Reja: Vatanparvarlik tushunchasining mohiyati


Download 50.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi50.5 Kb.
#259924
Bog'liq
Bolalarda vatanga muhabbat va baynalmilallikni tarbiyalash


Bolalarda vatanga muhabbat va baynalmilallikni tarbiyalash
Reja:


1. Vatanparvarlik tushunchasining mohiyati.

2. Vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasi.

3. Bolalarda vatanparvarlikni tarbiyalash.

Vatan insonning kindik qoni tо‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga mazmun baxsh etadigan ta-barruk maskandir. U avlodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan ota-bobolarimiz-ning hoki poklari jo bо‘lgan, vaqgi soati yetib har bi-rimiz bosh qо‘yadigan muqaddas zamindir.

Vatani bor odamning g‘ururi, iftixori yuksak, maqsad -muddaolari aniq bо‘ladi. Tog‘dek tayangan Vatani borligini his etgan inson hayotning har qanday si-novlariga doimo tayyor turadi.

Vatanparvarlik esa, eng avvalo, kindik qoni tо‘kilgan joyga qarindosh - urug‘ va mahalla-kо‘yga, el-yurt, ona zaminga bо‘lgan hurmat-e’tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik yjtimoiy, ta-rixiy va axloqiy his-tuyg‘u sifatida insonlar jamiya-tining yjtimoiy tarakdiyoti davomida paydo bо‘ladi.

Buyuk uzbek mutafakkirlarining fikricha, biz tug‘ilgan yurtimizdan uzoq bо‘lsak, bizni tortib kela-digan quvvat о‘z vatanimizning, ona tuproqning mehru

muhabbatidir.

Shu о‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, vatanparvarlik о‘zi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi.

Milliy vatanparvarlik, avvalo, о‘z xalqining Qoniga singib ketgan imon va insof, mexr-muhabbat, oqibat, shafqat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, о‘z millatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g‘oyalar, qarashlar yig‘indisidir. Bugungi kun milliy vatanparvarlik mafkurasining tarkibiy qismlari quyvdagilar:

— mustaqillik tuyg‘usi va uni tо‘la idrok etish;

— uzbek milliy mafqurasi;

— kо‘p millatli О‘zbekiston xalqining vatanparvar-ligi.

Vatanparvarlik jamiyatdagi barcha kishilarni, mil-lat va elatlarni ijtimoiy-siyosiy kuch va guruhlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligini doimo diqqat markazida saqlash lozim.

Vatanparvarlik tuyg‘usi, tarbiyachi va ota-onaga, о‘z mahallasi, qishlog‘i, tumani, shahri viloyatiga bо‘lgan cheksiz muhabbatdan, uning tarixi, madaniyatiga hurmat va sadoqatdan boshlanadi. Vatan tuyg‘usi kichkina odam kо‘z о‘ngida kо‘rayotgan narsadan qoyil qolishdan, uni hayratlantiradigan va qalbida aks sado beradigan nar-salardan boshlanadi.

Kattalarning vazifasi — bola oladigan kо‘plab taas-surotlardan unga eng tushunarli bо‘lganlarini, eng yaqin kishilari, jonajon о‘lka, uning tabiati va hayvonot dunyosi, xalq farovonligi, Vatanning gullab yashnashi yо‘lidagi mehnati, о‘rtokdik, о‘zaro yordam va

boshqalarni tanlab berishdan iborat.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasiga nima kо‘proq moye keladi va nima uni qiziqgirishi, hayajonlantirishi mumkin?

Dastavval, u tug‘ilgan va yashayotgan joylar. Jonajan ona tabiat Vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning gо‘zalligidan zavq-lanish, tabiatiga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, in-son mehnatining tabiatdagi о‘zgartiruvchanlik rolini tushunish — bularning hammasi jonajon о‘lkaga muhabbatni shakllantirish manbalaridir.

Odam Vatanga bо‘lgan muhabbatini о‘zi tutilib о‘sgan

oilasi, bol al ar bog‘chasi va maktabi, bol al ar bilan о‘ynagan о‘yinlari va joylari bilan bog‘laydi.

Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy rivojlanishini va ular tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab borila-di. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga muhabbatni, ularga yaqin va tanish bо‘lgan aniq fakt-lar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tar-biyachilar bolalarda о‘z oilasiga, uyiga, bog‘chasiga va ularni о‘rab turgan tevarak-atrofga muhabbat hamda ularga sodiq bо‘lishni tarbiyalayotib eng muhim ijti­moiy tuyg‘u Vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi voqea, hodisalarning faqat tashqi belgilarini anglab oladilar. Ular hayit, Navrо‘z bayramini hamma kishilar ku-tib olishlarini kuzatadi, bundan juda zavqlanadi, am-mo buning sababi va natijalarini bilmaydilar. Ular­ga bayramlarning mohiyatini tushuntirish bilan ham vatanparvarlik tarbiyasi amalga oshiriladi.

О‘zbekiston xalqining vatanparvarlik tarbiyasi baynalmilallik tushuncha bilan yо‘g‘rilib ketganki, har bir fuqaro О‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini hurmat qiladi.

Baynalmilal tarbiya Vatan ravnaqi yо‘lida xalqlar dо‘stligi, birdamligi, hamkorligi, hamfikrligi, hurmat kabi tushunchalarni tarbiyalashdir. Mamlakati-miz kо‘p millatli maskan bо‘lib, unda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat xalqlariga ijobiy munosabat va dо‘stona his-tuyg‘ular uyg‘otish maqsadi yotadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni baynalmilalchilik his tuyg`ularini asosini shakllantirishda avvalgi turli millat vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazish, maxsus mashg`ulotlarda ularning urf odatlari madaniyati, san’ati, tabiati to`g`risidagi adabiyotlarni o`qib o`rganish, suhbat o`tkazish, rasmlarni ko`rsatish diafilmlar namoyis qilish, millat bolalar hayoti shu millat kishilarining mehnati va turmush haqidagi hikoyalarini o`qib berish foydali bo`ladi.

Shuningdek, bolalarda baynalminalchilik hissini tarbiyalashda milliy qo`g`richoqlardan katta o`rin egallaydi.



ADABIYOTLAR RO`YXATI


  1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О‘zbekiston. 1992.

  2. О‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta’lim tо‘g‘risida»,

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat” 2008 y.

  4. Karimov I. A. Barkamol avlod О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., Sharq nashriyot – matbaa konserni, 1998.

  5. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T,, 1995.

  6. Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida. T., 1997-

  7. Karimov I. A. О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. T., 1998.

  8. Karimov I. A. Xalqimizning yuli mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yо‘lidir. T., 1996.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling