Reja: Mikroprotsessorlar klassifikatsiyasi


Download 82.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2020
Hajmi82.84 Kb.
#101223
Bog'liq
Tema 38


 

38- mavzu. Mikroprotsessorlar klassifikatsiyasi. Zamonaviy  

mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar (MK) (4 soat).  

  

Reja:  



1.  Mikroprotsessorlar klassifikatsiyasi.  

2.  Zamonaviy mikroprotsessorlar.  

3.  Zamonaviy mikrokontrollerlar  

  

  



Mikroprotsessor tizimlari turlari.  

Mikroprotsessor    texnikasini  qo’llashda  talablar  turlicha  bo’lib  shuning  

uchun quvvat,universalligi tezkorligi va strukturasi bilan farqlanuvchi bir necha  

mikroprotsessor tizimlari turlari tuzilgan.   

Asosiy turlari quyidagicha:   

-  mikrokontrollerlar  -  barcha  yoki  tizimni  ko’pincha  qurilmalari  bir  

mikrosxemada  yig’ilgan  eng  sodda  mikroprotsessor  tizim  turi;             

kontrollerlar - aloxida modullar ko’rinishida yig’ilgan boshqaruvchi MPT;   

-  mikrokomp’yuterlar  -  tashqi  qurilmalar  bilan  rivojlangan  bog’lanish  

vositalariga ega katta quvvatli MPT.  

- komp’yuterlar (shu jumladan shaxsiy) – eng kuchli va eng universal MPT.   

Bu  turlar  orasida  aniq  chegarani  o’tqazish  juda  qiyin.  Barcha  turli  

mikroprotsessorlar tezkorligi doimo o’sishi kuzatilayapti.   


Mikrokontrollerlar universal qurilmalar bo’lib aloxida ishlatilmaydi amalda  

murakkab  qurilmalar  tarkibida  qo’llaniladi.  Mikrokontrollerni  tizimli  shinasi   

mikrosxema  ichiga  joylashadi  va  tashqi  qurilmalarni  ulash  imkoniyatlari  

chegaralangan.  Ustroystva  na  Mikrokontrollerlardagi  qurilmalar  odatda  bir  

masalani yechishga mo’ljallangan.   

Kontrollerlar,  bir  yoki  bir  biriga  yaqin  masalalar  guruxini  yechish  uchun  

quriladi.  Ularga  qo’shimcha  qurilma  va  vositalar  ulash  imkoniyatlari  yo’q  va  

tizimli  shinalariga  foydalanuvchiga  kirish  mumkin  emas.  Kontroller  strukturasi  

sodda  bo’lib    maksimal  tezkorlikga  optimallashtirilgan.  Bajariladigan  dasturlar  

ko’p  xolatlarda  doimiy  xotirada  saqlanadi  va  o’zgarmaydi.  Kontrollerlar  bir  

platada chiqariladi.   

Mikrokomp’yuterlar  kontrollerlardan  ochiq    struktura  bilan  farqlanadi  va  

tizimli  shinaga  qo’shimcha  qurilmalar  ulanishi  imkoniga  ega.  

Mikrokomp’yuterlar  karkasda, tizimli magistral  raz’emli korpusda yig’iladi va  

axborotni  magnit  tashuvchilarda  saqlash  vositalari  bor.  Mikrokomp’yuterd  

bajaradigan dasturni o’zgartirish mumkin.   

Shaxsiy komp’yuterning tuzilishi, asosiy bloklari va ularning vazifalari.  

SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini kurib chiqamiz.  

Mikroprotsessor  (MP).  Bu,  SHKdagi  markaziy  blok  bo’lib,  mashinaning  

barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish xamda axborot bilan arifmetik va  

mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan.  

Mikroprotsessor  tarkibiga  quyidagilar  kiradi:  boshqaruv  qurilmasi  (BK|)  -  

oldin  bajarilgan  operatsiyalarning  natijalari  va  ayni  fursatda  bajarilayotgan  


operatsiyadan  kelib  chiqadigan  muayyan  boshqaruv  signallarini  (boshqaruv  

impul’slarini)  shakllantirib,  mashinaning  barcha  bloklariga  zaruriy  fursatlarda  

uzatib  boradi;  bajarilayotgan  operatsiyada  foydalaniladigan  xotira  uyalarining  

manzillarini  shakllantirib,  ularni  EXMning  tegishli  bloklariga  uzatadi;  mazkur  

boshqaruv  qurilmasi  impul’slarning  asosiy  izchilligini  taktli  impul’slar  

generatoridan oladi;  

arifmetik-mantiliy  qurilma  (AMK|)  -  sonli  va  belgili  axborot  bilan  

bajariladigan barcha arifmetik va mantiliy operatsiyalarni amalga oshirish uchun  

mo’ljallangan  (SHKning  ayrim  modellarida  operatsiyalar  ijrosini  jadallashtirish  

uchun AMQ|ga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi);  

mikroprotsessor  xotirasi  (MPX)  -  mashina  ishining  bevosita  taktlarida  

bajarilayotgan  xisob  ishlarida  qo’llaniladigan  axborotni  qisqa  muddatga  yozib  

olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi  

(AXK)  doim  xam  tez  ishlovchi  mikroprotsessor  samarali  ishlashi  uchun  zarur  

bo’ladigan  axborot  yozish,  qidirish  va  xisoblab  chiqarish  tezligini  ta’minlay  

olmaydi;  

registrlar  -  uzunligi  turlicha  bo’la  oladigan  tez  ishlovchi  xotira  uyalari  

(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past  

bo’lgan AXK uyalaridan farq qiladi);  

mikroprotsessorning  interfeys  tizimi  -  SHKning  boshqa  qurilmalari  bilan  

ulanib,  aloqa  bog’lashni  ta’minlaydi;  o’z  ichiga  MPning  ichki  interfeysi  va  

xotirada saqlovchi bufer registrlarni xamda kiritish-chiqarish portlari (KCHP) va  

tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.  


interfeys (ingl. interface) - komp’yuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab,  

ular  o’rtasida  aloqa  bog’lash  va  unumli  xamkorligini  ta’minlash  uchun  

muljallangan vositalar majmui.  

kiritish-chiqarish  porti  (ingl.  I/O  -  Input/Output  port)  -  mikroprotsessorga  

SHKning boshqa qurilmasini bog’lash imkonini beruvchi ulash apparati.  

Mikroprotsessor,  boshqacha  nomi  -  markaziy  protsessor  (MzP).  Markaziy  

protsessor  (CPU,  ingl.  Central  Processing  Unit)  -  komp’yuterning  dastur  

tomonidan berilgan  arifmetik va  mantiliy  operatsiyalarni bajaradigan  asosiy  ish  

komponenti  bo’lib,  xisoblash  jarayonini  boshqaradi  va  komp’yuterda  mavjud  

barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.  

Aksariyat xollarda MzP o’z ichiga:  

arifmetik-mantiqiy qurilmani;  

ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;  

registrlarni;  

komandalar xisoblagichini;  

kesh - kichik xajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar)  

saqlash qurilmasini;  

nuqtasi o’zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.  



 

Download 82.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling