Reja: Ong va axborot


Download 52.02 Kb.
bet1/8
Sana02.08.2022
Hajmi52.02 Kb.
#790037
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- mustaqil ish psixologiya
tanqidiy tafakkur, Axborot xavfsizligi, Axborot xavfsizligi, Лекция 4, 3-иуе, asdad, 16604, Doc1, taqriz egamqulova, U, KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin)

Mavzu: Ong va til munosabatlari
Reja:

1. Ong va axborot..


2. Ijtimoiy va indiviual ong
3. Ijtimoiy ong shakllari

Ong nima? inson azal-azaldan o`zigagina xos bo`lgan ongning nima ekanligi to`g`risida uylab, baxslashib keladi. Bu baxslarning bir jixati, ong tabiat maxso`limi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon usha-ushami? degan muammo bilan bog`liq. «O`zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Sugrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o`zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo`l ochishi mumkin, degan G`oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o`zini tashqi olamdan ajratib, aloxida bir mu’jiza va tadqiqot mavzui sifatida o`rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni uylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psihologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo`lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko`rinishlari o`rtasidagi munosabat kabi masalalarni o`rganish bilan aynan falsafa shug`ullanadi. Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo`lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan.
Ongni diniy tushunish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan mu’jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko`pgina dinlarda inson ongi buyuk iloxiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo`lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson tanasidagi rux bizning istak va fikrlarimizning tashuvchisidir. Jon ulishi bilan ong ham uladi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo`lsa-da, ular hamon o`zining ko`plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog`liqdir.

Download 52.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling