Reja: Qadimgi Baqtriya podsholigi. Qadimgi Xorazm davlati. Qadimgi Sug‘diyona. Qadimgi Baqtriya podsholigi


Download 84 Kb.
bet1/6
Sana24.02.2023
Hajmi84 Kb.
#1226564
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1555409983 74135
Sinonimlar lugati, Mirmuhsin - Buvamni sog'inib, Ravshanov Mironshoh 301 Uzbek jokes translation, Dars ishlanmasi, 39. Россия, Казан ахборот хати, 39. Россия, Казан ахборот хати, 304 Shokir 6, 304 Shokir 8, Ozbek tilining amaliy stilistikasi ishchi fan dasturi 2020 конвертирован (2), Ozbek tilining amaliy stilistikasi ishchi fan dasturi 2020 конвертирован (2), TN 1-Oraliq ishi (1), 7-sinf adabiyot umumiy, trebovania, Shavkatova Mohinur, Falsafa-17

Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
Reja:


  1. Qadimgi Baqtriya podsholigi.

  2. Qadimgi Xorazm davlati.

  3. Qadimgi Sug‘diyona.



Qadimgi Baqtriya podsholigi.
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan (“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling