Respublika tanlovining axborot xati


Download 73.64 Kb.
Sana02.07.2020
Hajmi73.64 Kb.
#122755
Bog'liq
Axborot xati-nominatsiya eng yaxshi maqola



TURIZM SOHASIDAGI MUAMMOLAR BO‘YICHA ENG ZO‘R ILMIY MAQOLA”



RESPUBLIKA TANLOVINING
AXBOROT XATI
Turizmni rivojlantirish instituti va “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “Turizm sohasidagi muammolar bo‘yicha eng yaxshi ilmiy maqola” respublika tanlovini e’lon qiladi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda olimlar, doktorantlar, amaliyotchilar va ilmiy qiziqishlari doirasida turizm sohasiga aloqalar bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin.



Tanlovni o‘tkazilishidan maqsad: turizm sohasidagi ilmiy izlanishlarni ommalashtirish, turizm siyosatida yangi paradigmasining dolzarb muammolari atrofida ilmiy jamoatchilikni birlashtirish va O‘zbekiston turizm bozorida istiqbolli yo‘nalishlarni takomillashtirish.
Nominatsiyalarning nomlanishi:


  1. Gastronomik turizmga oid eng yaxshi maqola.

  2. Sport turizmi bo‘yicha eng maqola.

  3. Ekologik turizm bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  4. Ekstremal turizm bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  5. Tibbiy turizm bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  6. Ziyorat turizmi bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  7. Yoshlar turizmi bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  8. Yoshi kattalar turizmi bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  9. MICE turizmi bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  10. Etnografik turizm bo‘yicha eng yaxshi maqola.

  11. Turizmning boshqa turlari.


Tanlov arizasini topshirish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor ishtirokchi xat shaklidagi elektron arizani tashkiliy qo‘mitaning bestarticle1@gmail.com elektron manziliga yuboradi. Xat mavzusi – “Turizm sohasidagi muammolar bo‘yicha eng yaxshi ilmiy maqola”. Xatda ishtirokchi, ta’lim muassasasi va boshqa o’zi haqida ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Elektron xatga hajmi 15 betdan ko‘p bo‘lmagan tanlov ishi fayli ilova qilinadi.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda olimlar, magistrlar, tadqiqotchilar, talabalar, amaliyotchilar (keyingi o‘rinlarda “Ishtirokchilar”) ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchi faqat bitta nominatsiyaga ariza berish huquqiga ega.

Ishtirokchi elektron arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir.
Tanlov ishiga qo‘yiladigan talablar:
Ilmiy maqola oldin chop etilmagan bo‘lishi va tanlov mavzusiga hamda maqolalarni rasmiylashtirish talablariga mos kelishi kerak (tili – rus, o‘zbek, ingliz. Maqola hajmi – 15 betgacha, A4, Times New Roman shriftida, shrift hajmi 14 kegel, satr oralig‘i – 1,5, barcha chetlari 2 sm, sahifalar tartib raqamisiz. Xatboshining parametrlari: birinchi satr boshi 1,25 sm, o‘ng va chap tomonlari – 0 sm).

Ilmiy maqola quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi (to‘liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (agar mavjud bo‘lsa), oliy o‘quv yurti yoki tashkilotning nomi (agar mavjud bo‘lsa), E-mail elektron manzil birinchi sahifaning yuqorisida o‘ng tomonda, ma’ruza nomi markazida (qalin shriftda) (mavzuning nomi ingliz tilida ham ko’rsatilishi shart), annotatsiya (rus va ingliz tilidagi maqolalarga annotatsiya davlat tilida tayyorlanadi, davlat (o‘zbek) tilidagi maqola uchun annotatsiya ingliz tilida tayyorlanadi) va kalit so‘zlar, asosiy matn, adabiyotlar ro‘xati.



Adabiyotlar ro‘xati: maqolaning oxirida “Adabiyotlar ro‘yxati” alifbo tartibida matnda foydalanish tartibida tuziladi. Matnda adabiyotlarga havolalar manba raqami va vergul bilan ajratilgan tarzda sahifa raqamlari ko‘rsatilgan kvadrat qavslar orqali ifodalanadi: [5, b. 115]. Sahifalarda iqtiboslarga ruxsat berilmaydi.

Tanlov ishlari qo‘shimcha ilovalar, jadvallar, grafikalar, fotosuratlar, taqdimotlar va boshqa ko‘rinishdagi ilovalardan tashkil topishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar belgilangan muddat ichida Tashkiliy qo‘mitaning bestarticle1@gmail.com manziliga quyidagilarni yuborishi kerak:


  1. Alohida faylda tanlovda ishtirok etish uchun namunaga muvofiq ariza (1-ilova);

  2. Alohida faylda maqola matni (2-ilova).

Tanlovda ishtirok etish shartlariga javob bermaydigan, rasmiylashtirish qoidalariga zid ravishda taqdim etilgan va belgilangan muddat tugaganidan keyin jo‘natilgan ishlarning tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi hamda bu to’g’risida ariza bergan shaxs ogohlantiriladi.

Har bir ishtirokchi tanlov natijalariga ko‘ra quyidagilarga ega bo‘ladi:


  • Tanlov ishtirokchisi/g‘olibi diplomi/sertifikati;

  • birinchi o‘rin uchun – 3 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rin uchun – 2 000 000 so‘m, uchinchi o‘rin uchun – 1 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti (har bir nominatsiya bo‘yicha);

  • elektron pochta orqali ilmiy ishlarning elektron to‘plami (pdf fhaklidagi fayl). To‘plamga ISBN, UDK, BBK raqamlari beriladi.

  • “Turizm va mehmondo‘stlik: fan, ta’lim va amaliyot” ilmiy elektron jurnalida bepul nashr etish imkoniyati.

Murojaatlar uchun: Abdurahmonov Farhod Abdufarmonovich (+99897)614-33-77, Soatova Sabohat Abdumusayevna (+99890)962-63-87.


TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA

“Turizm sohasidagi muammolar bo‘yicha eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovida ishtirok etish uchun arizani qabul qilishingizni so‘rayman:

Familiyasi, ismi va otasining ismi




Ish (o‘qish) joyi




Lavozimi




Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (agar mavjud bo‘lsa)




Telefon raqami




E-mail




Boshqa ma’lumotlar




Maqola mavzusi




Nominatsiya nomi



Imzo Ф.И.О.



1-ilova

2-ilova
Maqolani rasmiylashtirish hamunasi

«TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA KLASTER YONDASHUVI: NAZARIYA VA AMALIYOT»


Muallif: Mashxura Toirxonovna Alimova, i.f.d., dots., ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish ishlari bo‘yicha prorektor,

alimovamashhura@univ-silkroad.uz
Annotatsiya:

Kalit so‘zlar:




Download 73.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling