Reja: Meva ekinlarining kelib chiqishi, botanik ta’rifi va biologik xususiyatlari


Download 252.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.06.2022
Hajmi252.23 Kb.
#741203
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу
1-dars, 8 лаб бажариш бўйича намунаДиод вариант, 8 лаб бажариш бўйича намунаДиод вариант, Assignment 6 406 Abdujalilova Dilorom, Амалий 5, 2-SINF IFODALI O'QISH TO'G REJASI, 2-SINF IFODALI O'QISH TO'G REJASI, 21317TuychiyevO1-on, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning, innovatsion faoliyat uning asosiy korinishlari, Kiberxavfsizlik 4-amaliy ish, Kiberxavfsizlik 1-amaliy ish, 1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar, 4-mavzu QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I, narx index uz


2 Mavzu: Meva va rezavor meva o‘simliklarining kelib chiqishi, botanik 
tarkibi va biologik xususiyatlari 
 
Reja: 
1. Meva ekinlarining kelib chiqishi, botanik ta’rifi va biologik 
xususiyatlari 
2. Meva ekinlarini guruhlanishi 
3. Meva ekinlarining umumiy ta’rifi 
 
1. Meva ekinlarining kelib chiqishi, botanik ta’rifi va biologik 
xususiyatlari. Dunyo bo‘yicha meva va rezavor-meva ekinlarining 50 ga yaqin 
oilasi, 200 ta turkumi, 1000 dan ortiq turi va juda ko‘p tur xillari mavjud. Har bir 
madaniy turning ko‘plab navlari (masalan, olma, nok, o‘rik, shaftoli kabilarning bir 
necha minglab navi) bor va mevachilik asosan er sharining shimoliy qismida yaxshi 
rivojlangan.
Akademik N.I.Vavilov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 
ko‘pchilik meva, rezavor – meva ekinlarining vatani Markaziy Osiyo, Kavkaz orti 
davlatlari, Xitoy, Hindiston, Birma, Eron, va O‘rta er dengizi sohillari ekanligi 
aniqlangan.
Ma’lumotlarda keltirilishicha meva daraxtlari Markaziy Osiyo, Kavkaz orti 
davlatlarida, Suriya, Mesopotamiya, Misrda 2-5 ming yillar davomida 
madaniylashtirilib kelinmoqda.
Olma, nok, olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, zaytun va anor daraxtlari 4 ming yildan 
ortiq, gilos, olcha va limon 2 ming yildan ortiq, apelsin va rezavor mevalar 2 ming 
yilga yaqin madaniylashtirilib, ekilib kelinmoqda.
O‘zbekistonda meva va rezavor-meva ekinlarining 108 ta turi uchraydi, 73 
ta turi madaniylashtirilgan bo‘lib, shundan 25 ta turi keng tarqalgan. Meva 
daraxtlari, mevalarining yirikligi, rangdorligi, yaxshi saqlanishi, tashishga 
chidamliligi hamda sanoat uchun qimmatbaho xom-ashyo ekanligi va to‘yimliligi, 
bir erda uzoq yashab mo‘l hosil berishi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi. Meva 
daraxtlarini o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, deyarli hamma madaniy meva 
daraxtlari payvandlash (asosan kurtak payvand) yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Bir 
necha yillar davomida olma, nok, behi, yong‘oq, o‘rik, bodom, gilos, olcha, 
tog‘olcha, olxo‘ri, shaftoli kabi mevalar ustida seleksiya ishlari olib borildi
ularning urug‘laridan chiqqan yaxshi shakllari tanlab olinib, ko‘paytirilishi 
natijasida O‘zbekistonda etishtirilayotgan meva turlari va navlari son jihatdan 
ko‘paydi, sifat jihatdan ancha yaxshilandi. Boshqa xorijiy davlatlardan ham 
ko‘pgina meva va rezavor-meva ekinlar navlari olib kelinib, sharoitga 
moslashtirildi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlar 
asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarning 
tog‘li xududlarida o‘sadi. Bu erlarda mevali daraxt va butalarning 70 turi uchraydi.
Keyingi yillarda yovvoyi olma, yong‘oq, bodom, do‘lana, pista, tog‘olcha, 
irg‘ay kabi mevali daraxtlar payvand qilish yo‘li bilan


madaniylashtirilmoqda. Madaniy meva daraxt navlari urug‘ko‘chatlarni kurtak 
payvand qilib ko‘paytiriladi. YOvvoyi meva daraxtlarining yana bir foydali tomoni 
shundaki, ular mevali daraxtlarining ba’zi shakllarini yaratishda qimmatli dastlabki 
material hisoblanadi. YOvvoyi mevali daraxtlar yozda o‘zlarining baquvvat va 
chiroyli shox-shabbalari bilan tog‘ qiyaliklarini ko‘m-ko‘k qilib qoplab turadi, 
insonga estetik rux bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston tog‘li xududlarida yong‘oqli meva bog‘lari tashkil qilinib, 
ularning maydoni 32 ming gektardan ortiq. SHundan 27 ming gektari (84 %) 
payvandlanmagan. Madaniy yong‘oqzorlar maydoni umumiy yong‘oqzorning 16 
% ini tashkil qiladi.
O‘zbekistonda 2500 gektar bodomzor bo‘lib, shundan 1500 gektar 
maydondagisi yovvoyi (payvandlanmagan) bodomzorlardir. Toshkent viloyatining 
Bo‘stonliq tumanida 1500 gektardan ziyodroq yovvoyi olmazorlar bo‘lib, ular 
dengiz sathidan 1200-1300 m balandlikda o‘sadi. Mevasining vazni 10-100 g 
bo‘lib, mazasi nordon va shirindir. Tarkibida shakar moddasi 4-13 % ni, kislota 
0,1-19 % ni tashkil etadi. SHunga o‘xshash tog‘olcha, do‘lana, chilonjiyda va nok 
daraxtlarini O‘zbekistonning hamma tog‘li xududlarida uchratish mumkin.

Download 252.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling