Reja: Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point)


Download 193.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi193.13 Kb.
#1253438
Bog'liq
raqam3 (1)



3-mavzu: Tarix ta’limida elektron taqdimot ahamiyati. 
Reja: 
1. Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point). 
2. Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichlari. 
3. Taqdimot tayyorlash dasturlari. 
4. Tarixiy jarayonlarni anglash hamda o‘qitishda elektron taqdimotlarning o‘rni va ahamiyati. 
Tayanch so‘z va iboralar: Taqdimot (prezentatsiya), Power Point, slayd, animatsiya, elektron taqdimotlar
onlayn (Online) va oflayn (Offline) xizmatlar. Internet, proektor. 
Adabiyotlar:
Ахборот – коммуникацион технологиялар (АКТ) ёрдамида математикани ўқитиш. Ўқитувчилар 
учун амалий қўлланма. –Т.: VEKTOR-PRESS, 2010. –Б.19-25. 
Губина Т.Н. Мультимедиа презентации как метод обучения // Молодой ученый. 2012. №3. –С. 345-
347. 
Информационные технологии для историков: Учебное пособие к практикуму по курсу 
«Информатика и математика». / Отв. ред. Л.И. Бородкин. –М.: МГУ, 2006. 
Лазарев Д. Презентация: Лучше один раз увидеть! / Дмитрий Лазарев. –М.: Альпина Бизнес Букс, 
2009. 
Лазарев Д. Продающая презентация / Дмитрий Лазарев. – М.: Альпина Паблишерз, 2010. 
Работаем с Impress // Основы работы в OpenOffice. - М.: Открытые Системы, 2007. 
Солоницын Ю.А. Презентация на компьютере. -СПб.: Питер, 2006. - 176 с. 
Yunusov O., Musaqov A., Dexqonov Q. Axborot texnologiyalari asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Andijon: 
2015. –Б.59-74. 
https://kartaslov.ru – Мастер презентаций (О.Н. Грибан). 
https://products.office.com/ru-ru/powerpoint - Microsoft PowerPoint расмий веб-сайти. 
https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_PowerPoint. 
http://library.ziyonet.uz/. 
https://studfile.net/preview/5445065/page:64-69/. 
https://infopedia.su/7x7894.html. 
Bugungi kunda turli kompaniyalarining dasturchilari tomonidan taqdimotlarni tayyorlashga qaratilgan 
maxsus dasturlarni yaratish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yildan yilga takomillashtirilmoqda. Kompyuter va 
multimediali texnologiyalarining rivojlanishi ma’ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya bilan sifatli 
tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot 
sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Natijada taqdimot tayyorlash tizimi yangilanib, 


taqdimotlardan hamma joyda, xususan davlat idoralari, o‘quv muassasalari va biznesda keng foydalanish 
imkoniyati ham kengayib bormoqda. 
Taqdimot shakllari har xil bo‘lishi mumkin: ko‘rgazma stendida, savdo paytida yoki do‘konda xaridor 
bilan aloqada, ma’ruza auditoriyasida, televidenie va hokazo. Taqdimot biznesda marketing, jamiyatda 
jamoatchilik, o‘quv jarayonida o‘quvchi, talabi va bilim oluvchi bilan aloqa o‘rnatish vositalaridan biridir. 
Bundan tashqari, u axborotni qulay his qilish uchun tashkil etilgan mavzu, ssenariya va tuzilishga ega. 
Taqdimotning o‘ziga xos xususiyati uning interaktivligi, ya’ni foydalanuvchi uchun yaratilgan boshqaruv 
elementlari orqali o‘zaro ta’sir o‘tkazish qobiliyatining mavjudligidir.
Hozirgi kunda jahonda taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan ko‘plab professional 
biznes-trenerlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan biri rossiyalik Dmitriy Lazarev hisoblanadi. U 1999-yildan 
beri professional ravishda mashg‘ulotlar olib boradi. Uning «Prezentatsiya: Luchshe odin raz uvidet!» 
nomli kitobida samarali taqdimot uchta elementini ko‘rsatib o‘tadi: 
1. Loyihalashtirilgan slaydlar — ularda imkon qadar – minimal matn, maksimal tasvirlarning vizual 
bo‘lishi. Aniq va sodda. 
2. Taqdimotning matn tarkibi (dalillar, faktlar, isbotlar, his-tuyg‘ular, misollar) — og‘zaki nutqimizda 
bo‘lishi kerak. Ammo slaydlarda emas!!! 
3. Tarqatish materiallar — jonli ijro kabi bir xil chuqurlik va kenglikka ega bo‘lishi kerak. Odamlar 
proektor rasmlarining ko‘zdan g‘oyib bo‘lishiga emas, balki ular ushlab ko‘radigan va o‘zi bilan olib 
ketishi mumkin bo‘lgan narsalarga ko‘proq ishonadilar. YOzma hujjat hurmatga sazovor. Bundan 
tashqari, tarqatma materiallar sizning tinglovchilar bilan aloqangizni hujjatlashtiradi. 
Ushbu xulosalardan ko‘rinib turibdiki, professional tayyorlangan taqdimot barcha katta-kichik 
auditoriyani hayratda qoldirish imkoniyatini beradi. Bu holat tarixchilar tomonidan taqdimotning 
mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalari, uni yaratish va qo‘llash bo‘yicha kerakli malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga undan unumli foydalanishni talab qilmoqda. 
Shu o‘rinda taqdimot, ya’ni «prezentatsiya» atamasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u lotincha, praesento – 
taqdimot; praesentatio — taqdim etish (savdo sohasida) degan ma’noni anglatib, biror narsa (tashkilot, 
loyiha, mahsulot va h.k.) taqdim etish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki hujjatlar to‘plami hisoblanadi. 
Taqdimotning asosiy maqsadi – tinglovchilarga taqdimot ob’ekti haqida ma’lumotlarni qabul qilish 
uchun qulay shaklda to‘liq ma’lumot berishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun taqdimotlar yaratishga 
mo‘ljallangan barcha dasturlarda matn, gipermatnli havolalar, rasmlar, grafikalar, videolar, musiqa va 
ovozlar kombinatsiyasidan tashqari o‘ziga xos quyidagi taqdimot elementlari qo‘llaniladi: 
Animatsiya — bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, 
rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig‘indisi, ya’ni slayda quyilgan ob’ektlarning ma’lum 
tartibda hosil bo‘lishi. 
Dizayn qolipi — professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoqlar, jilolar, tovushlar 
namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Slayd — bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va 
diagrammalarni olishi mumkin. Shu bilan u ob’ektlarning kombinatsiyasi shaklida murakkab tuzilishga 
ega bo‘lgan video materiallar sahifasini (ramkani) ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Slayd ob’ektlari 
quyidagilardan iborat: fon, matn, jadvallar, grafik tasvirlar, diagrammalar (grafikalar), ko‘priklar, 
videokliplar, ovoz va boshqalar. Slaydlarni namoyish qilishda kompyuter va multimediya proektori talab 
qilinadi, ularning maqsadi boshqa texnik o‘quv qo‘llanmalar bilan bir xil. 
Tarqatiladigan material — qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘ljallangan materiallar.


Ranglar sxemasi — bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‘plam bo‘lib, prezentatsiyalar uchun asosiy 
ranglar sifatida ishlatiladi. Bularning barchasi taqdimotning mazmuni, sifatini va ahamiyatini boyitadi. 
Hozirda taqdimot yaratish uchun paketlar bozori ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda: 
1. Professional bo‘lmagan foydalanuvchi uchun taqdimotlarini yaratish dasturlari (masalan, Microsoft 
kompaniyasining «PowerPoint» dasturi, Corel korporatsiyasining «Corel Presentations», Lotus Software 
kompaniyasining «Freelance Graphics» dasturi, Software Publishing kompaniyasining «Garvard 
Graphics» dasturi);
2. Professional yo‘naltirilgan va yanada rivojlangan imkoniyatlar bilan ta’minlash dasturlari (masalan, 
Visual Software firmasining «Visual Reality for Windows», Macromedia firmasining «Action» va 
«Macromedia Director», Gold Disk firmasining «Astound» dasturi va boshqalar). 
Taqdimotlarni belgilangan maqsadga ko‘ra qo‘yidagicha tasniflash mumkin: 
O‘quv taqdimotlar. Ular asosan ta’lim sohasida: yangi material taqdimotida talabalarning bilimlarini 
nazorat qilish, o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun va boshqa o‘quv jarayonlarida 
qo‘llaniladi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari. Ko‘pincha bunday taqdimotlar tadqiqotchilarning chiqishlarida uchraydi. Bunday 
taqdimotlarning maqsadi ularning ilmiy yutuqlarini e’lon qilishdir. 
Portfolio. Odatda, bu muallifning yutuqlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mualliflik taqdimotlari. Bunday 
taqdimotlar slaydlarida odatda turli xil sertifikatlar, nashr etilgan dalillar va boshqalar mavjud. 
O‘quv materialini taqdim etish usuli asosida 2 turdagi taqdimotlar ajratiladi. 
1. Chiziqli, ya’ni o‘quv taqdimotlari. Bu taqdimotlarning eng keng tarqalgan turi – ulardan o‘qituvchi, 
uslubchi, tadqiqotchi keng foydalanadi. Texnik jihatdan bunday taqdimotlar juda sodda ko‘rinadi – 
slaydlar boshidan oxirigacha ketma-ket bir-birini o‘zgartiradi. Bunday taqdimotlarning qulayligi aniq - 
tushuntirish mantig‘ini yaratish va materiallarni o‘quvchilarga etkazish oson. 
2. Chiziqli bo‘lmagan yoki interfaol taqdimotlar. Bunday taqdimotlarning materiallari talabaning mustaqil 
o‘zlashtirishi uchun mo‘ljallangan. Interfaol taqdim etish bunday o‘zlashtirishni aniq va qiziqarli qiladi. 
Taqdimotlar (prezentatsiya) tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office 
ilovasidagi ― PowerPoint dasturidir. Shu o‘rinda PowerPoint dasturi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni 
beradigan bo‘lsak ular quyidagilardan iborat. 
Microsoft PowerPoint (to‘liq nomi – Microsoft Office PowerPoint, inglizcha, power point – ishonarli 
hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, Microsoft 
Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, MacOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. 
PowerPoint da yaratilgan taqdimotlar proektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o‘lchamli 
televizion ekranlarda ko‘rishga mo‘ljallangan.
Dasturning yaratilish tarixi. PowerPoint yaratish fikri Berkli universiteti talabasi Bob Gaskins (Bob 
Gaskins)da paydo bo‘ladi. 1984-yil Gaskins «Forethought, Inc.» (1983-yilda tashkil topgan) kompyuter 
dasturiy ta’minot kompaniyasiga qo‘shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga 
yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis 
dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb 
o‘zgartirishga qaror qiladi. 
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. 
Keyinchalik Macintosh ning rangli ko‘rinishlari paydo bo‘lgan va dasturning ham rangli versiyasi 
yaratilgan. PowerPoint ning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko‘k jildli kitob shaklidagi yo‘riqnoma 


kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo‘riqnomaga 
o‘tishga qaror qiladi. 
1987-yilda Maykrosoft (Microsoft Corporation, Microsoft) kompaniyasi tomonidan Forethought va 
PowerPoint 14 mln. AQSh dollariga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to‘plamidagi Windows 
uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPoint ning paydo bo‘lishi bilan u 
Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. Dasturning versiyalari quyidagi jadvalda o‘z aksini 
topgan: 
№ 
Yil 
Versiya 
Nom 
Izoh 

1990 
2.0 
PowerPoint 2.0
Windows 3.0 uchun 
MS Office 1.x tarkibida 

1992 
3.0 
PowerPoint 3.0
Windows 3.1 uchun 
MS Office 3.0 tarkibida 

1993 
4.0 
PowerPoint 4.0 
MS Office 4.x tarkibida 

1995 
7.0 
PowerPoint
Windows 95 uchun 
Office 95 tarkibida 

1997 
8.0 
PowerPoint 97 
Office 97 tarkibida 

1999 
9.0 
PowerPoint 2000 
Office 2000 tarkibida 

2001 
10 
PowerPoint 2002 
Office XP tarkibida 

2003 
11 
PowerPoint 2003 
Office 2003 tarkibida 

2007 
12 
PowerPoint 2007 
Office 2007 tarkibida 
10 
2010 
14 
PowerPoint 2010 
Office 2010 tarkibida 
11 
2013 
15 
PowerPoint 2013 
Office 2013 tarkibida 
12 
2016 
16 
PowerPoint 2016 
Office 2016 tarkibida 
13 
2018 
17 
PowerPoint 2019 
Office 2019 tarkibida 
Formatlari. Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko‘rinishlarda saqlanishi mumkin: *.ppt – 
PowerPoint taqdimoti; *.pps – faqatgina PowerPoint taqdimoti; *.pot – PowerPoint modeli. 
PowerPoint 2007 o‘zining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. 
Shundan so‘ng taqdimotlar — *.pptx, *.ppsx, *.potx ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Taqdimotga audio fayl 
qo‘shish uchun MPEG LAER 3 18 hb 11025 hz stereo formatini ishlatish zarur. 
Muvofiqligi. PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPoint ga taqdimot yaratuvchi 
dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari 
foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo‘natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan 
muvofiqlikni ta’minlash zaruriyatini bildiradi. PowerPoint ning ba’zi taqdimotlari Windows tizimiga 


o‘rganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yo‘q. Shu sababli Microsoft ochiq 
standartlarga o‘tishga qaror qildi (https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_PowerPoint). 
PowerPoint dasturi yordamida slaydlarni qo‘llab ma’ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, 
qog‘ozlarga, 35 millimetrli slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan 
birga tinglovchilarga tarqatish uchun ma’ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin. 
Power Point foydalanuvchini hamma narsalar bilan ta’minlaydi. Bu dastur bilan ishlash uchun kuchli 
vositalar, shuningdek, turli chizmalar chizish, rasm solish vositalari, diagrammalar qurish, namoyish 
qilishning keng standart to‘plami va shunga o‘xshash materiallar bilan ta’minlangan. Dasturning 
kamchiligi: parolingiz bo‘lgan taqdimotlar ochilmaydi. 
Elektron taqdimot ― bu kompyuter slaydlari shaklida tayyorlangan taqdimot materiallari to‘plangan 
fayl. Kerakli texnik jihozlar mavjud bo‘lganda, bu slaydlar ekranda kengaytirilgan shaklda 
loyihalashtirilishi mumkin. Elektron taqdimotlarning samaradorligi axborot texnologiyalari usullari va 
vositalaridan oqilona foydalanishga, muayyan ehtiyojlarni qondirish uchun sifatli axborot mahsulotlarini 
yaratish uchun texnologiya qoidalari va talablarini bilishga bog‘liq. 
Elektron taqdimot kompyuter animatsiyasi, grafikalar, musiqa, matn, audio qator va videolarni 
birlashtirgan juda kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan axborot mahsulotidir. Elektron taqdimotlardan 
interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishning barcha bosqichlarida qo‘llash mumkin: Jumladan, 1) o‘quv 
ma’lumotining manbai sifatida – yangi o‘quv materialini tushuntirishda, o‘rganilganlarni takrorlash va 
tuzatish; 2) ta’lim qobiliyatlari va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida simulyator sifatida; 3) tadqiqot 
ishlarini tashkil qilish, o‘z-o‘zini tayyorlash va shaxsiy ishlarni tashkil qilish uchun axborot manbai 
sifatida. 
Hozirda elektron taqdimotlarning bir necha turlari mavjud. Xususan, namoyish qilish texnikasi bo‘yicha 
turlari: 
Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan interaktiv taqdimotlar. Tinglovchilar oldida ma’ruzachi 
tomonidan materialni namoyish qilishda foydalaniladi. Bunday taqdimotni namoyish etish jarayoni 
Taqdimotchi tomonidan boshqariladi va taqdimot namoyishini o‘z sharhlari bilan kuzatib boradi. Bundan 
tashqari, ushbu turdagi taqdimotlar ko‘rgazma va savdo zallarida axborot shoxobchalari ekranlarida 
ko‘rsatilishi mumkin, faqat bu holda taqdimot tomoshabin tomonidan boshqariladi – bu ma’lumotga 
murojaat qilgan kishi.
Doimiy ravishda taqdimotlar. Ushbu turdagi taqdimotlar foydalanuvchi ishtirokisiz ishlatiladi. Ular 
asosan plazma paneli va monitorlarda taqdimot, savdo zallari, ko‘rgazma stendlari va maqsadli 
auditoriyaning boshqa joylarida namoyish etiladi. 
Format turi bo‘yicha elektron taqdimotlar turlari: 
PowerPoint da taqdimotlar. Ushbu taqdimotlar yaratilishning eng oson yo‘li. Power Point animatsiya, 
ovoz va skriptlarni qo‘shish orqali Slaydshou shaklida oddiy taqdimotlar yaratishga imkon beradi. Ushbu 
turdagi prezentatsiyalar professional dizayner tomonidan yaratilgan bo‘lsa va uning barcha tarkibiy 
qismlari – grafikalar, matnlar, animatsiyalar – bir xil uslubda yaratilgan bo‘lsa yaxshi ko‘rinishi mumkin; 
Acrobat taqdimotlar – PDF formatida taqdimotlar. Ushbu turdagi prezentatsiyalar statik sahifalar 
to‘plami bo‘lib, pochta jo‘natmalari yoki printerda chop etish uchun ideal. Bunday prezentatsiyalarda 
asosiy ta’sir etuvchi omillar chiroyli dizayn va to‘g‘ri taqdim etilgan ma’lumotdir. Asosiy afzalliklari – 
oddiylik, qulaylik, kichik fayl hajmi. Kamchiligi – statiklik holati, ya’ni harakatsizlik. PDF formati elektron 
hujjatlarni o‘zaro faoliyat platformalash uchun mo‘ljallangan xalqaro standartdir. O‘rtacha foydalanuvchi 
uchun bu degani PDF taqdimoti universal va dunyoning istalgan nuqtasida har qanday kompyuterda 
ko‘rish mumkin. Taqdimot mazmuni ― *.pdf formatida, odatda, axborot tabiati; 


Flash formatida taqdimotlar. Ushbu turdagi prezentatsiyalar eng texnologik va funksionaldir, chunki 
Flash texnologiyasi dizaynerni ijodiy rejani amalga oshirishda hech narsa cheklamaydi. Flash vektor 
(miqdor va yo‘nalishga ega bo‘lgan kattalik) grafika, animatsiya, video, ovoz, skriptlarni qo‘llab-
quvvatlaydi. Faqat professional flash-dizayner chiroyli va funksional Flash taqdimotini yaratishi mumkin. 
Video, o‘yin yoki mini-sayt shaklidagi Flash taqdimotlarni yaratish eng qiyin, lekin eng ajoyib, animatsiya 
bilan boyitilgan ish hisoblanib, taqdimot turining formati ― *.swf yoki *.exe. Odatda, bu 
mahsulot/xizmat/brendni targ‘ib qilish vazifalarini hal qiluvchi reklama mazmunli taqdimotlar. Flash 
taqdimoti oddiy, bitta rollarda yoki interaktiv shaklda bo‘lishi mumkin, bu foydalanuvchi ko‘rish 
jarayonida faol ishtirok etishni ta’minlaydi (masalan, o‘yin yoki mini-sayt ko‘rinishidagi taqdimot); 
Slayd namoyishi yoki panorama shaklida Flash taqdimoti. Bunday taqdimotlar ham reklama, ham 
axborot xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ajralib turadigan xususiyati sifatli fotosuratlardan 
foydalanish yoki matn bilan birgalikda slaydlarni ko‘rsatish uchun tayyorlangan. Ijro formati ― *.fla, 
*.exe. 
Axborotni taqdim etish usuli bo‘yicha elektron taqdimotlar turlari: 
Statik (harakatsiz) taqdimotlar — ma’lumotlar harakatsiz holatda rasm va matn shaklida taqdim 
etiladigan taqdimotlar turi. 
Jonlantirilgan taqdimotlar — animatsiya yordamida taqdim etiladigan prezentatsiyalar turi. 
Multimedia taqdimotlari — animatsiya, grafik, matn, interaktiv elementlar, uch o‘lchamli ob’ektlar, ovoz, 
video ishlatiladigan prezentatsiyalar turi. Ushbu taqdimotlar o‘quvchi va talabiga o‘quv matni, 
tinglovchiga taqdimot materialini, ya’ni hujjat qismlari, jadval, diagramma, xarita, portret, fotosurat, 
rasm, audio va video bo‘limi bilan tanishtirishga imkon beradi. Multimedia prezentatsiyalarining asosiy 
va shubhasiz afzalliklari — ularda deyarli har qanday formatni – PowerPoint, PDF va video 
prezentatsiyalarni joriy etish imkoniyati. Multimedia taqdimotlari yangi materialni tushuntirish bilan 
birga keladi, bu darsning ahamiyatini, axborot mazmunini va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 
Video taqdimotlar — taqdimotlar turi bo‘lib, unda axborot videofilm shaklida taqdim etiladi. Ushbu 
shaklda taqdimotlar kompyuter grafikasi va boshqa animatsion maxsus effektlar jonli rasmga – video 
tasvirga yo‘l beradi. Ushbu turdagi prezentatsiyalar o‘tmishga o‘tadi va bu video imkoniyatlarining 
chegaralanganligi bilan bog‘liq, chunki 5-7 daqiqadan ko‘proq vaqt talab qiladigan odatiy 
prezentatsiyalar tomoshabinlar tomonidan qabul qilinmaydi va bunday vaqt davomida video yordamida 
barcha kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin emas. Bundan tashqari, video zerikarli korporativ filmlar 
va boshqa zerikarli formatlar bilan bog‘liq — bu taqdimotning ushbu shaklining yana bir kamchiligi. 
Asosiy afzallik-tirik, ishonch hissi, rasm. 
3D taqdimotlar — ma’lumotlar uch o‘lchamli grafikalar va uch o‘lchamli animatsiya yordamida taqdim 
etilgan taqdimotlar. Ushbu turdagi taqdimotni amalga oshirish uchun birinchi navbatda kerakli 
mahsulotning uch o‘lchamli modeli qayta yaratiladi. Animatsiyaning mohiyati-qayta ishlab chiqarilgan 
mahsulotni turli tomonlardan yoki uning ichida ko‘rsatishdir. Ushbu turdagi reklama ma’lumotlarini 
taqdim etish qurilish sohasida juda mashhur bo‘lib, kelajakdagi binoning uch o‘lchamli modeli qo‘lga 
kiritilganda va keyinchalik reklama yoki axborot maqsadlarida namoyish etiladi. Ijro formati ― *.exe. 
Taqdimot iloji boricha samarali bo‘lishi uchun uni yaratishda bir necha muhim bosqichlar belgilab olish 
kerak. Taqdimotni yaratish jarayoni sxematik tarzda quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
1-bosqich. Taqdimot maqsadini aniq ifoda qilish. Taqdimotni namoyish qilishdan maksimal foyda olish 
uchun maqsad aniq va bitta jumlada ifodalangan bo‘lishi kerak. Odatda, mashg‘ulot taqdimotining 
maqsadi darsning maqsadi bilan bir xil. 


2-bosqich. Materiallarni to‘plash va tizimlashtirish. Ushbu bosqichda uni haddan tashqari oshirmaslik 
juda muhim: materiallar, albatta, taqdimot uchun etarli bo‘lishi kerak, ammo slaydlarda faqat eng 
muhim ma’lumotlarni taqdim etish kerakligini unutmang. 
Materialni tanlayotganda, slaydlarga chiqariladigan so‘zlarni yoki iboralarni darhol shakllantirish tavsiya 
etiladi. Bu osonlik bilan jadval shaklida amalga oshiriladi, chap ustunda tinglovchilarga og‘zaki ravishda 
etkaziladigan ma’lumotlar, o‘ngda - slaydlar uchun materiallar (matnlar, rasmlar, diagrammalar va 
boshqalar) joylashadi. 
3-bosqich. Taqdimot konsepsiyasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda taqdimotning qaysi turidan 
foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi (siz ilgari muhokama qilingan tasniflarni asos qilib olishingiz 
mumkin). Masalan, siz o‘quv taqdimotini tanlashga qaror qildingiz va taqdimotni Microsoft PowerPoint 
da tayyorlangansiz. Bunday holda, mavjud material taqdimot mantig‘i aniq ko‘rinadigan va taqdimotning 
o‘zi aniq pedagogik maqsadga erishadigan tarzda qurilishi kerak. 
4-bosqich. Taqdimot dizaynini yaratish. Birinchi prezentatsiyalarni yaratishda siz o‘zingizni tayyor 
shablonlarni tanlash bilan cheklashingiz mumkin, keyinchalik taqdimot uchun o‘z uslubingizni o‘ylab 
topishingiz kerak. Ushbu bosqichda taqdimotda qaysi ranglar ustun bo‘lishini, slaydlar orasidagi o‘tish 
qanday bo‘lishini va hokazolarni hal qilish kerak. Odatda vizual ravishda farqlaydilar: sarlavha, asosiy, 
ya’ni tarkibiy tuzilish, slayd - ajratuvchi (taqdimot bloklarini vizual ajratish uchun ishlatiladi) va yakuniy 
slaydlar. 
5-bosqich. Taqdimotni to‘ldirish. Materiallarni jadvalning ikkinchi ustunidan slaydlarga o‘tkazish lozim (2-
bosqichga qarang). Asosiy materialga qo‘shimcha ravishda slaydlarda sarlavha bo‘lishi ham kerak. Agar 
qo‘shimcha grafik materiallardan (masalan, piktogrammalar - strelkalar, yulduzlar va boshqalar) 
foydalanganda unda ushbu bosqichda ularni slaydlarga qo‘shish lozim. 
6-bosqich. Matn va grafikani optimallashtirish. Matn materiallaridan qaysi birini illyustratsiya (rasm) yoki 
sxema bilan almashtirish mumkinligini hal qilish muhim bosqich hisoblanadi. Agar matn qoldirilishi kerak 
bo‘lsa, unda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
matnning katta abzats (xat boshi)larini qisqartirish yoki bir nechta slaydlarga bo‘lish; 
katta matn bloklarini markaz bo‘yicha tekislashdan foydalanmaslik; 
raqamlarni ro‘yxat shaklida taqdim etish; 
animatsiya effektlarni matnlarga qo‘llamaslik. 
Miqdoriy ma’lumotlarni diagrammalar yordamida tasavvur qilinishi mumkin - bu taqdim etilgan 
materialga aniqlik kiritadi. 
7-bosqich. Slaydlar sahifalash. Matnlarga shriftlar va ranglarning bir xil turlari beriladi. Sarlavhalar va 
matnlar (bir slayddan ikkinchisiga o‘tish paytida, matnlar o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib «sakramasligi» uchun) 
yo‘naltiruvchi yoki setka bo‘ylab tekislanadi. Agar kerak bo‘lsa, taqdimot elementlariga animatsiya 
effektlar qo‘shiladi (masalan, sxema yoki bosqichlarni bosqichma-bosqich namoyish qilish). 
8-bosqich. Taqdimotni sinovdan o‘tkazish. Ushbu bosqichda nutq matnini slaydlar bilan bog‘lash kerak. 
Taqdimotni namoyish rejimida tekshirish slaydlar, animatsion effektlar bilan ishlash qulayligini nazorat 
qilish imkonini beradi. 
Taqdimotlar orqali tarix faniga oid turli mavzular va loyihalarni aniq va qiziqarli ma’lumotlar bilan 
auditoriya va keng jamoatchilikka taqdim etish, ularni muvaffaqiyatli himoya qilish ishni baholashning 
muhim jihatlaridir. Shuning uchun taqdimotlar yaratish dasturlari ham ta’lim muassasalari, ham 
tashkilotlar uchun shu qadar dolzarb va ahamiyatlidir. 


Shuni ta’kidlash lozimki, taqdimotlarni oflayn rejimida yaratiladigan kompyuter dasturlari (Microsoft 
PowerPoint, OpenOffice Impress, Kpresenter, Kingsoft Presentation, rus tilidagi Proshow (ПромоШоу) 
va boshqalar) yoki dizayn shablonlari va boshqa taqdimotlarga tegishli funksiyalarning katta tanlovini 
taklif qiluvchi onlayn grafik dizaynerlar, ya’ni veb-xizmat (servis)lar (Google Prezentatsiyalar, PowerPoint 
Online, Keynote, Prezi, Slides, Canva, Swipe, SlideRocket, Haiku Deck, SlideShare va boshqalar) 
yordamida taqdim etish mumkin.
OpenOffice Impress — multimedia taqdimotlarini yaratish va ko‘rish uchun kuchli va samarali dastur. 
OpenOffice.org. tarkibiga kiruvchi bu dastur taqdimotlaridan PDF fayllarni yaratishi va qo‘shimcha 
ravishda ularni Adobe Flash (SWF) formatiga eksport qilishi mumkin, bu ularni o‘rnatilgan Flash Player 
bilan har qanday kompyuterda ko‘rish imkonini beradi. Fayllarni bir nechta formatlarda (jumladan, 
Microsoft PowerPoint da ishlatiladigan .ppt.) ko‘rsatish, tahrirlash va saqlash mumkin. Bu dastur 
taqdimotlar (prezentatsiyalar) yaratishda grafikalar, jonlantirilgan va chizilgan rasmlar, matnli qismlar va 
multimedia komponentlaridan foydalanish imkonini beradi. Aslida OpenOffice Impress oddiy va 
miniatyura taqdimot materiallari bilan ishlash va ishlash uchun mo‘ljallangan MS PowerPoint 
soddalashtirilgan analogidir. 
KPresenter — bu KOffice va KDE loyihalarining bir qismi bo‘lgan mustaqil taqdimot dasturi. KPresenter – 
bu Microsoft PowerPoint, LibreOffice Impress va OpenOffice.org Impress kabi oddiy taqdimot dasturi 
bo‘lib, asosiy dizayn xususiyatlari va shablonlari to‘plamiga ega. Formatiga qo‘shimcha ravishda 
KPresenter taqdimotlarni OpenDocument, JPEG, PNG, BMP, SVG formatlarida saqlashi mumkin. Ushbu 
dastur yordamida taqdimot yaratish juda oson. Dastur slaydlarning har birini tahrirlash imkoniga ega 
bo‘lgan yaxshi jonlantirilgan o‘tishni o‘z ichiga oladi. KPresenter rasmlar va shriftlarni qayta ishlash 
uchun a’lo ish qiladi, oynaning chap tomonida joylashgan slayd tuzilish paneli juda foydali - agar siz 
boshqa elementlarning ko‘pligi ostida yashirilgan matnni tuzatish kerak bo‘lsa, foydalidir. 
Kingsoft Presentation keng funksiyalarga ega bo‘lgan bepul taqdimot dasturi. Agar siz mutlaqo bepul 
yordamchi dastur (utilit) izlayotgan bo‘lsangiz, unda Kingsoft Presentation dasturini sinab ko‘rish 
mumkin. U ishlashni osonlashtirish uchun mukammal parametrlariga ega. Lekin uning pullik versiyasida 
ko‘proq imkoniyatlar jamlangan. Dasturning istalgan versiyasida quydagilar mavjud: 
taqdimot uchun mavjud elementlarning katta soni; 
Slayd-shou video va audio foydalanish qobiliyati; 
oson slaydni tahrirlash va dasturlarni boshqarish; 
slaydlar orasidagi o‘tishlarning bir necha variantlari, ko‘rsatish vaqtini rostlash qobiliyati; 
Slayd-shouni PDF formatida aylantirish imkoniyati. 
Interfeys bir vaqtning o‘zida bir nechta taqdimotlar ustida ishlash imkonini beruvchi sekmeli tuzilishga 
ega. Lekin dasturning bir muhim kamchiligi bor - u ruslashtirilmagan, bu tajribasiz foydalanuvchilarning 
ishini qiyinlashtiradi. 
Rus tilidagi – ПромоШоу— dastur taqdimotlar yaratishda o‘ziga xos imkoniyatlari bilan ajralib turadi. U 
PowerPoint taqdim etganlardan farq qiladigan noyob instrumentlarga ega. Dasturning asosiy maqsadi 
ovoz va turli effektlar bilan taqdimotlar yaratishdir. Uning kengaytirilgan funksiyalari saytlarda yaxshi 
ko‘rinadigan yoki konferensiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan video taqdimotlarni yaratish imkonini 
beradi. Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
taqdimotlarni yaratish texnologiyasining yaxshi tashkil etilganligi; 
etarli instrumentlar to‘plamiga ega bo‘lishi, ya’ni turli xil effektlar, o‘tishlarni o‘z ichiga olganligi; 
uch o‘lchamli grafikani qo‘llab-quvvatlaydi; 


har bir slaydni namoyish qilishni sozlash imkoniyati; 
audio qo‘shish va uni tahrir qilish qobiliyati; 
natijani YouTube yoki DVD ga eksport qilish. 
Loyihani tayyorlash uchun faqat rasmlarga ega bo‘lish kifoya. Boshqa hamma narsalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ilovadan topishingiz mumkin. 
SoftMaker Presentations — bu SoftMaker tomonidan ishlab chiqilgan va Microsoft PowerPointga mos 
keladigan taqdimot dasturi. Bu universal dastur SoftMaker Office paketining bir qismi bo‘lib, grafik 
taqdimotlar bilan ishlaydi. U bilan slayd-shoularni yaratish, ajoyib grafika, rangli animatsiyalar va 
fayllarni o‘tkazish, shuningdek, ovozli va videofayllardan foydalanish ham mumkin
SoftMaker Presentations ning birinchi versiyasi 2007-yil noyabr oyida SoftMaker Office tijorat 
to‘plamining bir qismi sifatida chiqarildi va «2008» versiyasini oldi. 2011-yil may oyida ushbu versiya 
bepul dastur sifatida ham chiqarildi. Ikkinchi versiya – 2009-yil noyabr oyida SoftMaker Office 2010 ning 
bir qismi sifatida chiqarilgan SoftMaker Presentations 2010. Ushbu nashr Microsoft PowerPoint ga 
o‘xshagan yon panelni qo‘shdi, video-eksport, DirectX tezlashtirilgan animatsiyalar va o‘tish, rasm 
to‘plamlarini qo‘llab-quvvatlash va yaxshilangan PDF eksportga ega bo‘ldi. Dastur Microsoft PowerPoint 
ning - *.ppt, *.pps va *.pptx fayllarini o‘qiydi va yozadi. Hozirgi versiyasi Presentations 18.
Google Prezentatsiyalar (Google Slides) — bu Google ning etakchi taqdimot ilovasi bo‘lib, u Google Docs 
ning bir qismi sifatida brauzerda joylashgan. Unga https://www.google.com/slides — adresi bo‘yicha 
o‘tiladi. Bundan tashqari, u mutlaqo bepul va barcha platformalarda ishlaydi: Windows, macOS, Android, 
iOS va boshqalar. Slaydlar Google Drive xizmatlari paketining bir qismidir, siz taqdimotni 
kompyuteringizga saqlamasdan ham Internetda ishlashingiz mumkin. Uning yordamida taqdimotga turli 
mavzular, shriftlar, videolar, animatsiya effektlari va boshqa ta’sirchan vositalarni qo‘shish mumkin. 
Taqdimotni tezda yaratishga imkon beradigan bir nechta standart mavzu va maketlar ham mavjud. 
Yaratilgan videoni istalgan monitorda namoyish etish mumkin. Platforma Chromecast, Hangouts va 
AirPlay ni qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturda 20 mavzudagi shablonlarga ega bo‘lgan kutubxona mavjud 
bo‘lib, ularda animatsiya, ovoz effektlari va videofayllar mavjud emas, ammo ularni o‘zingizga moslab 
tahrirlab, sozlashingiz mumkin.
Google Prezentatsiyalar quyidagi foydali xususiyatlarni taqdim etadi: 
Yangi taqdimotlarni yaratish va mavjudlarini tahrirlash; 
Slaydlarga kirishni sozlash va boshqa foydalanuvchilar real vaqt rejimida ularning ustida ishlash; 
MS PowerPoint fayllarini ko‘rish, tahrirlash va saqlash; 
PPTX formatidagi taqdimotlarini Google taqdimotlarga aylantirish; 
Taqdimotni *.pptx, *.pdf, *.svg, *.png, *.jpg, *.txt. - formatda saqlash; 
Internetga ulanmasdan hujjatlarga oflayn kirish va tahrirlash; 
Slaydlarni yaratish va aylantirish, matn, rasm va boshqalarni formatlash; 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil qurilmada prezentatsiyalarni ochish va ko‘rib chiqish; 
Barcha o‘zgarishlarni avtomatik ravishda saqlash; 
Kamchiliklari: qo‘llab-quvvatlanadigan formatlarning kamligi; maxsus dizayn imkoniyatining 
cheklanganligi; tayyor shablon va effektlarlarning ozligi; ishlash uchun Google akkaunt ro‘yxatidan 
o‘tkazish kerak. 


Keynote (Apple Keynote) — Apple Inc kompaniyasining iWork ofis dasturlari to‘plamining bir qismi 
sifatida MacOS, veb va iOS (iPhone OS - bu Amerikaning Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan - 
smartfonlar, elektron planshetlar, taqiladigan pleerlar uchun mobil operatsion tizim) ilovalari uchun 
ishlab chiqilgan. https://www.apple.com/keynote/ — adresi bo‘yicha o‘tiladi. MS PowerPoint ning asosiy 
analogi va raqibi. Asosiy farq – Apple interfeysi va texnologiyasiga xos bo‘lgan soddaligi. Keynote asosan 
Mac da ishlash, bu prezentatsiyalar uchun eng yaxshi dasturiy ta’minot to‘plami bo‘lishi mumkin. 2003 
yilning 7 yanvarda birinchi versiyasi taqdim etilgan. Keng ko‘lamli effektlar va o‘tishlarni o‘z ichiga oladi, 
shablon yordamida ajoyib taqdimotlarni yaratishni tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Keynote ning Power Point ga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat:
kollektiv tahrirlash imkoniyati; 
shablonlarga ega bo‘lgan kutubxona; 
zaxira: Dropbox, iCloud, Gmail xizmatlar talablariga mosligi; 
masofadan boshqarish; 
Mac va Windows da ishga tushirish; 
mobil telefonda ham taqdimot qilish. 
Keynote dasturi Mac kompyuterlari, iPad, iPhone da ishlatiladi. Shunday bo‘lsada, biroq bu dastur 
PowerPoint taqdimotlarini tahrir qilish (*.pptx va *.ppt) va ularni boshqa PowerPoint yoki PDF formatida 
saqlash imkonini beradi. Biron marta taqdimot o‘tkazgan har qanday kishi uchun Keynote ni o‘rganish 
qiyin bo‘lmaydi. Mahsulot interfeysi sodda. U quyidagi xususiyatlarga ega: 30 ta noyob mavzular 
yordamida bezak berish; Matnlar, rasmlar, videolar, jadvallar, grafikalar, diagrammalarni kiritish; Slayd 
tarkibini tuzish uchun maketni tanlash; Muhim fikrlarni ta’kidlash uchun animatsiya effektlari; Slaydlar 
orasidagi o‘tish; Ilovaning o‘zida ovozni yozib olish va tahrirlash. Keynote 9.0.1 – dasturning so‘nggi 
versiyasi hisoblanadi (2019-yil 3-aprel). 
Prezi — bu mustaqil ravishda sozlanishi mumkin bo‘lgan shablonlar kutubxonasiga asoslangan masofali 
xizmat kўrsatuvchi interaktiv taqdimot yaratuvchi dasturiy ta’minotdir. Uning Internetda, Windows va 
Mac da, iOS uchun dasturi mavjud. Prezi ni qo‘llash uchun Internet tarmog‘idan http://prezi.com — 
adresi bo‘yicha o‘tiladi va shu saйtda ro‘yxatdan o‘tiladi. Taqdimotlar dinamik formatga ega, bu funksiya 
slaydlarni varaqlab chiqmasdan mavzularni almashtirishga imkon beradi. Yaratilgan fayllar bulut 
(oblako)da ham, kompyuterda ham saqlanishi mumkin, shuningdek, ularga tasvirlar, videolar, audio 
qo‘shish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google va Flickr dan import qilish mumkin. Ushbu xizmat marketing va 
savdo bo‘limlari uchun foydalidir. Shuningdek, undan xodimlar, talabalar, o‘qituvchilar, sayyohlik 
kompaniyalari va boshqalar foydalanish mumkin. Zoom Reveal funksiyasi tufayli vizual ma’lumotlarning 
alohida qismlari yaqinlashishi mumkin va bir nechta qurilmalarda qo‘llab-quvvatlanadigan yuqori 
o‘lchamlarni ekranda aniq tasvirlar va rangli obrazlarni uzatishni ta’minlaydi. Tavsiya etilgan tizim 
opsiyalari orasida: dizaynlarning yangi shablonlari, yaratishning optimallashtirilgan mexanizmi, live 
tahlili, maxsus etakchi eslatmalar va bulutli hamkorlik. Dastur funksiyalarini kengaytirish uchun 
ixtisoslashtirilgan o‘quv, dizayn xizmatlari, bulutda sharhlash va boshqalar mavjud. 
Prezi multimedia materiallarini import va eksport qilish, hamkorlikda ishlash uchun umumiy papkalar, 
guruhlarni tahrirlash, shaxsiy logotipni qo‘shish va taqdimotni oflayn rejimda o‘zgartirish imkoniyatini 
taklif etadi. Dasturning asosiy xususiyatlari: 
Avtonom taqdimot rejimi; 
Taqdimotlar kutubxonasi; 
Panorama va mashtab funksiyasi; 


Pulli tariflarning sinov muddatini faollashtirish uchun kredit kartasi talab qilinadi. 
Kamchiliklari: afsuski, dastur rus tilida emas, balki ingliz tilida; uning yordamida yaratilgan katta hajmdagi 
materialni namoyish etish qiyin. 
Slides — taqdimotlarni yaratish va namoyish qilish uchun onlayn xizmatdir. Unga https://slides.com/ — 
adresi bo‘yicha o‘tiladi. Yaratilgan fayllar HTML belgiga (razmetka) eksport qilinadi va har qanday saytga 
joylashtiriladi. Bundan tashqari, loyihalarni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish va ularni to‘liq ekranda 
elektron pochtaga yuborish mumkin. Slaydlarni almashish va taqdimotni real vaqtda efirga uzatish 
imkonini beradi. Biroq Slides ning bepul versiya CSS muharriri va shriftlardan foydalanishni o‘z ichiga 
olmaydi. 
Sayt har qanday faoliyat sohasi mutaxassislari uchun, jumladan, o‘qituvchilar, menejerlar, 
maslahatchilar, sotuvchilarga mahsulotni taqdim etish yoki hisobotlarni yaratish uchun 
optimallashtirilgan. Shu bilan birga dasturdan o‘quvchi va talabalar o‘z tezislari, kurs loyihalari va diplom 
ishlariga yorqin slaydlarni qo‘shishda foydalanishlari mumkin. 
Slaydlarni yaratishda 12 xil shriftlarni tanlash va media kutubxona orqali barcha yuklangan rasmlardan 
foydalanish mumkin. Qo‘shimcha media fayllarini yuklab olish uchun Facebook, Intsagram, Picasa, Flickr 
albomlardan foydalanishga, shuningdek, Google qidiruv natijalari yoki shaxsiy kompyuterdan (PC) yuklab 
olish ruxsat beriladi. Slides taqdimotlarida YouTube va SoundCloud dan kliplarni tezda yuklab olish 
varianti va tematik toifalar bo‘yicha audio fayllarni tanlash imkoniyatlari taqdim etilgan. Bundan 
tashqari, dastur ma’ruzachi uchun eslatma yaratish funksiyasiga ega. Pulli obuna rasmiylashtirilgandan 
so‘ng, tayyor taqdimot PDF, ZIP formatida eksport qilinishi yoki Dropbox yoki Sync bilan 
sinxronlashtirilishi mumkin. Asosiy xususiyatlar: 
taqdimotni PDF va ZIP ga eksport qilish; 
mobil qurilmalar uchun moslashuvchanlik; 
andoza (shablon)lar kutubxonasi; 
HTML ga eksport qilish: 
dastur ustida ishlash uchun aniq va batafsil yo‘lnoma (gid)ning mavjudligi va u tomonidan takliflar 
bildirilib, yo‘l ko‘rsatiladi; 
ishlash juda oson — slaydlarni yaratish, matn va tasvirlarni qo‘shish; 
boshqa dasturlar bilan sinxronlashtirish qobiliyati: Dropbox, Google Analytics va boshqalar. 
Kamchiliklari: faqat ingliz tilida; bir nechta shriftlar - atigi 12 ta; taqdimotga multimediya qo‘shishning 
imkoni yo‘q. 
Canva — ushbu xizmat onlayn rejimida ishlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer oynasida taqdimotlarni 
yaratish mumkin. Unga https://www.canva.com — adresi bo‘yicha o‘tiladi. Umuman olganda, Canva 
nafaqat taqdimotlarni, balki tashrif qog‘ozlari, muqovalarni shablonlar orqali tayyorlash mumkin. Unda 
turli xil dizayn muammolarini hal qilishga imkon beradigan grafik muharriri mavjud. Canva cheklangan 
funksiyaga ega bepul versiyasiga ega. Pullik versiyaning imkoniyatlari esa ancha keng. Shuningdek, 
taqdimotni oflayn namoyish qilish uchun PowerPoint formatida saqlash yoki uni tashrif buyuruvchilarga 
namoyish qilish uchun blog / veb-saytga joylashtirish mumkin. 
Afzalliklari: 
noyob dizaynni yaratish uchun keng imkoniyatlar;
ko‘plab tayyor shablonlar - pullik va bepul;


juda katta hajmli asboblar to‘plamidan foydalanib, xizmatdan foydalanish oson; 
smartfonlar va planshetlar uchun maxsus dastur mavjud; 
chiroyli ko‘rinadigan interfeys. 
Kamchiliklari: kirill yozuvi (shrifti) juda oz; ko‘pchilik uchun xarajat juda katta bo‘lib ko‘rinadi; Pulli 
andozalar va vizual elementlar mavjud. 
Hozirda zamonaviy hayotni axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan tasavvur qilish juda qiyin. 
Innovatsion g‘oyalarning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida tarixiy jarayonlarni anglash va o‘qitishda 
elektron taqdimotlardan unumli foydalanishga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortmoqda. Shu o‘rinda tarixiy 
jarayonlarning mazmuni va mohiyati haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak, tarixiy jarayonlar – bu 
umumiy g‘oyalar bilan bog‘langan va ma’lum tarixiy davrda yuz beradigan voqea, hodisa, jarayonlar 
zanjiridir. Tarixiy jarayonlar umumbashariy bo‘lib, ko‘plab avlodlarning faoliyatini, umuman, inson 
faoliyatining barcha ko‘rinishlarini o‘zida namoyon qilgan holda unda voqealar biri birini ketma-ket 
almashtiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki tarixiy jarayonlarni anglash, xolisona baholash va o‘qitish 
masalasi o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bu masalani hal etishda elektron 
taqdimotlardan foydalanish bir qator afzalliklarni yuzaga chiqaradi: 
Taqdimotlar orqali tarixiy voqealar bilan tanishish. Bunda taqdimot videofilmlar, fotosuratlar bilan birga 
bo‘lishi mumkin. 
Tarixiy jarayonlarda oid turli xil rasm va tasvirlar, shuningdek tarixiy shaxslar portretlarini namoyish 
qilishni keng qo‘llash; 
Grafik materiallarni ko‘rsatish (diagramma, jadvallar, sxemalar); 
Xaritalardan keng foydalanish; 
Taqdimot orqali o‘quvchi, talaba, tinglovchi va boshqalarga optimal darajada tarixiy jarayonlarni 
tushuntirish, o‘rgatish va h.k. 
Xullas tarixiy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan axborotni ko‘rish va idrok etish muammolarini hal qilishda 
elektron taqdimotlar ajoyib vosita bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy taqdimotlar endi rasm va matnli slaydlar 
to‘plami emas. Ko‘p sonli texnik vositalardan (giperhavolalar, animatsion ko‘rsatkichlar va boshqalar) 
yordamida interfaol taqdimotlar yaratish orqali eng katta samaraga erishish mumkin. 

Download 193.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling