Reja: Rim klubi faoliyati kelib chiqishi


Download 21.54 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.54 Kb.
#195941
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish


Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalri universiteti Dasturiy injiniring fakulteti 312-20 guruh o’quvchisi Shamuratov Oralbayning falsafa fanidan mustaqil ishi

Mavzu:Rim klubi faoliyatining falsafir tahlili

Reja:

1.Rim klubi faoliyati kelib chiqishi

2.Rim klubi faoliyatining insoniyat tarixida tutgan o’rni

Insoniyat payda bo’libdiki uni qo’rshab turgan atrofni,undagi hamma narsalarni o’rganishga qiziqishi yuqori bo’lib kelmoqda.Inson zaruriyatlarini yengillashtirish maqsadida har xil kashfiyotlar o’ylab topildi va hayotga tatbiq etildi.Hozirgi kunda bu kashfiyotlarsiz inson hayotini tasavvur qila olmaymiz.Ular shunchlik tez suratda insoon hayotiga kirib kelishdi,hozir ularni qayerda bo’lsa ham ko’ramiz.Masalan,butun dunyodagi 7.7 mlrd aholidan 6 mlrd aholida telefon bor ekan va inson bir kunda taxminan 110 marta telefonga tikilar ekan.Qadimdan insonlar o’zlari yashab turgan atrof-muhitni o’rganmoqchi bo’lganlar.Hozirda ham,undan avval ham,keyin ham shunday bo’lib qoladi deb o’ylayman.Ammo,tanganing ikki tomoni borligi kabi har narsaning ikki tomoni bo’ladi. Qadimda bu narsa deyarli sezilmagandir balki,lekin texnologiyalar rivojlangan sari insonning atrof-muhitga ,tabiatga bo’lgan ta’siri tobara keskin tus olmoqda.Masalan , insoniyat tarixida eng daxshatli,qo’rqinichli ,ayovsiz urushlar sanalmish I va II jahon urushida qansha insonlar halok bo’ldi,qay darajada tabiiy boyliklar isrof bo’ldi.Ammo degan joyi borki bunga kim sababchi.Afsuski insonlar… .Ha insonlar qilgan ishlardan yaxshilik qidiramiz,lekin ulardan ayrim paytlari yomonlikham chiqar ekan afsus.Misol tariqasida II jahon urushi davrida ko’plab harbiy ixtirolar o’ylab topilganki,lekin Alfred Bernxard Nobel tomonidan1866-yilda ixtiro qilingan dinamit butunlay jang tag’dirini o’zgartira olgan. A.Nobel bu orqali juda boyib ketgan.Ammo u dinamitni yaratganidan afsuslanganligi haqida ham eshitganman.Bekorga bo’lmasa kerak u shuncha boyligini Nobel mukofoti deb atalmish jamg’arma tashkil etishga sarflashi.1945-yil va hozirgacha bo’lgan davrda butun insoniyatni yadro quroli xavfi xavotirga salodi.Chunki bu qurollarning vayrongarchilik kuchi shu qadar kuchli ediki uning quvvati birnecha megatonna larda o’lchanar edi.Shunday vaqtlarda olimlar, faylasuflar insonning keying kelajagi haqida o’ylashga majbur qila boshladi. G’arb futurologiyasining mashhhur namoyondalaridan Fon Karman, Ye.Shervin,G.Kan Harva boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini,asosan,yadro halokati yoki boshqa bir umum bashariy muammolar bilan bog’alb pessimistic manzaralarni chizib berishga urinailar.Har xil tashkilotlar,jamiyatlar yuzaga keldi oxir-oqibat.Ular yer yuzida tinchlikni o’rnatish, insonlarning huquq va erkinliklarini asrash v.h. ta’minlashga qaror qildi.Bularga misol BMT,YUNESCO,UNICEF v.h. Shundaylardan yana biri bu-“Rim klubi “ faoliyati sanaladi. Ushbu faoliyatga 1968-yilda A.Pechchei asos solgan.”Rim klubi” a’zolari J.Forrester ,D.Medouz, Ya.Tinbergen ,A.King va boshqalar tayyorlagan hisobotlarining ilmiy ahamiyati juda kata edi.Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubha ostida qoldiriyotgan umumbashariy muammolar ko’lamining kengayib borishi ,kishilar tomonidan tabiatga qiliniyotgan zug’umning mudhish oqibatlari qanday bo’lishi to’g’risida jiddiy mulohazalar yuritiladi.” «Rim klubi» a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lib, unda asosan tajriba sinovidan o‘tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan. Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umuminsoniy mushtarak manfaatlar yo‘lida hamjihatlikda qilingan say harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan, 1955-yil 31-yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955-yil 9-iyul kuni B. Rassel tomonidan o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida «Rassel-Eynshteyn manifest!» nomi bilan shuhrat qozongan, butun Yer yuzi aholisiga, siyosat va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingandi. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda: «Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o‘z-o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarning harbiy g‘alabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur, deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding, deb so‘rashimiz kerak».— degan so‘zlar bor edi. «Rassel-Eynshteyn manifest!» chop etilganiga ham mana 60 yilga yaqin vaqt o‘tdi.

Rim klubi” faoliyati tashkil topgandan beri yadro qurollarini ishlab chiqish va sinab ko‘rish bir necha barobar ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt mobaynida qurollanishga 18—20 trln. dollar mablag1 sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1,4 trln. dollar miqdorida mablag‘ ajratilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablagi 3,4— 3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sog‘liqni saqdash tashkilotining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda 28—30 mln. dollar ajratishini, xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning bir yillik budjeti 950—980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi. Harbiy sanoat o‘z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu sarf-xarajatlar o‘sish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o‘z kelajagimiz to‘g‘risida xomush xayollar og‘ushida qolmasdan iloj yo‘q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini ham o‘z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo‘nalishiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Energiya va yoqilg‘i resurslaridan foydalanish muammosi. Davrimizning yana bir muhim belgilaridan biri jahon iqtisodiyotining sur’atini belgilaydigan energiyani iste’mol qilish ko‘lami muttasil kengayib borayotganligidir. Agar jahon iqtisodiyoti hozirgi sur’atda davom etadigan bo‘lsa, u vaqtda sanoat va xalq xo‘jaligining energiyaga bo‘lgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilg‘i talab qilinadi. Bu ko‘rsatkich 2025- yilda 35—40 mlrd., XXI asr oxiriga borib 80—85 mlrd. tonnani tashkil etishi taxmin etilmoqda. Vujudga kelayotgan bu holatdan chiqib ketishning yo‘li esa bitta, u ham bo‘lsa, yoqilg‘ining organik moddalar (neft, ko‘mir, gaz va h.k.)dan olinadigan energiya salmog'ini kamaytirib, noorganik yoqilg‘i manbalar (GESlar, AES, shamol elektrostansiyalari, Quyosh energiyasi, vodorod, geliy va h.k.)dan olinadigan energiya miqdorini muttasil oshirib borish. Quyosh energiyasi, GES va shamol elektrostansiyalari 2025-yilda bu ehtiyojning 60%ini qondirishi mumkin. Yaqin kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan ko‘paytirib borish ko‘zda tutilmoqda. Butun jahonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining qariyb 34% ana shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Elektr energiyasining shu qadar tez sur’atlar bilan ishlab chiqarilayotganligi yon atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhitga ta’sir etmasdan iloji yo‘q. Masalan, gigant GESlarning qurilishi.0‘z navbatida ana shu regionning iqlim sharoitiga, yon atrofdagi shahar va qishloqlarda xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi (masalan, ekin maydonlarining qisqarishi, mavjud maydonlarning sho‘rlanishi va ishdan chiqishiga olib kelishi) mumkin. Atom elektrostansiyalarining chiqindilarini bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning yechilishi murakkab muammolariga aylandi. Ayniqsa, 1986-yil 26-aprel kuni Chernobil AES IV blokining ishdan chiqishi natijasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning havoga tarqalishi mazkur regionning yashashga mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi. Insoniyat oldida jahon iqtisodini o‘stirish uchun energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan o‘zga chora yo‘q. Biroq bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabiiy muhitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko‘proq ishlab chiqarish masalasi ko‘ndalang bolib turibdi. Shuning uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini belgilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Xomashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko‘mirning 45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to‘g‘ri kelar ekan. Ana shunday holatni xomashyoning boshqa turlari to‘g‘risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, o‘tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqarilgan xomashyo miqdori 60—70-yillardagiga qaraganda 1,5—2 barobar ko‘paygan. Yer yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xomashyo resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, hosildor yerlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, Shuningdek boshqa xomashyo zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan ekologik vaziyat tabiiy muhitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan 195 qolmaydi. Boshqa tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining ko‘lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xomashyo resurslari, foydali qazilmalar bilan yetarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan soqit qilmaslik kerak.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimgi biz qachon tug’ilishimiz qachon o’lishimizni bilmaymizmi bu yolg’iz xudoga ayon.Lekin uni qanday qarshi olish o’z ixtiyorimizda.Ammo bu yo’lda ikki yo’l sizning oldingizda har doim bo’ladi. Shuni bilamizki,dunyoda yaxshilik bo’lar ekan hardoim unga qarshi yomonlik,ezgulikka qarshi esa yovuzlik paydo bo’la beradi. Bular deyarli boqiy qarama-qarshilik hisoblanadi.Ammo qaysi tarafda bo’lish o’zimizning qo’limizda.To’g’ri bu yaqshilik yo’lida qancha marta yiqilasan,ko’p ozob-uquvat chekasan,ammo kun kelib bularning barchasi sening o’tmishingga aylanajak. Hozirgi paytda ko’pchilik jinoyatlar, asosan,moddiy jihatidan qiynalyotganlar sodir etishyapti.Chunki ular turmushning bergan sinovlariga yetarli darajada chiday olisha olmadi. Yiqilish-bu turish uchun ilk qadamdir. Hammaga ham tanlash imkoni beriladi.Bu hayotda har bir insonning o’z o’rni bor.Lekin bu o’rin sizning yongizga osonlikcha kelib qolmaydi.Orzu va sizning orangizda faqat harakat bor.Chuning uchun doim harakat qilib ko’rmasdan, taslim bo’lmang.”Rim klubi”faoliyatiga kelsak inson hayotini belgilab beruvchi umuminsoniy qadiyatlarni yuqori snahs ,insoniyatning ertasi uchun nima ishlar qila olamiz degan mazmunda o’zlarining qarashlari bilan dunyoga kelgan faoliyatdir.Ularning bashoratlari falsafa nuqtai nazardan aniq va ehtimolliy voqealiklar hisoblanadi.Masalan,hozirgi paytda insoniyatning juda ko’plab qiyanotgan muammolar bor,ulardan biri- oziq-ovqat masalasi.Shu ketishda davom etsak,tabiatimiz bergan resurslardan yaqin yillarda mahrum bo’lishimiz ham mumkin.Ularning unumli foydalanmaslik esa boshli sabab.Bunday bashoratlar aytib o’tsak juda ko’p . Ajab emas,bu faoliyatning bashoratlari qisman haqiqatga aylansa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1”.Qiziqarli Faktlar “ telegram rasmiy kanali. (t.me/faktlar_qiziqarli)

2.
Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling