Reja: O‘q otish sportining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi
Download 17.78 Kb.
|
0’q uloqtirishlaning qiyosiy xususiyatlari.
0’q uloqtirishlaning qiyosiy xususiyatlari. Reja: O‘q otish sportining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi. O‘q otish qurollarning rivojlanish tarixi. O‘q uloqtirishlarning qiyosiy xususiyatlari. O‘q otish sporti – eng qadimgi amaliy sport turlaridan biri bo‘lib, uning boshlanish jarayoni, kamon va arbaletdan otish musobaqalaridan kelib chiqadi. XIV asrning o‘rtalarida o‘q otar qurollar paydo bo‘lishi bilan musobaqalar boshlandi, birinchi navbatda silliq o‘qqa tutilgan qurollardan va kesim (narez)li qurollarni yaratish o‘q otishning rivojlanishiga olib keldi. O‘q otish mashqlari, mashq bajarish xususiyatlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi: Statikli va davomiyligi (5 soatgacha) yoki tezliyligi (5 ta otuv 4-10 soniyada); Qurollarning barqarorligini saqlab qolish uchun mo‘ljallash vaqtida nafas olishni to‘htatib turish; Tartiblangan musobaqa qoidalari bilan qalinligi va katta-kichikligi bo‘yicha maxsus kiyimlarida (kurtka, shim, poyabzal, qo‘lqop) ularni bajarish. Ayniqsa, 8 kg gacha bo‘lgan erkin bajaruvchi o‘qotar qurollardan mashq qilish, barcha ob-havo sharoitlarida 75 dan 150 gacha o‘q otish uchun muhim kuch-quvvat va chidamlilikni talab qiladi. Aniq o‘q otishni o‘rganish, qiyin-muvofiqlashtirish qobiliyati. Har bir inson uni egallashi mumkin, lekin ko‘p mehnat sarflashi, nazariyasi asoslarini o‘rganish vaqti, qurolning moddiy qismi va eng muhimi, aniq otish texnikasini o‘zlashtirish, uning elementlarini muntazam takomillashtirish, erishilgan ko‘nikmalarni mustahkamlash. O‘q otish mashg’ulotlari sportchining chidamliligi, kuzatuvchanligi, ko’z o‘lchamligi, g‘alabaga bo‘lgan irodasi bilan shakllanadi. Yuqori ko‘rsatgichlarga erishish uchun nafaqat mukammal otish texnikasi, balki o‘z his-tuyg‘ulariga ega bo‘lish qobiliyati ham talab qilinadi. Shveytsariyada 1452 yilda merganlik bo‘yicha bayram tadbirlari o‘tkazilgan. O‘sha paytdan boshlab milliy musobaqa bayramlari o‘tkazilgan, keyinchalik mamlakatning har qanday sport qurolidan yillik chempionatiga aylangan. 1824 yilda Shveytsariyada o‘q otish bo‘yicha birinchi musobaqa bo‘lib o‘tgan. Frantsiyada birinchi o’q otish jamiyati 1449 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kesim (narez)li stvol bilan qurol-aslaha ixtirosi mamlakat hukumati uchun foydali sport otishlarini tan olishga majbur qilgan. Birinchi tanlov 1864 yilda bo‘lib o‘tgan, bu XIX asrning oxiriga kelib 900 dan ortiq bo‘lgan yangi o‘q otish jamiyatlari va ittifoqlarini yaratishga turtki bo‘lgan. Germaniyada 1432 yilda Augsburgda o‘q otish sporti tarixida birinchi bo‘lib turnir bo‘lib o‘tgan, ammo faqat 1862 yilda Frankfurt-na-Mayne shahrida milliy o‘q otish bayrami bo‘lib o‘tgan. 1884 yilda 712 mingdan ortiq o‘q otish ittifoqlarini xisoblangan bo‘lib, 60 mingdan ortiq o‘q otuvchilarni birlashtirgan. Ingliz o‘q otish jamiyatlari tarixi 1859 yildan boshlangan bo‘lib, birinchi milliy tanlov 1860 yilda bo‘lib o‘tgan. Amerikada «Qo‘shma Shtatlari Milliy o‘q otish jamiyati» 1873 yilda birinchi tanlovni tashkil etgan bo‘lib, har bir shaharda, qishloqda yuz minglab a‘zolari tashkil etgan. Miltiq va to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha musobaqalar 1896 yilda birinchi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan va 1897 yildan beri o‘q otish bo‘yicha jahon chempionatlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiya o‘yinlari dasturiga o‘q otish musobaqalarini kiritish tashabbuskorlaridan biri bu Pier de Kuberten bo‘lgan. U o‘zi to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha etti karrali Fransiya chempioni bo‘lgan. O‘q otish barcha Olimpiadalar dasturiga kiritilgan bo‘lib, faqat 1924 yildagi Olimpiadasi bundan mustasno (Sent-Luis, AQSh) va 1928 yil (Amsterdam, Gollandiya). Rossiya 1912 yilda faqat V Olimpiada o‘yiniga Stokgolmga o‘q otish musobaqasiga ishtirokchilarini yuborgan, ular juda yomon tayyorgarlik korganliklari sababli jangovar miltiqdan o‘q otish bo‘yicha 9-o‘rin egallagan. To‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha jamoaviy hisobda Rossiya 2-o‘rinni (duellik otish) va 4-o‘rinni egallagan. Jamoa sifatli qurol va o‘q-dorilar bilan ta‘minlanmaganligi, ushbu musobaqalar uchun sifatli tayyorlanmaganligi sabab bo‘lgan. Fransiyada o‘q otish bo‘yicha 1-jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. Ushbu champion, fransuz otishni o‘rganish assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Bellashuvlarda Fransiya, Gollandiya, Italiya, Norvegiya va Shveytsariya o‘q otuvchilari ishtirok etgan. Shveytsariyaliklar ham jamoa, ham shaxsiy hisobda g‘alaba qozongan. 1907 yilgacha chempionatlar o‘tkazish bo‘yicha Xalqaro ekspertlar guruhi, 1907 yildan milliy federatsiyalari va assotsiatsiyalari Xalqaro ittifoqi, 1921 yildan esa o‘q otish sporti Xalqaro ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan. 1914 yilgacha, keyinchalik 1921 yildan 1925 yilga va 1927 yildan 1931 yilga qadar jahon chempionatlari har yili 1933 yildan 1939 yilga va 1947 yildan 1949 yilga 2 yilda o‘tkazilgan.1954 yildan beri jahon chempionatlari har 4 yilda bir marta o‘tkazilgan. Dunyoning dastlabki uchta chempionati dasturi faqat bitta mashqni o‘z ichiga olgan – 300 m uzunlikdagi uchta pozitsiyadan harbiy miltiqdan otish: yotgan, tizzadan, tik turgan holda. Keyingi beshta chempionatda, miltiqdan otishdan tashqari, 50 m da bo‘lgan katta kalibrli revolverdan musobaqasi amalga oshirilgan. Bu 1905 yilda erkinli kichik kalibrli to‘pponchadan o‘q otish (MP-6 mashqlari) bilan almashtirildi. Bu ikki mashqlar 1910 yilgacha (XIV chempionatigacha) kiritilgan. 1911 yildan 1928 yilgacha dastur uchta mashqdan iborat edi: PV-6 – erkinli miltiq, AV-5 – harbiy miltiq, MP-6. (Raqamlar bilan mashqlar indeks tartibida ko‘rsatilgan). 1929 yilda chempionat dasturiga birinchi marta «Yugurayotgan kiyik» nishoni (PV-2 va PV-3 mashqlari) kiritilgan, shuningdek erkinli kichik kalibrli miltiqdan 50 m da yotgan va turgan holda 40 marotaba o‘q otish mashqini kiritish birinchi urinishi bo‘lgan. Keyingi chempionatlarda jami 10 ta mashqdan iborat bo‘lgan turli dasturlar mavjud edi. Ushbu dastur 1958 yilgacha amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda dastur barqarorlashdi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: erkaklar uchun 12 ta va ayollar uchun 5 ta mashqlar. 44 ta medallar to‘plami o‘yinga kiritilgan. Rossiyada o‘q otish sporti o‘tgan asrning oxiridan boshlab rivojlana boshlagan. 1897 uil 16 oktyabrda «To‘g‘ri ovning Imperatorlik jamiyati» «Miltiqdan o‘q otish Umumrossiya sovrin musobaqalari» shartlari va qoidalarini ishlab chiqish uchun komissiya tayinlandi. 1898 yil 10 fevralda ularni taqdim etgan. Shu yili Sankt-Peterburg, Moskva, Petrozavodsk, Kiev, Xarkov, Kavkazdagi garnizon o‘q otishlarida shartlar va qoidalar bo’yicha sinovlar o‘tkazilgan. Birinchi musobaqa Xabarovskda 1898 yil 25 mayda garnizon poligonida xalq musobaqalari sifatida o‘tkazilgan. Xabarovskdagi musobaqalar har yili har hil turdagi alohidagi qurollar uchun Rossiya chempionatlari va chempionatlarining boshlanishi bo‘lib, armiyada muntazam sovrinli musobaqalar o‘tkazilgan. Inqilobgacha bo‘lgan Rossiyada, boshqa sport turlari kabi, o‘q otish sporti keng tarqalmagan. O‘q otish mashg‘ulotlari sinflarning sharafi bo‘lgan. Ko‘pgina jamiyatlarning nizomiga ko‘ra, yosh harbiy xizmatchilar, talabalar, ayollar harbiy xizmatchilarini jamiyat a‘zoligiga qabul qilish taqiqlangan. «Rossiya atletik jamiyati», «Sankt-Peterburg sport muxlislari doirasi», «Sankt-Peterburgdagi otish jamiyati», «Janubiy-Rossiya o‘q otish jamiyati» bir necha o‘nlab a’zodan iborat bo‘lgan. Buyuk «Oktyabr sotsialistik inqilobi»dan so‘ng mamlakatimizda sportni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochilgan. Jismoniy tarbiya va sport xalqni jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, uni mehnat va Vatan himoyasiga tayyorlash vositasi sifatida ko‘rila boshlangan. Moskva proletar sport jamiyati «Dinamo»ning yaratilishi, asosan, o‘q otish mashg‘ulotlarini olib borgan o‘q otishlar va sport o‘q otish tashkilotlari sonining o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega edi. 1925 yil iyul oyida «Qizil o‘q otuvchi bayrami» o‘tkazilgan. U butun mamlakat bo‘ylab «Mamlakatga aniq otuvchi kerak!» shiori ostida o‘tgan. Shu yilning sentyabr oyida SSSR Markaziy saylov komissiyasi raisi M.I.Kalininning, SSSR Mudofaa Xalq komissarligi, VSSPS va Markaziy komiteti rahbarlarining barcha tashkilotlarga murojaati e’lon qilingan: «Proletar! Aniq o‘qchini bering!» 1927 yilda Osoaviaxim ixtiyoriy jamiyati tashkil etildi va u o‘q otish sportlarini boshqarishga kirishgan. 1928 yilda Butunittifoq spartakiadasi bo‘lib o‘tgan, uning dasturiga o‘q otish musobaqalari kiritildi. Ushbu musobaqalarda RSFSR o‘q otuvchilari g‘alaba qozongan. 1931 yilda komsomol mudofaasi o‘q otish sport yurishi bo‘lib o‘tgan. Rublyovdagi o‘q otish chegaralarida o‘q otish musobaqalari bilan yakunlangan. 1932 yil 19 dekabrda Osoaviaxim Markaziy kengashi I va II-bosqichlarning «Voroshilov o‘qchisi» ko’krak nishonini, 1934 yil 11 iyulda esa «Yosh voroshilov o‘qchisi» ko’krak nishonini bergan. Birinchi ikki yil mobaynida 500 000 Voroshilov o‘qchilari tayyorlangan va 1935 yildan 1941 yilga 6 millionga yaqin. 1934 yilda Iumumittifoq komsomol o‘q otish sport spartakiadasi va 1938 yilda SSSR xalqlarining o‘q otish spartakiadasi o‘tkazilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘plab sportchilar va «Voroshilov o‘qchilari» o‘z Vatanlarini himoya qilib, merganlarga aylangan, ularning ba‘zilari Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Urushdan keyingi yillarda sovet xalqi fashistlar tomonidan vayron qilingan iqtisodiyotni tiklagan. Ammo bu murakkab davrda ham o‘qchi to‘garaklar va seksiyalar, chempionatlar va boshqa umumittifoq musobaqalari davom ettirilgan. 2015 yil yakunida Toshkent yaqinidagi Urtasaroyda o‘q otish bilan bog‘liq sport turlarini rivojlantirish maqsadida o‘q otish majmuasi qurildi. O‘zbekiston hukumati yosh sportchilarni tarbiyalash, shuningdek, ularni xalqaro turnirlarda ishtirok etish maqsadida o‘q otish sport turini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. G’afur Irsaliyev va Eraliyev A’zam (sport ustasi nomzodlari), Mamadjanov Sardor, Abdurahimov Begzod, Abzalxonov Salim, Pronina Natalya, Abdurahmonov Yahyobek, Egamberdiyev Akmal va Utaganov Ruslan (birinchi toifa egalari) kabi atoqli sportchilar O‘zbekistonda o‘q otish jarayoniga bebaho hissalarini qo‘shdilar. Download 17.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling