Reja: Qishloq xo'jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va uziga xos xususiyatlari


     Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari


Download 65.49 Kb.
bet7/13
Sana11.11.2021
Hajmi65.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
3.     Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari

Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir.

Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo’llari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi.

a) qishloq xo’jaligi  ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur.

Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholiningi ehtiyojini inobatga olish kyerak. Lekin shunday bo’lganda, yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’r bosgan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O’zbekistondagi jami sug’oriladigan yerlarning 47.8% sho’rlanmagan, 30.8% kam sho’rlangan, 17.2 % o’rtacha sho’rlangan va 4.2% kuchli sho’rlangan yerlardir.

Respublikamizdagi qishloq xo’jalik yerlarinig meliorativ holati bo’yicha ularning 38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon yerlardir.


Download 65.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling