyat 

bеradi va EHMlar yordamida sistеmani boshqarishga yordam bеradi. 

4.  Axborot  almashuvini  boshqarish  o’rganish  va  bilish  jarayonini  kеngaytiradi.  Axborot 

almashuvini  boshqarishni  hosil  qilish  uchun  ob'еkt  har  tomonlama  o’rganiladi,  tahlil  qilinadi. 

Axborot almashuvi tuzilganidan so’ng, uning yordamida ob'еkt to’g’risida yangi ma'lumotlar olish 

mumkin.  

         Axborot almashuvini boshqarish protsеdurasiga jalb etilgan eng dastilabki va oddiy ob'еktlar 

sifatida  dеtеrministik  (stoxastik  bulmagan)  ob'еktlar  olingan,  ya'ni  ob'еkt  kirish  va  chikishlarni 

bog’lovchi  rеgulyar  funktsiyadir.  Bunday  xolat  modеllashtirish  nazariyasida  dastlabki 



yondoshishni kеlib chiqishiga olib kеladi. 

Download 134.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling