Reja: Qurollanish pygasi


Download 32.88 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi32.88 Kb.
#202049
Bog'liq
Евр ва амер 8


Mavzu: 2 jahon urushidan song yevropadagi ahvol

Reja:


  1. Qurollanish pygasi.

  2. Aqsh- SSSR ziddiyat. Qoshilmaslik harakati

  3. Keskinlikning yumshalishi

1 )Urushdan Song qurollanish poygasi avj oldirildi. va «sovuq urush» 1945-yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada ------------------------------- sinab ko‘rdi va bu mudhish qurol vositasida

dunyoga hukmronlik qilishni o‘ylay boshladi.

Qo‘shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin, SSSR ham

AQSH dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko‘rdi. Nihoyat, 1949-yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o‘tkazdi.

AQSH 1952-yilda yanada dahshatliroq ommaviy qurg‘in quroli — vodorod bombani yaratdi. Uning qudrati 10 mln. tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo'ldi. Bu orada AQSH yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samolyotlar yaratdi. SSSR esa qifalararo raketa yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Atom suv osti kemalari yara- tildi. Shu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg'in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi.

Lekin oradan ko‘p o‘tmay «sovuq urush» boshlandi. Uning tashab- buskori U. Cherchill edi. U «sharqiy kommunizm» bilan kurash vazifasini qo‘ydi. 1947-yil 14-martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo‘ljallagan «Trumen doktrinasi» buning amaldagi isboti bo‘ldi. 1947-yil 5-iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo‘ljallagan «Marshall rejasi» uni yanada mustahkamladi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Koreyaning shimolini SSSR, janubini esa AQSH armiyasi ishg‘ol etdi. Germaniya bo‘linganidak, bu yerda ham bir davlat ikkiga bo‘lindi va ikki hukumat tuzildi. 1949-yilda SSSR va AQSH Koreyadan o‘z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950-yilning 25-iyunida Shimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o‘tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSH ushbu ma- salaning BMT da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani agressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.

Asosan AQSH qurolli kuchlaridan tashkil etilgan xalqaro kuchlar 15- sentabrda Koreya yarim oroliga tashlandi. Bu qurolli kuchlar Shimoliy Koreya armiyasi harakatini to‘xtatdi hamda Janubiy Koreya hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSH harbiy kuchlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so‘ng Xitoy Xalq Res- publikasi o‘z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSR ning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo‘lib qoldi. Shundan so‘nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 1953-yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo‘lgan holatida (38-parallel kenglikda) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarim orolida urush to‘xtadi. Biroq mamlakat ikkiga bo‘linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o‘rnatdi.

Yaqin Sharq mojarosil Ikkinchi jahon urushidan song Falastinda yahudiylarning o‘z davlatiga ega

bo‘lishga intilishlarini qo‘llab-quwatlay boshladi.

Ayni paytda BMT ham 1947-yil 29-noyabrda Falastinda ikkita davlat lashkil etilishi (Isroil va Falastin) haqida qaror qabul qildi. Dunyoning lurli burchaklaridan ming-minglab yahudiylarning Falastinga ko‘chib kelishi arab va yahudiylar o‘rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948-yil 14-mayda Isroil davlati (yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil ctilmay qoldi. Bu esa birinchi arab-isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin liududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949-yilda BMT urush harakatlari- ning to'xtatilishiga erishdi. Biroq Falastin-Isroil janjali davom etdi.

Hindiston va Hindixitoydagi ahvol

1947-yilda Buyuk Britaniya Hindistonga musta- qillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Hin- distondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga

ko‘ra ikkiga — Hindiston va Pokistonga — bo'lib yubordilar. Shu tariqa keyinchalik qator qurolli to'qnashuvlarga olib kelgan Hindiston — Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Hindiston tarafini ola boshladi.

Tez orada Hindixitoyda ham qarama-qarshilik o‘chog‘i vujudga keldi. Bunga SSSR va XXR ning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini qo‘llab-quvvatlashi hamda ularni o‘z ta’sir doiralarida saqlab turishga intilishlari sabab bo'ldi. Chunonchi, 1945-yil 2-sentabr kuni Vetnam De- mokratik Respublikasi tuzilganligi eTon qilindi. Hokimiyat tepasiga kommunistlar kelishdi. Bu hol Fransiya tashvishga solib qo‘ydi. U o‘z mu- stamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida Vetnamga qarshi urush harakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi. Hindixitoy xalqlari fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushi boshladilar. Bu urush 1954-yilda g'alaba bilan yakunlandi.

1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada Hindixitoyda tinchlik o‘rna- tishga bag‘ishlangan konferensiya boTib o‘tdi. Fransiya Hindixitoy davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o‘z qo‘shinlarini bu hududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga (Shimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda —Vetnam Respublikasi) boTindi. Bu davrda AQSH yer sharining turli nuqtalarida o‘z ta’sir doirasini ku- chaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Shu maqsadda u 1951- yilda ANZYUS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH ishtirokida), 1954- yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya., Fransiya, Avstraliya, Yangi Ze- landiya, Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955-yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) harbiy-siyosiy bloklarini tuzdi. AQSH kommunistlar hukmronligidagi yagona Vetnam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. Shu maqsadda Shimoliy Vetnamni jilovlab qo‘yishga bahona qidira boshladi. Tez orada bunday bahona topildi ham. 1964-yilning avgust oyida VDR ning harbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo‘ltig‘iga kirgan AQSH harbiy kemalariga hujum qildi. AQSH bu voqeani o‘ziga qilingan agressiya, deb baholadi. AQSH samolyotlari VDR hududini bombardimon qilishni boshladi. 1965-yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari VDR ga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush harakatlari 8 yil davom etdi. AQSH Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nihoyat, 1973-yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to‘xtatish va tinchlikni tiklash to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. AQSH Vetnamdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. U qo‘llab-quwatlayotgan Janubiy Vetnam hukumati 1975-yilda quladi. 1976-yilning 2-iyulida Vetnam yagona davlatga birlashdi. Bu hodisa AQSH ning Hindixitoydagi jiddiy mag‘lubiyati edi.

2) 50-yillarning ikkinchi yarmida SSSR turli tuzum-

dagi davlatlarning tinch-totuv yashashi mumkin- yanada keskinlashuvi ligi g‘oyasini ilgari surdi. Bu g'oyaning puch emasligini isbotlash maqsadida o‘z armiyasining sonini 2 mln. kishiga qisqartirdi va SSSR — AQSH rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvini o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Va, nihoyat, 1960-yilning may oyida SSSR rahbari N. S. Xrushyov va AQSH prezidenti D. Eyzenxauerning uchrashuvi o‘tkazilishiga kelishildi. Biroq bu uchra- shuv amalga oshmay qoldi. Bunga AQSH 1-may kuni SSSR hududiga josus samolyoti uchirishi sabab bo‘ldi. Josus samolyot Sverdlovsk osmonida urib tushirildi. Uchuvchi G. Pauers tiriklayin asir olindi. AQSH ig‘vogarligi

SSSR - AQSH munosabatlarining

fosh bo‘ldi.

1961-yilda SSSR va AQSH munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib

yuborgan voqea sodir bo‘ldi. Bu Berlin devorining qurilishi voqeasi edi. Devor Sharqiy Berlinni G'arbiy Berlindan ajratib tashladi. Tez orada dunyoni yadro urushi halokati yoqasiga olib kelib qo‘ygan voqea ham sodir bo'ldi. Bu voqea tarixga «Karib inqirozi» nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa yuz berdi? 1959-yilning yanvar oyida Kubada amerikaparast hukumat ag'darildi. Hokimiyat tepasiga F. Kastro boshchiligida vatanparvar kuchlar kelishdi. F. Kastro Kubada sotsializm qurilishini e’lon qildi. Tabiiyki, AQSH shundaygina biqinida Kubaga o'xshash sotsialistik davlatning vujudga kelishiga toqat qila olmas edi. SSSR rahbariyati esa Kuba inqilobini sotsializmning butun dunyo bo‘ylab tarqalishi, deb baholadi. Shuning uchun ham Kubani qo‘llab-quwatladi.

1961-yilning aprel oyida AQSH Kubaga qarshi emigrantlar isyonini uyushtirdi. Bu Karib inqirozini keltirib chiqardi. Kuba rahbari F, Kastro yordam so‘rab SSSRga murojaat qildi, SSSR rahbariyati yashirin ravishda Kuba hududiga o'rtacha olislikka uchadigan va atom bombasi bilan ta’minlangan raketalarni joylashtirdi. Bundan xabar topgan AQSH ma’muriyati Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Dunyo yadro urushi yoqasiga kelib qoldi, N. S, Xrushyov va AQSH prezidenti J, Kennedi

1962-yilning 28-oktabrida oxir-oqibatda o'zaro kelishuvga erishdilar, Unga koTa, SSSR Kubadan o‘z raketalani olib chiqdi, AQSH esa Kubaga bos- tirib kirmaslikka so‘z berdi hamda Turkiyadan raketalarini olib chiqib ketdi.

«Karib inqirozi» buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida ehtiyotko- rona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o‘laroq, 1963-yilning 15-avgustida Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o'rtasida «Atmos- l'erada, fazoda va suv ostida yadro qurollari sinovini taqiqlash to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Biroq bu shartnoma ular olrtasidagi dushmanlik munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat, mintaqaviy mojarolar SSSR —AQSH munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday mintaqaviy yirik mojaro 1967-yilda ro‘y bergan arab-isroili urush edi. Atigi olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr, Iordaniya va Suriya armiyasini tor-mor keltirdi. Isroil bu davlatlar hududlarining bir qismini

bosib oldi.

Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik taraf- mCkurash dorlarining birlashishini taqozo etgan. Mashhur I fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinch- lik tarafdorlarining xalqaro harakati vujudga keldi. 1948—1949-yillarda ko‘pgina mamlakatlarda tinchlik uchun kurashchilarning milliy qo‘mitalari tashkil etildi. 1949-yilning aprel oyida Parij shahrida tinchlik tarafdorlarining birinchi butunjahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni kutib tur- maydilar, tinehlikni kurash bilan qoTga kiritadilar» shiori ostida o‘tdi. Tinchlik uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub millionlab kishilami birlashtirdi. Kongress Jahon Tinehlik Kenga- shini (JTK)tuzdi. Kengash doimiy qo‘mitasi raisligiga atoqli fransuz atomchi olimi, fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F, Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo‘mita 1950-yilda mashhur Stokgolm chaqirig‘ini qabul qildi. Bu atom qurolini taqiqlash haqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln. dan ortiq odam imzoladi. JTK 1951-yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Tinchlik pakti» ni imzolash to‘g‘risida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln. dan ortiq kishi

imzoladi. 1955-yilda esa «Atom urushini» tayyorlashga qarshi jahon xalqlariga murojaat qabul qildi. Uni 650 mln. dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo‘qotishni va uni ishlab chiqarishni darhol to'xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik harakati- da JTK ham muhim rol o‘ynagan. 1986-yil oktabrda Kopengagen shahrida (Daniya) tinchliksevar kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag‘ishlangan jahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni va insoniyat kelajagini saqlab qolaylik» shiori ostida o‘tdi. Kongress ishida jahonning 136 mamla- katidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress «Kopengagen chaqirig‘i» nomli hujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to‘xtatish, kosmosda yadro quroli bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik talab etilgan edi.

Qo‘shilmaslik harakati

1961-yil 1—6-sentabr kunlari Belgrad shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konferensiyasi bo'lib o‘tdi.

Bu konferensiya tufayli «Qo‘shilmaslik harakati» deb atalgan harakat vujudga keldi. Xo‘sh, bu qanday harakat edi? Bu — turli tizimdagi davlatlaming tinch-totuv yashashi tarafdori bo‘lgan, mustamlakachilikning batamom va abadiy barham topishi uchun kurashadigan, harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaydigan, ularni qoralaydigan, yadro qurolining taqiqlanishi, dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi.

Qo'shilmaslik harakatining vujudga kelishida Hindiston, Yugoslaviya, Misr tashabbuskor bo‘ldi. Ulami buyuk davlatlar o‘z o‘rtalaridagi mojarolarga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo‘r berib in- tilayotganligi qattiq tashvishlantirgan edi. Qo‘shilmaslik harakati qatnash- chilari kuchaygan xalqaro keskinlik va qurollanish poygasi uchun AQSH va SSSR ning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.

3) 60-yillardan boshlab sovet —xitoy munosabatlari

Xalqaro keskinlikning keskinlasha bordi. Xitoy rahbariyati SSSR ning

yumshashi kichik ukasi bo'lishni istamay qo‘ydi. Ular

(1969—1979-yillar)

mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Dunyo shu davrgacha ikkiga bo'lingan bo‘lsa, Xitoy rahbarlari «Uchinchi dunyo naza- riyasi»ga katta e'tibor bilan qaray boshladilar. Uchinchi dunyo deyilganda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlari tushunilar edi. XXR rahbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib chiqdi. SSSR — Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir-oqibatda bu 1969-yilda sovet —xitoy chegarasida

qurolli to‘qnashuvga olib keldi.

AQSH esa Vetnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab

yetdi. Bu omillar SSSR va AQSH ni o‘zaro munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFR ning o‘sha davrdagi rahbari V. Brandtning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan

baholay olishi ham katta rol o‘ynadi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to‘g‘ri baholay oldi. Chunonchi, u SSSR ni harbiy kuch bilan mag‘lubiyatga uchratishning imkoni yo'qiigini, NATO ning bunga qodir emasligini to‘g‘ri baholadi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mum- kin edi. Shunday sharoitda Y. Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchi- lari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o‘z ifodasini topgan?

1969-yilda SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970-yilda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi. 1970-yil 12-avgustda SSSR — GFR, GFR — Chexoslovakiya, Polsha — GFR o‘rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustah- kamlash ishiga beqiyos katta hissa qo‘shdi. Shartnomaga ko‘ra, GFR ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda GFR va GDR o'rtasida o‘zaro mu- nosabatlar asosi haqidaga shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir-birini tan oldilar. 1972—1974-yillarda oliy darajada o‘tka- zilgan sovet-amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o‘rtasida yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma va strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida muvaqqat bitim (SQCH-1) imzolandi.

Xalqaro munosabatlardagi bunday o'zgarishlar Yevropa qifasida xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30- iyul — 1-avgust kunlari Xelsinki (Finlyandiya) shahrida 35 davlat (shu jumladan AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengash o‘tkazdilar. 1 avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o‘z davlatlari tashqi siyosatda quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:

Davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o‘zgalar suverenitetini hurmat qilish;

— kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik; — chegaralar buzilmasligi;

— davlatlarning hududiy birligi;

— nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

— ichki ishlarga aralashmaslik;

— inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash;

— teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari hal etishi;

— davlatlararo hamkorlik;

— xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish. 1979-yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd

etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq yo‘ldan ketgan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar

(70-yillar) da ham dunyo mintaqaviy siyosiy mojarolardan, urushlardan xoli bo'imagan.

70-yillaming oxiridan boshlab xalqaro munosabat- larda yana keskinlik davri boshlandi. Xo‘sh, buning sababi nimalardan iborat bo‘lgan edi? 70-

yillarda dunyoning turli nuqtalarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim siyosatchilar ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri SSSR ning g‘alabasi, AQSH ning esa mag‘lubiyati, deb baho berdilar. Chunonchi, 1974-yilda Efiopiyada (Afrika qit’asida) monarxiya ag‘darildi. Hokimiyat tepasiga marksizm-leninizm ta’limotiga amal qiluvchi siyosiy guruh keldi. Bu gumh Efiopiyada sotsializm qurishni o‘zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975-yilda Portugaliya mus- tamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada kechagi mustamlakalar bo‘lmish Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik hokimiyat o‘rnatildi. Ular, birinchi navbatda, SSSR ga tayana boshladilar. 1978-yilda SSSRning ara- lashuvi bilan Afg‘onistonda davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. Uning tashkilot- chilari bu voqeani «inqilob» deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm qurish ekanligini ma’lum qildilar. 1979-yilda Nikaraguada AQSHparast hukumat ag‘darildi. Xuddi shu yili Eronda AQSH ning 0 ‘rta Sharqdagi tayanchi — shoh hokimiyati ag‘darildi. AQSH hukmron doira- lari bu voqealarga AQSH ning mag‘lubiyati deb qaradilar. 0 ‘ta o‘ng kuch- lar esa bu voqealar hukumat noqobilligining va Moskva aralashuvining oqibati, deb jar soldilar.

Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin ham davom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, SSSR 70-yillarda o‘z tashqi siyosatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi SSSR ning Sharqiy Yevropadagi mavqeini G‘arbga tan oldirish bo‘ldi. Bu hol, shubhasiz, SSSR ning o‘ziga bo'lgan ishonchini yana mustahkamladi. Endi SSSR xalqaro miqyosda, o‘z xohishicha, Xelsinki Yakuniy akti talablari ruhiga zid ravishda harakat qila boshladi. Chunonchi, 70-yillarning ikkinchi yarmida o‘z ittifoqchilari bo‘lgan Sharqiy Yevropaning ba’zi davlatlari hudu- dida o‘rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi (SS-20) raketalarini

joylashtirdi. (Bu raketalarning har biri bir vaqtda uchtadan yadro bombasini mo‘ljalga yetkazish imkoniga ega bo‘lgan.) Bundan maqsad —- G‘arbiy Yevropa davlatlariga tazyiq o‘tkazish edi.

SSSRning bu qadamini G ‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin qoraladi. 1979-yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarini olib chiqib ketishni SSSRdan talab qildi. Ayni paytda, bu talab bajarilma- sa, 1983-yilda G‘arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Gollandiya va Italiya) hududiga AQSH ning o‘rtacha olislikka uchadigan raketalari joylashtirilishini ham ma’lum qildi. Shu tariqa o'rtacha olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir- oqibatda Yevropada keskinlikning yumshashi jarayonini barbod qildi.

1979-yilning dekabr oyida Afg‘onistonga SSSR armiyasining kiritilishi xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach, Afg‘onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi SSSR dan Afg‘onistondagi armiyasini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980- yilgi Moskva yozgi Olimpiada o‘yinlarini ko‘p davlatlar boykot qildilar. AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. SSSRga g‘alla sotishni to‘xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyosatidan voz kechdi va qayta qurollanishni avj oldirdi.

1983-yilda AQSH prezidenti R. Reygan «Strategik mudofaa tashabbu- si» rejasini ma’lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaa- ning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz holga kelar edi. Bundan tashqari, 1983-yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari hududiga o‘z raketalarini joylashtirishni boshladi. Bu hol SSSR ning strategik ahvolini nihoyatda murakkablashtirdi. Chunki AQSH ning bu raketalari SSSR hududini ni- shonga olar edi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga joylashtirgan raketalari esa AQSH hududiga yetib bora olmas edi. SSSR ning xalqaro

obro‘siga katta putur yetdi. 1979-yildan boshlab Yaqin Sharqda tashabbus- ni AQSH o‘z qo‘liga oldi. Endi Yaqin Sharq muammosini SSSR ning ishtirokisiz hal etishga kirishildi.

Shunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi.

SSSR tashqi siyosatidagi o'zgarish

Sovet davlati rahbariyati 80-yillarning ikkinchi yarmida qurollanish poygasining yangi bosqichiga mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini anglab yetdi. Shuning uchun SSSR rahbariyati

tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 1985-yilda SSSR rahbari M. S. Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga ta- rafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo'lini tanlashda suveren huquqlarini hurmat qilishini e'lon qildi. Tashqi siyosatdagi bu o‘zgarish «yangi siyosiy tafakkur» iborasida o‘z ifodasini topdi. SSSR rahbariyati tezda gapdan amaliy ishga o‘tdi. 1985—1988-yillar oralig'ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika uchrashuvi o'tkazildi. 1987-yilda SSSR va AQSH o‘rtasida o‘rtacha va qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to‘g‘risida shartnoma imzo- landi. 1989-yilda SSSR Afg'onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Shu yili M. S. Gorbachyovning Xitoyga safari uyushtirildi. Buning natijasida sovet-xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi siyosatida ro‘y berayotgan chuqur o'zgarishlar 1989-yilda Sharqiy Yevropa (SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro‘y bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan o‘tdi. SSSR bu inqiloblami bostirishga harakat qilmadi. Kechagi ittifoqchilar SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, hatto, 1990-yilning 3-oktabrida ikki nemis davlatining birlashishiga ham to'sqinlik qilmadi. Aksincha, Germaniya birlashgandan so‘ng 1990-yilning 9-noyabrida SSSR va GFR o'rtasida yaxshi qo‘shnichilik, sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. SSSR Sharqiy Yevropadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib keta boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991-yili Iroqning o‘zboshimchaligiga qarshi harbiy kuch ishlatganida SSSR o‘z ittifoqchisi Iroqni qo‘llab-quwatlamadi. 1990- yilning noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog‘ va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi qatnashchilari bo'lgan davlatlar Yevropa uchun Parij Xartiyasini qabul qildilar. Unda davlatlararo munosabatlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. Shu tariqa «sovuq umsh» barham topa bordi. 1991- yilda SSSR ning qulashi bilan «sovuq urush» tugadi.



Lekin AQSH — Rossiya ziddiyatlari davom etmoqda.
Download 32.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling