Reja: Yozma nutq texnikasi va og’zaki nut texnikasi


Download 180.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2020
Hajmi180.19 Kb.
#136806
Bog'liq
1 seminar


              1 seminar mavzusi- Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi 

 

Reja: 



 1. Yozma nutq texnikasi va og’zaki nut texnikasi  

2. Notiq ovozidagi o’ziga xos holatlar  

3. Notiq ovozining xususiyatlari   

Tushunchalar va tayanch iboralar: nutq, til, til madaniyati va nutq madaniyati

notiqlik, pedagogik faolayt va notiqlik,  nutq va nutq madaniyati   

Talabalarga qo`yiladigan talablar: Adabiyotlarni tahlil qilish, ijodiy izlanuvchanlik, 

faol ishtirok, bahs- munozaralarda ishtirok etish. Olgan bilimlarni maktabgacha 

ta‟lim muassasalarida kuzatish va tahlil qilish.  

O`qituvchiga qo`yiladigan talablar:  

a) talabalar diqqatini jalb etish

 b) didaktik maqsadni tushuntirish;  

v) faollashtiradigan bilim va ko‟nikmalarni rag‟batlantirish.  

Amaliy mashg’ulot bayoni: 

 

 Yoqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z talabalarini ovozining 



shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z 

ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan 

foydalani bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. O’z ovozida kamchilik sezgan 

o’qituvchi uni yo’qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va 

uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim 

bo’ladi. CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi.  O’qituvchining 

ovozida quyidagi holatlarni bo’lishi uniyanada yoqimliroq va jozibaliroq bo’lishida 

xizmat qiladi: - jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng 

diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi); - 

havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); - ixchamlik, 

harakatchanlik; - chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi); - 

moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshtilish sharoitiga moslasha 

olishi); - qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (halaqit beruvchi shovqinga 


tembr va tessituraning o’zgarib turishi); - suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash 

va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga 

ta’sir qilish xususiyati). Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki 

talabaga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda 

bo’lganidan, uning texnikasini ham ikki xil ko’rsatish mumkin: 1. Og’zaki nutq 

texnikasi; 2. Yozma nutq texnikasi. Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, 

so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini 

faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush 

tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib 

turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi. O’zbek adabiy tili 

og’zaki nutq texnikasining rivojiga o’zbek madaniyatining atoqli namoyondalari, 

shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo’shdilar. Bu borada 

H.Olimjon, G’.G’ulom, H.G’ulom, aktyorlardan: A.Hidoyatov, SH.Burxonov, 

O.Xo’jaev, S.Eshonto’raeva, R.Hamroev, H.Umarov, suxandonlardan: U.Burxon, 

T.Yunusxo’jaeva, Q.Maxsumov, N.Qambarova, O’.Jobirov so’z ustasi: 

M.Hamidovlarning  

   xizmatlarini ko’rsatib o’tish joizdir. Ular o’zlarining shirali ovozlari bilan 

tinglovchilarni maftun qilib kelganlar. Hozirgi she’r o’qish texnikasida ikki xil 

yo’nalish mavjud. Bu she’rxonlikda yaqqol sezilib turadi. Biri an’anaviy she’r 

o’qish bo’lib, unda asosan she’r turoqlarga, she’r birikmalariga bo’lib o’qiladi. Bu 

usul keska shoirlarning she’r o’qiganida eshitamiz. Ikkinchi xil she’r o’qishni esa, 

shoir A.Oripov va H.Xudayberdievalar boshlab berdi. Bu usulda, asosan misradagi 

har bir so’zga alohida urg’u beriladi, so’zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib 

o’qiladi. Yoshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday 

yangicha she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom 

berilgan emas. Yozma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi. 

Har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyatdir. Ish qog’ozlariga 

xos bo’lgan texnik xususiyatdir.  Yozma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi 

tinglovchi (talaba) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, talabaga tez va butun 

mohiyatibilan yetib borishidan yozuvchi ham, talaba ham manfaatdor. SHuni 

nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: a) 

har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap 

mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap 

tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi 

kerak; b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan 

boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan 

mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim; v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda 

har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi; g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z 



ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi; d) nutq 

uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi 

hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi; ye) ot, kesim 

(bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish 

belgilar bilan ajratiladi; j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib 

ko’rsatiladi. Ish qog’ozlari ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham 

nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog’ozlari ham talabaga 

mo’ljallab yoziladi. Ish qog’ozlari mazmun va shakl jihatidan turlitumandir. 

Masalan, ariza, ma’lumotnoma, tilxat, qaror, buyruq (farmon), annotatsiya, taqriz, 

ishonch qog’ozi, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, rahmatnoma, munosabatnoma, 

telegramma, axt, salomxat va h.k. Ish qog’ozlarining katta qismi o’zining qat’iy 

texnik shakliga ega. Bunday qat’iy shakl ularni tayyorlashni yengillashtirishdan 

tashqari talaba uchun o’zida bayon etilgan fikrni tezroq va yorqinroq anglashga 

ham yordam  

   beradi. Hamma texnik qoidalarga amal qilib yozilgan ish qog’ozlarga o’z tashqi 

ko’rinishi bilan chiroyli, mazmunan ravshan bo’ladi va talabada qandaydir 

darajada zavq uyg’otadi. Har bir ish qog’ozi lug’aviy tarkibi bilan boshqasidan va 

o’zga nutq ko’rinishlaridan ajralib turadi. Masalan, ma’lumotnoma uchun xos 

bo’lgan so’zlar, tavsifnomaga yoki qarorga muvofiq bo’lmaydi. Ish qog’ozlarida 

gaplar kam so’zli, har bir so’z esa, aniq maqsadni ko’zlagan bo’ladi. Ish 

qog’ozlarida badiiy adabiyotga xos qochirimlar, o’xshatishlar, so’z o’yinlari 

deyarli ishlatilmaydi. Har bir ish qog’ozining boshqasidan ajratib turadigan o’z 

shakli (tashqi ko’rinishi) bo’ladi. Masalan, ma’lumotnomaga chap tomondan 

shtampga joy qoldiriladi, sarlavha sifatida birinchi bo’lib, ma’lumotnoma so’zi 

yoziladi. Arizada esa, avval ariza beriladigan tashkilot, rahbarning nomi, so’ngra 

satrning yarmidan arizachining manzilgohi, tashkiloti, familiyasi yozilib, «Ariza» 

so’zi o’rtadan bosh xarf bilan boshlanadi va h.k. Nafas olish ikki xil bo’ladi oddiy 

nafas olish va fonatsion nafas olish. Fonatsion nafas olishning oddiy nafas olishdn 

farqi nima? Oddiy nafas olishining vaqtida ьurun orqali olayotgan va 

chiqarayotgan nafasning olinishi va chiqarilish vaqtida burun orqali olayotgan va 

chiqarayotgan nafasning olinishi va chiqarilish vaqti teng va qisqa bo’ladi. Oddiy 

fiziologik nafas ilishda izchillik bu nafas olish, nafas chiqarish,to’xtashdan iborat.          

Ovoz nafas chiqarishdan xosil bo’ladi. SHuning uchun doimiy so’zlaydiganlar 

uchun nafas olishdagi izchillik – nafas olish, to’xtash va uzoqroq davom etgan 

nafas chiqarishdan iborat bo’lishi kerak. O’qituvchining nafas olishini tartibga 

solish uchun juda ko’plab mashqlar belgilangan. SHulardan biri, yerga chalqancha 

yotgan holda burun orqali uzoq vaqt davom etadigan chuqur nafas olish yoki shu 

holatni tik turgan holda qaytarish naqas olish organlarini to’g’ri ishlashiga yordam 



beradi. Ko’pchilik o’qituvchilar o’rtasida tabiiy ovozga, ya’niham jaragdor, 

yoqimli ovozga ega bo’lganlarini uchratish mumkin. Lekin tabiiy ovoz ham vaqti 

bilan o’zkuchini yo’qotadi, o’zgaradi. Ya’ni shuni aytib o’tish kerakki, har bir 

inson ovozi kuchli, o’zgaruvchan va jarangdor bo’lishi mumkin. O’qituvchi 

ovozining xususiyatlari quyidagilardan iborat:  1. Ovozning kuchi. Ovoz kuchi 

tovush organlarini ishiga, ularning faoliyatiga hamda nafas chiqarishga bog’liqdir.   

   2. Tovushning qancha masofaga yetkazilishi. Bu bilan mutaxassislar o’qituvchi 

ovozini qay masofaga yetkaza olishi va uni qay yo’l bilan sozlashini aniqlab oladi.  

3. O’qituvchi nutqida ovozning harakati va o’zgaruvchanligi muhim ahamiyatga 

ega. Tovush harakati uning baland-astligiga bog’liq. Odam ovozi osongina 2 

oktava balandligida o’zgarib turishi mumkin, ammo kundalik nutqimizda 3-5 nota 

kuchida ovoz ishlatilishi mumkin.  4. Diapazon – ovoz ko’lami, kengligi. Uning 

chegarasi tovushning qanchalik past yoki balandligiga bog’liq. Ovoz chegarasining 

kichrayishi bir xil ohangdagi nutqga aylanadi.  5. Tovushning o’ziga xos sifatlari 

bevosita ovoz tembriga bog’liq, ya’ni mayin, aniq, jarangdor ovoz bo’lishiga 

bog’liq. Yuqorida aytib o’tilganlar yillar davomida tajriba asosida amalga 

oshiriladi. Ovozni tarbiyalash – bu uzoq davom etuvchi hamda yakka holda amalga 

oshiruvchi jarayondir.  6. O’qituvchi ovozining gigienasi. Mutaxassislarning 

o’tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, doimo nutq bilan 

bog’liq bo’lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko’pdir. 

O’qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. Ovoz 

buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to’rttasi juda ko’p uchraydi: - har kuni 

ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka; -ovozdan to’g’ri foydalanmaslik; -

ovoz gigienasiga amal qilmaslik; -ovoz organlari kuchining tug’ma pastligi. 

Professional kaalliknioldin tovush gigienasi bilan shug’ullanish va shu joyida 

maktabda ba’zi sharoitlarga rioya qilish kerak. O’qituvchi har kungi ishdan so’ng 2 

– 3 soat uzoq gapirishdan o’zini tiyishi kerak. SHuning uchun bir qatorda 

o’qituvchilar nafas olish yo’li, nerv sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e’tibor 

berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, spirtli ichimliklarni iste’mol 

qilish: chekish og’iz bo’shlig’i va tovush organlariga salbiy ta’sir etadi. Og’iz 

bo’shlig’i va tovush organlarini ko’rib kasallanishini oldini olish uchun osh sodasi 

va yodni aralashtirib hosil bo’lgan suyuqlik bilan og’izni vaqti-vaqti bilan chayqab 

turish kerak. SHu borada yana bir maslahat: - bir ohangdagi nutq ovoz berish 

apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush organlaridan faqat bir guruh 

muskullar ishlaydi. Nutq qancha ifodali bo’lsa, ovoz shuncha sog’lom bo’ladi; - 

darsdan so’ng o’qituvchi sovuq havoda tez yurib bo’lmaydi, chunki sovuq havo 

nafas olish va tovush organlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Diktsiya – talaffuz tarzi, 

talaffuzning aniq ravshanligi darajasi bo’lib, o’qituvchi uchun to’g’ri talaffuz eng 



kerakli qurol hisoblanadi, chunki o’quvchilar o’qituvchi tushunishi uchun nutqi, 

talaffuzi ravon, har bir bo’g’in, so’z va tovushlarni aniq aytishi kerak.  

   Ritmika – ovoz maromi yoki vazn. Ba’zi bir so’zlarning, bo’g’inlarning talaffuzi, 

ularning tezligi – nutqning sur’atini tashkil etadi. Ovoz tezligi har bir 

o’qituvchining fazilati nutq mazmuni va muomala vaziyatiga bog’liq. Pauza temp 

va nutqning yoqimli bo’lishi nutq ohangini tashkil etadi. Bir ohangda nutq zerikarli 

bo’lib, qiziqish va diqqatni pasaytiradi. Demak, nutq texnikasi haqidagi 

tushunchaga ega bo’lgach endi doimiy mashq qilishga o’tish kerak. Nafas olishni 

bir maromga keltirish, talaffuzning aniq ravshanligi darajasini mashq qilish, tovush 

organlarini mustahkamlash kerak. O’qituvchi ovozi ravon, jarangdor, aniq va 

o’ziga jalb etadigan bo’lishi kerak. O’quv materialini qiyin joylarini o’qituvchi 

ovozini sekinlashtirgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda tezroq gapirishi mumkin. 

Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya’ni qoida, qonun, aqidalarini ifodalashda 

ovoz tezligini kamaytirish kerak. Xulosa qilib aytganda, har bir o’qituvchida nutq 

madaniyati bo’lishi zarur, chunki har bir pedagog o’z nutqi, chiroyli va ravon 

o’qishi, muomala madaniyati bilan o’quvchilarga namuna bo’ladi. O’qituvchi 



doimo o’zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi lozim.   

Download 180.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling