Reja: Temperament haqida tushuncha


Download 17.96 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi17.96 Kb.
#163964
Bog'liq
Temperament

Temperament

Reja:


1. Temperament haqida tushuncha.

2. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament.

3. Temperament xususiyatlari.

4. Temperament tiplari.

5. Faoliyatning individual uslubi va temperament.

6. Temperamentni tarbiyalash.


Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:


Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha bo`lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo`llaniladi.

Melanholik - temperament tipi, tez ta`sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida, chuqur qayg`uradigan kishilar.

Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig`indisi.

Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.

Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig`indisi.

Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror, sekin harakat qiladigan kishilar.

Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o`zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.

1. Temperament haqida tushuncha


Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:

1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;

2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;

3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.

Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.

2. Oliy nerv faoliyati tiplari va temperament


I.P.Pavlov ta`limotiga ko`ra, shartli reflekslar hosil bo`lishining xususiyatlari asab tizimining xususiyatlariga bog`liqdir. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlardan uchtasini ajratgan:

1) qo`zg`alish va tormozlanish jarayoni kuchi;

2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlilik darajasi;

3) qo`zg`alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi.

Bu xususiyatlar doimo qo`shilib kelgan, uni I.P.Pavlov asab tizimining tipi deb atagan va

to`rtta asosiy tipga ajratgan:

1) kuchli, muvozanatli, epchil. 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil. 3) kuchli, muvozanatli, sust. 4) kuchsiz, muvozanatsiz, sust.

Hozirgi paytda temperamentning yaxlit tavsifi bilan uning alohida xususiyatlari bo`lgan asab tizimining o`z davrida hayvonlarda I.P.Pavlov tomonidan ajratilgan 4 ta tipi o`rtasida aloqa borligi aniqlangan. Temperament bog`liq bo`lgan asab tizimining ochilgan tiplari inson va hayvonlar uchun umumiy bo`lib, ular umumiy tiplar deb ataladi. SHunday qilib, temperamentning fiziologik asosini asab tizimining umumiy tiplari tashkil qiladi. Ayrim chet el olimlari - nemis psixologi Krechmer, amerika psixologi SHeldon fikriga ko`ra, temperament asab tizimining umumiy tipiga emas, balki tana, gavda tuzilishining nisbatiga bog`liq deb hisoblaydilar, ya`ni vistserotonik - semiz, qorin bo`shlig`i kuchli rivojlangan odam uchun shodlik, dilxushlik, yaxshi ovqatlanishga mo-

yillik xosdir. Skelet muskullari yaxshi rivojlangan odamlar uchun g`ayratlilik, faollik, somatotoniklarga xosdir. Asab tizimi va xususan bosh miyasi kuchli taraqqiy etgan odamlar uchun yuksak sezgirlik, tashvishlanish, o`z xayollari bilan band bo`lish - tserebrotonikka xosdir. Bunday nazariya noto`g`ridir. Temperamentning psixologik xususiyatlari asab tizimining umumiy tipining fiziologik xususiyatlariga ko`p tomoni tobedir. SHuning uchun asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqotlar garchi zarur bo`lsa ham, temperament hosil bo`lishi qonuniyatlarini o`rganish uchun etarli emas. Asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqot qilish bilan birga psixologik jihatdan ham tadqiq qilish kerak.

3. Temperament xususiyatlari


Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab ko`rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari jihatidan o`xshash juda ko`p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha turli temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda, odamlarning qandaydir juda ko`p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini yig`indisi tushunilgan. Temperamentni 1 - marta eramizdan oldingi 5 asrda yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), “Flegmatik”(balg`am), “Melanxolik” (qora o`t). Hozirgi paytda tushunchalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi:

1. Senzitivlik, ya`ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo`lgan nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish.

2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta`sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga odam qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va ta`sirlanuvchanlik.

3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta`sir etishi va maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan engishidir.

4. Reaktivlik va faollikning o`zaro munosabati - bu hakda biz odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga qarab, ya`ni tasodifiy tarzdagi tashqi yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki maqsadlarga intilish va niyatlarga bog`liqligiga qarab xulosa chiqarish.

5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o`tish tezligiga, ya`ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab xulosa chiqaramiz.

6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo`lgan rigidlik (qotib qolganlik). O`zgaruvchan tashqi sharoitlarga qanday engillik bilan yoki sust va qoloqlik bilan moslasha olish.

7. ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik .


4. Temperament tiplari


Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g`ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo`l ko`tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g`ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o`z hissiyotlarining namoyon bo`lishini va o`zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to`playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o`zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o`rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko`cha oladi. Malakalarni tez o`zlashtiradi va tez qayta o`zgartiradi. Aqli ixcham. ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega. O`tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda ko`proq tashqi taassurotlarga javob beradi. Xolerik - xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o`zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo`r qat`iylik bor, diqqatini kuchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo`zg`aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko`ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g`ayrati, ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to`playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko`chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo`shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanholik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko`ra, ko`zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig`laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O`ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa, qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati tez chalg`iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega.

5. Faoliyatning individual uslubi va temperament


Temperament xususiyatlarining o`ziga xos yig`indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faoliyatning individual uslubi sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning temperament bilan bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi.

Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga ega emas, balki boshqa sabablarga shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarga ham bog`liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug`ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Bunday moslanish kam kuch sarflab ko`proq natijaga erishish imkonini berishi kerak. Faoliyatning individual uslubining asosini asab tizimi xususiyatlari yig`indisi tashqil etadi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud:

1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o`rnini tuldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.

2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.


6. Temperamentni tarbiyalash


Temperament tiplarining kelib chiqishida irsiyatning roli katta. Masalan, gomozigot (1 tuxumdan ) rivojlangan va geterozigot (2 tuxumdan rivojlangan). egizaqlar temperamentlarini solishtirib bunga ishonch hosil qilish mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlari hayot davomida ma`lum bir o`zgarishga uchrashi mumkin. Lekin temperament tipi o`zgarmaydi. Temperament xususiyatlari ma`lum bir yoshda birdaniga paydo bo`lmaydi. Ba`zan kichik bolalarda yosh xususiyatlari tufayli to`la darajada namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon bo`lmaydi, balki yoshga qarab sekin - asta asab tizimining voyaga etishi bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. Umuman yaxshi va yomon temperament tipi yo`q. Masalan, sangvinik o`zining hissiyligi va ishchanligi bilan ajralib turadi. Lekin uning mayllari, diqqati beqarordir. Melanholik tez toliqadi, o`ziga ishonmaydi, lekin u noziq sezuvchi, ehtiyotkor va xushyor odamdir. Agar xolerikning kuch - quvvati, ehtirosliligi munosib maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lsa, qimmatli fazilatlar bo`lishi mumkin, lekin etarlicha bo`lmagan muvozanatlik, hissiy qo`zg`aluvchanlik, zarur tarbiya bo`lmaganda o`zini tuta olmaslikda, keskinlikda, doimo qizishib ketishiga moyillikda ifodalanishi turgan gap. Flegmatikning vazminligi, sabr - toqatliligi, shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini bo`shashtirib hayotining ko`pgina taassurotlariga befarq qilib qo`yadi. Shunday qilib, temperamentning aynan bir xil boshlang`ich xususiyatlari ularning qanday - ijobiy va salbiy tomonga rivojlanishini oldindan belgilab bermaydi. SHuning uchun tarbiyachining vazifasi bir temperamentni boshqasiga o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li bilan har bir temperamentning ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko`maklashish va ayni paytda ushbu temperament bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam berishdan iboratdir.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling