REJA:
SPIRTLAR
Tarkibida OH gurux
tutgan uglevodorod hosilalari
Tarkibida vodorod bog’lar
mavjud
Umumiy formulasi
R-OH
Bir va ko’p atomli
spirtlar mavjud
Bir atomli spirtlar uchun
umumiy formula:
CnH2n+OH
Uglevodorod
nomiga –ol
suffiksi qo’shiladi
Yonuvchan va zaxarli
moddalar
Bir atomli to’yingan spirtlar bir – biridan CH2-metilen gruppasiga farq qiluvchi gomologik qatorni tashkil qiladi. - Bir atomli to’yingan spirtlar bir – biridan CH2-metilen gruppasiga farq qiluvchi gomologik qatorni tashkil qiladi.
- Tarkibida tutgan gidroksigurux soniga qarab spirtlar bir atomli va ko’p atomli guruxlarga ajratiladi. Gidroksi guruxni birlamchi uglerod atomi tutsa – birlamchi spirt (R-CH2-OH), ikkilamchi uglerod atomi tutsa ikkilamchi spirt (R2-CH-OH), uchlamchi uglerod atomi tutsa
- (R3-C-OH) uchlamchi spirt deyiladi.
Nomlanishi va izomeriyasi: - Spirtlarni nomlashda trivial nomlashdan tashqari (metil, etil, propil spirtlari va gliserin) xalqaro nomenklaturadan ham foydalaniladi. Bunda mos uglevodorod nomiga –olqo’shimchasi qo’shiladi va –OH gruppa joylashgan uglerod nomeri ko’rsatiladi. Nomlash gidroksigruppa yaqin turgan joydan boshlanadi.
- Spirtlarda zanjir va gidroksigruppa tutgan xolat izomeriyasi mavjud. Sguning uchun spirtlar uglevodorodlarga nisbatan ko’proq izomerga ega bo’lishadi. Xolat izomeriyasini propanoldan boshlab kuzatish mumkin.
- Tarkibida 15 tagacha uglerod atomini tutgan spirtlar suyuq, undan ortiquglerod atomini tutgan spirtlar esa qattiq spirtlardir. Ularning barchasi suvdan yengil. Metanol, etanol va propanollar suv bilan cheksiz aralasha oladi. Molekulyar massasi ortishi bilan spirtlarning suvda eruvchanligi kamayib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan spirtlar suvda deyarli erimaydi. Mos uglevodorodlardan spirtlarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari va eruvchanligining yuqoriligi vodorod bog’ mavjudligi bilan izohlanadi.
- Spirtlarning kimyoviy xossalari gidroksigruppa va radikalga bog’liq. Barcha organik moddalar kabi spirtlar ham yonadi.
Xulosa: - Spirtlar uglevodorod atomiga –OH guruxining qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan birikmalardir.
- Uglevodorodlarga nisbatan ko’plab izomerlari mavjud.
- Molekulyar massasi ortishiga qarab spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari ham o’zgarib boradi.
- Spirtlarni bir necha soxalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |