Reja: Texnologik jarayonni tashkil qilish variantlari va tuzilish tamoyillari


Download 220.41 Kb.
bet1/33
Sana10.01.2022
Hajmi220.41 Kb.
#274820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Omuxta yem ishlab chiqarish texnologiyasi uslubiy qo'llanma 4 kurs
kesim sektorial xarakteristikalarini maple dasturi yordamida sonli hisoblash. , dokument microsoft word 2, odam va hayyvonlar fiziologiyasi, fazoda tekislik tenglamalari (1), Haydarov Ravshan 25-19IQ, talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi uchun uslubiy korsatma, 2-sem topshiriq2 (1) - копия, 05-10-2020-13.56.00, attachment(10), 5-lab, 1-MARUZA, smart city, smart city, limit teorema, limit teorema

  1. Ma’ruza: Oqsil vitaminli qo’shimcha, Prеmiks, karbamid kontsеntrati ishlab chiqarish asoslari.

Reja:

1.Texnologik jarayonni tashkil qilish variantlari va tuzilish tamoyillari.

2. Omixta yem korxonasida texnologik jarayon tuzilishining sinflanishi.

3.Qo'llaniladigan xomashyo turlari.

4. Ishlab chiqarish liniyalari.

Texnologik jarayonni tashkil qilish variantlari va tuzilish tamoyillari



Har bir omixta yem korxonasida texnologik jarayon beril- gan mahsulot turi uchun tasdiqlangan texnologik sxema asosida olib boriladi, bunda uskunalar ishi rejimiga rioya qilinib, xom- ashyo texnologik xossalari hisobga olinadi.

Texnologik jarayonni uning barcha bosqichlarida tashkil etishda quyidagilar e’tiborga olinadi: xomashyoni o‘z vaqtida ishlab chiqarishga uzatish, tasdiqlangan retsept asosida kompo- nentlar keraklicha tayyorlanishini ta’minlash, xomashyolardan samarali foydalanish va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish. Omixta yem zavodlarida barcha jarayonlar mexanizatsiyalash- tirilishi hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lganda avtomatlashtirilishi darkor. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik sxematarni quyidagi tarzda guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Barcha omixta yem komponentlarini alohida tayyorlash, maydalash va dozalashni o‘z ichiga olgan namunali sxema.

  2. Qiyin sochiluvchan komponentlardan dastlabki aralash- malarni ishlab chiqaradigan texnologik sxema. Bu sxemaning tuzilishi qiyin sochiluvchan komponentlardan dastlabki aralash- malami alohida texnologik liniyalarda tayyorlashni, so'ng esa bir komponent sifatida asosiy dozalash liniyasiga uzatishni o‘z ichiga oladi. Qolgan barcha jarayonlar 1 -sxema bo‘yicha olib boriladi.

Retsept tarkibiga kiruvchi barcha don turlarini dozalash va aralashtirish, aralashmada uni maydalash, maydalangan mahsulotni ikki fraksiyaga samlashni o‘z ichiga olgan qo‘sh pog‘onali dozalash va aralashtirish texnologik sxemasi, Bunda qoldiq maydalashga, maydalangan aralashma esa bitta komponent sifatida asosiy dozalash-aralashtirish liniyasiga tushadi. Qolgan kompo­nentlar xuddi shunday dastlabki dozalanib, aralashtiriladi va asosiy dozalash-aralashtirish liniyasiga yuboriladi. Bunda mahsulotni ikki fraksiyaga — oraliq saralash va qoldiqni maydalash usulini qoMlash ham mumkin.

Maydalashni talab qiladigan don va barcha komponent­lami dastlabki aralashtirmasdan yarim tayyor mahsulotni may­dalashga, ikki fraksiyaga ajratishda, qoldiqni maydalash va maydalangan mahsulot porsiyasini araiashtirgichga yuborishni o‘z ichiga oluvchi texnologik sxema.

Yuqorida tavsiflab o‘tilgan har bir texnologik sxema o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. 1-sxema bo‘yicha dozalash ja­rayoni hajmiy dozatorlarida, aralashtirish jarayoni esa uzluksiz ishlovchi aralashtirgichlarda amalga oshiriladi. Qolgan har uch sxema omixta yem komponentlari uchun o‘lchamli davriy do­zalash va aralashtirishni qo‘llashni talab qiladi.

Omixta yem ishlab chiqarishda texnologik jarayonni alohida texnologik liniyalatga ajratish mumkin. Ba’zi texnologik liniyalar parallel, ba’zilari ketma-ket ishlaydi. Ulaming soni va jihoz- langanligi korxona quwatiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlariga, boshlang‘ich xomashyo sifatiga hamda texnologik sxemaning tuzilish prinsiplariga bog'liq.Qoida bo'yicha, kichik va o‘rta quwatli korxonalar bir texnologik oqim asosida quriladi. Yuqori quwatli ba’zi korxonalar ikkita parallel ishlovchi texno­logik oqimga ega. Qo‘sh oqimli sxemaning borligi zarur bo‘lganda ikki turli retsept bo‘yicha katta partiyadagi omixta yem ishlab chiqarishga imkon beradi.

Ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalashning ma’lum bir darajasida, hattoki bir oqimli sxema va markaziy pultni qo‘lda boshqarish orqali bir smena davomida 20—30 turdagi omixta yem retseptlarini ishlab chiqarish, ulami alohida joylashtirish (bun- keriar soni yetarlicha bo‘lganda) va maqsadga muvofiq uzatish mumkin. Shu tarzda Fransiyadagi ba’zi omixta yem zavodlari ishlab, mayda va o‘rta fermer xo'jaliklarining turli buyurtmalarini bajaradi.

Omixta yem sanoati yetkazib beradigan oqsil-vitaminli qo‘shimchalar va xo‘jaliklar ixtiyoridagi yem-xashakka moljallan- gan donlardan foydalangan holda xo‘jaliklararo korxonalarda od­diy texnologik sxemalami qo‘Ilash mumkin. Qo‘sh pog‘onali sxema bo‘yicha ishlaydigan omixta yem sanoati tizimida bunday sxemalarni qo‘llash ham istisno qilinmaydi:

  • yirik yaxshi jihozlangan korxonalarda OVQ ni ishlab chiqarish;

  • don yetishtirish va chorvachilik hududlarida joylashgan kichik korxonalarda ,,ikkilamchi“ omixta yemlami ishlab chiqarish.

Dastlabki aralashma tayyorlamasdan xomashyoni dozalashga ketma-ket va parallel tayyorlashni ko‘zda tutuvchi texnologik sxemalar katta sig‘imli dozator usti bunkerlarni (8—12 soat ishga) talab qiladi. Dastlabki aralashmalami tayyorlashni ko‘zda tutuvchi sxemalar na drobilkalar ustida, na tarozili dozatorlar ustida katta bunkerlarni talab qiladi. Ular to‘g‘riligi va kam harakatsizligi bilan farqlanadi. Bu holat retseptdan retseptga o‘tishni osonlashtiradi, ishlab chiqarishdagi xomashyo qoldiqlarini imkon qadar kamaytirib, hisobni olib borishni osonlashtiradi.

Texnologik liniyalaming aniq tuzilishi ko‘pgina holatlarga bog‘liq. Masalan, афа va suli po‘stlog‘ini ajratish liniyasi universal hisoblanadi, qachonki har ikki ekinni teng qobiq ajratuvchi texnologik uskunalarga ega bo‘linsa. Bunday uskuna bo‘lmasa, liniyani qo‘sh parallel liniyaga ajratish mumkirt: Al-ZSHN mashinalardan foydalanib, афаш qobiqsizlantirish va qobiq ajratuvchi postavalarda sUlini qobiqsizlantirish liniyasi. Agar korxonalardan qayroqlangan mahsulotlarni yetkazib berish masalasi yechilgan bo‘Isa, ko4rsatilgan liniya umuman o‘rna- tilmasligi mumkin. Qayroqlangan афа va suli (pensak) ni qabul qilish va ishlov berish maqsadida donli xomashyo liniyasidan foydalaniladi.









Download 220.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling