Reja: Umumiy tushunchalar


Download 273.84 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi273.84 Kb.
#1441622
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza..Elektron zanjirlar va mikrosxematexnika asoslari


2-Ma'ruza..Elektron zanjirlar va mikrosxematexnika asoslari
Reja:

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Signallar va ularning parametrlari

  3. Signal hajmi haqida tushunchalar

2.1.Umumiy tushunchalar
Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal” atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman axborot deganda biron-bir voqea, hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar, matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan, ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.
Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot xabar deb ataladi. Misol uchun, telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yoki uni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksiz o‘zgarishi orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlari yorug‘ligi va rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskret shaklda, ya’ni uni aks ettirish uchun faqat shartli “1” va “0” simvollaridan foydalaniladi. Bunda uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida bo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt istemolchi deb ataladi.
Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik jarayon signal deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan foydalaniladi. Xabarni unga mos signalga aylantirish uchun turli fizik jarayonlardan foydalanishga asoslanib yaratilgan asboblardan foydalaniladi. Misol uchun, tovush shaklidagi xabarni signalga aylantirish uchun mikrofondan, tasvirni signalga aylantirish uchun maxsus elektron trubkalardan, temperaturani signalga aylantirish uchun termoelementlardan va h.k. foydalaniladi.

Download 273.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling