Reja: reja: bosimni olchash haqida


Download 492.94 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi492.94 Kb.
#1348411
Bog'liq
ASRORSHOH


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
MTMICHJA K-81-21 GURUH TALABASI
TOSHTEMIROV ASRORBEKNING
GIDRAVLIKA VA GIDRO-YURITGICHLAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

REJA:

REJA:

1.BOSIMNI OLCHASH HAQIDA

2.BOSIM BILAN ISHLOVCHI MASHINA VA MEXANIZMLARDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI

3.ARXIMED QONUNI HAQIDA TUSHUNCHALAR

4.XULOSA


MAVZU: Bosimni o’lchash. Bosim bilan ishlovchi mashina va mexanizmlarda xavfsizlik texnikasi. Arximed qonunining taxlili.
Bosim maydon bo‘ylab va ushbu maydonning normal kattaligiga tekis taqsimlangan kuchlar nisbati bilan tavsiflanadi. Bosimni o‘lchash asboblari ishlash prinsipi bo‘yicha suyuqlikli, deformatsion, yuk porshenli va elektrikli bo‘ladi. Asboblar o‘lchash kattaligiga bog‘liq ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: manometrlar – ortiqcha bosimlarni o‘lchash uchun; vakuummetrlar – siyraklashuvni o‘lchash uchun; manovakuummetrlar – ortiqcha bosimlarni o‘lchash uchun; bosim o‘lchagichlar, yuk o‘lchagichlar va yuk – bosim o‘lchagichlar – kam ortiqcha bosimlarni va siyraklashuvni o‘lchash uchun (bir nechta kPa.gacha); differensial manometrlar (difmanometrlar) – bosimlar farqini o‘lchash uchun.
Suyuqlik manometrlarining ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ishchi suyuqlikning balandlik ustuni kattaligini tenglashtirishga asoslangan. Ishchi suyuqlik sifatida o‘lchanadigan ortiqcha bosim va siyraklashuv kattaligiga, shuningdek o‘lchanadigan moddalarning kimyoviy xususiyatiga bog‘liq ravishda quyidagilar qo‘llaniladi: suv, spirt, simob, uncha yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgan madanli moylar.
2.Gidromashinalar - mexanik harakatni suyuqlikning harakatiga yoki suyuqlikning harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi qurilmalardir. Gidromashinalarning yuritmalar deb ataluvchi turlarida esa mexanik harakat aw al suyuqlikning harakatiga aylantirilib, so'ngra yana mexanik harakatga aylantiriladi. Bu qurilmalar o'ziga xos maxsus qismlardan tashkil topgan bo'lib, bu kursda gidroyuritmalami gidromashinalardan alohida ko'rib chiqiladi.
Gidromashinalar kabi gidrouzatmalaming ham ayrim qismlari qadim zamonlardan qo'llanilib kelgan, lekin ulaming hozirgi zamon tushunchasida (ya’ni bir qancha qurilmalar kompleksida) qo'llanilishi yaqin vaqtlarda boshlandi. 1888 y, Rossiyada metallurgiya zavodi injenerlari gidrouzatmalardan foydalanganliklari ma'lum. 1907 y. dan boshlab dengiz flotida gidrouzatmalar (gidrotransformator va gidromuftalar) qo'llanila boshladi.
Gidravlika va gidromashinalar taraqqiyotining istiqbollari yuqorida aytilgan miqyosda quyidagilami o'z ichiga oladi. Yanada quwatliroq va foydali ish koeffisienti yuqoriroq nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ulami amalda joriy etish;
- gidromashinalami va gidrotexnik inshootlami loyihalashda hozirgi zamonaviy hisoblash usullarini qo'llash va EHM lardan ko'proq foydalanish. Mashinalami avtomatik boshqarish sistemalari asosida boshqarishga o'tish;
- gidrouzatmalarda qo'llaniladigan ish suyuqkliklaming arzonroq va sifatliroq turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlardan sizib ketishini kamaytirish yo'llarini topish;
- ba’zi sharoitlarda mashinalarning moylash sistemalarini takomillashtirish va uni asosiy qurilmadan ajratish;
  • gidromuftalarda issiqlikdan himoya vositalarini takomillashtirish va yangi konstruksiyalarini yaratish;

  • - pnevmouzatmalarda siqilgan havo tayyorlab beruvchi qismlami va pnevmosistemalardagi tirqishlami berkituvchi bo'lmalarini yaxshilash va hokazo.

3.Gidravlik masalalarni yechishga ilmiy yondashishning dastlabki korsatmalari eramizdan avvalgi 250 yilda Yunon olimi Arximed (287-212) tomonidan suyuqlikka botirilgan jismga uning bosimi (yoki suyuqlikka botirilgan jismning muvozanati) haqidagi qonunning ochilishi (Arximedning «Suzuvchi jismlar haqida» nomli dastlabki qo‘lyozmasi yaratilishi) bilan aloqador. Uning ishlari keyinchalik bir qator ajoyib gidravlik apparatlar (porshenli nasos, sifonlar va hokazo)ning, umuman olganda, gidrostatikaning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik 1500 yil ichida gidravlikaga deyarli muhim o‘zgartirishlar kiritilmadi. Shu davrda bu fan deyarli rivojlanmadi, xususan XV asrgacha gidravlikaga oid birorta ham qo‘lyozma saqlanmagan.
Arximed qonuni quyidagiсha ifodalaniladi: suyuqlikka botirilgan jasmga siqib chiqaruvchi kuch ta'sir qilib, bu kuchning kattaligi botirilgan jism siqib сhiqargan suyuqlik og`irligiga teng bo`ladi.

XULOSA


Bundan quyidagicha xulosa kеlib chiqadi: "Yopiq idishdagi suyuqlikka tashqaridan bеrilgan bosim suyuqlikning hamma nuqtalariga o`zgarishsiz uzatiladi."

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 492.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling