Reja: Sotsial-iqtisodiy kartografiyaning shakillanishi O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng sotsial-iqtisodiy kartografiya Sotsial-iqtisodiy sohalarni kartografiyalash
Download 107.77 Kb.
|
qurbonjon 2
Mavzu:Mavzu:O`zbekistonda Sotsial Iqtisodiy KartografiyaReja: 1. Sotsial-iqtisodiy kartografiyaning shakillanishi 2. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng sotsial-iqtisodiy kartografiya 3. Sotsial-iqtisodiy sohalarni kartografiyalashSotsial-iqtisodiy kartografiyaning shakillanishi Geografik kartalarni yaratish tarixi ko‘p jixatdan hududni tadqiq etish tarixini aks ettiradi. Geografik kartalar-tarixiy hujjatlar bo‘lib, ular tabiatdagi o‘zgarishlarni va jamiyat taraqqiyotini o‘zlarida aks ettiradi.O‘rta Osiyo hududi birinchi bor aloxida o‘lka sifatida K.Ptolemey (90-160yy) tomonidan uning “Geografiya” kitobida aks ettirilgan. O‘rta asrlarda jaxon kartografiyasining rivojlanishiga O‘rta Osiyolik olimlar Muhammad al Xorazmiy, Abu Rayhon al Beruniy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.Muhammad al Xorazmiy (VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning o‘rtasi) 0 meridian yoyini o‘lchash ishlariga rahbarlik qildi, shuningdek u “Dunyo kartasi” ni tayyorlashda ham ishtirok etdi.Abu Rayhon al Beruniy (973-1048 yy) “Masud qonunlari” (1037y) kitobida geografik koordinatalar va masofalarni aniqlash usullarini ko‘rsatib bergan va Dunyo kartasini tuzishda doiraviy proeksiyani ishlab chiqib Erning shar shaklida ekanligini ko‘rsatib bergan.O‘rta Osiyo hududi, “Moskva davlati va unga tutushgan mamlakatlarni Katta chizma kitobi” da (1600y) o‘z aksini topgan. O‘rta Osiyo qadimdan Rossiya uchun katta qiziqish uyg‘otgan.CHunki u Rossiyani Eron, Xitoy, Hindiston va Afg‘oniston bilan bog‘lab turuvchi quruqlikdagi o‘tadigan “Buyuk ipak yo‘li” O‘rta Osiyo orqali o‘tgan edi. SHuning uchun ham bu o‘lka hududi o‘sha davr kartalarida o‘zining keng ifodasini topgan.O‘zbekistonning inqilobgacha bo‘lgan xar-xil masshtabli kartografik tasvirini “Rossiya xarbiy topograflar korpusi” yaratgan. Ular tomonidan Turkistonning umumgeografik kartasi tuzilgan (1889 y). O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekistonni kartografiyalashda rus Geografiya jamiyatining olimlari ishtirok etishgan1914 yili O‘zbekistondagi sug‘oriladigan erlarining dastlabki kartasi tuzilgan. Unda CHirchiq daryosi xavzasi, Mirzacho‘lda sug‘orilishi mumkin bo‘lgan erlarning chegaralari ko‘rsatilgan. SHu kartalar asosida Mirzacho‘l o‘zlashtirila boshlagan.XX asrning 30-yillari boshlarida O‘zbekiston iqtisodiyotini, shu jumladan paxtachilikni, bog‘dorchilikni va uzumchilikni, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini, O‘rta Osiyodagi boshqa sohalarni aks ettiruvchi ayrim kartalar chop etilgan.O‘rta Osiyo iqtisodiy geografiyasi bo‘yicha tuzilgan birinchi karta sobiq Ittifoqni qishloq xo‘jaligi qomusida keltirilgan (1936 y). Unda paxtachilik, paxtachilik-donchilik, lalmikor-donchilik rayonlari, ko‘chmanchi va ayrim ko‘chmanchi chorvadorlar hamda asosiy qorako‘lchilik hududlari ko‘rsatilganO‘zbekiston hududining maxsus sotsial-iqtisodiy kartalari 60-yillarning boshidan nashr qilina boshlandi. “O‘zgiprozem” instituti tomonidan 1961-yilda“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi kartalari” (masshtabi 1:1000 000) chop etilgan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mutaxassislari foydalanishi uchun mo‘ljallangan ediMazkur kartada respublika qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini asosiy tarmoqlari va joylashishi tasvirlangan edi. “O‘zdaverloyiha” (“O‘zgiprozem”) instituti tomonidan 1964 yilda bir qancha 1:1000000 Когда она начала танцевать, все обалдели RadarMedia masshtabda sotsial-iqtisodiy kartalar turkumi nashr qilinganUshbu turkum kartalarida qishloq xo‘jaligi o‘zida jamlangan kartografik jihatdan umumlashtirilgan ma’lumotlar keltirgan. Unda respublika tabiiy sharoiti va axolisiga tegishli mavzuli kartalar ham kiritilganO‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 1964 yilda “O‘zbekistonni agrosanoat albomi” atlas sifatida chop etilib, unda asosan agrosanoat kompleksiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. 1963 yilda O‘zbekistonni dastlabki kompleks atlasi chop etildiToshkent davlat universitetining geografiya fakulteti, kartografiya kafedrasi xodimlari tomonidan 1981-yilda birinchi bor o‘zbek va rus tillarida o‘ziga xos o‘quv-o‘lkashunoslik “O‘zbekiston atlasi” tayyorlangan va nashr etilgan.Unda keltirilgan kartalarning ba’zilari respublikaning sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Mazkur atlasda respublikaning anchagina sotsial-iqtisodiy ma’lumotlari berilgan. Atlasning sotsial-iqtisodiy kartalari respublikada majmuali atlas kartografiyasining ayniqsasotsial-iqtisodiy kartografiyalashning shakillanishiga yo‘l ochib berdi desak xato qilmaymiz. Atlas sotsial-iqtisodiy kartalar ichida respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘ipaxtachilikni ifodalovchi kartalari bilan ajralib turadi.Respublikada 80-yillarda sotsial-iqtisodiy kartografiyalash soxasi sezilarli ravishda rivojlana boshladi. Bu holat majmuali ilmiy- ma’lumotnomali “O‘zbekistonni 2 tomli atlasi” da ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Atlasning birinchi qismi 1982 yilda, ikkinchi qismi esa 1985 yilda chop etildi.Download 107.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling