Reja: Umumiy ma‘lumot


Download 90.5 Kb.
bet1/3
Sana02.05.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1423045
  1   2   3
Bog'liq
termodinamik 3 qonuni


Termodinamikaning uchinchi qonuni
REJA:


1. Umumiy ma‘lumot.
2. Nernst – Plank postulatlari.
3. Entropiyaning mutlaq qiymati.
4. Mutlaq nol temperaturani olish mumkin emasligi postulati.
5. Entropiyaning mutlaq qiymatini hisoblash.




UMUMIY MA‘LUMOT
Muvozanat konstantasining qiymatini nazariy xisoblashda va boshka ba’zi bir hisoblashlarda termodinamikaviy funktsiyalarning [entalpiya (H), entropiya (S), Gibbs funksiyasi (G), ichki energiya (U) va Gelmgols funktsiyasi (Ђ)] mutlaq qiymatini bilish kerak bo’ladi. Bu qonunlardan foydalanib termodinamikaviy funksiyalarining mutlaq qiymatini hisoblab topish mumkin emas. Termodinamikaning uchinchi qonuni (va postulatlari) dan foydalanib termodinamikaviy funksiyalarning mutlaq qiymatlarini topish mumkin bo’ladi.

Masalan, entalpiya (H) va entropiya (S) funksiyalarning mutlaq qiymatini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.


H = HO – HX S = SO + SX (1.)
Bu yerda H, S – mutloq qiymatlar
HO, SO – mutlaq nol temperatura T = O dagi qiymat,
HX, SX – ma’lum temperaturadagi qiymat bilan mutlaq noldagi qiymatning farqi.
Bu tenglamalardan:
G = (HO + HX) – T (SO + SX) (2.)
Yoki HO, SO temperaturaga bog’liq bo’lmagan kattalik
dG = dHX – TdSX – (SO + SX)dT (3.)
bo’ladi.

SHunday qilib, bu kattaliklarning mutlaq qiymatini hisoblash uchun ularning T = O dagi mutlaq noldagi qiymatini bilish kerak.


Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarida turli funksiyalarning temperaturaga bog’liq holda o’zgarishi integral tarzida berilgan, masalan:
;
; ; (4.)
va boshqalar. Funksiyalarning ma‘lum temperaturadagi qiymatini topish uchun ularning boshqa bir temperaturadagi qiymatini bilish kerak. Bu esa noqulay bo’lib, har doim integrallarni yechishga imkon beravermaydi.

Agar bu integrallarda integralning pastki chegarasi T = O (mutlaq nol) bo’lsa, integrallash konstantasi shu funksiyaning T = O dagi qiymati bo’lib, u turg’un son bo’lar edi. Funksiyaning T = O dagi qiymatini bilish yuqorida bayon etilgan noqulaylikdan qutqarar edi.





Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling