Reja Oraliq stansiyalarda bajariladigan asosiy texnologik jarayonlar


Download 455.24 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi455.24 Kb.
#1269079
  1   2
Bog'liq
8-Ma\'ruza


8-mavzu. Oraliq bekatlarning chizmalari.Oraliq bekatlar, vazifasi, bajaradigan ishlari
Reja
1. Oraliq stansiyalarda bajariladigan asosiy texnologik jarayonlar
2. Oraliq stansiyalarning chizmalari


1. Oraliq stansiyalarda bajariladigan asosiy texnologik jarayonlar
Oraliq stansiyalarning tasniflanishi qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining, yo‘lovchi va yuk inshootlarining o‘zaro joylashuvi, bosh va qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining soni, yuk inshootlarining rivojlanishi va korxona shoxobcha yo‘llarining mavjudligi kabilar bilan belgilanadi.
Oraliq stansiyalarning raz’ezd va o‘zib o‘tish punktlaridan farqi, ularda yo‘lovchi va yuk poezdlarini beto‘xtov o‘tkazish, to‘xtaydigan poezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirishdan tashqari quyidagi ishlarning bajarilishidir: yuklarni ortish-tushirish va saqlash hamda yuk hujjatlarini tayyorlash; bagajlarni qabul qilish, egalariga berish va saqlash; terma poezdlarga vagonlarni qo‘shish va ajratish, ayrim hollarda stansiyada ortiladigan vagonlardan jo‘natuvchi marshrutli poezdlar tuzish yoki pog‘onasimon marshrut poezdlari tarkibiga vagonlarni guruhlash; korxona shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatish, vagonlar berish va yig‘ib kelish; ko‘plab to‘kma yuklar ortiladigan ayrim stansiyalarda vagonlarning og‘irligini o‘lchash va boshqalar.
Surunkali pasayuvchi qiyalik oldida joylashgan, poezdlar texnik ehtiyojlar uchun to‘xtatiladigan stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tormozlar sinovi o‘tkaziladi.
Agar raz’ezd va o‘zib o‘tish punktlarida asosan poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish ishlari bajarilsa, oraliq stansiyalarda esa ushbu texnologik jarayonlardan tashqari, yuk va tijorat ishlari ham bajariladi.
Oraliq stansiyada bajariladigan texnologik jarayonlar quyidagilar: yo‘lovchi va tranzit yuk poezdlarini qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish, terma yuk poezdlari bilan manevr ishlarini bajarish, ular bilan keladigan mahalliy yuk vagonlarini korxona shoxobcha yo‘llariga va yuk frontlariga uzatish hamda yig‘ib kelish. Ayrim oraliq stansiyalarda pog‘onasimon va jo‘natuvchi marshrutlarini tuzish, zaruriy hollarda poezdlarga tirkama lokomotiv qo‘shish yoki ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bajariladi.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish, tushirish, chiptalarni sotish, yo‘lovchi poezdi tezligida tashiladigan bagaj va yuklarni ortish-tushirish, qabul qilish, egalariga berish va saqlash kabilardan iborat.
Yuk va tijorat ishlari yuklarni qabul qilish, ortish-tushirish, egalariga berish va saqlash, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish xizmatlari uchun hisoblashish, vagonlar og‘irligini o‘lchash kabilardan iborat.
Poezdlar harakatini aniq va xavfsiz tashkil qilish va boshqa jarayonlarni bajarish uchun har bir stansiyada texnik boshqaruv dalolatnoma (TBD) mavjud bo‘lib, u stansiyaning barcha texnik qurilmalaridan foydalanish tartibini, ularni bajarish ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Poezdlar harakatini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar faoliyati temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ), poezd harakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomalarda ko‘rsatiladi.



Download 455.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling