Reja: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ’ib etilishi


Download 20.33 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi20.33 Kb.
#1178789
Bog'liq
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi


Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi.


Reja:
1.Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ’ib etilishi.
2.Mutafakkirlaming kasb-hunarga oid fikrlari.
3.Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari


Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-quvvatlashi mumkin. Darhaqiqat SHarq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta ehtibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, ehtibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar. Shuningdek donishmandlarimiz ugit qilganlarki, vaqtida ilm hunarga muhabbat qo’ying, o’rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilim hunar o’rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o’tkazmang. Hattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar. Masalan SHayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, SHayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga dahvat etganlar. Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” ya’ni “Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”. Insoniyat qadr-qiymati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo’lsamlikda deb bilgan Sahdiy shunday tahlim beradi.
O’z mehnatidan non yegan kishi, Xotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun
emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun
insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq pedagogikasida
“Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb tahkidlanadi. “Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. CHunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros
yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir: O’tay o’g’lingga bilan desang agar, Sen o’qishdi, o’rgatgin ilmu-hunar. Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar, O’z o’g’ishmingni qoldirmagin behunar. Hunarning nechog’lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak dostonlarda ham o’z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabrqanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o’ynaydi Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan: Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.Abur Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liqustozlik sahnatini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunarva tabiiy bilimlar maktablarda o’rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. SHogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi.
Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o’zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. O’z farzandiga kasbhunar o’rgatgan ustazodalari (usta darajasiga ko’tarilgan farzand) bo’lib yetishganlar.Tanlangan usta hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga tahluqli bo’lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham mehnat ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda: «tarbiya xayotining eng muxim tirgagi, tayanchi bo„libhisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avval yaxshi o„qishni, keyin esa yozishni o„rganish bilan eng yuksak pog„onaga ko„tarilsin» deyilgan. Quldorlik davriga kelib, bilimlarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo„ldi. Masalan qullarning bolalari og„ir ishlarni bajarishga o„rgatiladi. Quldorlarning bolalari esa, qullar ustidan xukumronlik qilishiga tayyorlanadi. SHu bois ularga saboq berish zaruriyati to„g„iladi. Bu esa
o„qishga, o„rganishga maxsus, shu soxani biladigan odamlarni jalb etishni taqazo qiladi. Bu xol maktab va o„qituvchilarga bo„lgan zaruratni keltirib chiqaradi. Keyin esa maktablarni rivojlantirish, yangi o„quv yurtlarini barpo etish, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradaigan kadrlarni tayyorlashni turli usul va yo„llarini ko„rib chiqmoqda. Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Maqollarda, ertak va dostonlarda, ashulalarda, udumlarda, topishmoqalarda tarbiya xaqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.O„zbek xalqining ko„p asrlik tarixidan ma’lumki, xalq amaliy bezak san’ati va xunarmandchiligi boy va rang-barang holatlarda madaniy merosimizning eng ajoyib ommaviy qismini tashkil qilib kelmoqda.
Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari xaqida fikr yuritadigan bo„lsak, o„zbek amaliy san’ati va hunarmandchilik turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy; jamiyatga borib taqalishini guvoxi bo„lamiz.
Ma’lumki Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz xayotiga ulug„vor voqealardan xisoblanadi. Endi xalqimiz o„zining boy tili tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o„rganishi targ„ib qilish, o„zligini tanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu voqeadan so„ng ko„p sonli mexnat ta’limi o„qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun xormay-tolmay xizmat qila oladigan, Vatan yulida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi qo„yiladi.IX-X asrlar O„rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. Arxitektura g„isht kesib
naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki tomonlariga ganch, yog„och o„ymakorligi yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maktablarning peshtoqlari devor va romlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan. XVIII asirning oxiri XIX asrda Qo„qonda, Farg„ona, Buxoro kabi shaxarlarda etuk usularni etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik va boshqa sa’nat turlari rivojlandi. Qadimda xunar o„rganish muqaddas sanalgan. Xar bir kishi kelajak avlodlariga o„zidan qoldirgan takrorlash hunarlari bilan qadirlangan. O„zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo„lgan desak xato qilmagan bo„lamiz, Andijon viloyatida SHaxrixon, Samarqand viloyatida Urgut, Farg„ona viloyatida, Qo„qon, Marg„ilon, Namangan viloyatini CHustda xalq, hunarmandchiligi gullab yashnagan, hunarmandlar o„zga Davrda mahallalarga bo„linib egallagan, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb yuritilgan. Usha davrlarda
yana misgarlik, zargarlik bo„yrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, qulolchilik maxallalari mavjud bo„lgan. Masalan XIX asir oxiri va XX asr boshlarida Buxoro bo„yrachi mahallasi bo„lib, u erda umuman Buxorodagi bo„yra to„qiydigan ustalar yashagan. Bo„yrachi mahallasida 120 ta oilayashagan. Har bir kasbkorlik mahallasida qo„ni-qo„shnilar o„rtasida raqobat bo„lgan. CHunki kimning mahsuloti sifatli bo„lsa xalq o„shaning mahsulotini sotib olgan. SHuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o„zini rastasi bo„lgan. Bozorda odatda bozor belgi bo„lgan, u barcha rastalarga keltilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilagan Buxorodagi hamma ganchkor ustalar ganch sotadigan boylardan biri Abduqodir bir kuni usta Xayotni chaqiradi va yangi yilni ganch bilan bezamoqni aytadi. So„ngra usta Xayot bu ishni 22
yoshli SHirin Murodovga topshiradi. Bu ish SHirinning birinchi mustaqil ishi bo„ldi. SHirin mehmonxona bezaklarini oddiy bejirim nisbatlarni saqlagan xolda bir butun ko„rinish va boshqalarni hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonlarni sharaflar bilan bezaydi. Undagi o„yma ganchlar juda mayin bejirim chiqqanligi sababli ustalar orasida hurmat obro„si yanada oshadi. Usta Xayot kunlardan bir kuni SHirinni oldiga chaqirib, men sendan hursandman endi mastaqil ishlayversang ham bo„ladi deydi. Azaliy odat bo„yicha unga ustalar o„rtasida usta nomini berishdi. SHirin Murodov shundan so„ng xalq, o„rtasida usta degan sharafli nomga muyassar
bo„ladi. O„zbek me’morlari yaxshi yashash uchun qulay shinam, chiroyli uylar qurganlar.O„zbeklarning hovli-joyi tugal bir me’moriy ansamblni tashkil etib o„ziga xos sharqona fayz bo„lgan. Bu qurilgan uylarni bir-biriga uzviy qilib qurish va bezatilishi bir san’at darajasida bo„lgan.
Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-quvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga kata e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, e’tibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar.Shuningdek donishmandlarimiz o’git qilganlarki, vaqtida ilm hunarga muhabbat qo’ying, o’rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilm hunar o’rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o’tkazmang.
Hattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar.
Masalan SHayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, Shayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga da’vat etganlar. Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dilba yoru dast bakor” ya’ni “Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”.
Insoniyat qadr-qiymati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo’lsamlikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi.
O’z mehnatidan non yegan kishi,
Xotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb tahkidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi. Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir.
Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir:
O’tay o’g’lingga bilan desang agar,
Sen o’qishdi, o’rgatgin ilmu-hunar.
Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar,
O’z o’g’ishmingni qoldirmagin behunar.
Hunarning nechog’lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak dostonlarda ham o’z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o’ynaydi. Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sahnatini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o’rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. SHogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi.
Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o’zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. O’z farzandiga kasb-hunar o’rgatgan ustazodalari (usta darajasiga ko’tarilgan farzand) bo’lib yetishganlar. Tanlangan usta hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga tahluqli bo’lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. S. Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”.T. 1996y.


2. Munavarov “Pedogogika”. T. 1992y.
3. N. Gushkin. V. R. Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T. 1988y
4. I. A. Karimov “O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”. T. , “O’zbekiston”
Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling