Reja: Yer kadastrining turlari


Download 42 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi42 Kb.
#1353768
Bog'liq
Yer tuzish turlari va tamoillari


Yer tuzish turlari va tamoillari

Reja:

1. Yer kadastrining turlari


2. Yer kadastrining tarkibiy qsimlari
3. Yer kadastrini asosiy tamoyillari.

1. kadastrning asosiy vazifasi yer turlarining tartibga soli shva uni rо‘xatga olishda ulardan qishloq xо‘jaligida foydalanishdan iborat.


Yer turlaridan qishloq xо‘jalik yer turlariga ekin ekiladigan yerlar, bо‘z tuproqli yerlar, kо‘p yillik daraxtzorlar, pichpnzor va yaylovlar kiradi.
- Ekin ekiladigan yerlar yer turlarini eng kо‘p foydalanadigan yerlari
bо‘lib, bulardan qishloq xо‘jaligida uzluksiz navbatlab ekish orqali foydalaniladi.
- Kо‘p yillik daraxtzorlar : Bog‘lar, uzumzorlar, plantatsiyalar, bо‘z tuproqli yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, о‘rmon о‘simliklari, о‘rmon kо‘chatzorlari, ixota daraxtzorlari, botqoqlik, jarlik kabi bir qancha yer turlaridan iborat.
Yer turlari ichida ekin ekiladigan yerlar bu hamma yer maydonlari ichida eng kо‘pi, chunki yer qonunchiligi asosida yerdan foydalanishni tashkil etish bо‘yicha qо‘yilgan masalalar agrar isloxot tusini olib, ularni hammasi yerdan olinadigan mahsulotni oshirishga qaratilgan.
Ekin ekiladigan yerlar tо‘g‘risida xо‘jaliklarni tuproq xaritasida hamma ma’lumotlarga ega bо‘lamiz unda har bir kontur yer maydoning agrogfizikaviy, ximiyaviy xususmyatlari bilan birga shu tuproqlarning tarkibidagi oziq elementlarigacha kо‘rsatilgan.
Yer turlari bо‘yicha tо‘liq kadastrlash yoki rо‘yxatga olishda asosan quyidagi yer turlari hisobga olinadi.
1. Qishloq xо‘jalik yer turlari
2. Ekin ekiladigan yerlar
3. Kо‘p yillik daraxtzorlar
4. Bog‘lar
5. Uzumzorlar
6. Mevazorlar
7. Uzum kо‘chatlari
8. Plantatsiya
9. Bо‘z tuproqli yerlar
10. Pichanzorlar
11. Tubdan yaxshilangan pichanzorlar
12. Yaylovlar
13. Tubdan yaxshilangan yaylovlar
14. Madaniylashtirilgan yaylovlar
15. Tog‘ yaylovlari
16. Chorva mollari haydaladigan yaylov
17. Suv bilan ta’minlangan yaylov
18. О‘rmon yer maydonlari.
19. О‘rmon bilan band yerlar.
20. О‘rmon о‘simliklari.
21. Tarqoq о‘rmon о‘simliklari.
22. О‘rmon kо‘chatzorlari
23. О‘rmon mintaqalari.
24. Ixota daraxtzorlari.
25. Bog‘larni himoya qiladigan ixota daraxtzorlari
26. Qumliklarni himoya qiladigan daraxtzorlar.
27. Botqoqliklar
28. Jarliklar.

2. Yer kadastrining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat


1. Yer egaligi va yerdan foydalanishni rо‘yxatga olish.
2. Yer maydonlarini miqdor jihatdan hisobga olish
3. Tuproq bonitirovkasi
4. Yerlarni iqtisodiy baholash
5. Yerlarni ___________________ bо‘yicha hisobga olish.
Kadastrning tarkibiy qismlaridan tuproq bonitirovkasi hozirgi vaqtda eng ma’qul tarkibiy qismlaridan biridir shuning uchun qishloq xо‘jalik ekinlari bonitet ball asosida belgilanmoqda shuni uchun tuproq bonitirovkasini asosiy maqsadi yerlarni tabiiy barqaror xususiyatlari va xо‘jalik sharoitida foydalanish jarayonida yuqori hosil olish mumkinligini aniq yoritib beradi.
Yer maydonlarini miqdor jihatdan hisobga olish, kadastrda dalani aniqgektarlar asosida olib boriladi, har yili birinchi yanvargacha konturlar bо‘yicha aniq gektarlarhisoblanib yilma-yil aniq maydonlar yozib boriladi.
Yer egalari bо‘yicha butun ma’lumotlar kadastrda hisobga olinadi unda yer egasini ma’lumoti tо‘g‘risida barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi, hamda yerdan foydalanishni butun agrotexnik tadbirlar turlari bо‘yicha olib boriladi.
Yerlarni iqtisodiy baholash kadastning asosiy me’zoni hisoblanadi. Bunda har bir gektar yerga ketadigan xarajat va oxirida oladigan sof foydaga asoslanadi.
Kadastning tarkibiy qismlaridan biri yerni sifat jihatdan kadastrlash muhum ahamiyatga ega, chunki bunda tuproqni hamma kо‘rsatkichlar bо‘yicha oziq elementlari birma-bir hisoblanadi, misol uchun gumus miqdori, azot, fosfor, kaliy miqdori va boshqa oziq elementlari kо‘rsatiladi.
3. Yer kadastrining asosiy tamoyillari rо‘yxatga olishning asosi hisoblanadi, bunda asosan tuproqlarni dalada tekshirish, dalada tekshirishda tayyorgarlik ishlari, kameral ishlar analiz iva yakuniy hisob kitob ishlari rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Bunda asosan unumdorlik bо‘yicha tekshirish ishlari amalga oishiriladi, chunki qishloq xо‘jalik fanlarining bosh me’zoni tuproq unumdorligiga asoslanadi.
Unumdorlik bо‘yicha baholash muayyan yerdagi qishloq xо‘jaligi ekinlarining talablarini hisobga oalgan holda о‘tkaziladi.
О‘zbekistonni sug‘oriladigan yerlari sharoitida unumdorlik kо‘rsatkichlari har bir fermer xо‘jaligi yerlari 3-4 yilda bir marta analiz natijalariga asosan aniqlanadi.
Unumdorlikni baholash 100 balli shkala bо‘yicha о‘tkaziladi. Eng yaxshi xususiyatlarga ega bо‘lgan va eng yuqori unum beradigan tuproqlarga 100 ball beriladi.
Yerlarni unumdorligi bо‘yicha omillar orasida eng muhumi iqlim bosh omil hisoblanadi.
Issiqsevar о‘simlik bо‘lgan g‘о‘za eng ahamiyatli agroiqlim kо‘rsatkichlaridan biri harorat ressurslari bilan ta’minlanganlik yoki foydali harorat yig‘indisini 100 dan yuqori bо‘lishidir. Bundan tashqari tuproq unumdorligini barcha xususiyatlari uchun eng muhum omillardan biri uning mexanik tarkibidir. Yengil va о‘rta qumoqli tuproqlar eng yaxshi tuproq hisoblanadi. Bunday tuproqlarni ishlash ham oson, ular juda yaxshi suv fizikaviy xossalariga ega. Mayda tosh shag‘al aralashgan bо‘lsa sug‘oriladigan yerni sifatini buzadi, mexanizatsiyalashgan ishlov berish qiyinlashadi qul mehnati kо‘payadi, tuproqni suv xossalari yomonlashadi.
Shuning uchun tuproqni unumdorligini domo yaxshilash uchun organik о‘g‘itlar har yili yerga 30-40 tonnalan gо‘ng solinishi kerak, shunda yerni asosiy tamoyillaridan biri unumdorlik yaxshilanadi.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling