Reja: Rez`ba haqida umumiy ma`lumot


Download 1.44 Mb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1429646
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Rez`bali birikmalar. Reja Rez`ba haqida umumiy ma`lumot


Mavzu: Rez`bali birikmalar.
Reja:
1. Rez`ba haqida umumiy ma`lumot
2. Gaykaga qo`yilgan burovchi moment bilan vintga o`q bo`ylab ta`sir etuvchi kuch
orasidagi bog’lanish
3. Rez`baning mustahkamligini hisoblash.


Rez`ba haqida umumiy ma`lumot
Ma`lum shakldagi tekislik, masalan abc uchburchakli biror o’q atrofida vint chizig’i bo’ylab aylantirilsa (26-shakl), bu tekislikning yon tomonlari rez`baning sirtini hosil qiladi. Aylantirilgan tekislik, masalan, uchburchaklik rez`baning profili deb ataladi. Shuning uchun uning shakliga qarab, rez`balar uchburchaklik,to’gri to’rtburchaklik, trapesiyaviy va doiraviy profilli bo’lishi mumkin. Mustahkamlash detallari sifatida, asosan uchburchaklik profilli rez`badan foydalaniladi, chunki bunday rez`balarda ishqalanish bir muncha katta bo’lib, mustahkamligi nisbatan yuqoridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun uchburchaklik va to’g’ri to’rtburchaklik profillarni solishtirib ko’rish kifoya. Masalan, vintga o’q bo’ylab ta`sir etayotgan kuchni gaykaning rez`basi normal kuchlar tarzida qabul qilayotgan bo’lsin. Agar shartli ravishda bu kuchlar bir nuqtaga yig’ilgan deb qabul qilinsa (27-shakl), u holda rez`badagi ishqalanish kuchi to’g’ri to’rtburchaklik profilli rez`balar uchun
F= N2f = Pf, (39)



26 - shakl
uchburchaklik profilli rez`balar uchun esa
F =N’f = P (40)
bo’ladi. Bu yerda f-ishqalanish koeffisientining haqiqiy qiymati, f`= ishqalanish koeffisientining keltirilgan qiymati. (27-shakl)

Uchburchaklik profilli rez`balar ( = 600) uchun qiymati birdan kichik bo’lganidan f` f bo’ladi. Bundan tashqari 27-shakldan ko’rinib turibdiki, qadamlarining qiymati bir xil bo’lgani holda uchburchaklik profilli rez`balarda kesilishga ishlaydigan s-s kesim yuzi to’g’ri to’rtburchaklik profilli rez`balarnikiga qaraganda ikki marta katta bo’ladi.

Agar tekislik biror o’q atrofida vint chizig’i bo’ylab chapdan o’ngga tomon aylantirilsa, o’naqay rez`ba, o’ngdan chapga tomon aylantirilganda esa chapaqay rez`ba hosil bo’ladi. Bordi-yu profillarning soni ikki yoki undan ortiq bo’lib, ular bir-biriga paralel ravishda yonma-yon joylashtirilgan holda vint chizig’i bo’ylab aylantirilsa, ikki yoki undan ortiq kirimli rez`ba hosil bo’ladi. Shuning uchun rez`balar bir kirimli, ikki kirimli va hokazo turlarga bo’linadi.
Detallarni mustahkamlash uchun mo’ljallangan rez`balar asosan bir kirimli bo’ladi.
Rez`balar silindrik yoki konussimon sirtda bo’lishi mumkin. Ko’pincha silindrik sirtdagi rez`balardan foydalaniladi. Konussimon sirtdagi rez`balar jips birikmalar hosil qilish maqsadida ishlatiladi. Rez`ba silindr yoki konusning ichki yoki sirtqi sirtida bo’lishi ham mumkin. Birinchisi ichki, ikkinchisi esa sirtqi rez`ba deyiladi. Agar rez`baning o’lchamlari mm hisobida ifodalansa, bunday rez`ba metrik rez`ba deb, dyuym bilan ifodalanganda esa dyuymiy rezba deb ataladi. Bundan tashqari, uchburchaklik profilli metrik rez`balarda profil` burchagi 600 ga teng (28-shakl), dyuymiy rezbalarda esa bu burchak 550 ga baravardir. Sovet Ittifoqida asosan metrik rez`balardan foydalaniladi. Dyuymiy rez`ba ilgari vaqtlarda tayyorlangan yoki chet ellarda keltirilgan mashinalarga zapas qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Trubalarni bir-biriga birlashtirish uchun dyuymiy rezbaning maxsus turidan foydalaniladi. Garchi bunday rezba profilning burchagi 550 bo’lib, o’lchamlari dyuym hisobida berilsa ham, aslida uning o’lchamlari shartlidir. Masalan, truba sirtidagi rez`baning sirtki diametri bir dyuymli deb belgilangan bo’lsa, u odatdagidek 25,4 mm emas, balki 33,25 mm ga, ayrim dyuym deb belgilangan bo’lsa, u 16,66 mm ga teng bo’ladi.Quyida asosan metrik rez`balar haqida gap yuritiladi. Rez`baning asosiy geometrik o’lchamlarini keltirib o’tamiz (28-shakl): d-rez`baning sirtqi diametri; d1-rezbaning ichki diametri; d2- rez`baning o’rta diametri; h-rez`ba profilining balandligi (gayka vintga burab kiritilganda rez`balarning o’zaro tegib turadigan sirti balandigi); s-rez`baning qadami (vintning ikki qo’shni o’rami orasida o’q bo’ylab o’lchangan masofa); t-rez`ba yo’li (bir marta to’la aylangan vintning o’q bo’ylab siljigan masofasi; bir kirimli rez`balar uchun t=s, ko’p kirimli rez`balar uchun esa t=ns; (bu yerda n-kirimlar soni); - rez`ba profilining burchagi; - ko’tarilish burchagi (bu burchak rez`ba o’qiga tik tekislik bilan vint chizig’iga o’tkazilgan urinma orasida hosil bo’ladigan burchak).
Vint chizig’ining bir o’rami tekislikda yoyilsa (29-shakl), katetlari t va ga teng to’g’ri burchakli uchburchaklik hosil bo’ladi. Bu uchburchaklikda:


(41)

Birikma hosil qilishda rez`bali detallardan bolt, vint, shpil`ka va gaykalar ishlatiladi.


Bolt bir uchida klyuch yoki otverka uchun mo’ljallangan kallagi, ikkinchi uchida esa gayka burab kiritiladigan rez`basi bo’lgan sterjendir (30-shakl, a).




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling