Reja: Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot


Download 0.88 Mb.
Sana05.06.2020
Hajmi0.88 Mb.
#115227
Bog'liq
Yod 5 va 10 �3a013dc99db1ccc6f9f9143032e0b01

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMATSIYA FAKULTETI 301-”A” GURUH TALABASI GAFFAROVA MADINAXONING TAYYOR DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI FANIDAN

Mavzu: Yodning 5% va 10%li spirtli eritmalari sifatini baholash


taqdimoti

Tekshirdi: Ramazonova.K.

Reja:

  • 1. Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot
  • 2. Suyuq dori shakllarining afzalligi va kamchiliklari
  • 3. Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot
  • 4. Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash
  • 5. Foydalanilgan adabiyotlar

Suyuq dori shakllari haqida ma’lumot

Suyuq dori shakllari – faol ta’sir etuvchi moddani suv, spirt, yog’ yoki boshqa erituvchilarda eritib yoxud ularga aralashtirib, shuningdek o’simlik mahsulotlaridan ajratib olib tayyorlanadigan dori shakllaridir.

O’z fizik – kimyoviy xususiyatlariga ko’ra barcha suyuq dori shakllari teng taqsimlangan dispers sistema hisoblanib, suyuq dispers muhitda dorivor modda teng taqsimlangan (erigan) bo’ladi

Suyuq dori shakllarining afzalliklari

  • Dori buyurish yo’llari xilma-xil
  • Ayrim dori vositalarining shikastlovchi ta’siri kamayadi (bromidlar, yodidlar)
  • Qabul qilish oddiy va qulayligi, ayniqsa pediatriya va geriatriya
  • Yoqimsiz ta’mni niqoblash mumkinligi
  • Qabul qilingach, so’rilib tezda ta’sir erishni boshlaydi (qattiq dori shakllari esa avval erib keyin so’riladi)
  • Ayrim dorilar suyuq dori shaklida qabul qilingandagina o’z ta’sirini to’la namoyon qiladi

Suyuq dori shakllarining kamchiliklari

  • Suyuq dorilarni saqlash qiyin, chunki qattiq holatga nisbatan suyuq holatda oksidlanish, gidroliz xavfi yuqori bo’ladi
  • Eritmalar mikroorganizmlar uchun qulay muhit hisoblanadi, shu sababli ularni o’rtacha 3-10 sutka saqlash mumkin xolos
  • Tashish noqulay, tayyorlash va maxsus qadoqlash uchun ko’p vaqt talab qiladi
  • Dozalashning aniqlik ko’rsatkichi suyuq dori shakllarida qattiq dori shakllariga nisbatan pastroq
  • Bu va boshqa kamchiliklarini bataraf etish uchun ko’pchilik suyuq holatda qabul qilinuvchi dori vositalari zavodlarda maxsus tabletka, quruq misktura yoki kukun holatda tayyorlanadi, va bemorlarning o’zlari ularni qo’llashdan oldin erituvchida eritib oladilar.

Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot

Yodning 5 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 5 %)

  • Iodi 50.0
  • Kalii iodidi 20,0
  • Spiritus aethylici 95 %
  • Aquae destillatae ad 1000 ml
  • Reaktorda kaliy vodid o ‘ziga nisbatan ikki baravar ko'p miqdordagi suv yoki spirt-suv aralashmasida eritiladi, hosil bo’lgan kaliy yodidning kuchli eritmasiga yod solinadi va to’la erib ketgunicha aralashtiriladi. So'ng eritma spirt-suv aralashmasi bilan kerakli hajmgacha yetkaziladi. Bunda kaliy yodidning kuchli (to’yingan) eritmasi yod erishini tezlashtiradi va preparat turg'unligini ta'minlaydi.

Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot

Yodning 10 % li spirtli eritmasi (Sol. Iodi spirituosa 10 %)

  • Iodi 100,0
  • Spiritus aethylici 95 % ad. 1000 ml.
  • Reaktorga hisoblangan erituvchining taxminan 80 % solinadi va unga qopchiqqa joylashtirilgan yod bostirib osib qo'yiladi. Bunda yodning erish jarayoni zichliklar farqi tufayli o‘z-o'zidan aralashishi natijasida yuzaga keladi. Yod eritmasining zichligi yuqori bo’lganligi uchun pastga. spirt esa yuqoriga harakatlanadi. Yodning erishi oxiriga yetgach, qopchiq olinib. qolgan spirt bilan yuvilib eritma kerakli hajmgacha yetkaziladi.

Yodning spirtli eritmalari haqida ma’lumot

Yod eritmalari qizil - qo'ngir rangli, yodga xos hidga ega bo'lgan suyuqliklardir. Agar yod eritmasining konsentratsivasi ko'rsatilmagan bo’lsa . 5 % li yod eritmasi nazarda tutiladi. Amalda 1 va 2 % li yod eritmalari ham ishlatilib, ular toza yod va 96 % li spirtda tayyorlanadi. Yodning spirtli eritmalaridan 5 % ligi turg'un hisoblanadi. chunki uning tarkibida yod KJ3 holida bo’ladi. Yodning 10 % li spirtli eritmasida yod kuchli oksidlovchi boiganligi uchun spirt va suv bilan reaksiyaga kirishib, sirka aldegidi va kislotasi, sirka kislotasining etil spirti bilan efiri, yodid, gipoyodit, yodat kislotasi va yodoformlar hosil qiladi. Shuning uchun yodning 10 % li spirtli eritmasi qisqa muddatga tayyorlanadi.

Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash

Yodning 5% li spirtli eritmasi Solutio Iodi spirituosa 5% (Tinctura Iodi 5%)

Tarkibi : Yod 50g; Kaliy yodid 20 g; suv; hajm 1000 ml ga yetguncha spirt.

Haqiqiyligi (sifat reaksiyalari)

1. Yod molekulasiga reaksiya (J2) 0,5 ml tekshiriluvchi materialga 1 tomchi kraxmal eritmasi tomiziladi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi.

Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash

2. Yodid ioniga reaksiya (I-): 1 tomchi sinov eritmasi stakanga tomizilib, rangsizlanguncha kutiladi ( yod uchib ketadi). Qolgan mahsulot 1 ml suvda eritib, probirkaga o’tkaziladi. Keyin 1 ml xloroform, 2-3 tomchi suyultirilgan xlorid kislota, xloramin kristallari qo’shilib, yaxshilab chayqatiladi – xloroform binafsha rangga kiradi.

  • Сl2+КJ → J2+КСl

Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash

Miqdorini aniqlash

1. Yod molekulasini aniqlash (J2) : 1ml preparat rangsizlanguncha 0,1 n li natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi (V1 ml ).

1 ml 0,1 n natriy tiosulfat eritmasi 0,01269 g yodga mos keladi.

Dori moddasi (X) tarkibidagi yodning miqdorini aniqlash (g.) quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi :

Yodning spirtli eritmalari sifatini baholash

2. Kaliy yodid miqdorini aniqlash (summar titrlash): titrlagan eritmaga 5-6 ml suv, 1 ml suyultirilgan sirka kislota, 2-3 tomchi 0,5 % li natriy eozinat qo’shilib, 0,1 n kumush nitrat eritmasi bilan yorqin pushti cho’kma va uning ustida shaffof suyuqlik hosil bo’lguncha chayqatilib, titrlanadi. (V1 ml).

1 ml 0,1 n kumush nitray eritmasi 0,0166 g kaliy yodidga to’g’ri keladi

Dori moddasi (X2 tarkibidagi kaliy yodid miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Formulalardagi ko’rsatkichlar

  • V2 – summar titrlash uchun olingan AgNO3 eritmasi hajmi, ml;
  • V1 – yodni titrlash uchun olingan Na2S2O3 ning 0,1n li eritmasi hajmi, ml
  • К1 - Na2S2O3 standart eritmasi titriga koeffitsient;
  • К2 – standart AgNO3 eritmasi titriga koeffitsient;
  • Т1 — aniqlanuvchi moddaning titri (J2 uchun);
  • Т2 – aniqlanuvchi ion uchun titr (J- uchun);
  • а – titrlash uchun olingan dori moddasining hajmi;
  • Р – retreptda ko’rsatilgan dori moddanig hajmi.

Yodning spirtli eritmalari tashqi ko’rinishi bo'yicha deyarli farq qilmaydi. Ularni bir-biridan ajratish uchun ikkita probirkaga baravar miqdorda eritmalardan solib. suv tomiziladi. Bunda qaysi probirkada oldin cho'kma hosil bo’lsa , shu yodning 10 % li eritmasi bo’ladi.

Yodning spirtli eritmalari tashqi ko’rinishi bo'yicha deyarli farq qilmaydi. Ularni bir-biridan ajratish uchun ikkita probirkaga baravar miqdorda eritmalardan solib. suv tomiziladi. Bunda qaysi probirkada oldin cho'kma hosil bo’lsa , shu yodning 10 % li eritmasi bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova: “TAYYOR DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI”, Toshkent-2010;

2. А.И. Сливкин, О.В. Тринеева, А.С. Чистякова,

Е.Е. Логвинова : “Лабораторный практикум по контролю качества лекарственных средств”, Издательский Дом Воронежского государственного университета – 2014;

3. Валентина Филипповна Дзюба, Алексей Иванович Сливкин, Квасова Ирина Владимировна, Зубова Светлана Николаевна “ ЖИДКИЕ ЛЕКАРСТВЕННЫЕ ФОРМЫ” Учебное пособие для самостоятельной работы студентов обучающихся по специальности «Фармация» Воронеж- 2006;

4. Internet ma’lumotlari


E’tiboringiz

Uchun

Rahmat!!!
Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling