Reja: Tizim qurilishi va faoliyatiga oid asosiy tushunchalar


Download 310.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.03.2022
Hajmi310.09 Kb.
#594436
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza
1. Shaxs psixologik fenomen sifatida Shaxs psixologiyasining fan, Магистрлик диссертация ёзиш тартиби, motivatsiya va motivlarni o'rganish metodlari, BET RANGLI 2, kompyuter grafikasidan test savollar, 46 Shaxsiy kompyuterni yig\'ish, AFRIKANING ICHKI SUVLARI DARS ISHLANMA, Dars ishlanma Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 28, Dars ishlanma Namangan viloyati Kosonsoy tumani XTBga qarashli 28, 572 17.09.2021, 6-sinf matematika 1-chorak yangi, yuzi1, MOTL 3-MA'RUZA, Shapka OLX


1.2. Tizimlarning tasnifi 
Reja: 
1. Tizim qurilishi va faoliyatiga oid asosiy tushunchalar.
2. Tizim tasniflari.
Tayanch tushunchalar: tizim elementi, qismiy tizim, tizim strukturasi, tizimda aloqa, tizim 
holati, tizim modeli, tizimning o‘zini tutishi, ochiq va yopiq tizimlar, sodda va murakkab tizimlar.  
1. Tizim qurilishi va faoliyatiga oid asosiy tushunchalar.  
Agar tizimga berilgan turli ta’riflarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning qurilishi va 
ishlashi, rivojlanishida “element”, “maqsad” va “yaxlitlik” kabi parametrlar qatorida ular bilan 
teng kuchli bo‘lgan boshqa parametrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida bu 
parametrlarning har birini tushuncha sifatida qarab, ularga tavsif berishga harakat qilamiz.
Demak, tizimlarninig qurilishi, ishlash faoliyati va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy 
tushunchalar quyidagilardan iboratdir:
1. Tizimning elementi deganda, kelishilgan qoidaga muvofiq, tizimning bo‘linmas bir 
bo‘lagi tushuniladi. Boshqacha aytganda, element tizimning bo‘linish chegarasi yoki qismiy birligi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Tizim tarkibiga kiruvchi har qanday elementning o‘zi ham mustaqil tizim sifatida faoliyat 
ko‘rsatishi mumkin.
2. Qismiy tizim (tizim osti) deganda o‘zida tizimning barcha xossalarini saqlagan, muayyan 
bir guruh elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan ichki tizim tushuniladi.
Bir tizim tarkibida bir yoki bir nechta qismiy tizim hamda alohida ko‘rinishdagi avtonom 
elementlar bo‘lishi mumkin.
3. Tizimning strukturasi – bu tizimdagi elementlar, ularning muayyan tartibdagi joylashuvi 
hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar majmui bo‘lib, u tizimning mavjudligini va tavsifini ifoda 
etuvchi asosiy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Tizimning strukturasi grafik, matritsa, graf, iyerarxik
1
tarzda hamda strukturani 
modellashtirishga mo‘ljallangan boshqa tillarda tasvirlanishi mumkin.

Download 310.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling