Reja: qobilyat haqida tushuncha. Qobilyat haqida nazariyalar. Pedagogik qobilyatlar haqida


Download 1.16 Mb.
bet1/5
Sana11.06.2022
Hajmi1.16 Mb.
#750435
  1   2   3   4   5
Bog'liq
қобилят
1 мавзу, Germaniya ta\'lim tizimi

MAVZU : QOBILYAT.
102 guruh Ibrohimova Nodira
REJA:

TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
Layoqat – asab tizimining ba’zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik xususiyati bo’lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki yakka tug’ma tabiiy zaminidir.
Talant - shaxsning ma’lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori darajasi.
Geniallik - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o’zini namoyon qilish hodisasi.
Frenologiya - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning rivojlanganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya bo’lib, bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Qobiliyat insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobilyat bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat aralashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim.
Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi.
Dеmak qobiliyatlar shaxsning (qobiliyatini) faoliyatini muvaf-faqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‟nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namayon bo‟ladigan individual - psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko'nikma va malakalardir. Ко'nikmalar - o'qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli. Malakalar - o'qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig'indisi. Ular o’qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluvchi jarayonlar bo’lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o'qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlari qo'lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko’nikma va malakalarga ega bo’lmagan o’qituvchi ko’p narsaga erisha olmaydi.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlaning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste 'dodi deyiladi. Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig'indisi. Iste’dodining yuksak cho’qqisi - uning intellektini belgilaydi. – “bu aqlan ish ко’risk, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati” ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to’liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi. (Veksler)

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling