Reja: Õzbekistonda bank tizimi rivojlanishi


Download 153.6 Kb.
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi153.6 Kb.
#253453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
nazarya Arginal
9 Evklid fazosi Koshi Bunyakovskiy tengsizligi Ortogonalashtirish(5), Hindistondagi ta, Ахборот[хавфсизлиги Ражабов Н.А. ec9cf086fba6fc4767e3d32f38d9b04f, fonetika 1-variant, 199 06.07.2010 (1), 6 36talik, 1 (1), power poinr, power poinr, nazarya Arginal, 2 5327898108825178341, Agriculture, Agriculture, Badiiy gimnastika tarixi

  • MAVZU:ÕZBEKISTONDA BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YÕLLARI.

REJA:

  1. ÕZBEKISTONDA BANK TIZIMI RIVOJLANISHI.

  2. RESPUBLIKADA BANK RIVOJLANISHING 4 TA BOSQICHI.

  3. BANK VA MOLIYA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.

1. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi respublikada makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning muntazam o’sishi uchun puxta zamin yaratmoqda.

Xususan, mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, oxirgi olti yilda respublikada yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 8,0 foizdan ziyodni, shu jumladan 2012 yilda 8,2 foizni tashkil qildi. O’tgan yilda inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichlar doirasida saqlanib qolindi va 7,0 foizdan oshmadi.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida respublika iqtisodiyoti uchun muhim strategik mahsulotlar bo’lmish neft va og’ir sanoat mahsulotlari hamda g’alla ta’minoti xorijdan keltirilishi, asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirganligi sababli ishlab chiqarish samaradorligi past bo’lganligi, sodda qilib aytganda pul tovarmahsulot bilan ta’minlanmaganligi natijasida valyuta kursi va inflyatsiya darajalari yuqori edi.

Hukumat, shu jumladan Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan izchil choralar natijasida inflyatsiya darajasining keskin pasayishiga erishildi.

Inflyatsiya darajasi, ya’ni uning asosiy ko’rsatkichi bo’lgan iste’mol narxlari indeksi 1994 yilda 1132,2 foizni (mustaqillik yillaridagi eng yuqori daraja) tashkil etgan bo’lsa, keyingi yillarda uning shiddat bilan pasayishiga erishildi.

Jumladan, ushbu ko’rsatkich 2000 yilda 28,1 foizni, 2003 yildan boshlab 8 foizdan past darajani tashkil etdi. Bu esa, o’z navbatida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 250 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishiga olib keldi hamda respublikaning moliya bozoridagi foiz stavkalari va ichki valyuta bozorlaridagi almashuv kurslari dinamikalariga ijobiy ta’sir qildi.

Milliy valyuta joriy qilingunga qadar 1992-1993 yillarda O’zbekiston Respublikasi

Markaziy banki tomonidan rublning ayirboshlash kursi o’sha davrda Rossiya

Federatsiyasi bilan o’zaro mavjud bo’lgan kelishuvga muvofiq, Moskva banklararo valyuta birjasidagi savdolar natijasi bo’yicha Rossiya banki tomonidan o’rnatiladigan kurs asosida belgilanar edi.

Valyuta bozorini rivojlantirish va oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida doimiy savdolarni o’tkazishga kirishish va o’tkazilgan savdolar natijasi bo’yicha so’mning chet el valyutalariga nisbatan qiymatini e’lon qilish imkonini berdi. Valyuta birjasidagi savdolar haftasiga ikki marotaba, 1997 yil aprel oyidan boshlab esa, har kuni o’tkazila boshlandi.

Hozirgi kunda so’mning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi Markaziy bank tomonidan banklararo valyuta savdolaridagi ayirboshlash kursi, pul massasining dinamikasi hamda inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda har haftada aniqlanib e’lon qilinmoqda.

2012 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash hamda eksportni rag’batlantirishga yo’naltirildi.

Bunda ichki valyuta bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun, valyuta savdolarida interventsiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali Markaziy bank tomonidan so’m almashuv kursining o’zgarib boruvchi boshqariladigan usuli qo’llanilmoqda.

Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi.

Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo’lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor

korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur makroiqtisodiy ko’rsatkichlar nufuzli jahon tashkilotlari, chet ellik ekspertlar tomonidan keng e’tirof etilmoqda. O’zbekistonga 2012 yil noyabr-dekabr oylarida tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasining bildirgan fikrlari buning yaqqol tasdig’idir. Missiyaning ta’kidlashicha, “O’zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o’smoqda. Soliq-byudjet va tashqi faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat qarzining kamligi va tashqaridagi qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi.”

Qayd etish lozimki, O’zbekistonda qulay investitsion muhit shakllantirilgan bo’lib, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng ko’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilangan.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra chet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish, shu jumladan, uni moneliksiz repatriatsiya qilish, o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish huquqiga ega.

Ta’kidlash lozimki, mazkur chet el kapitali mavjud tijorat banklari aktivlarining bank tizimidagi ulushi oxirgi o’n yil ichida 3 barobardan ziyodga oshdi.

O’zbekistonda investitsion va ishbilarmonlik muhitlarning samarali shakllantirilganligi natijasida xalqaro va jahonning etakchi moliya tashkilotlarida mamlakatimiz banklariga juda katta qiziqish uyg’onmoqda, ularni yangi investitsiya ob’ekti sifatida ko’rmoqda.

Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi O’zbekiston banklarida o’z ulushlariga ega. Janubiy Koreyaning yirik banklari Shinhan va Woori banklari tomonidan O’zbekiston banklari kapitalida ishtirok etish va respublikada bank tashkil etish borasida o’rganishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekiston bank sohasidagi iqtisodiy vaziyatni va holatni o’rganish maqsadida, maslahat berish, kredit tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash va

kengaytirish hamda kelajakda respublikada tijorat banki sifatida ro’yxatdan o’tish maqsadida Landesbank AG (Germaniya), Sommerzbank AG (Germaniya), JPMorgan Chase Bank (AQSh), Export-Import Bank of Korea (Janubiy Koreya), Shinhan bank (Janubiy Koreya) va Pokiston milliy bankining vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Banklar tomonidan 50 dan ortiq xorijiy davlatlarning 80 ga yaqin etakchi banklari, xususan birgina Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy davlatlarning 30 ga yaqin yirik banklari bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.

Xususan, respublika tijorat banklari JP Morgan Chase Bank (AQSh), Citibank New York (AQSh), Chase Manhatten Bank (AQSh), HSBC Bank PLC (Angliya), Barclays Bank

(Angliya), Deutsche Bank (Germaniya) Sommerzbank AG (Germaniya), UBS AG

(Shveytsariya), Credit Suisse bank (Shveytsariya), Societe Generale Bank (Frantsiya), BNP PARIBAS (Frantsiya) Sumitomo Mitsui Bank (YAponiya), Raiffeisen Bank (Avstriya) va Sberbank (Rossiya) kabi yirik banklar bilan ko’p yillardan buyon hamkorlik qilib, ular bilan ishonchli munosabatlarni o’rnatishgan.

2. Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng samarali va jahon talablari darajasida deb hisoblangan respublika to‘lov tizimining rivojlanishi to‘rt bosqichga bo‘linadi:

1-bosqich 1991 yil

Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag‘lar bir mijozning hisobvarag‘idan ikkinchi mijozning hisobvarag‘iga bir oydan ikki oygacha bo‘lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.


Download 153.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling