Rejasi: Ishning maqsadi


Download 18.75 Kb.
Sana24.06.2020
Hajmi18.75 Kb.
#121365
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


MAVZU. DREAMWEAVER DASTURIDA ELEKTRON QO`LLANMA YARATISH
Amaliy mashg’ulot rejasi:
Ishning maqsadi: Macromedia Dreamweaver dasturida elektron qo`llanma yaratish haqida amaliy bilimlarga ega bo’lish.

Ishning natijasida talaba quyidagilarga ega bo’lishi kerak:

Bilishi kerakMacromedia Dreamweaver dasturida web-sahifalar yaratish haqida tushunchaga ega bo’lish va brauzer oynasida bir necha web-sahifalarni yuklash;

Bajara olishi kerak – Amaliy dasturlarda ishlay olish.
NAZARIY QISM

Elektron qo`llanmalarni yaratish bosqichlari:



1-bosqich. O’qituvchilarni shu sohada mavjud Elektron qo`llanmalar bilan tanishishi, ularga qo’yilgan talablar bilan tanitirish.

2-bosqich. Elektron qo`llanma yaratish uchun ishchi (ijodiy) gurux shakllantirish;

Muhim omillardan biri, shuning uchun, unga quyidagi mutaxassislarni taklif kilamiz:



  • o’quv fani bo’yicha mutaxassis;

  • dasturchi (yoki dasturchilar guruxi);

  • badiiy dizaynеr;

  • suratkash va ovoz kiritish mutaxassislari.

3-bosqich. O’quv kursini (ma'ruza matnlar, matеriallar) strukturalash. Bu etapda o’quv matеriali modullarga bo’linadi.

4-bosqich. Elektron qo`llanmani rеja va stsеnariysi asosida yaratish, rеtsеnziyalash va ekpеrtizadan o’tkazish;

5-bosqich. Elektron qo`llanmani Ilmiy Kеngashda tasdiqlash va uni dastur sifatida tarqatish.

Elektron qo`llanmani yaratish tеxnologiyasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

      1. Ishlab chiqishning maqsad va vazifalarini aniqlash.

      2. Elektron qo`llanmaning tuzilmasini ishlab chiqish.

      3. Darslikning bo’limlar (modullar) va mavzular bo’yicha mazmunini ishlab chiqish.

      4. Elektron qo`llanmaning alohida tuzilma saxnalarini tayyorlash.

      5. Dasturlashtirish.

      6. Sinovdan o’tkazish.

      7. Elektron qo`llanma mazmunini sinov natijalari bo’yicha takomillashtirish.

      8. Foydalanish uchun uslubiy qo’llanma tayyorlash.


AMALIY QISM.

Freymlarning standart to’plami o’rnatish uchun:

1. To’plamga kiritmokchi bo’lgan hujjatga kiritish nuqtasini joylashtiring.

2. Panellar ob`ektining Frames bo’limidan freymlarning standart to’plamini tanlang. To’plamga kiritish uchun uning tugmasini bosishingiz yoki tugmani hujjatga o’tkazishingiz mumkin.

Freymlar va freymlar to’plami HTML ning alohida hujjatlari hisoblanadi. Freymlarni o’zgartirish uchun uni belgilash lozim. Buni hujjat oynasida yoki Frames palitrasi yordamida qilishingiz mumkin.

Freymlar yoki freymlar to’plamini belgilayotgan paytda Frames palitrasi va hujjat oynasida belgilash chiziqlari paydo bo’ladi.

Frames palitrasi xayolan hujjatning freymlarini tasvirlaydi. Frames palitrasidan freymlar yoki freymlar to’plamini tanlashingiz, so’ngra uni kurish yoki Properties (Xusiyatlar) palitrasida belgilangan element xususiyatlarini qayta tahrirlashingiz mumkin.

Frames palitrasi freymlar to’plami ierarxiyasini ko’rsatib turadi. Frames palitrasida freymlar to’plamini kalin 3 o’lchamli chegara o’rab oladi, Freymlar esa mayin kulrang chiziq bilan uralgan, har bir freym esa o’z ismiga ega.

Frames palitrasini kurish uchun Window (Oyna) menyusidan Frames punktini tanlang.

Frames palitrasida alohida freymni tanlash uchun shu palitrada ramkani bosing.

Frames palitrasida freymlar to’plamini tanlash uchun, Frames palitrasida freymlarni urab olgan chegarani bosing.

Freym xususiyatlarini aniqlash uchun:

1. Frames palitrasidan freymni tanlang.

2. Xususiyatlar palitrasining Frame Name (Freym nomi) maydonida freymga nom bering.

3.Quyidagi sozlashlarni o’rnating:

-Src maydonida mana shu freymda boshidan tasvirlanadigan sahifa faylini tanlang. Faylni topish va belgilash uchun fayl nomini kiriting yoki papka belgisini bosing.

-Joriy freym tarkibini tasvirlashda muhit etishmasa, Scroll ro’yxati aylantirgich chizigining paydo bo’lishini ta`minlaydi. Ko’pgina brauzerlar Auto sozlashidan foydalanishadi.

-No Resize bayroqchasi joriy freym o’lchamlarini chegaralaydi va foydalanuvchiga uning chegaralarini o’zgartirishni ma`n qiladi. Siz har doim hujjat oynasida freym o’lchamlarini o’zgartirishingiz mumkin. Biroq, bu sozlash o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchi brauzerda freym o’lchamlarini o’zgartira olmaydi.

-Borders ro’yxati joriy freym ramkasi tasvirini boshqaradi. Mumkin bo’lgan sozlashlar: Yes, No, Default. Bu xususiyat freym to’plami uchun aniqlangan ramka xossalarni o’zgartiradi. Ko’pgina brauzerlar avtomatik tarzda Yes ni ishlatadi.

-Border Color maydoni joriy freymning hamma ramkalari uchun rangni o’rnatadi. Bu sozlash freymlar to’plami ramkasining rangining o’rnini bosadi.

-Margin Width maydoni chap va o’ng maydonlarning kengligini piksellarda o’rnatadi (freym ramkasi va uning orasidagi bo’shliq).

- Margin Height maydoni pastki va yuqori maydon balandligini o’rnatadi (freym ramkasi va uning orasidagi bo’shlik).
Variantlar

Quyidagi mavzular bo’yicha web-sahifa yaratilsin:


1. Guruh haqida.

2. Dars jadvali.

3. Qurulish materiallari.

4. Sport.

5. TATU

6. HTML tili.

7. Telefon kompaniyalari.

8. Shoirlar.

9. Kompyuterning rivojlanishi.

10. Telefon modellari.

11. Kompyuter qurulmalari.

12. Qadimiy joylar.

13. Mashhurlar.

14. Kompaniyalar.

15. Bayramlar.

16. Uzbekistondagi universitetlar.

17. Mashinalar.

18. Kinoartistlar.

19. Estrada artistlari.

20. Informatika fani.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik, T.: TDYuI., 2005 y.

2. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik. T.: “Cho’lpon”, 2013 y.

3. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web dizayn. O’quv qo’llanma. T.: “Voris”, 2013 y.

4. R.Xamdamov va boshqalar. Ta’limda axborot texnologiyalari. Uslubiy qo’llanma. T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010 y.



5. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.: “Faylasuflar jamiyati”, 2013 y.

6. Лебедов С В. Web-дизайн. Учеб.пос., Mосква, ЗАО “Издательский дом Альянс пресс”, 2004 г.
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling