Reja: Qaror qabul qilishning ahamiyati Qaror qabul qilishning me’yorlari va muqobilliklari Qaror qabul qilishning usullari va modeli


Download 60.36 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi60.36 Kb.
#1324742
  1   2   3   4
Bog'liq
Qaror qabul qilishning usullari va modeli (1)


Reja:
1.Qaror qabul qilishning ahamiyati
2.Qaror qabul qilishning me’yorlari va muqobilliklari
3.Qaror qabul qilishning usullari va modeli
Qaror qabul qilishning usullari va modeli
Qaror qabul qilish - xarakatni eng maqbul va samarali variantini aniqlash va amalga oshirishdir.
Qaror qabul qilish amaliy fan bo‘lib o‘ziga xos mas’uliyatli va ziddiyatli jarayondir. Iqtisodiy qarorlarni qabul qilinishida texnologik, ijtimoiy, ekologik, tabiiy, siyosiy, xuquqiy va boshqa qarorga ta’sir etadigan asoslar puxta tahlil qilingan, ularning xulosa va tavsiyalariga qaror tayangan bo‘lishi zarur.
1.Qaror qabul qilishning ahamiyati
Iqtisodiyotning murakkab va hal qiluvchi muammosini aniqlash, uning kelib chiqish sabablari va ildizini aniqlash, simptomlarini tahlil qilish qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun avvalo muammo aniqlangach, tizimi, tizimli tahlilning maqsad va vazifalari, tahlilni amalga oshirish sxemasi, bosqichlari, kutilayotgan vazifalar aniqlanadi. So‘ngra tizimli tahlil amalga oshirilib, adekvat yechim modeli yaratiladi. Model barcha birlamchi ta’sir etuvchi omillarni o‘ziga sintez qilgan, rivojlanish tendensiyalarini va qonuniyatlarini o‘zida mujassamlagan bo‘lishi zarur.
Masalan “Bozor ishtirokchilarini shakllangan vaziyatlarni aniq baholab optimal xarakatlar qilishlari to‘g‘ri qaror qabul qilishlari uchun juda katta xajmdagi axborotlarni qayta ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitlarda ular o‘zlarining optimallash masalalarini tuzishga to‘g‘ri keladi”.
Masalaning yechimi ishtirokchilari, har bir firma va uy xo‘jaligi tovarlar va resurslardan qanchadan almashishlarini aniqlaydi, bunda bir firma va uy xo‘jaligi o‘z maqsad funksiyalarini qanoatlantirilishini maksimallaydilar, firmalar uchun foyda, va iste’molchilar uchun naf keltirish. Har bir firma ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasida foydani maksimallaaydi, bunda har bir iste’molchi naf keltirilishini o‘zining budjet chegarasi doirasida maksimallaydi.
Tizimli tahlilning modeli va xulosalari asosida qaror qabul qilinadi. Qarorni amalga oshirish uchun aniq xarakat dasturi ishlab chiqiladi. Unda xarakatdan kutilayotgan oraliq natijalar va yakuniy natijalar raqamlar bilan o‘lchanadigan, olinadigan natijalarning rivojlanish jarayoni monitoring qilib baholab boriladigan bo‘lishi kerak.
Qaror qabul qiluvchilar –korxona rahbari, kollektiv, davlat institutlari bo‘lishi mumkin. Har bir qaror qabul qiluvchining aniq qaror qilish tartibi, sxemasi va mexanizmlari mavjud.
Murakkab iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan qarorni qabul qilishda maslaxatchilarning roli muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qarorlarning turlaridan biri – muqobil qaror bo‘lib, ular ikki guruhga bo‘linadi:
a) mustaqqil - xar qanday xarakat muqobil variantlarga ta’sir etmaydi;
b) mustaqqil bo‘lmagan muqobil qarorlarda xar qanday xarakat muqobil variantlarga ta’sir etadi.
Ikki ziddiyatli tomonlarni ideal darajada qoniqtiradigan qaror ziddiyatlarni boshqarish qarori deyiladi.

Download 60.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling