Reja: Qiyosiy pedagogika fanining maqsad va vazifalari


Download 356.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2020
Hajmi356.42 Kb.
#157595
Bog'liq
Qiyosiy pedagogika fanining sohasi va vazifalari 1-mavzu


 

 

Qiyosiy pedagogika fanining sohasi va vazifalari.  



Reja: 

1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsad va  vazifalari.  

2.  Qiyosiy  pedagogika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  o’zviy  aloqasi, 

manbalari va metodologiya asosi.  

3.Qiyosiy pedagogika fanini davrlashtirish muammolari

 

Ma’ruza turi:  muammoli kirish ma`ruzasi 

 

Tayanch  tushunchalar:    qiyosiy  pedagogika,  qiyosiy  tarbiyalash, 

YA.A.Komenskiy, Jyulen, K.D.Ushinskiy, erkin tarbiya,  

 

 

 

 

 

“Qiyosiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari. 



 «Qiyosiy  pedagogika»  kursining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi 

bo’lajak  o’qituvchilarga  milliy  istiqlol  g’oyasi  va  bugungi  kun 

mafko’rasi talablari asosida jahon pedagogikasining aktual masalalari 

ayniqsa,  rivojlangan  davlatlar  ta’lim  tizimi,  ta’limning  turlari,  ta’lim-

tarbiya jarayonlarini o’ziga xos xususiyatlari va tashkil etish shakllari, 

amalga  oshirish  yo’llari  haqida  ma’lumot  berish.  Shu    orqali    ta’lim-

tarbiya  jarayonini  yahShilash,  ta’lim  mazmunini  rivojlantirish,  uni 

jahon  talablari  darajasiga  olib  chiqish  va  Yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlashdan iborat. 

Qiyosiy  pedagogika  kursining  maqsadi  talabalarni  fanning  nazariy 

metodologik  muammolari,  taraqqiyot  bosqichlari,      Chet  el  ta’limi, 

uning  mazmuni,  tuzilishi,  rivojlanishi    o’ziga  xos  xususiyatlari,  ta’lim-

tarbiya orasidagi o’zviyliklar, ilg’or g’oyalar va tajribalar Xususidagi 

bilimlar bilan tanishtiradi.  

 

 

Mazkur  kurs  bo’yicha  talabalar  bilimlari  va  ko’nikmalariga 



qo’yiladigan talablar quyidagicha: 

 -  fanning  bozor  iqtisodiyoti  jarayonidagi  to’tgan  o’rni  va 

ahamiyatini ochib berish; 

-talaba 

yoshlarda 

ta’lim-tarbiya  samaradorligining  milliy 

mafko’raviy  qarashlarini  shakllantirish,  ularning  sog’lom  e’tiqodli, 

erkin  fikrlovchi,  jamiyatning  komil  insonlarini  tarbiyalashdagi  rolini 

chuqur anglab etishlariga eriShish; 

-jahonning 

rivojlangan 

mamlakatlaridagi 

ta’lim-tarbiya 

jarayonlarining  samarali  amalga  oshirishliShi  yo’llari,  uning 

rivojlanish  tendentsiyalari,    muammolari,    istiqboli  to’g’risida 

ma’lumot berish . 

”Qiyosiy pedagogika” fani o’zining taraqqiyot bosqichlaridagi turli 

hil qarashlar bilan birgalikda, barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy fanlar 

bilan  aloqadorligi,  hamda  uning  ilmiy-nazariy  asoslari  Qiyosiy 

pedagogika, 

etnopedagogika, 

pedagogik 

sotsiologiya, 

falsafa, 

 

 

madaniyat, ta’lim menejmenti kabi  fanlar bilan bevosita bog’liq holda  



yoritib  boriladi  va  bular  fanning  metodologik  asoslari  hamda  ilmiy 

tadqiqot  metodlari  borasida  katta  ahamiyatga  ega  bo’lib,  talabalarda 

mustaqil  izlanish,  ularda  ilmiy  qiyoslay  olish  mahoratlarini 

shakllantiradi. 

Bu  kurs    bo’yicha  talabalar  bilimlari  va  ko’nikmalariga 

qo’yiladigan  talablar  quyidagilardan  iborat:  talabalar  qiyosiy 

pedagogikadan  egallagan  nazariy  bilimlarini,  amaliyotda  qo’llay 

olishlari  lozim.  Shuningdek,    kurs  bo’lajak  o’qituvchilarni  ihtisosligi 

bo’yicha  bilimlarni  egallash  davomida  o’zining  ma’naviy,  ahloqiy 

darajasini  kengaytiradi,  jahon  mamlakatlarining  ta’lim  sohasida 

erishayotgan  yutuqlaridan  o’quv-tarbiya  jarayonida  foydalanadi.  Har 

bir  Xalq  o’z  yashash  tarzi,  tarihiy  va  ijtimoiy  darajasi,  milliy  

madaniyatiga  ega  ekanligiga  mos  ravishda,    o’ziga  xos  takrorlanmas 

milliy-tarbiya  madaniyatiga  ega  bo’lishi  va  bulardan  hayotda 

foydalana biliShi kerakligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.        

 

 

«Qiyosiy  pedagogika»  fanining  bozor  iqtisodiyoti  jarayonidagi 



to’tgan  o’rni  va  ahamiyati,  talaba  yoshlarda  milliy  mafko’raviy 

qarashlarni    shakillantirish,  jamiyatning  ilg’or  nufizi  kuchi  sifatida  

sog’lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi, komil insonlar bo’lishi jarayonidagi 

o’rni va rolini aniqlash. Bo’lg’usi o’qituvchilarni    Markaziy  Osiyo va 

jahon  Xalqlarining  pedagogik  me’rosi  bilan  tanishtirish  jarayonida 

ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga  hurmat hissini xosil qilish, 

ta’limni  boshqarish  muassasalari      xodimlari  jamoasiga  jahon 

pedagogikasida,  ayniqsa  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  ta’limning 

amalga  oShiriliShi,    istiqboli  to’g’risida    batafsilroq    ma’lumot  berish 

kabi vazifalar amalga oShiriladi.   

 

Ixtiyoriy  ilmiy  bilimning  barkaror  rivojlanishning  zaruriy      sharti 

uning  evolyutsion    bosqichlarida  ongli  tarzda  merosdan  merosga 

utishdir. Pedagogika fanlari uchun  bu juda muhim hisoblanadi.Chunki 

bir  davrdan  ikkinchi  davrda  uzluksiz  o’tuvchi  xususiyatga  ega  ta’lim 

 

 

tarbiyaning  dolzarb  va  abadiy  muammolari  bir  talay.  Yangi  ijtimoiy 



tarihiy  sharoitda  va  fanning  Yangi  bosqichda  tarihiy  ilmiy  merosga 

tayanib  ish  kurish  zarur  va  ahamiyati  yuksak  hisoblanadi.  Shuning 

uchun  pedagogika  o’zining  tarihi  ikkilamchi  masala  ham,  qadimiy 

ashyolar  yigindisi  ham  bo’lmay,  doimiy  taraqqiyotda  bo’lgan 

muammolarni o’z ichiga qamrab olgan majmua  hisoblanadi. Ularning 

batafsil  tahlili  pedagogika  fanlariga  oid  ihtiyoriy  sohaning  ilmiy 

tadqiqotlari  nazariy  metodologik  darajasini  mukammallashtiradi. 

Olimning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko’rsatgichga aylanadi. 

Bularning  bari  qiyosiy  pedagogikaga  ham  to’la  aloqadorlik  kasb 

etadi. 

1.Qiyosiy-pedagogik  tadqiqotlar  rivojlanishning  boshlang’ich 

bosqichi. 

Chet  mamlakatlarda  o’sayotgangan  avlodning  qay  tarzda 

tarbiyalanishga  qiziqish  qadim  zamonlardayoq  mavjud  edi.  Yunon 

tarihchisi  Gerodot  Bobil  va  Misrda  yoshlar  tarbiyasiga  oid  hikoyalar 

 

 

aytgan  bulsa,  Rim  tarihchisi  Tatsit  qadimgi  german  qabilariga  oid 



o’ziga  xos  xususiyatlarni  qayd  etib  o’tgan  edi.  O’sha  davrlardayoq, 

mamlakatlarning  yosh  avlodni  tarbiyalash  ishlarini  yahShilashda 

kushni    mamlakatlar  tajribasidan  foydalanish  maqsadida  tez-tez 

ko’rilib  turgan.  Masalan:  Platon  Sparta  tarbiyasining  ayrim  usullari 

Afinada  ham  joriy  qilinsa  yahShi  bo’lishini  takidlagan.  Ksenafont 

forslarning  zodogon  yoshlari  tarbiyasi  xususiyatlarini  tasvirlar  ekan, 

yunon 

yoshlarini 

tarbiyalashning 

o’ziga  xos  xususiyatlarini 

shakllantirishda  ulardan  o’rnak  olishni  maslahat  beradi.  Ammo  bular 

qisqa  va  unchalik  dalillanmagan  kuzatishlar  bo’lib,  etnografik  yoqi 

tarihiy  hotiralarda  izini  qoldirgan  holos.  Shuning  uchun  bunday 

kuzatishlarni  o’sha  davrga  xos  bo’lgan  ilmiy  tasavvurlar  doirasiga 

kiritish  qiyin.  O’rta  asrlarda  G’arbiy  YYevropadagi  madaniy  vaziyat 

ta’lim-tarbiya 

sohasining 

xalqaro 

qiyoslashga 

qiziqishini 

muvofiqlashtirmagan. 

 

 

Ming  yillik  davomida  ta’lim  ham  boshqa  madaniy  sohalar  kabi 



cherkov  yakkahokimligi  mavjud  bo’lib,  o’qitishning  asosiy  tili 

hisoblanadi. 

Buning 

natijasida 

turli 

mamlakatlarning 

o’quv 

muassasalari  tashkil  qiliniShi;  ta’lim  maqsadi,  metodi  va  mazmuniga 

ko’ra, bir-biridan sezilarli darajada farqlanmagan. 

So’nggi  o’rta  asrlar  davrida  Yevropa  millatlar  shakllanishi 

jarayonini boshdan kechiradi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan 

mamlakatlarda  bu  jarayon  o’z  yakuniga  etdi.  Milliy  birlik  hayotning 

turli sohalarga va Xalqlarning milliy o’zligiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z 

navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida ham kuchli namoyon 

bo’ladi.  Milliy  tillar  uzluksiz  ravishda  lotin  tilini  siqib  chiqara 

boshladi.  Har  bir  mamlakatning  o’quv  muassasalari  o’zining  milliy 

xususiyatlarini  shakllantira  boshladi  va  cherkovga  tobeligi  ancha 

susaydi.  

Bunday  sharoitda  Yevropaning  ko’plab  mamlakatlarida  qo’shni 

mamlakatlarning  ta’lim  tizimi  tashkil  qiliniShi  bilan  taniShish  ehtiyoji 

 

 

kuchaydi. Bu Yan Amos Komenskiy faoliyatida (1592-1670) yaqqol aks 



etadi.  Boshlang’ich  maktabdan  universitetgacha  bo’lgan  ta’lim 

tizimining  yaxlit  tizimining  yaxlit  strukturasi  va  tamoyillarini  ishlab 

chiqishda  Ya.A.Komenskiy  o’zi  malum  vaqt  yashagan  va  faoliyat 

yuritgan  Chexiya,  Vengriya,  Gollandiya,  Shvetsiya  kabi  mamlakatlar 

tajribasiga ko’p marta murojaat qiladi.   

1641  yilda  ingliz  milliy  ta’lim  tizimini  shakllantirishda  uning 

bilimlaridan foydalanish uchun Londonga taklif qilinadi. Yirik maShina 

sanoati yaratiliShi davrida bolalarga maktab ta’limi beriliShi keng tus 

oldi.  Kasbiy  ta’lim  shakllaniShiga  dastlabki  kadamlar  kuyildi.  Qator 

mamlakatlarda  davlat  ta’lim  tizimi  asoslari  yuzaga  kela  boshladi. 

Yevropa  pedagogik  tafakkuri  evolyutsiya  bosqichlarida  XVIIIasr  ohiri 

XIXasr  boshlari  juda  muhim  davr  hisoblanadi.  Bell-Lankaster  tizimi, 

Pestalotsi  pedagogikasi,  Russoning  «erkin  tarbiyasi»,  manaviy  tarbiya 

hakidagi  Kant  posto’latlari  ular  yashagan  mamlakatlar  doirasidan 

chiqib, umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlanadi   

 

 

Bu  esa,  Xorijiy  pedogogik  tajriba  va  uni  milliy  ta’lim 



muammolariga  qiyoslashga  qiziqishni  kuchaytiradi.  Shu  tarzda  Yangi 

ilmiy  yo’nalish-qiyosiy  pedagogika  yuzaga  keliShi  uchuch  obektiv 

manbalar  xosil  buladi.  Bu  ilmiy  yo’nalish  ta’lim-tarbiyani  xalqaro 

qiyoslab o’rganishga ihtisoslaShiShi ko’zda tutilgan edi.  

Qiyosiy pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlaniShi masalalarida 

olimlar  turli  nuqtai  nazarni  yoqlab  chiqadilar.  Lekin  ularning  bari 

qiyosiy-pedagogik  tadqiqotlar  maqsadi  va  vazifalarini  aniqlash,  turli 

mamlakatlar bo’yicha muvofiq ashyoviy materiallarni tizimlashtirish va 

yigishning  ayrim  usullarini  belgilab  berishga  dastlab  urunish 

M.A.Jyulen 

tomonidan 

amalga 

oShirilganini 

etirof 

qilsalar 

kerak.Shuning  uchun  G’arbiy  Yevropa  adabiyotlarida  Jyulen  «Qiyosiy 

pedagogikaning  otasi»sifatida  tilga  olinadi.(1775-1841)Haqiqatdan 

ham,u  ta’lim  taraqqiyotining  xalqaro  tajribasini  alohida  ilmiy 

tadqiqotlar 

yo’naliShi 

sifatida 

o’rganish 

masalasi 

o’rtaga  

qo’yadi.Jyulen  faoliyati  va  qiziqishlari  keng  miqyosiga  ega  edi.  U 

 

 

Buyuk  fransuz  inqilobining  faol  ishtirokchisi,  Robesper  tarafdori  edi. 



1792  yilda  17  yoshli  o’spirin  diplomatik  missiya  tarkibida  Angliyaga 

jo’natiladi.  U  erdan  qaytgach,  Frantsiya  departamenti  tarkibidagi 

inqilobiy  hukumat  azosiga  aylanadi.  1794  yilda  Frantsiyaga  markaziy 

mamuriy  ta’lim  siyosati  natijasida  to’zilgan    «Xalq  ta’limi  ijroya 

qo’mitasi» faoliyatida ishtirok etdi.     

XIX  asr  boshlarida  Jyulen  mashhur  publitsistik  sifatida  yuzlab 

maqolalar,  ijtimoiy  munosabat,  madaniyat  va  siyosatning  turli 

masalalariga oid broshyuralar e’lon qildi.  

U  tinchlik  va  Yevropa  Xalqlari  urtasida  hamkorlik  g’oyasini  faol 

targ’b  qildi.  Uning  tashabbusi  bilan  «Birlashgan  millatlar  fransuz 

jamiyati»  tashkil  qilindi.  Bu  jamiyat  Yevropa  tarihiy  adabiyotlarida 

zamonaviy  xalqaro  tashkilotlar  yuzaga  kelishga  asos  bo’lganligi  qayd 

qilinadi. Jyulen ta’lim va tarbiya muammolariga juda qiziqar edi. 1810 

yilda Pastalotsining Iverdan (Xvetsariya)dagi tarbiya maskanini ziyorat 

qilgach, uning g’oyalarini jiddiy yoqlay boshladi.  

 

 

Jyulen 1848 yilda qashshoqlik va xor-zorlikda vafot etdi. Deyarli bir 



asrga  yaqin  vaqt  ichida  uning  publitsistik  va  ilmiy  merosi  esga 

olinmadi.  Faqat  1935  yilda  uning  «Qiyosiy  tarbiya  bo’yicha 

tadqiqotlarga  oldindan  eslatmalar  va  ocherk»  nomli  (1817)  kichik 

broshyurasining  Parijdagi  eski  kitoblar  do’koni  peshtaxtasidan 

tasodifan topiliShi uning ismi Xalq xotirasidan butunlay o’chib ketiShi 

oldini oldi.  Uning ijodiga qiziqishni qayta uygotadi.  

   Aynan  Shu  asarda  «qiyosiy  tarbiya»  va  «qiyosiy  pedagogika» 

atamalari  ilk  bor  qayd  qilingan.  Jyulen  fikriga  ko’ra,  qiyosiy 

pedagogika vazifasi Yevropada, keyinchalik esa butun dunyoda ta’lim-

tarbiyaning 

eng 

okilona 

tizimini 

yaratish 

maqsadida 

turli 

mamlakatlarning 

pedogogik 

tajribasini 

o’rganishdan 

iborat. 

Pedagogika ijobiy fanga aylaniShi uchun,- deb yozgan edi Jyulen,- turli 

mamlakatlarning dalillangan materiallari tahliliga asoslangan bo’lishi 

lozim.  Turli-tuman  dalillar  to’planiShi  tartibga  keltiriliShi  va  ularni 

tizimlashtirish  usullari  aniqlaniShi  zarur.  Bu  omillarsiz  pedogogik 

 

 

faoliyat  va  uning  natijalari  subektiv,  cheklangan  karashlarga, 



o’sayotgangan  avlod  ta’lim-tarbiyasi  bilan  Shugullanayotgan 

mutahassislar intikliklari va irodasiga boglik bo’lib kolaveradi.          

Jyulen  batafsil  ma’lumot  olish  maqsadida,  katta,so’rovnoma  (250 

dan  ko’proq  savollar)  tuzdi.  Bu  so’rovnoma  maktab  faoliyatining  turli 

jihatlariga  aloqador  edi.  So’rovnomani  Yevropaning  turli  davlat 

hokimiyatlariga  yuborishni  taklif    qiladi.  So’rovnomaning  ayrim 

savollarida miqdoriy va daliliy ko’rsatgichlar to’plash maqsadi ko’zda 

tutiladi.  (Masalan,  sinf  mashg’ulotlarining  kunlik  davomiyligi,  o`quv 

yili  necha  oydan  iborat,  imtixon  utkazish  tartibi  kanday,  turli  o`quv 

muassasalarida 

bitiruvchilarga 

kanday 

turdagi 

diplom 

yoqi 

shahodatnoma  beriladi  kabi).  Lekin  sezilarli  darajada  murakkab 

savollr ham mavjud bo’lib, ularga XXI asr boShida ham fanda munosib 

javob  topilmagan.  Ulardan  birini  keltiramiz.  «O`quvchilarning 

individual xususiyatlari hisobga oliniShi va aniqlaniShi kanday amalga 

oShiriladi? Mehnatsevar, itoatkor,lekin etarli layoqatga ega bulmagan 

 

 

bolalarning 



dars 

jarayonida 

aytarli 

mashakkatsiz 

sabokni 

o’zlashtirayotgan kobilyatli bolalardan ortda koliShi,  ularda maktabga 

nisbatan konikmaslik hissi paydo bo’lishiga sabab bo’lmaydimi? 

Jyulen  so’rovnoma  yordamida  olingan  ma’lumotlar  qaysi  davlat 

ta’lim  taraqqiyotida  etakchilik  kilmokda,  qaysilari  ortda  kolgan, 

rivojlanishga tuskinlik kiluvchi  omillar va ularni bartaraf etish yullari 

kabi muhim masalalarga oydinlik kiritiShiga umid kilgan. 

Bu  g’oyalarni  amalga  oshirish  uchun  umumYevropa  ilmiy-

pedogogik  muassasa  tashkil  qiliniShi  kerakligini  takidlagan.  Bu 

muassasalarda ukituvchilar tayyorgarligini yahShilashga yunaltirilgan 

ilmiy  tadqiqotlar  o’tkaziliShi  va  tajriba  yuli  orkali  Yangi  pedogogik 

usullar  amaliyotda  sinab  quriliShini  nazarda  to’tgan.  Bularning  bari 

meyoriy pedagogika yaratiliShi va Yevropaning barcha mamlakatlarini 

ta’lim amaliyotida uzluksiz yaqinlaShuv jarayoni yuzaga keliShiga asos 

bo’ladi  deb  hisoblagan.  Bu  g’oyalar  yuz  yildan  ziyod  vaqt  o’tgandan 

 

 

so`ng,  YUNESCO,  ta’lim  bo’yicha  xalqaro  buyro  va  boshqa  xalqaro 



tashkilotlar faoliyatlari natijasida amalga osha boshladi. 

Jyulen qiyosiy pedagogikaga doir tadqiqotlari usha vaqtlarda keng 

yoyilmadi.  Lekin  undan  mustaqil  ravishda,  hatto  uning  mavjudligidan 

bexabar  holda,  ayrim  Yevropa  pedagoglari    XIX  asrda  ta’lim 

taraqqiyotining  Xorij  tajribasini  diqqat  bilan  o’rganadilar.  Bu 

tajribalardan  o’z  mamlakatlarida  maktab  ishlarini  yahShilashda 

foydalanishga harakat qildilar. Bu izlanizlar ta’limda statistika mavjud 

emasligi, 

maktab 

konunchiligi 

va 

pedagogik 

hujjatlashtirish 

yuritilishidagi  tizimlashtirish  materialning  kamchiklari  tufayli  katta 

mashaqqatlarga  duch  keldi.  Xorijiy  ta’lim  bilan  taniShuv  asosan 

«pedagogik  sayohat»  tarzida,  yani  pedagoglarning  Xorijiy 

mamlakatlarga  tashrifi  orqali  amalga  oShirilgan.  Bunday  tadbirlar 

ko’pincha  shahsiy  tashabbus  natijasida  yuzaga  kelgan.  Lekin  bazida 

hukumat  topiShirigi  bilan  amalga  oShirilgan  «sayohat»lar  qayd 

 

 

etilgan,  Chunki  ta’lim  taraqqiyoti  masalalari  asta-sekin  davlat 



hokimyati etiborini o’ziga jalb qila boshlagan.  

«Vaterloo yonidagi jang Itona sport maydonlarida mag’lub bo’lgan 

edi»,  «Sad  yonidagi  jangda  pruss  maktab  o’qituvchisi  golib  chiqdi».  

Bular  ingliz  qo’mondoni  gertsog  Vellington  va  nemis  kontsleri 

Bismarkning  mashhur  iboralari  bo’lib,  XIX  asrdayoq  Yevropa 

davlatlarining 

etakchi 

arboblari 

maktab 

ahamiyatini 

«katta 

siyosat»dagi  dastaklaridan  biri  sifatida  tuShunganligini  isbotlaydi. 

Deyarli  barcha  Yevropa  mamlakatlarida  maktab  islohati  amalga 

oshirildi.Bu  mamlakatlarning  islohatchilari  quyidagi  savollarga  javob 

topishi kerak bo’ladi:   

-Milliy  ta’lim  tizimini  qanday  turdagi  o`quv  muassasalari  tashkil 

qilish kerak? 

-Ta’lim  tizimini  nazorat  qilish  vakolati  kimga  berilishi  kerak-

davlatgami, cherkovgami, o`quvchmlarning ota-onasigami?   

-Ta’lim qay yo’sinda moliyalashtiriladi? Mumkinki? 

 

 

-Markaziy va mahalliy hokimiyat ulushi qanday bo’ladi? 



-Turli  shakldagi  o’quv  muassasalari  uchun  o’qituvchilar  qanday 

tayyorlanishi kerak? 

Tabiiyki,  hukumat  va  pedagogik  jamiyat  Xorij  tajribasi  haqida 

ishonchli va batafsil ma’lumot olishga yuksak qiziqish bildiradi. 

Frantsiyada birinchi va aytish mumkinki, ancha samarador natijaga 

erishgan «pedagogik sayohatchi» taniqli faylasuf,Sarbonna professori, 

Xalq ta’limi oliy kengashi a`zosi V.Ko’zen (1792-1867) buldi. Hukumat 

topshirig`i  Bilan  1830  yillarda  u  bir  necha  bor  Prussiyaga  sayohat 

qildi va Pruss ta’lim tizimini o`rgandi. Bularning natijasi, pruss ta’lim 

o`quv  muassalari,  ularning  tuzilishi,  faoliyat  usullari  hakida  batafsil 

Ma’ruzalarda aks etdi. Bu Ma’ruzalarda keltirilgan dalil va hulosalar 

hukumat 

tomonidan 

maktab 

islohatchi 

amalga 

oshirilishiga 

tayyorgarlik  ko`rishda  etiborga  olindi.  Keyinchalik  nemis  va  ingliz 

tiliga  tarjima  qilingan  Ko’zen  Ma’ruzalari  boshqa  mamlakatlarning 

 

 

pedagoglari  tomonidan  yakuniy  hisobod  tayyorlash  namuna  bo’lib 



xizmat qildi.     

     XIX  asr  ikkinchi  yarmi-XXasr  boshlarida  Frantsiyada  Xorijiy 

ta’limni  qiyoslab  o’rganish  rivojlanishda  davom  etdi.  1865  yilda 

marifatprvar  J.N.Boduen  «Belgiya,Germaniya  va  Shveytsariyada 

boshlang’ich ta’limning zamonaviy holati tugrisida Ma’ruza» tuzdi.      

  Mrussiya  bilan  bo’lgan  urushdagi  mag`lubiyatdan  so`ng, 

Frantsiya  (1870)da  nemis  maktabi  tajribasiga  qiziqish  tobora  ortdi. 

1880-1890  yillarda  E.Dreyfus-Brissak  tomonidan  uch  tomli  «Yangi 

tarbiya  “qiyosiy-  pedagogik  o’rganish»  asari  nashr  qilindi.  XX  asrda 

yaratilgan  asarlar  orasida  Fredelning  ikki  asarini  alohida  qayd 

qilamiz—«Xorijiy  mamlakatlarda  muallim  tayyorlash»  (1903)  va 

«Xorijiy pedagogika»(1910).     

  Keyingi  kitobda  9  mamlakatning  majburiy  ta’limi  shakllanishi 

qyosiy  tavsiflangan.  Bu  garb  mamlakatlari  (Angliya,  Germaniya, 

Italiya, AQSH) maktablari bilan bir katorda Yaponiya va Misrda ta’lim 

 

 

shakllantiriliShini  xarakterli  jihatlarini  yoritib  bergan  Yevropada 



amalga  oShirilgan  dastlabki  asar  hisoblanadi.  Nemis  adabiyotida 

o’zida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirgan dastlabki asarlar 

XVIII  asrdayoq  paydo  buldi.1784  yilda  I.Brinkmanning  «qadimgi  va 

zamonaviy  tarbiyani  qiyoslash  va  ulardan  qaysi  biri  tabiatga  ko’proq 

muvofiqligini  ajratish»  asari  chop  etildi.  1790  yilda  Frayburg 

gimnaziyasi  direktori  F.Hekt  «Angliya  va  Germaniya  maktab  tizimlari 

qiyosi» nomi ostida Ma’ruzalar to’plamini lotin tilida matbuotda e’lon 

qildi.           

XIX  asrda  Germaniyada  eng  yirik  Xorijiy  pedagogik  muammolar 

tadqiqotchisi Myunhen universiteti professori F.Tirsh (1774-1860) edi. 

O’zining Xorijiy sayohatlari natijasida maktab rahbariyati topShirigiga 

ko’ra,  pedagogik  hujjatlarni  batafsil  tahlil  qilish  asosida  3  tomonlik 

«Germaniya,  Gollandiya,  Belgiya  va  Frantsiyada  zamonaviy  umumiy 

ta’lim  holati»  asarini  yaratdi.  Bu  asarda  qiyoslanayotgan  unsurlar 

juda  aniq  ifodalangan.  Tirsh  Shunday  yozadi—«nemis  ta’limiga 

 

 

uhshash  Gollandiya  ta’limini  tavsiflar  ekanmiz,  biz  uni  ularga  o’z 



belgilariga  ko’ra  qiyoslaymiz.  Keyin  esa  fransuz  va  golland  ta’lim 

tizimlari  mutadil  bo’lgan  Belgiya  ta’limini  tahlil  qilish  maqsadga 

muvofiq».  Shu  bilan  birga,  Tirsh  fikricha,  Frantsiya,  Angliya  yoqi 

Germaniya  maktablarining  o’ziga  xos  milliy  belgilarga  egaligiga 

karamasdan, hiristianlik tsivilizatsiyasi va evromadaniyat tamoyillariga 

asoslangan  «umumiy  ruh»  ularning  barchasiga  aloqador.  Trish 

birinchilardan  bo’lib  «Yevropa  tarbiyasi»  masalasini  kutarib  chiqdi. 

Bu  Yevropa  Xalqlari  va  mamlakatlarining  yaqinlaShuvida  zaruriy 

manba ekanligi takidlaydi. 

Keyingi  un  yillikda  yaratilgan  asarlar  sirasiga  L.SHteynning 

«Angliya,  Germaniya,  Frantsiya  va  boshqa  mamlakatlarda 

boshlang’ich  va  kasbiy  ta’lim»  (1868)  asari  va  A.Baumeysterning 

«Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  Oliy  ta’lim  shakllaniShi»  (1897) 

kabilarni keltirish mumkin. 

 

 

AQSHda Xorijiy tajribaga qiziqish, Yevropa pedagogik ananalarga 



tayanuvchi  milliy  ta’lim  tizimi  shakillanish  davrida  ko’zatildi.  K.Stou 

o’zining  «Yevropada  boshlang’ich  umumiy  ta’lim  tugrisida  hisobot» 

nomli 

asarida 

turli 

mamlakatlarning 

maktablari 

rivojlaniShi 

muammosini  siyosiy  tizim  va  ijtimoiy  strukturaga  boglab  o’rganishga 

harakat  qildi.  AQSHda  ta’limning  Xorij  tajribasini  o’rganishga 

marifatparvarlardan  G.Mann  (1796-1859)  va  G.Barnard  (1811-

1900)larning  hissasi  katta.  G.Mann  AQSHda  davlat  byudjetidan 

moliyalashtiruvchi  bepul  majburiy  boshlang’ich  ta’lim  joriy  qiliniShi 

tashabbuskori  buldi.  Bu  masalaning  samaraliroq  hal  qilinishi  uchun 

Yevropa  mamlakatlari  tajribasidan  foydalanish  zarurligini  ta`kidladi. 

U  nemis  maktablarida  Pestolotsi  metodlarining  amaliy  ko`llanishiga 

katta  qiziqish  bilan  qaradi.  Yevropaning  yetti  mamlakatlarida  bo’lib, 

shu  mamlakatlar  maktablari  bilan  batafsil  tanishib  chiqdi.  Keyin  esa 

bir qancha Ma’ruza tayyorladi. Bu Ma’ruzalar jamiyatda yahShi qabul 

qilindi va maktab ta’limining kelgusi istikboli tugrisida hukumat karori 

 

 

qabul  qilinishiga  muayyan  ta’sir  ko`rsatdi.  Mann  Massachusets 



shtatida  ta’lim  ishlari  bo’yicha  kengashni  boshqargan.  Aynan  Shu 

shtatda  AQSHda  birinchi  bo’lib  majburiy  ta’lim  haqida  qonun  qabul 

qilindi.  1853  yilda  Mann  tomonidan  «Amerika  ta’lim  jurnali»ga  asos 

solindi.  Bu  jurnalda  milliy  muammolar  Xorij  tajribasiga  qiyoslanib 

talqin  qilingan.  G.Bernard  hali  bir  qancha  Yevropa  davlatlariga 

«pedagogik  sayohat»uyushtirib,ta’limning  Xorijiy  tajribalarni  batafsil 

o`rgandi.  U  maktab  siyosati,  ta’limning  markaziy  va  mahalliy 

boshqaruv  organlari  faoliyati  va  tashkillashtirilishi  kabi  masalalarga 

alohida 

etibor 

karatdi. 

Pedagogik 

doiralarda 

uning 

«Turli 

mamlakatlardagi  Xalq  ta’limi  tizimi,  statistikasi  va  ruyhatga 

olinishi»nomli  ikki  tomlik  monografiyasi  Shuhrat  kozondi.1867  yilda 

AQSHda  marifatparvarlik  federal  byurosi  tashkil  qilindi.  Bernard  bu 

byuroning birinchi rahbari sifatida faoliyat yuritib, amerikalik pedagog 

marifatparvarlarni  Yevropaga  ingliz,  nemis,  fransuz  maktablari 

faoliyati bilan tanishtirish maqsadida safar qilishini tashkillashtirishda 

 

 

faol  ish  yuritdi.  Keyingi  un  yillikda  Xorij  ta’lim  tizimini  o’rganish 



AQSHda  o’zining  Yangi  kirralarini  namoyon  qildi.1898-1899  yilda 

Dj.Rassel  qiyosiy  pedagogika  bo’yicha  Kolumbiya  universitetining 

pelagogika  kolleji  talabalariga  1-kurs  Ma’ruzalari  ukidi.  Keyinchalik 

qilingan  kator  tadqiqotlarda  nafakat  maktab,  balki  maorif  tizimining 

boshqa  buginlari  ham  tadqiqot  obektiga  aylandi.  Masalan,  1910  yilda 

Fiksnerning  «Amerika,Angliya  va  Germaniya  universitetlari  dune 

yuzini kurdi. 1911 yilda J.Braun «AQSH va Germaniyada urta maktab 

ukituvchisini  tayyorlash»  kitobi  nashr  qilindi.  Qiyosiy  pedagogikadan 

davlat  ahamiyatiga  molik  masalalarni  hal  qilishda  foydalana 

boshlandi.  1916  yil,  yani  AQSHning  I  jahon  urushga  tortiliShi 

arafasida  J.F.Skottning  «Amerika  vatanparvarlik  tarbiyasi  borasida 

Frantsiya  va  Germaniyaning  nimasiga  havas  qilsa  buladi»  asari  chop 

etildi. 

Angliyada  qiyosiy  pedagogika  «pionerlari»deb  M.Arnold  (1822-

1888) va M.Sedler (1861-1943) lar yuritiladi. 

 

 

M.Arnold  ingliz  madaniyatitarihida  sezilarli  iz  qoldirdi.U  shoir  va 



adabiy  tankidchi  sifatida  shuhrat  qozonsa-da,uning  uchun  pedagogika 

ma’suliyatli  vazifa  tusini  oldi.Arnold  obruli  va  uta  masuliyatli 

hisoblangan  maktab  inspektori  lavozimida  30  yildan  ortikrok  ishladi. 

Shuningdek,  Xorijiy  pedagogik  tajribani  o’rganish  uchun  MAXSUS 

tuzilgan  komissiyaning  faol  a’zosi  ham  edi.Arnold  klassik,aniq  oliy 

maktablarning  o’zaro  aloqalaridagi  muammolarga  alohida  e’tibor 

qaratdi.Bu  muammolar  negizida  milliy  ta’lim  tizimini  Xorijiy  tillar 

bilan qiyosladi.   

O’zining «Frantsiya Xalq tizimi»(1861), «Germaniyada Oliy ta’lim 

»  (1874)  kabi  pedagogik  asarlarda  dalillarni  sharhlash  va 

tizimlashtirish bilangina cheklanib qolmadi. Balki, Angliya kabi boshqa 

Xorijiy  mamlakatlarning  ta’limini  muvofiqlashtiruvchi  muayyan 

Sharqiy  tizimning  omillarini  aniqlash  va  yaratishga  harakat 

qildi.Uning  fikricha,ikki omil etakchi  urin tutadi: tarihiy  an’analar  va 

 

 

milliy xarakter.Aynan ular u yoqi bu mamlakat ta’lim tizimining o’ziga 



xosligini belgilaydi.   

Turli  mamlakatlarda  ta’lim  taraqqiyotiga  ta’sir  kiluvchi  omillar 

tahlilini  M.Sedler  davom  ettirdi  va  chuqurlashtirdi.  «U  yog`i  bu 

mamlakatning  ta’lim  tizimi  xususiyatlari  va  mohiyatini  tavsiflash 

uchun,-Xususiy  pedagogika  doirasidan  chiqish  kerak».  «Biz  maktab 

ta’limining barkaror rivojlaniShi uchun maktab tashkarisidagi omillar 

muhimligini  unutmasligimiz  kerak  ».Bunday  omillar  katoriga  Seder 

tomonidan iktisodiyot,davlat tizimi,cherkov va oila kiritiladi. Aynan Shu 

omillar  nuqtai  nazaridan  ingiliz  grammatik  maktabi,fransuz  litsey  iva 

nemis gimnaziyalari urtasidagi uhshash va farkli jihatlarni tavsiflaydi.    

Sedler  faoliyati  ingiliz  maktabining  intensiv  islohatida  muhim 

bosqichlar  ruy  berayotgan  vaqtga  tugri  keldi.Shuning  uchun  doimo 

britan  empirizm  ruhida  Xorijiy  pedagogik  tajriba  bilan  taniShuvning 

ahamiyati yuksakligini takidladi. Bunga uning 1900 yilda nashr etilgan 

 

 

kitobnig  nomi  ham  guvohlik  beradi:  Xalq  ta’limi  hojiy  ta’lim  tizimi 



bilan taniShuv kanday amaliy kimatga ega. 

Sedlar  tashabbusi  bilan  1894  yili  Londonda  ingiliz  va  Xorijiy 

maktablar  taraqqiyoti  tugrisida  ahborot  to’plash,Yangi  maqola  va 

kitoblar  kattaligini  to’zish  mos  ravishda  analitik  doklatlar  tayyorlash 

kabi  vazifalarni  bajaruvchi  MAXSUS  muassasa  to’zildi.Bu  hujjat  va 

materiallar 1902 yilda kabul qilingan va mamlakatning urta ta’limining 

bir  necha  un  yillik  sturukturasini  belgilab  bergan  Parlament  akti 

mazmuniga sezilarli ta’sir utkazadi.  

Sedlar  o’zok  umr  ko’radi  va  1930  yillar  ohirigacha  qiyosiy 

pedagogika taraqqiyotiga salmokli hissa kushadi.  

Rossiyada  Xorijiy  ta’lim  tizimini  tizimli  o’rganishni  Ushinskiy 

boshlab  berdi.Uning  kator  asarlarida  («Xvetsariya  buylab  pedagogik 

sayohat  »,  «Xorijga  mehnat  safari  bo’yicha  hisobot»,  «Shimoliy 

Amerikada  maktab  islohatlari»)    va  Xususan  o’zining  «Umumiy 

tarbiyaning  Xalqchilligi  hakida  »  deb  nomlangan  mashhur  asarlarida 

 

 

Frantsiya,  Angliya,  Germaniya,  Xveytsariya,  Shimoliy  Amerikadagi 



Xalq ta’limi, ularning o`quv muassasalari faoliyati va tashkil qiliniShi 

usullarining o’ziga xos jihatlarini batafsil yorituvchi ocherklar mavjud.     

Ushinskiy  Fransuz  ta’lim  tizimini  urganar  ekan,  u  uchun 

markazlaShuv  va  mamuriy  bir  hillik  xarakteri  ekanligini  qayd  etadi. 

«Frantsiyaning o`quv muassasalari markazlashuvi,- deb yozgan edi u,- 

eng  sunggi  nuktagacha  olib  borilgan.  Nafaqat  bir  bilim  yurti 

boshqasini takrorlaydi,balki ularning barii intizomlashgan harbiy kism 

singari yagona buyrukka amal qiladi.Fransuz Xalq ta’limivazirligi har 

yili  tasarrufida  bo’lgan  o`quv  muassalariga  o`quv  fanlari  dasturi 

takdim  qiladi.Unda  nafakat  joriy  yil  uqilishi  lozim  bo’lgan  yozuvchi 

belgilanadi,  balki  qaysi  betlar  tarjima  qiliniShi,qaysisi  yod 

oliniShigacha  qayd  etiladi…Vazirlikning  ihtiyoriy  amaldori  soatiga 

karab  aynan  Shu  soatda  Frantsiyaning  barcha  gimnaziyalarida 

Tsetseron  asarining  aynan  Shu  betlari  tarjima  qilinmokda  yoqi  aynan 

bir  hil  sharh  asosida  sharhlanyapti  (sharhlar  ham  vazirlik  tomonidan 

 

 

tasdiklanadi ). Yoyinki un minglab o`quvchi aynan Shu mavzuda insho 



yozyapdi  deb  ishonch  bilan  aytiShi  mumkin».  Bu  Frantsiyada  tarihiy 

merosga  aylangan  Xalq  ta’limi  tizimiga  Ushinskiy  tomonidan  aniq 

tavsiflangan  holda  baho  edi.  Ushinskiy  Fransuz  pedagogikasining 

ma’naviy  tarbiyaga  dahldor  jihatlarini  tankidiy  baholaydi.  Maktab 

hayotini  tashkil  qilishda  shuhratparastlik  kullab  kuvvatlanadi. 

O`quvchilar 

orasida 

nosog`lom 

raqobatga 

xayrixohlik 

bildiriladi.Manmanlikni  Fransuz  pedagogikasi  kuchli  richag  deb  bildi 

va u bilan shafqatsizlarcha faoliyat yuritdi.   

Bu  maqsadda  fransuz  allomalari  ko’plab  qoyilmaqom  vositalar 

o’ylab  topdilar:  Tarbiyalanuvchilarga  orden  taqdim  qiladi,  ularga 

mansab beradi, ularning ismini gazetada chop etadi. 

Fransuzcha  tarbiya  tizimida  imtiyozli  oilaning  farzandlariga 

ko’rsatilgan  bu  xususiyatga  V  G  Beleniskiy  ham  e’tibor  qaratgan. 

“Tasavvur  qiling, -  deb  yozadi  u,-  Frantsiyada  ommaviy  imtixonlarda 

o’quvchilar  va  muvoffaqiyati  uchun  kitob  bilan  emas,  boShiga  gul 

 

 

chanbar  taqish  bilan  taqdirlanadi.  Bu  lauriyatning  ota-onasi  esa 



teatirga,  ommaga  ko’z-ko’z  qilgani  olib  keladi”,  “Natijada  esa, 

Beleniskiy  davom  etadi,-fanga,  san’atga  emas,  balki  gulchanbarga-

haqiqiy  munosib  ichki  qoniqishni  emas,  tashqi  bezashni  baholovchi 

kichik  man-manlik  g’alabasiga  ishtiyoqni  kuchaytiradi.”  Bu  tafsilar 

hali ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan 

 Angliya ta’lim tizimiga ham murojaat qilgan Ushinskiy, aholining 

imtiyozli  o’atlamiga  mansub  yosh  avlod  uchun  mo’ljallangan  o’quv 

muassalari  faoliyati  va  maqsadga  yo’naltilganligida  xarakter 

shakllaniShiga  o’zgacha  e’tibor  beriliShini  qayd  qiladi:  “Ingliz 

tarbiyasida  asosiysi  –  bu  xarakter,  o’zini  tuta  bilish  qobilyati  (self-

government)  Ingliz  tarbiyasida  ta’lim  va  xarakter  mustahkamlanishga 

asosiy  e’tibor  qaratiladi.  Angliyani  qadimiy  unversitetlari  mashhur 

maktablar  singari  ta’limdan  ko’ra,  tarbiya  maskaniga  yaqinroq 

hisoblanadi.”  

 

 

Shu  bilan  birga,    asr  o’rtalarida  mehnatkashlar  farzandlarining 



savodhonligini  oshirish  to’g’risidagi  farmon  qabul  qiliniShiga  oid 

sabablar  haqida  fikrlar  ekan,  Ushinskiy  unda  katta  ijtimoiy  tafavutni 

ko’radi.  “Angliyada  katta  e’tibor  qaratila  boshlangan  kambag’al 

qatlam 

ta’lim-tarbiyasi  ingiliz  ta’lim-tarbiyasining  zodagonlik 

xarakterini  o’zgartirmaydi.  Bu  boyning  kambag’alga  bergan  sadaqasi 

kabi  hristiyan  rahimdillik  jasorati  bo’lib,  ingiliz  jentelmeni  buni 

sulolaviy  g’ururi  bilan  bog’laShi  mumkin.  Va  nihoyat  bu,  jamiyatning 

oqilona  ehtiyot  chorasi  va  mohirona  moliyaviy  hisob-kitobi.  Chunki, 

hammaga  ma’lumki,  kambag’alning  qo’poligi  tufayli  qamoqqa 

tushgach,  uni  qamoqda  tutib  turish,  uni  tarbiyalashdan  ancha 

qimmatga tushadi.” 

Ushinskiy  Shimoliy  Amerikada  maktab  ishlari  tashkil  qiliShini 

batafsil  tasvirlagan.  Uning  Yevropa  maktablaridan  farqini  tasvirlab, 

Oliy  o’quv  yurtlari  dasturlarining  Yuqori  darajada  hilma-hilligini 

 

 

ko’rsatib  o’tgan.  Ayollar  ta’limi  kengayishi  Xususan,  boshlang’ich 



ta’lim rivojlanishidagi muvoqiyatlarini alohida takidlagan. 

“O’zining tabiiy g’ayrati va tezkorligi bilan Shimoliy Amerika Xalq 

maktablari  uchun  o’n  yil  ichida,  qadimiy  davlatlar  yuz  yilda  ham 

qilmaydigan ishlarni amalga oShirdi.” 

Ushinskiy 

o’zining 

Xorijiy 

pedagogika 

muammolariga 

bag’ishlangan  tatqiqotlarda  turli  mamlakatlar  ta’lim-tarbiya  tizimini 

tasvirlash  bilangina  cheklanib  qolmagan.  U  Xorijiy  tajriba 

o’zlashtiriliShi  muammosiga  ham  to’htalib  o’tgan.  Rossiya  tarihining 

turli  bosqichlari  va  jamiyatning  turli  qarorlarida  bu  muammoning 

ulkan ahamiyati hammaga ma’lum. 

Ushinskiy  fikricha,  Xorijiy  tajribaning  o’zlashtirish  imkoniyatlari 

fan yoqi tarbiya tizimi hakida so’z boriShiga bog’liq holda farqlanadi. 

Fanning milliy belgilariga ko’ra ajratiliShini Ushinskiy inkor qildi. 

“Fan umuminsoniy tafakkur qonuniyatlariga ko’ra adolatli hulosalarni 

qabul  qilganligi  bilan  fandir,  -  deb  yozadi  u,  -  olam  qonuniyatlarini 

 

 

ochuvchi  fanning  o’zi  ham  umuminsoniy  yutuqlar  vositasida 



anglaShiluvchi  bir  olam  va  ongdir.  Har  bir  bilimli  Xalq  fanda 

ahamiyatga  ega  bo’lishi  uchun,  uni  barcha  Xalqlar  uchun  namuna 

bo’lib qoluvchi haqiqatlar bilan boyitish lozim. Aksincha o’zining Xalq 

fanini  yaratib  olgan  Xalq,  boshqa  Xalqlarga  tushunarsiz  bu  Xususiy 

fani  bilan  fanga  qanday  foyda  keltiriShi  mumkin.  Va  nihoyat,  har  bir 

Xalq  o’zi  uchun  MAXSUS  fanlar  yaratib,  ajdodlari  va  zamondoshlari 

erishgan  natijalarni  o’zlashtirmasa  fanda  olg’a  siljish  bo’larmidi? 

Fransuz  matematikasi,  ingliz  olam  tortishish  qonuni,  nemis  kimyoviy 

xususiyatlari  qonuni  kabi  iboralar  tushunarsiz  bo’lgani  kabi  Rus  fani 

tushunchasi  ham  mazmunga  ega  emas.  Bu  iborani  faqatgina  fanning 

predmeti  Rossiya,  uning  tabiati  yoqi  tarkibi  bo’lgan  fan  qismigagina 

tatbiq qilish mumkin.” 

Shunday qilib, Ushinskiy ilmiy bilimlar rivojlaniShida qat’iy milliy 

chegara  bergilaniShiga  qarShi  bo’lgan.  U  olimlar  tomonidan  Xorijiy 

hamkasblari  tomonidan  erishilgan  ilmiy  yutuqlardan  foydalanish, 

 

 

doimiy  hamkorlik  va  o’zaro  tajriba  almashish  kabi  olimlar  amalga 



oshirilishini juda zarur deb hisoblaydi. 

Ushinskiy  qo’llanilayotgan  tarbiya  tizimining  o’zlashtirilishi 

muammosiga  boshqacha  yondoshgan.  Uning  fikriga  ko’ra,  har  bir 

mamlakatda  tarbiya  tizimi  muammosi  Shunchalik  o’ziga  xos  xarakter 

kasb  etganki,  Xorij  tajribasini  o’zlashtirishning  deyarli  imkoni  yo’q.. 

Bunday  g’oya  Ushinskiy  asarlarida  aniq  ifodasini  topgan.  “Nemis, 

Ingliz,  fransuz,  amerikalik  tarbiya  tizimidan  aynan  bir  xil  narsa  talab 

qilmaydi.  Tarbiya  nomi  ostida  har  bir  Xalq  turlicha  tushunchani 

qo’llaydi. Har bir Xalqda o’ziga xos komil inson timsoli mavjud va ular 

tarbiyasidan  yosh  avloddan  ana  Shunday  komil  inson  yaratishni  talab 

qiladi.  

Har bir Xalqqa birdek tegishli umummiy tarbiya tizimi amaliyotda 

ham, nazariyada ham mavjud emas. Har bir Xalqda o’zining MAXSUS 

tarbiya tizimi mavjud. Shuning uchun bir Xalqning boshqasidan tarbiya 

tizimini o’zlashtirilishining iloji yo’q.” 

 

 

Bunday holni qanday baholash mumkin? Ushbu holatda Ushinskiy 



turli  Xalqlarning  o’ziga  xos  milliyligini  mutloqlashtirgan  deb 

tushungan  ma’qul.  U  yoki  bu  shaklda  barcha  Xalqlarda  mavjud; 

tarbiya 

usullari, 

mazmuni 

va 

maqsadiga 

qat’iy  kiritiluvchi 

umuminsoniy qadiriyat va g’oyalarni umumlashma sifatida talqin qilib, 

assosiy o’rinda muhokama qilmaydi. 

Lekin 

pedagokika 

tarihchisi 

o’zining 

o’tgan 

davrlar 

ma’rifatparvarlari va taniqli olimlariga qo’yishi lozim bo’lgan imtixon 

oluvchi  deb  his  qilmasligi  kerak.  Uning  vazifasi  ko’rilayotgan 

kontsentsiya  qanday  tarihiy  sharoitda  yuzaga  kelgani  va  qanday 

rivojlanganini  ko’rsatish;  ma’rifat  sohasida  qanday  jarayon  va 

hodisalarga  sabab  bo’lgani  hamda  jamiyat  hayoti  rivojlanishida  va 

jamiyat tafakkurida qanday aks etganini ta’kidlashdan iborat. 

Ushinskiyning 

Xorijiy 

pedagokika 

tajribasini 

o’zlashtirish 

muammosiga  oid  qarashlar  mavhum ko’rinishda,  Rossiyada  bir  necha 

o’n yillar davom etgan taraqqiyot yo’lini belgilashga oid o’tkir umumiy 

 

 

munozoralarni  e’tiborga  olinmay  ko’rib  chiqilsa,  tuShunmasligi 



mumkin. Milliy o’ziga xoslikni rossiya ta’limi rivojlaniShi vazifalari va 

muayan  shartlariga  nomuvofiq  g’arb  stereotiplarining  mehaniq 

ravishda o’zlashtiriliShiga qarShilik qiluvchi MAXSUS tayanch sifatida 

ko’rib chiqish mumkin. 

Lekin masalaning mohiyati Rossiyaning o’ziga xosligidagina emas. 

Ushinskiy  turli  mamlakatlarning  pedagogik  amaliyotining  eng  yaxshi 

namunalarini  birlashtirib,  barcha  Xalq  va  mamlakatlar  uchun  yagona 

bo’lgan  ideal  tarbiya  tizimi  yaratish  imkoniyatini  inkor  qiladi. 

Tarbiyaning  umumiy  tizimi  amaliyotda  ham,  nazariyada  ham  mavjud 

emasligini  ta’kidlab  Shunday  yozadi:  “Har  bir  Xalq  tarbiya  tizimidan 

munosib  jihatlarni  o’zlashtirib  yagona,  umumiy  va  mukammal  tarbiya 

tizimi  yaratish  mumkinmi?  Bo’lishi  mumkin.  Nemislardan  ilmiy  va 

falsafiy  taraqqiyot  boyliklarini,  inglizlardan  mulohazakorlik  va 

xarakterni,  fransuzlardan  texnik  tafakkurni  yetqazib  bera  olish 

salohiyatini,  amerikaliklardan  ijtimoiy  ta’lim  to’g’risida  davlat 

 

 

miqyosida  tushunilishi  va  umumiy  jarayonni  kuzatishdagi  tezkorlikni 



olish  kabi  har  bir  davlatdan  bir  tushunchani  olib  Shunday  tarbiya 

tizimini  yaratish  mumkin.  Lekin  bu  bilan,  ya’ni  Shu  maqsadlarga 

eriShib,  insoniy  mukkamallikning  oliy  idealini  yaratamizmi?  Ishonch 

bilan  ta’kidlash  mumkinki,  bunday  terma  tarbiya  tizimi,  agar  mumkin 

bo’lsa  ham,  boshqa  oddiy  tizimlardan  kuchsizroq  bo’ladi.  Bunday 

tizimning  Xalqlarning  ijtimoiy  ta’raqqiyotiga  ta’siri  ijobiy  bo’lmasligi 

ham aniq.” 

Jahon  pedagogik  jarayoninig  kelgusi  rivojlanish  bosqichlari 

Ushinskiy fikrini deyarli tasdiqlaydi. 

Su’niy  ravishda  ta’lim  tizimining  qandaydir  unversal  modelini 

yaratish,  uni  butun  jahon  bo’ylab  amaliyotga  tatbiq  qilish  ya’ni 

“pedagogik  esperanto”  yaratishga  intilish  muqarrar  omadsizlikka  yuz 

tutur edi. 

Ammo bularning bari Xorij tajribasini o’rganishdan voz kechishga 

aslo  yo’naltirilmaydi.  Aksincha,  Ushinskiy  asarlarida  keltirilgan 

 

 

G’arbiy  Yevropa,  Shimoliy  Amerika  mamlakatlari  maktab  va 



universitetlarining yorqin tavsiflaniShi; ularning tashkiliy to’zilmasi va 

faoliyatining  chuqur  tahlil  qiliniShi  rus  pedagoglarida  G’arbda  ta’lim 

taraqqiyoti an’analariga bo’lgan qiziqishlarini yanada kuchaytiradi. 

Xorijiy  pedagogik  tajriba  L.N.Tolstoy  e’tiboridan  ham  Chetda 

qolmadi. O’zining betakror pedagogik qarashlarini shakllantirar ekan, 

maktab  faoliyati  tashkil  qiliniShi  va  usullarini  Yangi  shakllari  haqida 

jiddiy  ish  olib  bordi.  Bu  maqsadda  Xorijiy  tajribadan  samarali 

foydalanish  umidida,  1860-61  yillarda  G’arbiy  Yevropa  davlatlariga 

“pedagogik  sayohat”  uyushtirib,  Germaniya,  Angliya,  Frantsiya, 

Belgiya,  Italiya  kabi  mamlakatlarning  maktab  ishlari  ahvoli  bilan 

tanishdi. 

Bu  sayohatlardan  Tolstoy  qanday  ta’ssurotlar  xosil  qildi?  Buni 

1861  yilda  yozgan  hatlaridan  birida  keltirib  o’tadi:  “Men  Yevropa 

maktablari  bo’ylab  sayohatimni  yakunlash  arafasidaman.  Frantsiya, 

Angliya, Belgiya, Italiya va Germaniyaning bir qismini ko’rib chiqdim. 

 

 

Nafaqat  senga  va  pedagogik  olamga,  balki  o’zimga  ham  barcha 



ko’rganlarim haqida hisobot berish juda ayanchli.” Keyin esa Tolstoy 

Yevropa  pedagogikasida  an’anaviylik  hukumronligi,  har  qanday 

Yangilik rad qiliniShi, mavjud tizimining mukammalligiga ko’r-ko’rona 

ishonch  bildiriliShi  haqida  yozadi.  “Faqat  biz,  rus  varvarlari,-kinoya 

qiladi  Tolstoy,-  hech  narsani  bilmaymiz.  Inson  kelajagi  va  ta’lim 

berishning  yahShi  yo’llari  haqida  savollarga  hamon  echim 

qidiryapmiz,  ikkilanyapmiz.  Yevropada  bu  masalalar  hal  etilgan. 

Qizig’i  Shundaki,  ular  buni  Shunchaki  hal  qilib  qo’ygan.  Yevropada 

nafaqat  insonning  kelgusi  rivojlanish  qonuniyatlarini,  balki  buning 

uchun qaysi yo’ldan boriShini ham biladilar. Ular alohida shahsiyat va 

butun  boshli  Xalq  uchun  baht  nimadaligini  biladilar,  yana  insonning 

oliy,  uyg’un  rivojlaniShi  nimadan  iborat,  unga  qanday  qanday 

eriliShini  ham  bildiradi.  Ma’lum  sub’ekt  uchun  qaysi  fan  va  sa’nat 

foydaliroq  yoqi  foydasiz  ekanligini  ham  bildiradilar.  Bu  ham 

etmagandek  inson  ruhini  murakkab  modda  kabi  hotira,  ong    va  his-

 

 

tuyg’uga  bo’lib  yuborgan.  Bularning  qaysi  biriga  qancha  mashq 



kerakligini ham bildiradilar. – Bularning bari aslo hazil ham, paradoks 

ham  emas,  balki  men  Germaniyada  loaqal  uning  bir  shahri 

Frankfurktda  maktablarni  o’rganish  uchun  ko’zatganim  kabi 

maktablarni  o’rganayotgan  erkin  odam  ishonch  xosil  qiladigan 

haqiqatdir.” 

Tolstoy  Xorijdan  Yevropa  maktablari  to’zilmasi  bilan  taniShuv 

hech  qanday  ijobiy  natija  bermadi  degan  qat’iy  ishonch  bilan  qatib 

keldi. 

U  erda  ko’rganlarining  bari  unda  keskin  e’tiroz  tug’dirdi.  “Rus 

qishlog’ining bolalariga ta’lim berishni nemis-protestent, na klassik, na 

iezuit, na tarbiyaning Yangi nazariy to’zimini qo’ya olaman.” 

Lekin  rus  tajribasini  ham  inkor  etadi.  “Ruscha  bo’lmagan 

nazariyalar  begona,  ularni  rus  o’quvchilari  uchun  qo’llash  imkonsiz. 

Ularning  beqarorligi,  samarasizligi,  o’ylaShimcha,  Xorijliklarning 

o’zlari tomonidani isbot qilingan. Rus tizimini qo’llash ham men uchun 

 

 

imkonsiz.  Buni  yo’q  bo’lib  ketgan  musiqa  asbobi  chalishni  bolalarga 



nazariy jihatdan o’rgatishga qiyoslash mumkin.” 

Bundan  boshqacha  bo’lishi  mumkin  edimi?  Ahir  Tolstoyning 

pedagogik  dunyoqarashda  “erkin  tarbiya”  g’oyalari  ustivor  edi. 

G’arbda  esa  maktab  hayotini  barcha  tomonidan  qa’tiy  me’yorlarga 

solingani; 

Maktab  ta’limi  bolalarining  haqiqiy  qiziqish  va  talablaridan 

ajratib qolganligining guvohi bo’ldi. 

Uning  nazarida  bunday  chegaralash  Rossiyadan  ham  kuchliroq 

tarzda G’arbiy Yevropa maktablari faoliyati va tashkiliy to’zilmalarida 

namoyon  edi.  Shunday  bo’lsa  ham,  Tolstoy  umri  davomida  Xorijiy 

mamlakatlar  maktabining  rivojlaniShiga  qiziqiShini  susaytirmadi. 

Boshqa  tomondan  esa,  g’arb  pedagoglari  uning  “erkin  tarbiya” 

to’g’risidagi  g’oyalariga  bot-bot  murojaat  qildilar.  Masalan,  1902 

yilda YAsnaya Polyanaga taniqli amerikalik pedagog va jamoat arbobi 

Jeyn  Adems  tashrif  buyurdi.  U  CHikagoda  setiment  deb  ataluvchi 

 

 

mukammal o’quv muassasiga asos solgan edi. Bu o’quv dargohi barcha 



yoshdagilar uchun hamisha ochiq edi. U erda ta’lim shakli va mazmuni 

o’zgaruvchanligi bilan farqli xususiyatlarga ega edi. Turfa hil saboqlar 

tinglovchilarning  muayyan  talablari  va  bevosita  qiziqishlari  asosida 

olib borilar edi. Tolstoy buni ma’qulladi. Unda o’zining insonparvarlik 

g’oyalarining  pedogogik  amaliyotda  amalga  oShiriliShiga  harakat 

qilinayotganini ko’rdi. 

1860 yilda ta’lim tizimini jadal isloh qilish zaruriyati va Rossiyada 

Yangi muhum omil – keng ijtimoiy – pedogogik harakat paydo bo’lishi 

natijasida  qiyosiy  tavsiflashga  ega  Xorijiy  ta’lim  haqida  qator 

maqolalar  chop  etildi.  Birgina  “Pedogogik  to’plam”  da  Shu 

mazmundagi  o’nlab  ishlar  nashr  qilindi.  Ular  orasidan  D.N. 

Semenovning “Germaniya va SHveytsariya bo’ylab pedogogik sayohat 

to’g’risi” da hisobot (1866), N.P Pomerantsevning “Nemis va Amerika 

maktablari” (1868), N.H.Vesselning “Prussiya, Avstriya, SHveytsariya 

va  Frantsiya  bilim  yurtlari  o’quv  tizimi”  kabilari  alohida  ta’kidlash 

 

 

mumkin.  Keyingi  o’n  yillikda  Shu  yo’nalishdagi  tadqiqot  ishlari  soni 



ortib  bordi.  G’arb  mamlakatlari  unversitetlari  va  maktablari 

to’g’risida  materiallar  “Boshlang’ich  maktab”,  “O’qutuvchi”, 

“Tarbiya  jurnali”,  “Xalq  maorifi  vazirligi  jurnali”  kabi  pedogogik 

jurnallarda  uzluksiz  e’lon  qilindi.  Shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy  davriy 

nashrlarda  ham  Shu  mavzudagi  ishlar  salmog’i  ortdi.  Masalan,  Xalq 

ta’limiga  bag’ishlangan  maqolalar  va  kitoblarning  bibliografik 

ko’rsatgichida  1894  yilning  o’zidayoq  Xorij  yilning  o’zidayoq  Xorij 

muammosiga  tatbiq  qilingan  362  nomdagi  asar  mavjud  edi.  Bunday 

ko’rsatgich o’sha davrda hech qaysi davlatda qayd etilmagan edi. XX 

asr  boShida  Xorij  maktablari  va  pedogogikasi  to’g’risida  batafsil 

materiallar  “Rus  maktabi”,  “G’arbiya  ahborotnomasi”  kabi 

jurnallarda  bu  muammo  “G’arbning  eng  Yangi  pedagogik  oqimlari” 

deb nomlangan MAXSUS bo’limda yoritib kelingan. 

Yirik 

monografik 

ishlar 

paydo 

bo’ldi. 

P.G.Mijuevning 

“Frantsiyada  ta’lim”(1900),  “Amerikada  maktab  va  jamiyat”(1902), 

 

 

“Yevropa  va  Amerikada  zamonaviy  maktab”  kabi  asarlarida  g’arb 



mamlakatlarining  maktab  tizimiga  oid  qiziqarli  qiyosiy  tavsiflar 

keltirilgan.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  Mijuev  o’z  asarlarida 

o’sha  davr  uchun  Yangilik  hisoblangan  ta’limning  iqtisodiy 

samaradorligi  muammosini  tushuntirishga  harakat  qilgan.  Xorij 

pedogogikasini  o’rganishda  E.N.Yanjulning  salmoqli  hissasi  bor.  U 

qator g’arb mamlakatlarining maktablari bilan bevosita tanishdi. 1896 

yilda  “Ta’lim  ahborotnomasi”  jurnalida  “Amerika  maktabi  rus 

maktabidan  nimasi  bilan  farqlanadi”  degan  umumiy  nom  ostida 

maqolalar seriyasini e’lon qildi.  

1902  yilda  “Amerika  maktabi.  Amerika  pedagogikasimetodlari 

ocherklari”  asari  nashr  qilindi.  1917  yilda  “Xalq  maorifi  vazirligi 

jurnali”  sahifalaridan  uning  “Frantsiya,  Germaniya,  Angliya,  va 

AQSHda maktab boshqaruvi tizimining qiyosiy ocherki” nomli mufasal 

asari  joy  oldi.  YAnjul  Amerika  maktabi  va  pedagogikasini  ruslar 

davrida  ham  o’rganishda  davom  etdi.  1925  yilda  uning  “Amerika 

 

 

maktablarida  loyihalar  metodi  amaliyoti”  kitobi  nashr  qilindi.  1926 



yilda  esa  “AQSH  pedagogikasida  faoliyatning  ilmiy  tashkil  qiliniShi,” 

1927  yilda  “AQSHda  maktab  ishlarini  tashkil  qilishda  eng  Yangi 

oqimlari”  kitoblari  dunyo  yuzini  ko’rdi.  XX    asr  boshlarida  mashhur 

g’arb  pedogoglari  –  G.Kershenshteyner,  P.Natorpa,  D.Diyu  asarlari 

uzluksiz  rus  tiliga  tarjima  qilinib,  Moskva  va  Peterburg  nashrlarida 

e’lon  qilindi.  Qiyosiy  pedogogika  tarihi  bilan  qiziquvchilarni  1900 

yilda  nashr  qilingan  rus  pedogogi  Kapnistning  Germaniyada  o’rta 

ta’lim tarihiga bag’ishlangan asari ham qiziqtiriShi tabiiy.  

Bu  asarda  gimnaziya  ta’limida  klassikizm  o’rniga  asosiy  e’tibor 

qaratiladi. Lekin mualif belgilangan mavzu doirasidan chiqib, aarning 

kirish  qismida  Xorijiy  maktab  va  pedogogikani  o’rganishning  milliy 

ta’lim  taraqqiyotidagi  muhim  ahamiyatini  asoslab  beradi.  U  Shunday 

yozadi:  “Insoniyat  tarihiy  rivojlaniShining  jihatlaridan  biri  sifatida 

ko’riluvchi  ta’lim  tarbiya  ishlarida  barcha  madaniy  mamlakatlar 

o’rtasida  merosiylik  va  aloqadorlik  bo’lishi  muqarar  hodisadir. 

 

 

Shuning  uchun  biz,  rus  Xalqi  ham,  barcha  milliy  xususiyatlarimizga 



qaramasdan, 

boshqa 

Xalqlarda 

maorif 

rivojlanish 

tarihini 

o’rganiShimiz  juda  muhim.  Shu  bilan  birga,  ularning  maktab  ishlari 

tashkil  qiliniShi,  bu  jarayonga  dovlatning  munosabati  va  ijtimoiy 

fikrlarning  bu  jarayonga  ta’sirini  o’rganiShimiz  kerak.  Lekin,  bizning 

fikrimizcha  bunday  o’rganish  mulohazasiz,  ko’r-ko’rona  ularni 

o’zlashtirish  maqsadida  amalga  oShirilmasligi  lozim.  Balki  o’zimizda 

mavjud  kuzatishlarning  tekShirish  uchun  Xorij  tajribasini  foydalanish 

imkoniyati 

yaratiShi; 

maktab 

tarbiyasi 

milliy 

xususiyatlarini 

shakllantirishda  munosib  tushunchalarni  to’g’ri  aniqlashda  yordam 

beriShi;  umum  qabul  qilingan  ilmiy  maktab  maqomini  olish  uchun 

jahon  madaniyati  yutiqlaridan  oqilona  foydalanishni  o’rgatish  lozim. 

Shuningdek,  maktab  masalarini  o’rganish,  boshqa  davlatlar  o’tib 

bo’lgan  sinov  tajribasi  va  tatqiqotlarini  qaytadan  takrorlash 

zaruratidan halos qiladi.  

 

 

Kopnist asari e’lon qilingandan so’ng yuz yildan ortiq vaqt o’tadi. 



Lekin  Xorijiy  ta’limni  o’rganish  vazifalaini  chuqurligi  va  aniq  bayon 

etilgani  bilan  uning  asarida  keltirilgan  fikrlar  zamonaviy  qiyosiy 

pedogoglar nuqtai nazariga to’la muvofiqligicha qolmoqda. 

Shunday  qilib,  XIX  asr  va  XX  asr  boshida  Xorijdagi  va  milliy 

ta’lim tizimi ahvoli to’g’risida dalillar yig’ish tasniflash yoqi birlamchi 

tahlilga 

tortishga 

qaratilgan 

g’arb  mamlakatlari  va  rus 

pedogoglarining tatqiqotlari hajmi kengayib bordi. Ammo bu muammo 

bilan  Shug’ullangan  mualiflarning  aksariyati  buni  yo’l-yo’laqay 

hisoblab, asosiy ish faoliyati sifatida ko’rib chiqmagan. 

 

 

Download 356.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling