Reja: Sotsial guruh tushunchasi


Download 15.49 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi15.49 Kb.
#199262
  1   2
Bog'liq
3.. mavzu


3-mavzu. SOTSIAL GURUHLAR VA SOTSIAL INSTITUTLAR

REJA:

1. Sotsial guruh tushunchasi.

2. Sotsial guruhlarning asosiy belgilari va strukturasi.

3. Guruhlarning asosiy turlari

4. Kvaziguruhlar.

5. Sotsial institutlar va ularning turlari.

Sotsial birliklarning asosiy shakli sotsial guruhlar hisoblanadi. Jamiyat hayotiy voqelikda ko‘plpb sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson hayoti tug‘ilganidan to o‘limiga qadar sotsial guruh a’zosi sifatida o‘tadi: oila, maktab, ishlab chiqarish, sport komandasi, do‘stlar davrasi va h.k. Sotsial guruh jamiyat va inson o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu muhitda sotsial jarayonlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Inson ma’lum bir guruh a’zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a’zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a’zoligi uning jamiyatdagi maqomi va avtoritetini belgilab beradi. Kishilar o‘z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko‘p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, gaho majburiylikdan, ba’zan o‘zi xohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo‘ladi va ularning vakili bo‘lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi,xususiyat) bilan nisbatan ma’lum guruhlarga ajratish – sotsiologik tahlilning g‘oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o‘tish lozimki, garchi «sotsial guruh» atamasi sotsial tadqiqotlarda keng ko‘lamda qo‘llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategoriyali xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ektni aniqlash uchun ishlatiladi. «Guruh» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma’noga ega. Bir tomondan, u biror umumiy belgiga qarab kishilarni ma’lum toifalarga ajratilganda qo‘llaniladi (ko‘pincha statistikada, demografiyada). Ba’zan bu ma’noda «guruh» atamasi psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin.

Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma’lum ma’noda o‘zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o‘zini talabalar guruhining a’zosi sifatida his qiladi.

Ilmiy adabiyot bilan tanishish «sotsial guruh» atamasini, birinchidan, juda keng qo‘llanilayotganligini, ikkinchidan turli hodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko‘rsatayapti, qaysi nuqtai nazar qarashlaridan qat’iy nazar, konkret ijtimoiy fan vakillari guruhlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-demografik, sotsial-psixologik va boshqa guruhlarga ajratadilar.

Guruh – bu, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir. Guruhga xos xarakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni; ichki tashkilot, ya’ni institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari. Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a’zolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsialogiyada a’zolar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida guruh turlari haqida so‘z ketganda gapirib o‘tiladi. Guruh o‘z soni va a’zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin. Mana shu asosga ko‘ra, guruhlarni «berk» guruhlar, yani yangi a’zolarni qabul qilishda aniq mezon qo‘yadigan guruhlar; chegaralangan guruhlar, ya’ni guruh a’zoligiga qabul qilish mezoni kam talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar. Shuningdek, nihoyat xohlagan kishi kirishi mumkin bo‘lgan ochiq guruhlar va bu guruhlarda a’zolarga nisbatan aniq talablar ko‘yilmaydi, ko‘pincha guruhlar a’zo qabul qilish va a’zolarning guruhdan chiqishi uchun aniq talab qo‘yadi. Buning natijasida guruhning bir xilligi va uning ta’sir doirasi taminlanadi.

Guruhning paydo bo‘lishi uchun ichki tashkilot, ya’ni institutlar, nazorat shakllari, faoliyat namunalari bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham o‘z shaxsiy tashkilotiga ega bo‘lmagan, faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar guruh deb atalmaydi.

Guruh o‘zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya’ni birlashish markaziga ega bo‘lishi kerak. Bularga g‘oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga mansublik va birlashish hissini uyg‘otish va rivojlantirish uchun zarur. Bu qadriyatlar asosida guruhda «biz» so‘zi bilan ifodalanadigan birlik hissi paydo bo‘ladi. Bu his kishilarni birlashtiradigan psixik (ruhiy) aloqa hisoblanadi. Nihoyat guruh o‘zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Bular yordamida guruh boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar avvalo, bir hududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar hisoblanadi. Bu 4 shart juda ko‘p guruhlarni ta’riflash uchun qo‘l keladi. Bu haqda guruhlarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) jarayonida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bu shartlar nisbiy xarakterga ega. Bular ko‘pgina guruhlarni qanoatlantirsa ham, ba’zi guruhlarni tahlil qilish vaqtida to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va «Sotsial psixologiya» fanlari katta sotsial guruhlar o‘zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, a’zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling