Reja: Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari


Download 148.04 Kb.
bet1/2
Sana12.02.2023
Hajmi148.04 Kb.
#1192338
  1   2
Bog'liq
Reja Tog jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari


Mavzu: Tog’ jinslarini qazib olish usullari haqida umumiy ma’lumot.
REJA:
1. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari
2 . Tog’ jinslarini qazib olish usullari
3. Mexanik yumshatgichning samaradorligi
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash keyingi ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni kon massasini qazish va yuklash, tashish, ag’darma hosil qilish va qayta ishlash jarayonlari uchun texnik imkoniyat va qulay sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tog’ jinslarini qazib olish tayyorlashning texnologik o’rni (pozitsiyasi) bo’yicha ularni ikki guruhga bo’lish mumkin: - mexanik yoki gidravlik usul bilan oldindan yumshatmasdan qazib olishga tayyorlash mumkin bo’lgan tog’ jinslari (tuproq, suglinok, yumshoq ko’mir, shamol ta’sirida to’la parchalangan metamorfik jinslar, mel, tuproqli rudalar); oldindan yumshatilishi zarur bo’lgan tog’ jinslari (tuproqli va qum-tuproqli slanetslar tuproqli va ohakli qumlar, temir rudalari, argilitlar, alevrolitlar, gips, toshli tuz, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, ohaktosh, qum, kvartsitlar, granitlar, bazaltьlar, gabbro). Tog’ jinsining turi va holatiga bog’liq holda tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash asosan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: - muzlashdan himoya qilish; - muzlagan tog’ jinsini eritish; - gidravlik usulda tayyolash; - mexanik yoki portlatish usuli bilan tayyorlash.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash keyingi ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni kon massasini qazish va yuklash, tashish, ag’darma hosil qilish va qayta ishlash jarayonlari uchun texnik imkoniyat va qulay sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tog’ jinslarini qazib olish tayyorlashning texnologik o’rni (pozitsiyasi) bo’yicha ularni ikki guruhga bo’lish mumkin: - mexanik yoki gidravlik usul bilan oldindan yumshatmasdan qazib olishga tayyorlash mumkin bo’lgan tog’ jinslari (tuproq, suglinok, yumshoq ko’mir, shamol ta’sirida to’la parchalangan metamorfik jinslar, mel, tuproqli rudalar); oldindan yumshatilishi zarur bo’lgan tog’ jinslari (tuproqli va qum-tuproqli slanetslar tuproqli va ohakli qumlar, temir rudalari, argilitlar, alevrolitlar, gips, toshli tuz, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, ohaktosh, qum, kvartsitlar, granitlar, bazaltьlar, gabbro). Tog’ jinsining turi va holatiga bog’liq holda tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash asosan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: - muzlashdan himoya qilish; - muzlagan tog’ jinsini eritish; - gidravlik usulda tayyolash; - mexanik yoki portlatish usuli bilan tayyorlash. Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish.Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo’lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun yerning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo’llaniladi. Muzlagan tog’ jinsini eritish. Tog’ jinslarini eritish par, suv, chuqur yoki yuzaviy elektrisitgich elektrodlar va yuzani kuydirish yordamida amalga oshiriladi. CHuqur elektrisitgichda elektrodlar bir-biridan 0,5–0,7 m masofada bo’lgan shpurlarga muzlash chuqurligigacha joylashtiriladi. Gidravlik usul. Tog’ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog’ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jo’natishga asoslangan. SHag’al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qo’llaniladi. Bulardan tashqari burg’ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg’ulash va tog’ jinslarini kesishda (qirqishda) ulьtratovushlarni qo’llash, portlatib burg’ulash, plazmali burg’ulash turlari ham mavjuddir .Tog’ jinsini mexanik usulda yumshatish. O’ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator cho’michi, traktorli yumshatgich vamaxsus struglar. Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog’ jinsi qattiqligi f=6 gacha bo’lgan tog’ jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi. Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenitsali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o’rnatiladi.Tog’ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog’ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida esa, ko’p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi.O’tkir tishlarga bo’lgan kuchlanish 250 kN gacha yetadi. Harakat paytida bu o’tkir tishlar gidravlik sistema yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin. Traktorli yumshatgichning umumiy ko’rinishi. Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog’liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo’lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo’nalishiga ko’ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi.Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog’liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo’lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo’nalishiga ko’ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi.Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bo’laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta’minlash sharti bo’yicha hisoblanadi.Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bo’ladi.CHuqurligini oshirish va kon massasining bo’lakligini ta’minlash maqsadida qo’shimcha kesishgan yurishlar qo’llaniladi. O’ta zich tog’ jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi- yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bo’lganda 1000-1500 m3/soatgacha yetishi mumkin. Yumshatiladigan uchaska uzunligi 100-300m gacha bo’lishi mumkin. Yumshatilgan tog’ jinslari bulьdozerlar bilan shtabellanadi (to’planadi). To’plangan tog’ jinslari yuklovchi mashinalar yoki ekskavatorlar bilan transport vositalariga yuklanadi.Mexanik yumshatish ochiq konchilik ishlarida, ayniqsa sovuq iqlimli mintaqalarda samarali hisoblanadi. Bu jarayon qo’shimcha sarf-harajat: qo‘shimcha texnika, yoqilg’i va boshqalarni talab qilsada, amalda qo’llanilaveradi. Yuqori ish unumdorlikka erishish uchun Mexanik yumshatgichlarning yangi turlari yaratilmoqda. Bu esa yumshatish chuqurligining yanada ortishiga olib kelib keyingi kon-qazish ishlarida qulayliklarni tug’diradi.
Download 148.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling