Reja: Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. "Shina", "yulduz" va "Halqa" topologiyalari
Download 134.58 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Mavzu
3-modul. Tarmoqlarni qurish asoslari. 9-mavzu: Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari. Reja:
Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. “Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari. ISO\OSI modeli. Standart tarmoq protokollari. Axborot almashuvini boshqarish usullari. Tayanch iboralar: Topologiya, “Shina” topologiyasi, “yulduz” topologiyasi, “Halqa” topologiyasi, ISO\OSI modeli, protokollar, axborot almashuvi. 1.Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi. Tarmoqlarni qurish asoslarini tashkil qilishda kompyuter tarmoqlarining asosiy turlaridan biri mahalliy hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishdan muhimdir. Kompyuterlar orasida malumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash ehtiyoji paydo bo’ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lashda mahalliy hisoblash tarmoqlarining ikki xil usuldagi topologiyasidan foydalaniladi: 1. kabel yordamida bog’lash, bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog’lanadi. 2. simsiz bog’lanish, bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to’lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog’lanadi. Bir-biri bilan bog’langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog’ini tashkil etadi. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq-kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning malumot almashishni tahminlaydigan aloqa kanallari bilan o’zaro bog’langan majmui. Kompyuterlar aro malumotlarni almashishni tahminlab beruvchi bunday tarmoqlar Kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (malumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o’zida birlashtirgan Internet tarmog’iga bog’lanish mumkin. Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar. Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, yahni bog’langan kompyuterlar orqali biror masalalarni yechish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) malumotlaridan foydalanish yoki o’z malumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin; Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o’z malumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin; Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin; Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi. 2.“Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari. Tarmoq har doim bir nechta komphyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komphyuterlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvini “Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari boshqarib turiladi. Bu esa o’z navbatida komphyuterlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. Tizim shinasi bu - belgilangan yo’nalish bo’yicha signallar uzatishga mo’ljallangan liniyalar to’plami. Tizim shinasining asosiy vazifasi protsessor hamda boshqa elektron kompyuterlar o’rtasida ma’lumot ayirboshlashdan iborat. Tizim shinalari orqali informatsiya uzatish, qurilmalar adresatsiyasi hamda maxsus xizmatchi signallar amalga oshiriladi. Ma’lumotlar shinasi bo’yicha protsessor va operativ xotira o’rtasida yoki protsessor va kiritish-chiqarish portlari o’rtasida informatsiya almashuvi ro’y beradi. Ma’lumotlar shinasining asosiy harakteristikasi bu- razryadlilik. Zamonaviy personal komnyuterlarda 64-razryadli ma’lumotlar shinasidan foydalaniladi. 64-razryadli shina orqali bir vaqtning o’zida 8 bayt ma’lumot uzatish mumkin. Kompyuter tizimlarida “yulduz” va “Halqa” topologiylari orqali protsessor xotiraning almashuvida ishtiroq etishi kerak bo’lgan yacheykasiga jo’natadi. Agar boshqaruv shinasining biror liniyasidan kiritish-chiqarish portiga ulanganlik to’g’risida signal uzatilgan bo’lsa, unda manzil shinasidagi manzil portning nomeri sifatida tushuntiriladi. Tarmoqlarni qurish asoslari kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari “Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari boshqaruv shinasi turli boshqaruv signallarini uzatishga mo’ljallangan liniyalardan iborat. Barcha zamonaviy kompyuterlar kombinatsiya qilingan tizim shinalariga ega, masalan, ISA (Industry Standard Architecture) - Standart Sanoat Me’morchiligi. Shinalarning biri birlamchi tizim (EISA, ISA), keyingisi esa ikkilamchi (PCI) tizim deyiladi. Tizim shinasining me’morchiligi protsessor turiga qarab aniqlanadi, albatta bunda mikrosxemalar guruxi va soni hamda periferik qurilmalarning razryadliligiga bog’liq. Pentiym platformalaridagi tizim shinalari protsessorning operativ xotira bilan 64-razryadli ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi, bunda ma’lumotlar adresatsiyasi 32-razryadli manzil orqali amalga oshiriladi. Periferik qurilmalar bilan birgalikda, ISA shinasi 16-razryadli ma’lumotlar kodi va 16-razryadli ma’lumotlar manzili kodini EISA shina esa 32-razryadli ma’lumotlar kodi hamda 32-razryadli manzilini kodini almashuvini ta’minlaydi. Ko’pincha turli me’morchilikdagi shinalarning imkoniyatlarini solishtirish maqsadida shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanshadi. Uni bir taktda uzatiladigan baytlar sonini uning ish chastotasiga ko’paytirish orqali hisoblash mumkin. Masalan Pentiym protsessorining PCI shinasi 533 Mbayt/s o’tkazuvchanlik tezligiga ega. Agar protsessorning taktli chastotasi tizim shinasinikida yuqori bo’lsa yoki protsessor bir taktda bir necha instruktsiya bajara olish qobiliyatiga ega bo’lsa, u shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatipi to’liq ishlatilishi mumkin. Bu protsessorning unumdorligini kamaytiruvchi to’xtab qolishlariga olib keladi. O’tkazuvchanlik imkoniyatining oshirilishi taktik chastotani yoki ma’lumotlar shinasining razryadliligini oshirishni talab qiladi. 3.ISO\OSI modeli. Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko’p satxli yondoshish goyasi, tarmoqlarda standartlashning goyaviy asosi bulib xisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochik tizimlarning bir- biri bilan boglangan xolda, ya’ni o’zaro ishlashining yettita satxli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun uziga xos universal tilga xam aylangan. OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash buyicha kator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshkalar) ishtirokida ishlab chikilgan. OSI modeli tizimlarning o’zaro ishlash satxlarini aniklaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to’liq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida (1-rasm) o’zaro ishlash vositalarining yettita satxlari quyidagicha nomlanadi: fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy satxlar. Axborot (xabarlar) almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya’ni bunda bir-biri bilan kelishgan xolda ishlovchi ikkita «ierarxiyaning» ishini tashkil qilish kerak bo’lganligi sababli, tarmoqdagi o’zaro ishlash vositalarining ko’p satxli ko’rinishda taqdim etishning o’ziga xos tomonlari mavjud. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi xabarlar uzatish uchun ko’pgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo’ladi. Masalan, ular o’zaro elektr signallarining satxi va shakli xaqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari xaqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa ko’rsatgichlar xaqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha satxlar uchun qabul qilinishi kerak, ya’ni quyi bitlarni uzatish satxidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko’rsatish satxigacha.
1-rasm. OSI modelining tarmoqga bog’liq va bog’liq bo’lmagan satxlari. Ikkita kompyuterning o’zaro ishlash jarayoni ma’lum bir koidalar to’p lami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to’plami protokol yoki interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi satxiga tegishli tashkil etuvchilari urtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, o’zaro qo’shni satxlar urtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar deb ataladi. Foydalanuvchi, ya’ni biror-bir kompyuter so’rov bilan murojaat qilganda, amaliy (ettinchi) satxning programma ta’minoti standart shakldagi (formatdagi) xabarni (message) xosil qiladi. Odatda bu xabar - sarlavxa, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo’ladi. Xabar sarlavxa- si, xabar yuborilgan mashinaning amaliy satxiga , uzatilayotgan malumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi xaqida axborotdan iborat buladi. Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik satxi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda satxma-satx yuqoriga, birinchi satxdan yettinchi satxga uzatiladi. Xar bir satx o’ziga tegishli bo’lgan sar- lavxani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so’ngra esa bu sarlavxani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan satxga uzatadi. Axborot almashinish jarayonida malumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar xam qo’llaniladi. ISO standartlarida xar-xil satxlar protokollari uchun muljallangan malumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli malumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo’llaniladi. Ma’lum bir satxga tegishli malumotlar blokini ifodalash uchun ko’pincha maxsus nomlar qo’llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment). 4.Standart tarmoq protokollari. Agar lokal tarmoqlarda tarmoq adapteri boshqa kompyuterlardan kelayotgan signallarni oraliq kuchaytirishsiz qabul qila olsa, tarmoqda oraliq uskunalar ishlatilmasligi mumkin, aks xolda takrorlovchi va kontsentrator kabi qurilmalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Standart tarmoq protokollarida signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq -uzoq masofalarga sifatli uzatib berish kerak bo’ladi. Shuning uchun uzoq masofalarga cho’zilgan aloqa chiziqlarini ma’lum bir masofadan keyin o’rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz kurib bo’lmaydi. Aloqa chizigi orkali uzatiladigan ma’lumotlarni xosil qiluvchi, ma’lumotlarni uzatish uskunalariga bevosita bog’lanuvchi, ya’ni aloqa chizig’idan foydalanuvchining uskunalari (DTE - Data
Terminal Equipment) deb ataladi. DTEga misol qilib-kompyuterlarni, lokal tarmoq marshrutizatorlarini va qo’l telefonlarini keltirish mumkin. Bu qurilma aloqa chizigi tarkibiga kiritilmaydi. Standart tarmoq protokollarida multipleksor, demultipleksor va kommutator kabi oraliq uskunalardan xam foydalanishga to’gri keladi. Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o’tilgan vazifalardan ikkinchisi, ya’ni
ikkita abonent
urtasida uzatish
muxitining kommutatsiyalanmaydigan kuchaytirgichli kabellar bo’laklaridan iborat uzoq muddatlarga mo’ljallangan tarkibiy kanal xosil qilish vazifasi bajariladi. Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish muddatlari bir oy, bir necha oylar yoki yillardan xam iborat bo’lishi mumkin. Kopyuterlarning eng katta kamchiligi ularda amaliy programmalar kutubxonasining to’liq emasligidadir. Katta EHMlarda programma tuzuvchilar uchun juda katta programmalar kutubxonasi xizmat qilar va ulardan foydalanib tuzilgan programmalar o’zlarining ishonchlilik darajasi bilan yuqori turar edi. Shaxsiy kompyuterlarning bu kamchiligini yo’qotish uchun standart tarmoq protokollarida modullar tushunchasi kiritilgan. Umuman olganda, har bir malakali programma tuzuvchi o’z programmasini prostedura va funkstiyalardan foydalanib tuzadi. Lekin, bu protsedura va funkstiyalardan boshqa programmalarda foydalanish uchun ularning matnlarini qayta ko’chirib yozish lozim bo’ladi. 5.Axborot almashuvini boshqarish usullari. Axborot almashuvini boshqarishda kompyuter bir xona, bino, tashkilot, bir qancha filiallardan iborat bo’lgan tashkilot doirasidagi kompyuter tarmoqlari tashkil qilish mumkin. Kuzatilayotgan ob'еktlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y bеradigan jarayonlarning axborot almashuvini boshqarish talab qilinadi. Buning uchun ob'еktlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxеmalar, bеlgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Kеng ma'noda axborot almashuvi biror ob'еktni yoki ob'еktlar sistеmasini boshqarish namunasidir. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob'еktlarni matеmatik modеllar yordamida kuzatish va nazorat qilish mumkin. Axborot almashuvini boshqarishning univеrsal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat: 1. Avvalo, axborot almashuvini boshqarish katta va murakkab sistеmani oddiy ko’rinishda ifodalashga imkoniyat bеradi. 2. Axborot tuzilishi bilan kuzatuvchiga ekspеrimеntlar qilish uchun kеng maydon tug’iladi. Ob’ektning paramеtrlarini bir nеcha marta o’zgartirib, ob'еktni faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan kеyin hayotda qo’llash mumkin. Rеal ob'еktlar ustida ekspеrimеnt qilish ko’plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kеlishi mumkin. 3. Axborotning noshakl sistеmani, matеmatik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat bеradi va EHMlar yordamida sistеmani boshqarishga yordam bеradi. 4. Axborot almashuvini boshqarish o’rganish va bilish jarayonini kеngaytiradi. Axborot almashuvini boshqarishni hosil qilish uchun ob'еkt har tomonlama o’rganiladi, tahlil qilinadi. Axborot almashuvi tuzilganidan so’ng, uning yordamida ob'еkt to’g’risida yangi ma'lumotlar olish mumkin. Axborot almashuvini boshqarish protsеdurasiga jalb etilgan eng dastilabki va oddiy ob'еktlar sifatida dеtеrministik (stoxastik bulmagan) ob'еktlar olingan, ya'ni ob'еkt kirish va chikishlarni bog’lovchi rеgulyar funktsiyadir. Bunday xolat modеllashtirish nazariyasida dastlabki yondoshishni kеlib chiqishiga olib kеladi. Download 134.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling