Reja: Milliy til haqida tushuncha


Download 16.77 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1465536

Milliy oʼzbek adabiy tili

Reja:


1. Milliy til haqida tushuncha.
2. Milliy til shaklida Hamza Haqimzoda Niyoziy asarlarining tili.
3. 1920-yillar oʼzbek adabiyotida imlo qoidalar.
4. «Chigʼatoy gurungi» tashkiloti, tayanch dialekti masalasi.
5. 1930-yillar oʼzbek adabiyotida rus tilining qoʼllanishi.
6. 1920-30 yillarda oʼzbek adabiyotini oʼrgatishda ijodkorlar asarining ahamiyati.

Oʼzbek milliy tili hozirgi oʼzbek millatiga mansub boʼlgan hamma kishilarning umumiy va yagona tilidir. Bu til oʼzbek xalqlning oʼzaro aloqa va fikr almashuv quroli, shu xalqning hamma aʼzolari uchun umumiy boʼlgan tildir.


Oʼzbek milliy tilining shakllanishi oʼzbek millatining shakllanish protsessi bilan bogʼlikdir. Oʼzbek millati shakllanguniga qadar u urugʼ tili va elat tili tarzida yashab, rivojlanib kelgan. Maʼlumki, ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi bilan birga millatlar ham tashkil topa boshlaydi. Аna shu millatlarning tashkil topishida uning asosiy elementi boʼlgan til birligi - milliy til xam yuzaga keladi. Oʼzbek milliy tili XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida shakllana boshladi. Hozirgi oʼzbek adabiy tilining boyishi, rivojlanishi va mukammallashuvida eski oʼzbek adabiy tili anʼanalari, ќalq, tili, mahalliy dialektlar va xalq shevalarining materiallari bilan bir qatordagi tilning taʼsiri ham kuchli boʼldi.
Yuqorida bayon qilinganlarga koʼra, oʼzbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti katta uch davrni tashkil etadi: qadimgi turkiy adabiy til, eski oʼzbek adabiy tili va hozirgi oʼzbek adabiy tili. Bularning har biri yagona umumxalq oʼzbek tilining asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini oʼzida aks ettirdi. Har bir davrning adabiy tili ish koʼrish doirasi, fonetik, leksik hamda grammatik qurilishi jihatdan oʼziga xos boʼlgan xususiyatlari bilan farq qiladi. Oʼzbek adabiy tili birinchi va ikkinchi davrlarda xalq tili sifatida ish koʼrgan boʼlsa, uchinchi davrga kelib, milliy til sifatida ish koʼrayotir. Hozirgi kunda uning ish koʼrish doirasi nihoyatda kengaygan, lugʼat sostavi beqiyos darajada boyigan, grammatik qurilishi mukammalashgandadir.
Oʼzbek tilining ichki resurslari asosida yangi soʼzlar yaratiladi. Bunday soʼzlar strukturasiga koʼra sodda yoki qoʼshma boʼlib, hayotning barcha sohalariga oid tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, faqat xarbiy ish sohasidagina jangchi, kuzatuvchi, oʼšlovchi, moʼljalchi, šuroldosh, xaloskor, hujumkor, simtoʼsiq kabi qator yangi soʼzlar paydo boʼldi. Bulardan tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -shunoslik, -kor kabi affikslar vositasida yasalgan soʼzlar ham hisobga olinsa, oʼzbek tili leksikasining sovet davrida qanchalik boyiganligini aniq tasavvur qilish mumkin.
Bu oʼrinda shuni alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni ifoda qiluvchi minglab soʼzlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. Masalan, matematikaga oid toʼrtburchak, qoʼshish, ayirish, boʼlish; tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qoʼshimcha, yordamchi soʼz, bogʼlovchi, aniqlovchi, oʼzak; geografiyaga oid burun, qoʼltiq va boshqalar shunday soʼzlar jumlasiga kiradi.
Oʼzbek adabiy tilining soʼz yasash imkoniyatlari ham kengaydi. Familiya yasovi -ov, -ova, --ev, -eva affikslari oʼzlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki familiyaga asos boʼlgan nomdan erlar uchun -ovich (evich), ayollar uchun -ovna (evna) affikslarini qoʼshishi bilan yasaladi: Rustamov Yoʼldosh Mahmudovich, Аliev Erkin Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, Shodieva Manzura Shodievna kabi.
Ruscha va internatsional soʼzlarga oʼzbekcha -la, -lash, -lashtir kabi affikslarni qoʼshib yangi soʼz yasash usuli yuzaga keladi: rejalashtirish, sintezla, faollashtirish kabi. Oʼzbek adabiy tilda rus tili taʼsirida qisqartirish yoʼli bilan soʼz yasash usuli vujudga keldi. TDPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), АQSh (Аmerika Qoʼshma Shtatlari).
Oʼzbek adabiy tilida yuz bergan oʼzgarishlar uning grammatikasida ham koʼzga tashlanadi. Bu oʼrinda, eng avval, uning normalasha borganligini, ayrim tipologik siljishlar yuz berayotganligini koʼrsatish kerak boʼladi.
Uning morfologiyasida koʼplik affiksining funktsiyasi kengaydi. Xususan, birikma holidagi atamalarning birinchi komponenti keyin kelib, yangi soʼz-terminlar yasashda aktiv ishtirok qilmoqda: Bolalar bogʼchasi. Jins tushunchasini ifoda qilish bir qolipga tushirildi: Zulfiya Hoshimovna Valieva. Egalik affikslari normaga tushdi, kelishiklarning funktsiyasi kengaydi, har bir kelishik maʼno va funktsiyalari formalari jihatidan qatьiy ravishda ajaralib normaga tushdi. Kelishikli konstruktsiyalar oʼrnida koʼmakchili konstrutsiyalarning qoʼllanishi keng tus ola boshladi: Oʼqishingni gapirmaysanmi? Hozirgi zamon feʼl formasi (-yapti) ning adabiy tilimizdagi maʼno va funktsiyasi kengayib borib, barcha dialekt va sheva vakillari, ziyolilarimiz nutqida ancha oʼzlashib koldi.
Oʼzbek milliy tili koʼp dialektli tillardan hisoblanadi. Bu hol uning oʼziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va oʼzbek millatining oʼtmishdagi xilma-xil etnik sostavi bilan izohlanadi.
Oʼzbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi bor. Bular: 1) qorluq-chigil-uygʼur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) oʼgʼuz lahjasi.
Bularning har biri oʼz navbatida bir qancha dialekt va shevalarga boʼlinadi.
Oʼzbek tilining dialekt va shevalari uzoq oʼtmishda oʼzbek xalqining tarixiy sharoiti bilan bogʼliq ravishda oʼzaro umumiylik kasb etib, yagona oʼzbek umumiy xalq tili boʼlib, birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda kuyi formasiga aylanib qolgan. Lekin oʼzbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi koʼpgana farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, oʼzbek tilining qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining toʼliq saqlanib qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi, soʼz boshida koʼpincha y tovushi oʼrnida j tovushining qoʼllanishi, f tovushining deyarli qoʼllanmasligi, x tovushining koʼpchilik shevalarda q tarzida qoʼllanishi, soʼz oʼrtasi va oxirida gʼ tovushining koʼpincha v tovushiga oʼtishi, baʼzi hollarda soʼz oxirida gʼ, q, k tovushlarining tushib qolishi, baʼzan esa o tovushining a sifatida aytilishi (jay, chay, chach kabi), baʼzan l tovushining soʼz oʼrtasida tushib qolishi (boʼsa, kesa, osa) boshqa hollarda o yoki a tovushining i tovushi bilan almashinishi (masalan: qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik jihatdan qaraganda oltita kelishik qoʼshimchasining toʼliq saqlanganligi ikki shaxs oʼtgan zamon feʼlida oddiy va hurmat formalarining toʼliq saqlanib qolganligi oʼtgan zamon feьlining uchinchi shaxs koʼplik formasi (oʼqiydilar)ning deyarli ishlatilmasligi; leksik tomondan qaraganda qipchoq shevalarida: checha (yanga), boʼla (xolavachcha), jelak (Xotin-qizlarning boshiga yopinadigan buyumi) singari koʼplab oʼziga xos qadimiy soʼz va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiklaydi.
Oʼzbek adabiy tilining lahjalari orasida, odatda, qorluq-chigil lahjasi hamda unga qarashli boʼlgan ayrim sheva va dialektlar oʼzbek adabiy tilining tayanch sheva va dialektlari hisoblanadi. Bunda ularning talaffuz normalarini belgilashdagi roli, koʼpgina terminlarning ularda ilgaridan shakllanganligi, bu sheva vakillarining koʼp jihatdan milliy madaniyat va leksik anʼanalarimizni boshqarishda oʼzlariga xos xizmatlari borligi asosga olingan. Baʼzi olimlar oʼzbek adabiy tilining normalarini belgilashda Toshkent shevasini fonetik jihatdan, Аndijon, Fargʼona shevalarini esa morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar.
Toshkent shevasi poytaxt shahar shevasi sifatida leksik tomondan ham oʼzining koʼpgina elementlarini adabiy tilga kiritgan va kiritmoqda. Lekin aslida А.K.Borovkov qayd etib oʼtganidek, oʼzbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga hamma jihatdan asos boʼlgan deb aytib boʼlmaydi. Chunki oʼzbek tilining hamma dialekt va shevalarini adabiy til taraqkiyotiga maʼlum bir hissa qoʼshgan, ikkinchi tomondan, ularning har birida juda koʼp oʼziga xos xususiyatlar mavjud. Masalan, Аndijon, Fargʼona shevalari oʼzbek adabiy tiliga eng koʼp tarqalgan grammatik formalaridan birini - hozirgi zamon feʼlining -yap affiksi vositasida yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Аndijon va Fargʼona shevalari oʼzbek adabiy tilining asosiy talaffuz bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu shevalarning adabiy tilimizga oʼzlarining fonetik xususiyatlari bilan ham maksimal darajada yaqinlashuvi shu bilan izohlanadi. Bu shevalar oʼzbek adabiy tiliga oʼzlarining leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa til vositalari bilan ham hissa qoʼshgan.
Shunisi xarakterliki, bir qarashda oʼzbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq turgandek koʼringan qipchoq shevalari xam oʼzbek adabiy tiliga juda koʼp leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa qoʼshgan. Masalan, oʼzbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining toʼliq formasi qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Аdabiy tilimizdagi hozirgi zamon feʼlining -yotir affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va oʼgʼuz dialektlariga xos formadir va hokazo.
Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling