Reja: Tadqiqot tushunchasi


Download 13.42 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi13.42 Kb.
#1378319
Bog'liq
Abduxalilov1.doc


Mavzu:Tadqiqot haqida tushuncha va uning men uchun ahamiyati.

Reja:
1.Tadqiqot tushunchasi


2.Tadqiqotning ahamiyati

Tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. U barcha sohalar ko'lamida ko'rib chiqiluvchi maqsadga ega umumiy faoliyat hisoblanadi. Tadqiqot barcha soha vakillari uchun ham aqlan ham kasban rivojlanish uchun asosiy shart-sharoit va vazifani bajarib beruvchi kuchdir.


Tadqiqot o'zi har doim tayanadigan, asoslanadigan obʼyektivlikka, ishonchlilikka va albatta aniqlikka xos tushunchadir. Shaxsiy bilimlarimga tayanib shuni ayta olamanki, tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Shunisi bizga oydek ravshanki, tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki tushuncha— tajriba va nazariyadan iborat. Shuningdek, tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, bashorat yuritish. Eshitishim bo'yicha tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Sohamdan kelib chiqqan holda shuni bayon qilamanki, tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllaniladi.


Tadqiqotning men uchun ahamiyatiga keladigan bo'lsak, tadqiqot men uchun yangi bilimlarni yaratish, o‘zlashtirish va yangi usullar hamda masalalarni yechishga maqsadli yo‘naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy jamoaviy voqelikdir. Fikrimcha tadqiqotga insonning moddiy dunyo va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan intelektual faoliyati, deb ham qarash mumkin. Borliqni chuqur anglab yetishim va amalda qo‘llashim ikkita asosiy funksiyalardir. Boshqacha aytganda, fanni oldingi to‘plangan bilimlarim tizimi, ya’ni obyektiv borliqni o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi axborot tizimi va anglab yetilgan qonuniyatlarni amalda qo‘llash sistemasi deb qarash mumkin. Tadqiqotning ushbu funksiyalari uni obyektiv borliqni anglashimizga xizmat qiluvchi, avvalgi to‘plangan bilimlar va axborotlar va anglab yetilgan qonuniyatlarni hayotga tadbiqi tizimi sifatida qarashimizga imkon beradi. O'ylaymanki, fanni rivojlanishi – borliqni anglashni davom ettirish va uni hayotga tadbiq etishda foydalaniladigan ilmiy
asoslangan yechimlarni yaratishga,
o‘zlashtirishga tizimlashtirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatidir.


Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, tadqiqot o'zi juda keng tushuncha bo'lib, uni barcha sohalarda kuzatish mumkin, har qanday bahsli vaziyatlar uchragan hollarda aynan tadqiqot orqali unga yechim topish mumkin. Tadqiqotning nafaqat men balki butun insoniyat uchun ahamiyati katta va ijobiydir.
Download 13.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling