Reja: shimoliy amerikaning regional tavsifiga


Download 23.7 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi23.7 Kb.
#1143077
Bog'liq
jaxon geografiya word


MAVZU: SHIMOLIY AMERIKANING REGIONAL TAVSIFI.
KORDILYERASIZ SHARQ.

REJA:



  1. SHIMOLIY AMERIKANING REGIONAL TAVSIFIGA

UMUMIY TA`RIF.
2. KORDILYERASIZ SHARQ.

  1. KORDILYERASIZ SHARQNING TABIIY GEOGRAFIK

OBLASTLARGA BO`LINISHI.


  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. SHIMOLIY AMERIKANING REGIONAL TAVSIFIGA UMUMIY TA`RIF.



SHimoliy Amerika shimoldan janubga qarab shimoliy yarim shardagi deyarli barcha kenglik zonalar bo‘ylab cho’zilgan bo‘lib, uning xududida ekvatorial landshaft tipidan boshqa barcha zonal landshaft tiplari mujassamlashgan. Xilma-xil landshaftlarni vujudga kelishida materikning orografik tuzilishi, ayniqsa Kordilera tog‘ tizmasining Tinch okean xavzasiga nisbatan, tekislik, plato va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning Atlantika va SHimoliy Muz okeanlari xavzalariga nisbatan geografik joylanishi va shu omillar ta’sirida vujudga kelgan iqlimiy sharoitlar
bilan bevosita bog‘liq.
Materik tabiatidagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan eng katta farqlarning mavjudligiga uning g‘arbiy baland tog‘li qismini xarakatchan geosinklinal sharoitda rivojlanganligi va sharqiy tekislik xamda platoli qismi kam xarakat platformali sharoitda rivojlanganligi xam sababdir. Binobarin, tekislik va platoli sharq gorizontal zonallik bilan xarakterlansa, tog‘lik garb murakkab gorizontal zonallik va vertikal mintaqalikning xamoxang ko‘rinishidagi shakli bilan xarakterlanadi. SHuning uchun materikning eng katta shimoliy va o‘rta qismlari ikkiga-Kordilerasiz SHarqqa va Kordilerali G`arbga bo‘linadi. Bu yirik tabiiy geografik o`lkalarning xar qaysi qismida kenglik zonallik, balandlik mintaqalik, okean Xavzalarining ta’siri, relef va iqlimning o`zaro aloqadorligi o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi- Bu farqlar SHarqni va G`arbni bir necha tabiiy geografik oblastlarga bo`lishga imkon beradi. Materikning tropik kengliklarda joylashgan, tropik va subekvatorial tabiiy geografik sharoitga, tropiklarga xos nam va kserofit o‘rmon, tog‘ o‘rmon, siyrak o‘rmon, chala cho‘l va savanna landshaft tiplariga ega bo‘lgan janubiy kambar qismi Markaziy Amerika tabiiy geografik o‘lkasini tashkil etadi. Markaziy Amerika o‘lkasi SHimoliy va Janubiy Amerikani o`zaro bog`lovchi zveno bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pchilik mualliflar Markaziy Amerikani Vest-Indiya orolllari bilan birga yagona tabiiy geografik o‘lka deb qaraydilar.


  1. Kordilerasiz Sharq.

SHimoliy Amerikaning sharqdan Atlantika okeani, shimoldan SHimoliy Muz okeani va g‘arbdan Kordilera tog‘ tizimi bilan chegaralgan katta qismi Kordilerasiz SHarq deb ataladi. Bu ulkan regionga kutbyoni kengliklaridan to subtropik kengliklargacha bo‘lgan bepoyon xudud qaraydi. Uning relefi asosan tekisliklar, pasttekisliklar, yassi tog‘liklar va qisman o‘rtacha balandlikdagi tog‘lardan tarkib topgan. Kordilerasiz SHarqning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida juda katta zonal farqdar mavjud. Ayniksa bunday farqlar sharqning orografik omili ta’sirida vujudga kelgan shimoldagi kenglik zonalliklarda va janubdagi meridional zonalliklarda yakkol ifodalangan. Kordilerasiz SHarqning landshaft komplekslari makonda relef shakllari va morfotektonik strukturalarga bog‘lik xolda differensiatsiyalashgan. SHu boisdan sharqda juda murakkab tabiiy xududiy komplekslar vujudga kelgan. Ular bir-biridan farq qiluvchi mustaqil regionlarni-tabiiy geografik oblastlarni tashkil etadi.
Xar bir oblast landshaft xususiyatlari, morfotektonik strukturasi va zonal omillar asosida ajratilgan. Bular Lavrentiy yassi tog‘ligi. Buyuk tekisliklar, Appalachi tog‘lari xamda Qirg`oqbo`yi pasttekisliklaridir.
Lavrentiy yassi tog‘ligi. Lavrentiy yassi tog‘ligi SHimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, janubi-sharqda Appalachi tog‘lari, janubda Markaziy tekisliklar, janubi-g‘arbda Buyuk tekisliklar, g‘arbda Makenzi tekisligi va shimolda Gudzon ko‘ltig‘i pasttekisliklari bilan chegaralangan. YAssi tog‘lik shimolda SHimoliy Muz okeani va shimoli-sharqda Atlantika okeani bilan xam tutashgan. Umumiy maydoni 4,7 mln km2. Dengiz satxidan o‘rtacha balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. Bu ulkaning shimoliy qismi tundra va o‘rmon tundra landshaftlari bilan band. SHuning uchun Lavrentiy yassi togligining tabili kupchilik jixatdan Evrosiyoning Fennoskandiya tabiiy geofafik o‘lkasiga o‘xshab ketadi.
KORDILYERASIZ SHARQNING TABIIY GEOGRAFIK OBLASTLARGA BO`LINISHI.
Buyuk ko’llar. Buyuk ko`llar o‘lkasi Kordilerasiz SHarqning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, u ko‘l va o‘rmon landshaft komplekslari majmuasidan tashkil topgan. O`lkaning shimoliy chegarasi Buyuk ko`llarning shimoliy qirg‘oq chiziqlaridan o‘tadi. G‘arbiy chegarasi Missisipi daryosining yuqori oqimigacha cho‘ziladi. SHarqda chegara vazifasini Kanada qalqonini Appalachi tog‘laridan ajratib turuvchi SHampleyn grabeni bajaradi. Janubda aralash va keng bargli o‘rmonlar bilan chegaralanadi.
Buyuk ko‘llar tabiiy geografik o‘lkasi nafaqat tektonik jixatdan, balki landshaft komplekslarining xususiyatlari jixatidan xam xarakterga ega. O`lka qalqonli sharoitdan platformali rejim xukmronlik qilayotgan makonga o‘tish oraligida joydashganligi uchun uning xududida yangi tektonik xarakatlar bir muncha kuchli namoyon bo‘ladi, chuqur tektonik vodiylar, ko‘l botiqlari, kuest relef shakllari keng tarqalgan. SHuning uchun xam Buyuk ko‘llar o‘lkasi shu xududga xarakterli bo‘lgan yirik va chuqur ko‘llari, to`g‘ri chiziqli daryolari, chuqur vodiylari, serostona va sharsharalari qisqa daryolari bilan qo`shni o‘lkalardan farq qiladi. Buyuk ko‘llar o`lkasida beshta yirik-Yuqori, Michigan, Guron, Eri, Ontario va juda ko`p mayda ko‘llar mavjud. Buyuk ko‘llar orasida eng kattasi Yuqori ko‘l (maydoni 82414 km2), kattaligi jixatdan Kaspiy ko‘lidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va eng kichigi Ontario ko‘li (maydoni 19477km2). Buyuk ko‘llarning qirg‘oq chiziqlarini umumiy uzunligi 10490 km, suv xajmi 24620 km3. Bu dunyo bo`yicha chuchuk "suvlarning eng katta maydon zaxirasidir. Buyuk ko‘llar botig‘ining kelib chiqishi tektonik xarakatlar, materik muzligidan oldin sodir bo`lgan daryo eroziyasi, muz eroziyasi va akkumulyasiyasi jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘llarning dastlabki qiyofasi endogen va ekzogen kuchlar ta’sirida bir necha marta o‘zgarib, xozirgi ko`rinishiga ega bo‘lgan. Ko‘llarning shimoliy qirg‘oqlari kuchli parchalangan, baland, tabiati xushmanzarali, tik yon bag‘rlar keng tarqalgan. Ayniqsa Yuqori va Guron ko‘llarining shimoliy qismi qizil, kulrang qumoq jinslardan, granitlardan va gneyslardan tarkib topgan bo‘lib, ular balandligi 200-270 m keladigan qoyali, tik tub qirg‘oqlarni xosil qiladi. Ko‘llarning janubiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlari past, lagunali, qumli va gilli. Michigan ko`lining soxillarida balandligi 10-20 m keladigan dyunalar mavjud.

Markaziy tekisliklar.

Markaziy tekisliklar SHimoliy Amerikaning o‘rta qismida joylashgan. SHimolda Lavrentiy yassi tog‘ligi, sharqda Buyuk ko‘llar va Appalachi tog‘lari, g‘arbda Buyuk tekisliklar, janubda Meksikabo`yi pasttekisligi bilan chegaralangan. Yer yuzasining dengiz satxidan o‘rtacha balandligi janubda 150-200 m, shimolda, g‘arbda va sharqda 250-500 m. Markaziy tekisliklarning tektonik poydevorini SHimoliy Amerika platformasining janubiy qismi tashkil etadi. O‘lka xududi gorizontal ravishda yotgan quyi va yuqori paleozoy jinslaridan tarkib topgan. Qadimiy jinslarning ustki qismi keyinchalik to`rtlamchi davr yotqiziklari bilan qoplangan.
Markaziy tekisliklarning shimoliy qismini yer yuzasiga to`rtlamchi davr materik muzliklari kuchli tasir etgan. Katta maydondagi tekislik yuzasida morenayotkiziklaridan xosil bo‘lgan tepaliklar va tepaliklar oralig‘ida joylashgan botqoqlangan cho‘kmalar ko‘p uchraydi. Tekisliklarning janubida morena yotkiziqlari o‘rnini lyosslar, lyossimon jinslar va qalin qum yotqiziqlari egallagan. Bu yotqiziqlar keng muzlikyoni xavzalarida shakllangan. Bu borada SHimoliy Amerikaning Markaziy tekisliklari Yevrosiyoning Rossiya tekisligiga o‘xshab ketadi. CHunonchi, Rossiya tekisligining shimoliy qismi xam materik muzliklari ta’sirida bo‘lib, u erda morena tekisliklari, morena gryadalari (tizmalari), morenali ko‘llar keng tarqalgan, janubiy qismi esa aksincha morenasiz bo‘lib, lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan.

Buyuk tekisliklar.


Qoyali tog‘lar bilan Markaziy tekisliklar oraligida baland qiya tekisliklar joylashgan. Ular Buyuk tekisliklar deb ataladi. Buyuk tekisliklar janubi-sharqdan shimoli-g`arbga qarab 29° sh.k. dan 62° sh.k gacha submeridianal yo`nalishda cho`zilgan. Uning uzunligi 3600 km ga kengligi 500-800 km ga teng. Tekisliklar yuzasining dengiz satxidan o‘rtacha balandligi sharqda 500 m va g‘arbda 1700 m. Geologik sturuktura jixatdan Buyuk tekisliklarning poydevori qadimiy kristall jinsli SHimoliy Amerika platformasining g‘arbiy chekki qismidan tarkib topgan. qadimiy jinslar yer yuzasidan 1000 m gacha chuqurlikda yotadi. Uning yuqori qatlamlari paleozoyning karbon va perm davrlari yotqiziqlaridan xamda paleogen va neogenning cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan. Yuza kismi Qoyali tog‘lardan keltirilgan allyuvial va eol yotqiziqlar bilan qoplangan. Ayrim joylarda bu qatlamlarni yosh intruziyalar yorib o‘tib, aloxida-aloxida ko‘tarilib turgan kichik qisqa toshlarni xosil qilgan. SHulardan eng balandi Blek-Xils (2207 m) toshdir.

Appalachi tog‘lari.


Appalachi tog‘i tabiiy geografik o‘lkasi SHimoliy Amerikaning sharqiy qismida AQSH va Kanada xududida joylashgan. U o‘rtacha balandlikdagi tog‘ tizimi bo‘lib, morfostrukturasi tizmalardan, platolardan, yassi tog‘liklardan, vodiylardan va tog‘oldi tekisliklaridan tarkib topgan. Appalachi tog‘ tizimi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga qarab submeridional ravishda 2600 km masofaga cho`zilgan. Eng baland cho`qqisi o‘lkaning janubida joylashgan va okean satxidan 2037 m ko‘tarilib turgan Mitchell tog‘idir. Appalachi tog‘lari geologik tarakkiyot tarixiga ko‘ra Yer yuzidagi eng keksa tog‘lar katoriga kiradi. U paleozoy erasining kaledon va gersin tog‘ xosil bo`lish jarayonlari tufayli vujudga kelgan, kuchli yemirilgan. peneplenlashgan, so`ngra yangi tektonik ko‘tarilishlar natijasida yoshargan tog‘lardan xisoblanadi. Appalachining shimoliy, janubi-sharqiy qismlari va Adirondak tog‘lari paleozoyning boshlarida burmalangan qadimiy gneys, kristalen slanets va kvarsitlardan tarkib topgan. Janubi-g`arbiy qismi paleozoyning oxirida burmalangan oxaktosh, qumtosh, gilli slanets kabi cho‘kindi jinslardan tuzilgan. Mezozoyning oxiri va kaynozoyning boshlarida toshlar gumbazsimon kutarilib, megaantiklinal strukturali vujudga keltiradi. SHu davrdan boshlab tog‘ yon bag‘rlari yaxshi rivojlangan daryo vodiylari bilan kuchli parchalanib, xozirgi relef shakllari xosil bo‘lgan
Qirg`oq pasttekisliklari.
Qirg`oq subtropik pasttekisliklar o‘lkasi materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning morfologik strukturasi Meksikabo`yi, Quyi Missisipi, Atlantikabo`yi pasttekisliklaridan va Florida yarim orolidan tashkil topgan. O‘lkaning xarakterli xususiyatlari-yer usti tuzilishining nixoyatda tekisligi, iqlimining nam subtropikligi va bu xususiyatlari tuproq, o‘simlik qoplamida xamda xayvonot olamida uz aksini topganligidir. Qirg‘oq pasttekisliklari paleozoyda burmalangan va keyinchalik tektonik xarakatlar natijasida cho‘kib ketgan tog‘ tizmalari o‘rnida xosil bo‘lgan. Appalachi va Uoshito tog‘lari ana shu cho‘kib ketgan tog‘larning (gersinidlarning) bir qismi xisoblanadi. Yuzalarning cho`kshi va yotqiziqlarning to‘planishi bo‘r davridan boshlanib neogenga qadar davom etgan. Meksika qo`ltigi va Atlantika okeani qirg‘oqlarini o‘rab turgan pasttekisliklar qalin qatlamli paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yotqiziqlar asosan gorizontal ravishda yoki nishab bo‘lib joylashgan. qatlamlar bo‘ylab keng tarqalgan gillar tarkibida neft, gaz va tuz bo`lgan oxaktoshlar va qumtoshlar bilan almashinadi. Quyi Missisipi pasttekisligi juda katta qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlar bilan to`ldirilgan cho‘kmada xosil bo`lgan. Florida yarim orolining yuza qismi fosforitlarga boy bo‘lgan uchlamchi davr oxaktoshlaridan tarkib topgan.
Atlantikabo‘yi pasttekisligi.
Bu pasttekislik shimolda Nyu-Yorkdan boshlanib, janubda Florida yarim oroligacha davom etadi. g‘arbda Pidmont platosi va sharqda Atlantika okeani bilan chegaralangan. Janubi-g‘arbda Meksikabo`yi pasttekisligi bilan tutashib ketgan. Kengligi shimolda 30 km dan janubda 350 km gacha, balandligi 100 m gacha boradi. Pasttekislikning poydevori bo‘lgan paleozoy kristall jinslari qalinligi 1000 m gacha boradigan oxaktosh, qumtosh, qum va gil yotkiziklari bilan qoplangan. Soxilning past dengiz terrasalari daryolarning keng botqoqli qayirlari bilan kesilgan. Golfstrim iliq oqimi qirg`oq yaqinidan oqib o‘tib, pasttekislikning iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Qishi yomg`irli. Yanvarning o‘rtacha xarorati shimolda 0°S dan janubda +20°S gacha ko‘tariladi. Yozi issiq, va sernam. Iyulning o‘rtacha xarorati 22-28°S ni tashkil etadi. Yillik yog`ingarchilik miqdori 1000-1400 mm atrofida. Tuproq, qoplami qizil, sariq allyuvial-chimli va botqoq tuproqdardan tarkib topgan. Subtropik o‘rmonlarda xilma-xil qarag`aylar va emanlar ko‘p o‘sadi. Botqoq yerlarda tissa va sarv daraxtlari keng tarqalgan.
Meksikabo‘yi pasttekisligi.
SHimoliy Amerikaning Meksika qirg‘oqlari yaqinidagi pasttekislik rayonlarini o`z ichiga olgan bu pasttekislik shimolda Markaziy tekislik, Appalachi va Uoshito tog‘lari, shimoli-g‘arbda Buyuk tekisliklar platosi bilan chegaralanadi va janubda Meksika ko`ltig`i bilan yuvilib turadi. Uning xududi qalinligi 6000-10000 m keladigan, neft va gaz konlariga boy qum, gil va boshqa yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi janubdan shimol tomon dengiz satxidan 150 m gacha ko`tarilib boradi, ko‘plab mayda va yirik daryo vodiylari bilan kesilgan. Relefining xarakteriga ko‘ra uchta geomorfologik tipga: yassi to‘lqinsimon dengiz terrasalari, uncha baland bo‘lmagan kuest tizmali qiya tekisliklar va Missisipining yassi allyuvial pasttekisliklariga bo‘linadi.

Florida yarim oroli


Florida materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan va yassi tekislik relef shakliga ega bo‘lgan yarim oroldir. U 1513 yilda ispaniyalik Ponse de Leon tomonidan kashf etilgan. Yer yuzasi dengiz satxidan 100 m gacha baland ko‘tarilgan. Maydoni 115 ming km2.
Florida xududi paleogen-neogen davrlarining oxaktoshlaridan, qisman dengiz va daryolarning mayin yotqiziqlaridan tarkib topgan. Oxaktoshli qatlamlarda karst xodisalari kuchli rivojlangan. Yer ostida g`orlarning, buloqlarning, daryolarning va ko`llarning keng tarqalishi oxaktoshlar bilan uzviy bog`lik Yarim orolning iqlimi tipik okean iqlimi bo`lib, uning shimoliy qismi nam subtropik va janubiy qismi tropik iqlim tipiga qaraydi. qish oylari quyoshli va iliq bo`ladi. Yanvarning o`rtacha xarorati shimolda +14°S dan janubda +21°S gacha ko`tariladi. Yoz oilari sernam va iliq bo`ladi. Iyulning o‘rtacha xarorati shimolda 27-28°S atrofida bo`ladi. Yillik yog`in miqdori 1200-1400 mm. Daryolari juda qisqa, lekin sersuv. Xatto Sent-Djons daryosida kemalar bemalol qatnay oladi. Ko‘llarga juda boy. Eng kattasi Okichobi ko‘lidir. Botqoq landshaftlar keng tarqalgan. Floridaning janubiy qismigacha botqoqlangan yerlarda Evergleyds milliy parki tashkil etilgan. o‘rmonlarda qarag`aylar, magnoliyalar, palmalar, shamshod daraxtlari o`sadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.

1. Aleksandrovskaya N.V., Yeramov R.A. va boshqalar. Dunyo


qit’alari tabiiy geografiyasi. – T., 1967.
2. Vlasova T.V. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. -T.,
1985. I, II jild.
3. Vlasova T.V. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. –
M., Prosvesheniye, 1986.
4. Yermakov Yu.G., Ignatev G.M. i dr. Fizicheskaya geografiya
materikov i okeanov. -M., Visshaya shkola, 1988 g.
5. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeanov. -M., Izd-vo
Moskovskogo Universiteta, 1998 g.
Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling