Reja: Umumiy ma’lumotlar


Download 270.44 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi270.44 Kb.
#1127600
Bog'liq
3-mavzu


3-mavzu.Beton kompozitsion qurilish materiallari.

Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar.


2.Temir-beton kompozitsion qurilish materiallari va ularni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari.
3.Monolit temir-beton kompozitsion qurilish materiallari va konstruksiyalari.
Beton inson tomonidan yaratilgan sun’iy tosh material bo’lib bog’lovchi,suv,katta va kichik to’ldiruvchilar va maxsus qo’shimchalarning to’g’ri tanlangan tarkibi asosida tayyorlanadi.Bog’lovchilar va suv sement toshini hosil qiladi.To’ldiruvchilar inert mahsulot hisoblanib beton strukturasi,”skeletini”tashkil etadi.Betonning siqilishdagi mustahkamligi uning cho’zilishdagi mustahkamligidan bir necha barobar yuqori. Undagi bu kamchilikni bartaraf etish uchun uning tarkibiga temir armaturalardan to’rlar,karkaslar yaratib ular asosida temir- beton konstruksiyalar yaratiladi
.Beton va armaturaning yaxshi yopishishi(adgeziya) hisobiga ishonchli temir-beton kompozit yaratiladi.Temir-beton kompozit qurilish materiallari juda keng qo’llanilishi, katta ijobiy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Birinchidan ularning massasining og’irligi,tannarxi qurilish xarajatlarini oshirsa ikkinchi tomondan vaqt o’tishi davomida temir-beton konstruksiyalar tarkibida yoriqlar paydo bo’lishi,yoriqlarga suv tushishi ular tarkibidagi metal armaturalarning korroziyaga uchrashi va buning oqibatida konstruksiyalar mustahkamligini pasayishiga olib keladi.Shunga o’xshash kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida betonlarning tarkibini takomillashtirish (modifikatsiyalash) va armatura sifatida qo’llaniladigan po’lat sterjenlarni shisha tolali, polimerli tolalar,basalt tolali kompozit armaturalar bilan almashtirish o’z samarasini beradi.
Oxirgi paytlarda bunday armaturalarning qo’llanilishi o’zini oqlashi bilan bir qatorda bir qancha afzalliklarga ega ekanligini ham ko’rsatdi.Ba’zi qurilish ob’ektlarida esa kompozit armaturali beton qo’llash eng maqsadga muvofiqligi ham aniqlandi.Masalan,kasalxonalarning MRT vaUZI bo’limlaridametall armaturali materiallar qo’llanilganda meditsina uskunalaridan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlarga ta’sir qilar ekan.Shishaplastik va bazaltli kompozit armaturalarni turlari ko’p.
2Shishaplastiklarni kimyoviy tarkibi asosan 55-79%SiO2 12-32%gacha Al2O3dan 4-20%MgOdan iborat bo’ladi.Ba’zi hollarda BeO2,TiO2qo’shilishi mumkin.Bazalt tolalari esa asosan SiO2-49,5%Al2O3-15%Fe2O3-8% CaO -8,0% MgO-6%gacha Na2O-3%gacha bo’ladi.


Download 270.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling