Reja Notiqlik odobi Nutq odobi Notiqning vazifalari


Download 18.14 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi18.14 Kb.
#1419654
Bog'liq
3-mavzu Notiqlik va nutq odobi




Reja
1. Notiqlik odobi
2. Nutq odobi
3. Notiqning vazifalari

Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. O`rta Osiyoda axloqiy tarbiya o’z an’a-nalariga egadir. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizacha yetibb kelgan. Axloq fan sifatida o’rta asrlarda yuzaga keldi. Bu fanning o`z olimlari paydo bo’ldi, nazariyasi yara-tildi. Ibn Muskaveyx, Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin, Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Sabzavoriy, G’iyosiddin Mansur kabilar axloq fanining maveyi, vazifalari, maqsadining nazariy va amaliy jihatlarini asoslab berishga hissa qo`shdilar. Afsuski, ko’p yillar davomida bu merosni o’rganish, ommalashtirishga imkon bo’lmadi, juda ko’p yirik olimlarimiz hamon xalq uchun noma’lum bo’lib kelmoqda. Aslida esa deyarli hamma davrlarda bu fan taraqqiy etib bordi, yangi-yangi asarlar paydo bo’ldi, axloq va ta’lim-tarbiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borgan juda ko’p olimlar yetishib chiqdi. Qator mutaxassislarning asarlari asossiz ravishda o’rganilmay kelindi. Ibn Arabiyning (XIII asr) «Tahzibul axloq» (Xulqiy tarbiya haqida) va «Kitobul axloq» («Axloq kitobi»), Abu Bakr Qalandarning (XIII asr) «Qalandarnoma», Husayn Voiz Koshifiyning (XV asr) «Axloqi Muhsiniy», Poshshoho’ja Ab-duvahobxo’janing (XVI asr) «Gulzor» va «Miftohul adl» («Adolat kaliti»), Abdurahmon ibn Abdukarimning (XVII asr) «Muftohul axloq», Hakim Qooniyning (XVIII asr) «Parishon» na «Guliston», Abu Tohir Xo’janing (XIX asr) «Axloqi Muzaffariy» va «Axloqi Muhammadiy», Abdurahmon Sharafning (XIX asr) «Ilmi axloq», Salohnddinning (XIX asr) «Maxosini axloq» (Axloq fazilatlari), Abdurahmon Sayyohning (XIX—XX asr) «Me’yori axloq», («Axloq me’yori») kitoblari ana shunday asarlardandir. Ma’lum bo’ladiki, O`rta Osiyo, xalqlari, jumladan o’zbek xalqi ham boy axloqiy merosga egadir. Ma’lum sabablarga ko’ra, o’zbek xalqi avlod-ajdodlariga axloqiy tarbiya berib kelgan bu boy merosdan bahramand bo’la olmadi.


Tarbiya - barkamol, komil avlodni shakllantirishning bosh omilidir. Tarbiya - shaxsning jamiyatda me’yorda yashashi, hayot kechirishi uchun kerak bo`ladigan, jismoniy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik ko`nikma, bilim beruvchi tushuncha. Insonning jamiyatda o`z o`rnini topishidagi asosiy vositadir. Har bir inson albatta, tarbiyaga muhtoj bo`ladi. Lekin uning tarbiya olishi ota-onasidan, tevarak-atrofidagilardan, oila a’zolaridan, bog`cha, maktab, o`quv yurtida berilgan tarbiyani o`zlashtirishiga bog`liq bo`ladi.
"Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” sohasi ham boshqa fanlar kabi insonlarga nutq odobini o`rgatishdan tashqari, ularni komil inson qilib tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.Notiqlik va nutq odobi nima? Ta’lim tizimida ishlayotgan barcha tarbiyachilar, o`qituvchi-murabbiylarning barchasi, odatda, tarbiyalangan bo`ladilar. Ya’ni o`zlari tarbiyalangan bulishlari kerak. Ularning nutqida haqorat, so`kinish, qarg`ish yoki nojo`ya so`zlar uchramasligi va uchrashi ham mumkin emas. Chunki notiqning gapini kamida 20-50 kishi tinglaydi. Notiq, avvalo, o`zini hurmat qilishi va tinglovchilarning hurmatini joyiga qo`yishi shart. Ikkinchidan, biz nazarda tutayotgan, majlislarda, seminarlarda turli yig`inlarda, uchrashuvlarda, darslarda ma’ruza o`tayotgan yoki suhbat o`tkazayotgan notiq nutqida tinglovchilar asabiga, g`ashiga tegadigan so`zlar ishlatishi mumkin emas. Uchinchidan, notiqning har bir gapi, fikri tinglovchilar tomonidan yozib olinishi va keng xalq ommas o`rtasida mukokama qilinishi mumkinligi hisobga olinishi lozim. Shunga ko`ra nutqda yangi fikr, yangi gap, foydali yangilik, axborot aytilishi talab etiladi. To`rtinchidan notiq nutqinining madaniyligiga ya’ni, to`g`riligi, aniqliligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, sofligi, rang-barangligi kabi bir qancha sifatlar mavjud bo`lishiga e’tibor qilinadi. Beshinchidan, notiq nutqi barcha tinglovchilar uchun ibrat maktabi vazifasini bajarishi lozim. Oltinchidan, notiq tinglovchilarni hurmatlab, shirinso`zlilik, muloyimlik bilan so`zlashga odatlanishi zarur. Yettinchidan, notiq tinglovchilar asabiga tegadigan shaklda baqirib so`zlamasligi shart. Notiq nutqi, sakkizinchidan, tinglovchini mustaqil fikrlashga o`rgatishi, yangi bilim bilan boyitishga xizmat qilishi zarur. To`qqizinchidan, notiq faqat gapi, fikri bilan emas balki, mimikasi, ovozi, imo-ishorasi, kiyinishi kabi yana ko`p jixatlari bilan namuna ko`rsatishi lozim. O`ninchidan, notiqning har bir gapida odob-axloq, insoniy fazilatlar aks etishi kerak. O`n birinchidan, notiq nutqidan uning akd-zakovatliligi, ko`p badiiy kitoblar o`qiganligi sezilib, tinglovchilarning havasini keltirib turishi lozim.
Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yotliqdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan
O`rganish orqali erishiladi. O`quvchi uchun eng yaxshi namuna o`qituvchi nutqidir. Buni o`qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum»ning javobi «Vaalaykum assalom»dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, uning javobi uchun ham birgina «Salom» ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashish-dir. Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida vositalar mavjud. O`qituvchi ularni o’z o’rnida ishlatishda hamma vaqt o’z shogirdlari uchun o`rnakdir. Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham bilishi lozim. O`z aybi uchun kechirim so’rash o’z g’ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi», yoki «afv eting, bundan so’ng takrorlamaslikka harakat qilaman» deyish bilan kishi o’zining odobliligini namoyish etadi, xolos. Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan «xayr sog’ bo’ling», «xayr, ko’rishguncha», «xayr, omonlikda ko’rishaylik» kabi ta’sirchan iboralar mav-jud O`qituvchi sinfdan chiqayotganda «xayr, sog’ bo’linglar», «xayr, yaxshi qolinglar» iboralarini ishlatsa, o’rinli bo’ladi. Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga minnatdorchilik bildirish odobini ham o’rgatib borish lozim. Tilimizda rag’batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydigan chiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o’z o’rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O`qituvchi topshiriqni yaxshi o’tagan o’quvchilarni «ofarin», «barakalla», «rahmat», «otangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so’zlar bilan rag’batlantirishi mumkin. O`qituvchining nutqi hamma vaqt o’zbek adabiy tili normalariga sodiq qoladi, adabiy tilning go’zal va ta’sirchanligini o’zida saqlaydi Adabiy til ma’lum qo’shimchalar, grammatik kategoriyalarning qo’llanishidagi bir xilligi, barqarorligi bilan umum o’zbek xarakterida bo’ladi va shevalardan ustun turadi. Uning ustunligini bir tomondan adabiy normalar belgilaydi.
Mark Tulliy Sitseronning "Notiqlik san’ati" kitobida notiqlik va nutq odobi haqida yaxshi materiallar berilgan. ''...ana shunda sen o`z so`zing bilan uni ishontirishing yoki fikridan qaytarishing, tinchlantirishing yoki hayajonga solishing va umuman, barcha usullar bilan ish sharoitlariga mos ravishda ba’zan hatto, do`stlikni nafratga va nafratni do`stlikka aylantirib qo`yishing zarur" deb ko`rsatadi. Mutafakkir nutqning ishonarli bo`lishi uchun uning uchta maqsadga egaligini: 1) tinglovchini o`ziga hayrhoh, etish, 2) pand-nasixat berish. 3) odamlarni hayajonlantirish notiqlikdagi eng asosiy vazifalardan ekanligini ko`rsatib o`tadi.
Xulosa qilib aytganda, notiqning vazifasi faqat axborot, yangilik berish emas, balki tinglovchilarga odob-axloqni o`rgatish kamdan-kam uchraydigan
Download 18.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling