Reja:. Sanoat oqova suvlarini tozalash usullari 2


Download 19.43 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi19.43 Kb.
#1392867
  1   2
Bog'liq
OQAVA SUVLARNI TOZALASH 8- MAVZU


Mavzu: Oqava suvlarni mikroorganizmlar yordamida tozalash


Reja:
1. . Sanoat oqova suvlarini tozalash usullari
2. Suvni biologik yo'l bilan tozalash
3. Suvlarning ifloslanish darajas


Sanoat oqova suvlarini tozalash usullari. Quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida suv qaytadan tozalanadi. Turli bakteriya, zamburug‘ va suv o'tlari suvni qayta tozalashda faol agentlardan hisoblanadi. Suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to ‘yingan bo‘lsa, u holda uni tozalash uchun turli mustaqil yoki kompleks usullardan foydalaniladi. Suv ta’minotining yopiq tizimini hosil qilish uchun sanoat oqova suvlari mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik tozalash usullari orqali korxona turiga qarab suvning zarur sifatiga qadar tozalanadi. Bundan tashqari, qayd qilingan usullar rekuperatsion va destruktiv usullarga boTinadi. Rekuperatsion usullar oqova suv tarkibidagi barcha qimmatbaho moddalarni ajratib olib, so‘ngra qayta ishlatishga qaratilgan. Destruktiv usulda suvni ifloslantiruvchi moddalardan oksidlash yoki qaytarish usullari yordamida parchalantiriladi. Parchalash mahsulotlari suvdan gaz yoki cho‘kma ko‘rinishida ajratib olinadi. Tozalash usullarini tanlash quyidagi omillarni hisobga olgan holda olib boriladi: 1) qayta ishlatishni hisobga olgan holda tozalangan suvga qo‘yiladigan sanitar va texnologik talablar; 2) oqova suv miqdori; 3) korxonada zararsizlantirish jarayoni uchun zarur bo‘lgan energetik va moddiy resurslar miqdori (bug1, yoqilg£i, siqilgan havo, elektr energiya, reagent, sorbentlar), shuningdek, tozalash qurilmasi va inshootlari uchun zarur maydon. Sanoat va maishiy oqova suvlar tarkibida suvda eriydigan va erimaydigan moddalarning muallaq zarrachalari bo‘ladi. Muallaq iflosliklar qattiq yoki suyuq bo'lib, dispers sistemani hosil qiladi. Zarracha o‘lchamlariga ko‘ra dispers sistemalar 3 guruhga bo‘linadi: 21 1) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm dan yuqori bo‘lgan dag‘al dispers (suspenziya va emulsiyalar) sistemalar; 2) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm; dan 1 nm gacha boigan kolloid sistemalar; 3) alohida molekula yoki ion o‘lchamlariga mos keluvchi zarrachalari bo‘lgan chin eritmalar. Oqova suv tarkibidan muallaq zarrachalarni ajratib olish uchun gidromexanik jarayonlar, kolloid dispers sistemalar uchun fizikkimyoviy, organik va anorganik eritmalarni ajratish uchun kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Bu jarayonlarni tanlash zarracha olchamiga, fizik-kimyoviy xossasiga, ularning suvdagi konsentratsiyasiga, oqova suv sarfiga bogiiq. Shuning uchun oqova suvlarni tozalashda quyidagi usullar qoilaniladi: 1. Mexanik (suzish, tindirish, cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash va h.k.). 2. Fizik-kimyoviy (adsorblash, koagullash, flokullash, flotasiya, ion-almashinish, ekstraklash va h.k.). 3. Kimyoviy (neytrallash, oksidlanish, qaytarilish). 4. Biokimyoviy (aerob, anaerob sharoitlarda). 5. Termik (yuqori harorat ishtirokida). Bu usullar ham o‘z navbatida turli xildagi tozalash jarayonlariga bolinadi. Oqova suvlarni tozalashda, birinchi navbatda, mexanik usuldan foydaniladi. 2.2. Oqova suvlarni mexanik usulda tozalash Oqova suvlarni tozalashning mexanik usulida oqova suv tarkibidagi erimagan mineral va organik aralashmalar ajratib olinadi. Sanoat oqova suvlarini mexanik tozalashda fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik va termik usullardan birini qollab, suvni yuqori darajada tozalashga erishishga harakat qilinadi. M exanik usullar bilan tozalash oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalarni 90+95% gacha ajratib olishda va organik ifloslanish (to iiq KBBE) ko‘rsatkichi bo‘yicha 20—25% gacha kamaytirishni ta’minlaydi. Oqova suvni tozalashda diametri turlicha kattalikdagi panjaralar yordam ida suzib olish, tindirish, tiniqlashtirish, filtrlash va 22 sentrifugalash kabi jarayonlardan foydalaniladi. Suv tozalash inshootlarining hajmiy kattaligi, ularning turi asosan oqova suvning miqdori, tarkibi va xossalariga, shuningdek, suvga keyingi ishlov berish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi. Oqova suvni to‘liq tindirish uchun to‘rsimon barabanli filtrlar yoki mikrofiltrlar hamda yuqori bosimli filtrlar, penopoliuretanli yoki penoplastli suzib yuruvchi filtrlar ishlatiladi. Bunda oqova suvlarni kimyoviy moddalarni qo‘llamasdan tozalanadi. Oqova suvlarni muallaq zarrachalardan tozalash usulini tanlash jarayon kinetikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Sanoat oqova suvlaridagi muallaq zarrachalarning o ‘lchami juda katta chegaralarda (zarrachalarning diametri 5+1 O'9 dan 5+1 O'4 m gacha) boMishi mumkin. 0 ‘lchami 10 mkm gacha bo'lgan zarrachalar uchun oxirgi cho‘kish tezligi 10'2 sm /s dan kichik bo‘ladi. Agar zarrachalar yirik bo‘lsa (diametri 30—50 mkm va undan katta), u holda Stoks qonuniga muvofiq ular tindiriladi (ixtiyoriy cho'kish — gravitatsion kuchlar ta ’sirida) yoki suzib olinadi. Shuni qayd etish lozimki, suv tarkibidagi aralashm alarning konsentratsiyasi ko‘p bo'lsa tindiriladi, konsentratsiyasi kichik bo‘lsa, suzib olinadi. Har xil suv havzalarining suvi mikroorganizmlarning ko'plab rivojlanadigan tabiiy muhit hisoblanadi. Mikroorganizmlar bu muhitda tik tushadigan quyosh nurining halokatli ta'siriga uchrasada suvda muallaq zarrachalar borligi tufayli yorug'likning bakterisidlik ta'siri juda kamayib ketadi va yorug'lik mikroorganizmlarning zo'r berib rivojlanishiga to'sqinik qilmaydi. Mikroorganizmlarning suvda nechog'lik ko'p rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy faktor suvda oziq moddalar borligidir deb hisoblash kerak. Suv organik qoldiqlar bilan nechog'lik ifloslangan bo'lsa mikroorganizmlar shuncha ko'p rivojlanadi.Aholi yashaydigan joylarda oqib keladigan tashlandiq suvlar qo'shilishi bilan esa, aksincha, bakteriyalar ko'payib ketadi. Ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo daryolarning aholi yashaydigan ba'zi joylarda olingan 1 ml suvda 197 ming bakteriya bo'lsa aholi yashaydigan punktlardan quyiroqda 400 ming bakteriya bor.
Daryo sekin oqadigan joydan olingan va quritilgan 1gr balchiqda 2250 mln bakteriya no'lsa suv tez oqadiganjoydan olingan balchiqda 470 mln bakteriya bo'ladi. Daryo o't bilan qoplangan eski o'zandagi balchiqning 1grda 2830 mln bakteriya bor.
Sohildan 150 m narida 1 ml suvda 1012 ta topilgan bo'lsa 3000 m narida atiga 79 ta bakteriya topilgan.
Yomg'irdan keyin bakteriyalar juda ko'payib ketadi.Yomg'irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya bo'lsa, yomg'irdan keyin ularning soni 1223 taga etadi. Dunyo olimlarning kuzatuvlariga ko'ra bakteriyalar suvning ustida eng kop bo'lmay, 5-10 m chuqurlikda eng ko'p bo'ladi (suv yuzasidan olingan 1 ml suvdan 73 ta 10 m chuqurlikda olingan suvdan esa bakteriyalar soni 217 ga va hatto 1229 taga yetadi).
Balchiqlarning har grammida sulfatni qaytaradigan bakteriyalar 100 mingdan 1 mln gacha tion bakteriyalari 10 mingdan 100 minggacha chirituvchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha nitirifatsiyalovchi bakteriyalar esa minggacha denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha, sellyulozani anaerob va aerob sharoitda parchalaydigan bakteiyalar taxminan 100 ta bo'ladi.
Bir necha ma'lumotlarga ko'ra, suvda bakteriyalar asosan spora hosil qilmaydigan turlari (97% ga yaqin), balchiqda esa asosan spora hosil qiluvchi bakteriyalar (75% ga yaqin) bo'lishi aniqlangan. Balchiq qanchalik chuqur bo'lsa shuncha ko'p bakteriya bo'ladi.
Yer osti suvlarida, artezan quduqlar va buloqlar suvida ochiq suv havzalari suvidagiga qaraganda bakteriyalar ancha ko'p bo'ladi. O'sha suvlarda bakteriyalarning kam bo'lishini shu narsa bilan tushuntirish mumkinki bu suvlar paydo bo'lishida qalin tuproq qatlami orqali sizib o'tadi , filtrlanadi, shuning natijasida bakteriyalarning deyarli hammasi filtrlovchi qatlamda qolib ketadi. Suvda ayrim hujayralar saqlanib qolsa-da, ular juda kam bo'ladi va organik moddalar yetishmasligi tufayli rivojlana olmaydi.
Suvlarning ifloslanish darajasi kimyoviy tahlil bilan aniqlanadi. Suv ifloslanganda rangi, shaffofligi, hidi, mazasi o'zgaradi. Bunday suvni iste'mol qilish kishi sog'ligiga yomon ta'sir ko'rsatadi. Suv o'z-o'zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega. U quyosh nuri va organizmlarning faoliyati ta'sirida tozalanadi. Bakteriyalar o'ladi, zarrachalar cho'kadi. Suv 24 soatda 50% bakteriyalardan tozalanadi, 96 soatda ifloslovchi moddalarning 0.5%i qoladi lekin kimyoviy ifloslanib ketgan suvning tozalanishi qiyin bo'ladi.
Hozirgi vaqtda ko'p mamlakatlarda suv havzalarining ifloslanishi juda kuchayib bormoqda. Ko'p daryolar chiqindilar bilan ifloslangan suvlar oqadigan kanallarga aylangan.
Daryolarga oqova va zovur suvlarining tushishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo quyi oqim etagida suvning sho'rligi ortib, 1 l da 3-4 gr tuz bo'lib, ichishga yaramay qoldi. Buning ustiga suvni iste'mol qiladigan ko'plab korxonalar qurildi, ularning chiqindi suvlari ham daryolarga tushib, suvni ifloslantirmoqda. Bundan tashqari ekin maydonlariga solinadigan mineral o'g'itlarning bir qismi, zaharli ximikatlari ham oqova suvlar bilan daryolarga tushadi. Hozirgi vaqtda Orol dengizini saqlash va Orolbo'yining ekologik holatini yaxshilash yuzasidan amaliy tadbirlarni ko'rish sekin bormoqda.
Ifloslangan suvlar uchun mexanik, kimyoviy va biologik yo'llar bilan tozalanadi.
Iflos suvni mexanik yo'l bilan tozalaganda undagi erimaydigan moddalar ajratib olinadi. Suvni mexanik yo'l bilan tozalash uchun maxsus qurilmalar va inshootlarda foydalaniladi. Kattaligi 5 mmdan ortiq bo'lgan jinslar yirik simli to'rlarda ushlab qolinadi, undan maydalari uchun mayda simli to'rlardan foydalaniladi. Suv yuzida suzib yuruvchi moddalar esa maxsus yog' tutuvchi qurilmalar yordamida tutib olinadi. Maxsus tindirgichlarda tindiriladi, suvdan ajratilgan moddalardan o'g'it, ayrim buyumlar ishlab chiqariladi. Suv mexanik tozalanganda uy ro'zg'ordan chiqqan suvdagi moddalarning 60% gacha, ishlab chiqarishdan chiqqan suvdagi moddalar esa 95% gacha ushlab qolinadi.
Suvni kimyoviy yo'l bilan tozalashda unga kimyoviy moddalar solinadi. Ifloslovchi moddalar bu moddalar bilan birikma hosil qilib, maxsus tindirgichlarda cho'kindiga aylantiriladi. Ayrim moddalar zararsiz holga keltiriladi. Bu usulda suvni xlorlash ko'proq qo'llaniladi. Sanoatning nordon chiqindi suvlarini tozalashda ba'zan ohak suvi ishlatiladi. Oqar suvlarni tozalashda elektroli usulidan ham foydalaniladi.
Suvni biologik yo'l bilan tozalashda suvdagi ifloslovchi moddalar biologic jarayonlar yordamida, ya'ni hovuzlarda to'plangan iflos suvlarda turli suv o'simliklarni o'stirish yo'li bilan (masalan, Chirchiq azot zavodi, Samarqand fosfor zavodlarining hovuzlarida) iflos suvdagi moddalar o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi, organic mineral moddalarning miqdori kamayadi, suv sifati yaxshilanadi, kislorodga boyib, suv tiniq, hidsiz bo'ladi, suvdagi nitrat va fosforlar erigan holda bo'ladi. Biologik tozalangan suvni ekin maydonlarini sug'orishga ishlatish mumkin va ochiq suv havzalariga ham tashlasa bo'ladi. Bu yo'l bilan tozalangan suvdan keng foydalanish imkoniyati tug'iladi. Suvdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari dastavval suvlarni kommunal, qishloq xo'jaligi va sanoatda ehtiyotlab sarflash hamda ifloslangan suvlarni tozalashga qaytarishdir. Hozigi vaqtda suv havzalarining ifloslanishdan saqlashning eng samarali tadbiri suvni
chiqindisiz qayta ishlatish texnologiyasini joriy qilishdir. Chiqindisiz texnologiya deganda atrof muhitga zararli moddalarni chiqarmaydigan yoki ular miqdorini juda kamaytiradigan majmua tadbirlar tushuniladi. Buning uchun suvdan foydalanishning yopiq usuliga o'tish juda muhimdir. Juda yuqori sifatli suvni talab qilmaydigan ishlarda suvdan qayta foydalanishni 90-95% ga yetkazish mumkin. Iflos suvni tozalashning eng oddiy usuli filtrlash havzalarida yoki suv tashlash maydonlarida uni biologik yo'l bilan tozalashdir. Birinchi usulda tashlanadigan suv tuproqning fizik kimyoviy xossalariga to'g'ri keladigan va maxsus ajratiladigan yerlarga chiqariladi. Bu yerda suv 2 m gacha qalinlikdagi tuproq qatlami orqali asta sekin sizib o'tadi. Suv shu tariqa filtrlanganda muallaq zarrachalardan , deyarli, tamomila tozalanadi va chirituvchi mikroblar ta'sirida zo'r berib parchalanadigan organik birikmalar ham anchagina kamayadi. Yirik qum donalari qumloq tuproqli yerlar filtrlash havzalari uchun eng mosdir. Torfli tuproqlar ustiga 0,5 m qalinlikda qum solib, ulardan ham foydalanish mumkin.
Ham kub metr tashlandi suvda 0,1 kg ga yaqin azot, 0,06 kg ga yaqin kaliy va 0,02 kg yaqin fosfat kislota bo'ladi.
Hozirgi vaqtda sun'iy inshootlarda aktiv balchiqli aerofiltrlar va aerotenklardan foydalanish ma'qul ko'rilmoqda. Bu inshootlar sug'orish maydonlariga qaraganda yuz barobar unumlidir.
Airofiltrlarda tabiiy tuproq o'rniga sun'iy tayyorlangan material (shlaklar va g'isht siniqlari) ishlatiladi. Bu materiallarga havo yuborilib turadi. Aerotenk tashlandi suv to'ldirilgan va havo berib turiladigan hovuzlardan iborat. Bu inshootlarning qaysi biriga bo'lmasin oldindan tozalangan tashlandi suv tushiriladi. Aerofiltrdan foydalanilganda suvni ishlash ancha murakkab bo'lib u quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Maxsus qum tutqichlarda og'ir zarrachalar ushlab qolinadi;
2. Muallaq zarrachalarni koaugilyatsiyaga uchratish uchun suyuqlik aktiv balchig'i bor aeroteklarda ishlatiladi;
3. Koaugulyatsiya qilgan zarrachalar tindirgich quduqlarda ushlab qolinadi;
4. Suv aerofiltrlarda uzulkesil tozalanadi.
Metan tenktlar hajmi 600 m keladigan beton rezervuarlardan iborat. Unga maxsus trubinalar orqali tashlandiq suv va cho'kma keltiriladi (cho'kmada 95 %ga yaqin suv bo'ladi) va yetilgan (bijg'igan) cho'kma bilan 1 ga 1 nisbatda aralashtiriladi.
Tozalanganda suvda doim oz miqdorda organik moddalar va talaygina bakteriyalar bo'ladi. Bakterialar orasida potogen formalari bo'lishi mumkinligidan suv ko'pincha xlor bilan qo'shimcha ravishda dizenfeksiya qilinadi. 1 mln qism suvga 5 qism aktiv xlor ishlatilganda xlorlashdan 10 minut keyin bakteriyalarning 95 %i 15 minutdan keyin esa xatto 99,83 % nobud bo'ladi. Xlor manbai o'rnida
ko'pincha kalsiy gipoxlorid ishlatiladi. Ichiladigan suv ham vodoprovod tarmog'iga tushurilishidan oldin odatda shu tariqa dizenfeksiya qilinadi.
Biror suv havzasidagi suvning sifatiga baho berish uchun undagi umumiy bakteriyalar soni to'g'risidagi ma'lumotlarga emas balki ular orasidagi potogen formula (vabo, qorin tifi, parativ yurak burug'i va boshqa kasalliklarni kuzatuvchilar) bor yo'qligiga tegishli ma'lumotlar bo'lishi ham muhimdir.
Suvni toza saqlashda ikki yo'nalishdagi tadbirlar mavjud.
Birinchisi; juda qat'iy sanitariya injenerlik qoidalarni joriy qilish. Bunday qoidalar suv istemol qilinadigan joylardagina emas balki suvni chiqarib yuboradigan joyda ham uning sifatini qattiq nazorat ostiga olish lozim.
Suvni toza saqlash tadbirlarining ikkinchi yo'nalashi toza suvni tejash bilan bog'langan. Bundan sanoat korxonalari va qishloq xo'jalik yerlarini sug'orishda suv sarflash me'yorini kamaytirish, isrofgarchilikga yo'l qo'ymaslik, sovutish, ishlarida suv o'rnida havodan foydalanish, suvdan foydalanishda suvni qayta ishlash tozalash jarayonini takomillashtirish, tashlama suvlar chiqarmaslik tadbirlarini ko'rish muhimdir.
Shu yerda yana bir karra yer usti suvlarini asosiy ifloslovchi sanoat korxonalariga: metallurgiya, kimyo, qog'oz sellyuloza, neftni qayta ishlash korxonalarini ko'rsatish mumkin. Masalan dunyoning ko'p joylarining yer usti suvlarining 80% ga yaqini neft mahsulatlari, 60 %i fenol, va 40 % og'ir metall qoldiqlari bilan ifloslangan, 20 % kommunal xo'jalik oqovalaridan iborat.


Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling