Reja: Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari


Download 103.18 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi103.18 Kb.
#1627382
Bog'liq
Презентация3


Reja:

Mavzu: Temir beton konstruksiyalarining yoriqbardoshliligi
Тemirbeton ko’priklarning tavsifi va qo’llanish sohasi. Тemirbeton nafaqat ko’priklarda, balki boshqa sun’iy inshootlarda ham keng ko’lamda qo’lanilmoqda. Hozirgi kunda temirbeton eng muhim materiallardan bo’lib, yig’ma temirbeton esa zamonaviy industrial qurilishning asosini tashkil qiladi. Oddiy armaturali (oldindan zo’riqtirishsiz) temirbeton ko’priklarning oraliq qurilmalarining cho’zilish zonasida sodir bo’lgan deformatsiyalar foydalanish bosqichida betonning chegaraviy cho’ziluvchanligidan ortiq bo’lgan hollarda yoriqlar paydo bo’ladi. Buning oldini olish uchun yoriqlarning ruhsat etiladigan chegaraviy ochilish o’lchami cheklanadi.

Тemirbeton ko’priklarning asosiy tizimlari. Тo’sinli uzlukli tizimlar eng ommaviy bo’lib, kichik va o’rta oraliqlarni qoplash uchun qo’llaniladi. Ularda oldindan berilgan oraliqlar va yuklar uchun oraliq qurilmaning kuchlanganlik holati asosan ko’ndalang kesimning shakli va o’lchamlariga bog’liqdir (1.1-rasm). Тo’sinli konstruksiyalar bilan katta oraliqlarni qoplash uchun, ham yig’ma, ham quyma temirbetonli tutash yoki konsol tizimlardan foydalaniladi.

Bu yerda va bundan buyon haroratdagi o’zgarishlar deyilganida, oraliq qurilmaning turli zonalaridagi (plita, qovurg’alar, pastki belbog’laridagi) haroratning bir xil bo’lmagan yurishi tavsiflanadi. Тutash ko’priklar oraliq qurilmalarida materiallarning tejalishiga oraliqdagi eguvchi momentlarning kamayishi evaziga erishiladi. Oddiy (uzlukli) to’sinlarga nisbatan momentlarning kamayishi tayanch momentlarning yengillashtiruvchi ta’siri (ta’miri) oqibatida ro’y beradi. Тutash tizimni qo’llab, odatda, har bir tayanchda oddiy to’sinlardagi ikkita tayanch qismdan farqli o’laroq bitta tayanch qism (ko’prik fasadi bo’yicha) joylashtirish evaziga tayanchdagi termada qo’shimcha iqtisodga erishiladi

Ishlash jarayonida ko’prik konstruksiyalari turli xil ta’sirlar va turli xil yuklarni o’ziga qabul qiladi. Тa’sirlar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Kuchli yuklarga, ya’ni tashqi kuch sifatida ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi: – foydali yuklar, ya’ni konstruksiya qabul qilishi lozim bo’lgan yuklar (transport, mashina va asbob-uskunalar vazni, texnologik materiallar hamda odamlar og’irligi kabilar); – zilzila va dinamik kuchlar ta’sirida vujudga kelgan inersion yuklar va hokazo.

Ko’prik konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallar va ularning xossalari


Beton va uning xossalari. Betonning sinflanishi. Bog’lovchi, to’ldiruvchi va suv aralashmasining qotishidan hosil bo’lgan sun’iy tosh beton deb ataladi. Beton quyidagi turlarga bo’linadi: og’ir, yengil, maydadonali, zo’riquvchi, yacheykali va b.
Og’ir beton – bu zich strukturali beton bo’lib, sementli bog’lovchi, katta va mayda zich to’ldiruvchilardan tashkil topgan. U qurilishda eng ko’p tarqalgan beton bo’lib, asosan yuk ko’taruvchi konstruksiyalarda ishlatiladi.
Yengil beton (sementli bog’lovchi va g’ovak to’ldiruvchilardan tashkil topgan) bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va ko’tarmaydigan konstruksiyalarida ishlatiladi.

Xulosa Biz ushbu mustaqil ishimizda temir betonlarni konstruksiyasi haqidagi bir qancha ma`lumotlar bilan tanishdik. Ushbu mavzuni o`rganish davomida тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari, yuk va ta’sirlar, ko’prik konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallar va ularning xossalari bilib oldik.


Adabiyotlar
 
1. Мосты и тоннели. Учебник для вузов ж.д. транспорта. С.А. Попов, В.О. Осипов и др. -М.: Транспорт, 1977. - 526 с.
2. Содержание и реконструкция мостов.В.О. Осипов, Ю.Г. Козьмин, B.C. Анциперовский, А.А. Кирста. Под ред. В.О. Осипова: Учебник для вузов ж.д. транспорта - М.: Транспорт, 1986. - 327 с.
3. Мосты и тоннели на железных дорогах. Учебник для вузов. В.О. Осипов, В.Г. Храпов, Б.В. Бобриков и др.: Под ред. В.О. Осипова. - М.: Транспорт, 1988. - 367 с.
4. Колоколов Н.М., Копац Л.П., Файнштейн И.С. Искусственные сооружения. Учебник для техникумов транспортного строительства. /Под ред. Н.М. Колоколова. 3-е изд. Переработ. и доп.- М.: Транспорт, 1988. - 440 с.
5. Руководство по определению грузоподъёмности железобетонных пролетных строений железнодорожных мостов. МПС. М: Транспорт, 1989 - 125с.
Download 103.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling