9-ma`ruza: SUYUQLIKNING TEKIS VA NOTEKIS XARAKATLARI.
Reja:
Qovushqoq suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave – Stoks tenglamasi.
Elementar oqimcha uchun Bernulli tenglamasi.
Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik mazmunlari.
Tayanch iboralar: Real suyuqliklar,
qovushqoq suyuqliklar, ichki kuchlar, Nave – Stoks tenglamasi,
elementar oqimcha, Bernulli tenglamasi, Bernulli tenglamasining geometrik,
energetik va
fizik mazmunlari, gidrodinamik bosim, zo’riqish
kuchlari, tenzor, zo’riqish tenzorining urinma va normal tashkil etuvchilari, Nyuton gepotezasi, tezlik balandligi.
Adabiyotlar: 2,3,4,5,9,10.
Qovushqoq suyuqliklarda ichki kuchlar. Nave – Stoks tenglamasi.
Real suyuqliklarda gidrodinamik bosim mavjud bo’lib, harakat yo’q bo’lgan holda u gidrostatik bosimiga aylanadi. Gidrodinamik bosimning xossalari gidrostatik bosim xossalariga qaraganda umumiyrokdir. Gidrodinamik bosim suyuqlikdagi ichki kuchlarni ifodalovchi va zo’riqish kuchlari deb ataluvchi kuchlar tarkibiga kiradi. Suyuqlik ichida joylashgan biror elementar hajmni ko’zlasak, o’nga tashqaridagi suyuqlik massasi ma‘lum bir kuch bilan ta‘sir qiladi. Ana shu kuch zo’riqish kuchi deyiladi. Bu kuchni to’laroq tasavvur qilish uchun tomonlari dx, dy, dz ga teng bo’lgan tetraedr ko’rinishdai elementar hajm ajratib olamiz (9.1-rasm). U holda tetraedrning qiya sirtiga tashqaridagi suyuqlik Pn
kuch bilan ta‘sir qiladi. Olingan elementar hajm harakat vaqtida o’z holatini saqlab qolishi uchun o’nga teng ta‘sir etuvchisi P
n kuchiga teng va qarama-qarshi yo’nalgan quyidagi uchta kuch ta‘sir qiladi: tetraedrning yOz tekislikda yotgan yuzasi bo’yicha Р
х kuchi, хОz tekislikda yotgan yuzasi bo’yicha Р
у kuchi; хОу tekisligida yotgan yuzasi bo’yicha Р
z kuchi.
Bu
kuchlarning har biri x, u, va z o’qlari bo’yicha proeksiyaga ega:
Px (Pxx, Pxy, Pxz)}
Pу (Pуx, Pуy, Pуz)}
Pz (Pzx, Pzy, Pzz)}
Shunday qilib, Р kuchni 9 ta kuch bilan almashtirish mumkin bo’ladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan kattaliklar tenzorlar deb ataladi va quyidagicha yoziladi:
Pxx ,
Pxy ,
Pxz